O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi respublika ta’lim markazi tabiiyot va geografiya fani o‘quv dasturi




Download 0.79 Mb.
bet1/10
Sana31.12.2019
Hajmi0.79 Mb.
#6702
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10

L O Y I H A

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI
RESPUBLIKA TA’LIM MARKAZI

TABIIYoT VA GEOGRAFIYa FANI O‘QUV DASTURI

(1-9 SINF)

Toshkent – 2017

Ushbu dastur O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 6 apreldagi 187-sonli “Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb- hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘risida”gi qarori bilan tasdiqlangan umumiy o‘rta ta’limining davlat ta’lim standarti hamda umumiy o‘rta ta’limining tabiiyot va geografiya fani bo‘yicha malaka talablari asosida tuzilgan bo‘lib Xalq ta’limi vazirining 2017 yil __________________ dagi _____ -sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan va umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 1-9 sinflari uchun amaliyotga joriy etiladi.



UQTIRISh XATI

Tabiiyot va geografiya fanini hozirgi zamon talablari asosida o‘qitishda insoniyat uchun muhim ahamiyat kasb etadigan zamonaviy axborot kommunikatsion texnologiyalarining rivojlanishi, ularning ishlab chiqarish sohalarida va kundalik hayotda tutgan o‘rni, fan-texnika taraqqiyoti bilan bog‘lashga olib keladigan geografiyaning tadqiqot yutuqlarini ko‘rsatish.

Tabiiyot va geografiya ta’limida o‘rganiladigan tabiiy va ijtimoiy hodisalar va tushunchalar, qonuniyatlar o‘quvchilarga tushunarli holda umumiy o‘rta ta’lim maktablari darsliklarida sodda va aniq bayon etish, bunda asosiy e’tiborni o‘quvchilarning yosh psixologik xususiyatlarini va o‘quvchilarning bilim olish va o‘quv materialini tushunish hamda puxta va mukammal o‘zlashtirish imkoniyatiga e’tibor qaratishdan iborat. Shuningdek umumiy o‘rta ta’limda tabiiyot va geografiya o‘quv fanini o‘qitishning asosiy maqsad va vazifalari quyidagilardan iborat:


Umumiy o‘rta ta’limda tabiiyot va geografiya o‘quv fanini o‘qitishning asosiy maqsadi:

o‘quvchilarda tayanch hamda tabiiyot va geografiya o‘quv faniga oid umumiy kompetensiyalarni shakllantirishdan iborat;

jamiyat va tabiatning o‘zaro bog‘liqligi, geografik ob’ektlar, jarayon va hodisalar, Yer yuzining tabiiy manzarasi, tabiatdan oqilona foydalanish, Yer yuzidagi global ekologik muammolar haqida fikr-mulohaza yuritishga o‘rgatish, tabiatni qadrlash va muhofaza qilish, olgan nazariy bilimlarini amalda qo‘llash mahoratini shakllantirish;

o‘quvchilarning hayotiy tasavvurlari bilan amaliy faoliyatlarini umumlashtirib borib, geografik bilimlarni hayotga tatbiq eta olish salohiyatini shakllantirish va rivojlantirish.

Umumiy o‘rta ta’limda tabiiyot va geografiya fanini o‘qitishning asosiy vazifalari:

o‘quvchilarda atrofimizdagi olamga, o‘z Vataniga muhabbat hissini uyg‘otish, tabiatni asrash va muhofaza qilish, nazariy bilimlarini amalda qo‘llash malakalarini shakllantirish, tabiatni kuzatish, tahlil qilish, ularda milliy va umuminsoniy qadriyatlarni tarkib toptirish hamda ijtimoiy hayot va ta’lim olishni davom ettirishlari uchun zarur bo‘lgan bilimlarni egallashi, hozirgi zamon talablari, ta’lim sohasidagi jahon andozalari va milliy rivojlanish manfaatlariga mos keladigan tafakkur va bilimlarni egallashi, shu bilan birga ulardan kundalik hayotlarida foydalana olishga o‘rgatishdan iborat.

Tabiiyot va geografiya o‘quv fanini o‘rganishda umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘rganilgan matematika, fizika, botanika, kimyo, iqtisodiy bilim asoslari fanlaridan olingan bilimlar umumlashtirilib, geografiyani o‘rganishning birinchi davri 1 va 2-sinflarda Yer, Quyosh, ob-havo, fasllar, Yer yuzasining tuzilishi, tabiatni muhofaza qilish, shahar, qishloq, ulardagi kishilar hayoti, mehnati haqida, 3-4 sinflarda tabiat, tabiat hodisalari, mamlakatimiz geografiyasi haqida boshlang‘ich ma’lumotlar beriladi. Geografiyani o‘rganishning ikkinchi davri – umumiy o‘rta ta’lim maktablari 5-9 - sinflari bo‘lib, geografiya kurslarida o‘rganilgan o‘quv materiallarining akademik litsey va kasb-hunar kollejlari geografiya ta’limida takrorlanmasligi e’tiborga olingan.

Umumiy o‘rta ta’lim tizimida o‘quvchilarda fanga oid umumiy kompetensiyalar bilan birgalikda tayanch kompetensiyalar shakllantirilishi belgilab berilgan. Tabiiyot va geografiya fanlarini o‘qitish jarayonida o‘quvchilarda tayanch kompetensiyalar shakllantirilib boriladi.



O‘quvchilarda shakllantiriladigan tayanch kompetensiyalar elementlari:

Kommunikativ kompetensiya:

A1

mustaqil fikrini og‘zaki va yozma tarzda bayon eta olish, darslik, o‘quv atlasi ma’lumotlardan samarali foydalana olish, guruhlar bilan ishlaganda muomala madaniyatiga amal qilish.



A1+

manbalardan foydalanib, mavzu bo‘yicha yozma matn tuza olish.

Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi: :

A1

kompyuter, televizor va boshqa manbalardan mavzuga doir zarur ma’lumotlarni izlab topish, ulardan samarali foydalana olishva media-madaniyatga rioya qilish.


A1+

media vositalardan foydalanib, mavzuga doir didaktik topshiriqlarni bajara oish.


O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:

A1

fan to‘garagida, uyda rasmli kitoblar, jurnallardan foydalanib mustaqil ishlay olish, sportning yoshiga mos turi bilan shug‘ullana olish, o‘zini tuta olish, o‘zining xatosini tushuna olish.

A1+ manbalardan foydalanib tabiat hodisalariga doir referat tayyorlay olish.

Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:

A1

farzandlik va o‘quvchilik burchini biladi, unga rioya qilish, maktabda, sinfdagi jihozlar, o‘quv qurollarini asrab-avaylash.



A1+

tabiiy hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his qilish, sinfda, maktabda, oilada, mahallada o‘tkaziladigan tadbirlarda faol ishtirok etish.

Milliy va umummadaniy kompetensiya:

A1

o‘zi yashaydigan joyning maftunkor tabiati, tarixiy obidalarini, dam olish maskanlarini asrab avaylash va ularni qadriga yetish.



A1+

o‘zi yashaydigan joyning maftunkor tabiati, tarixiy obidalariga doir albomlar tayyorlay olish.



Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi:

A1

xarita, globus bilan ishlashda hisoblashning qulay usullarini qo‘llay olish, aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda kundalik faoliyatda zarur bo‘lgan dastlabki rejalarni tuza olish, uyda, maktabda suvni isrof qilmaslik va uni tejab ishlatishga amal qilish.

A1+

uyda, maktabda suvni isrof qilmaslik va uni tejab ishlatishga doir amaliy topshirlarni bajara olish.

Kommunikativ kompetensiya:

A2

o‘zining mustaqil fikrini og‘zaki va yozma tarzda ifoda eta olish, o‘z fkirlarini guruhlarda ijodiy tarzda ifoda eta olish.



A2+

mustaqil fikrini og‘zaki va yozma tarzda ifoda eta olish, guruhlarda lidirlik qila olish. geografik atama va tayanch so‘zlarni xorijiy tilda ayta olish va yozaolish.

Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi: :

A2

turli geografik adabiyotlardan, xarita va atlaslardan samarali foydalanib ular asosida axborotlarni tayyorlash, Internet-saytlardan geografik mazmunga ega bo‘lgan ma’lumotlarni topib ularni tahlil qilish, kundalik ma’lumotlardan jumladan, jahon va mamlakat ichidagi yangiliklar haqidagi lavhalarning mohiyatini anglay olish, media-madaniyatga rioya qilish.



A2+

Internet-saytlardan geografik mazmunga ega bo‘lgan ma’lumotlar asosida jahon va mamlakat ichidagi yangiliklar haqidagi lavhalarni topish.



O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:

A2

ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy sohalarda, geografik manbalar bilan mustaqil tarzda ishlay olish, iqtisodiy, siyosiy, madaniy, ekologik dunyoqarash va tafakkurini mustaqil ravishda o‘stirib borish.



A2+

maktabda, mahallada siyosiy, madaniy, ekologiya mavzulari bo‘ladigan tadbirlarda ishtirok etish va o‘z fikrini ayta olish.



Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:

A2

dolzarb global, regional va mahalliy muammolarni tahlil qila olish, ularning yechimiga oid ijodiy takliflarni bera olish, zamon va jamiyat talabidagi iqtisodiy, siyosiy va ekologik faollikka intilish, tabiat va jamiyatning barqaror rivojlanishi uchun shaxsiy mas’uliyatni his qila olish.



A2+

dolzarb global, regional va mahalliy muammolarda o‘z fikri bilan qatnashish.



Milliy va umummadaniy kompetensiya:

A2

Vatani, oilasi, mahallasining tarixini bilish, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish.



A2+

Vatani, oilasi, mahallasining tarixini bilish va bugungi kun bilan taqqoslay olish; tarixiy, ma’naviy va madaniy merosini avaylab asrash, jamiyatda o‘rnatilgan odob-axloq qoidalariga rioya qilish.



Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi:

A2

statistik ko‘rsatkichlar asosida jadval, diagramma va grafiklarni tuza olish, kompyuter texnologiyalari, geografik axborot tizimlari haqidagi tasavvurga ega bo‘lish ayta olish.



A2+

fan-texnika yutuqlarini muhimligini tushunib yetish va tahlil qila olish, aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda shaxsiy rejalarini tuza olish.

Shuningdek, tabiiyot va geografiya fanini mazmunidan kelib chiqqan holda o‘quvchilarda fanga oid umumiy kompetensiyalar ham shakllantiriladi.

Tabiiy, ijtimoiy-iqtisodiy jarayon hamda hodisalarni kuzatish, aniqlash, tushunish va tushuntirish kompetensiyasi.

Geografik ob’ektlar, joy nomlarini to‘g‘ri qo‘llay olish kompetensiyasi.

Globus, geografik atlas va xaritalardan amaliyotda foydalana olish kompetensiyasi.

Tabiatni muhofaza qilish va ekologik madaniyat kompetensiyasi.

Ushbu fanga oid umumiy kompetensiyalar o‘quv dasturlarining 1,2,3,4,5-sinflarida yil oxirida va 6-9 sinflarda o‘quv yilining birinchi va ikkinchi yarim yilliklarida keltirildi. O‘quv dasturida “Hayot xavfsizligi asoslari”,Tejamkorlik saboqlari” va “Iqtisodiy bilim asoslari” kurslarining mavzulari singdirildi.


1-SINF

ATROFIMIZDAGI OLAM

(33 soat haftasiga 1 soat)
O‘quvchilarda shakllantiriladigan tayanch kompetensiyalar elementlari:

Kommunikativ kompetensiya:

mavzuga oid ma’lumotlarni gapirib berish, tabiat va uning hodisalarini aytib bera olish.



Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi: :

turli manbalarning ma’lumotlaridan foydalana olish, o‘ziga zarur ma’lumotlarni o‘zlashtira olish.

O‘zini - o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:

kun tartibiga amal qilish, sportning yoshiga mos turi bilan shug‘ullanish, maktabda, ko‘chada, jamoat transportida yurish qoidalariga roya qilish.



Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:

sinfda, maktabda, oilada, mahallada o‘tkaziladigan tadbirlarda faol ishtirok etishi, o‘zaro munosabatlarida muomala madaniyatga ega bo‘lishi.

Milliy va umummadaniy kompetensiya:

o‘zi yashaydigan joy tabiatini bilish; uyi, maktabi, turar joyini qadrlash, milliy bayramlarni bilish va tadbirlarda ishtirok etish.



Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi:

kun tartibiga amal qilgan holda kundalik ish rejasini tuza olish, maishiy texnika jihozlaridan foydalana olish, ehtiyotkorlik va xavfsizlik qoidalariga rioya qilish.


1-bob. Atrofimizdagi olam (5 soat)

1-mavzu. Kirish. Men va atrofimizdagi olam (1soat)

Atrofimizdagi olam va uning xilma-xilligi haqida.



Tevarak atrof bilan tanishish (4 soat)

2-mavzu: Bizning maktab (1soat)

Maktab binosi va hovlisi, sinfxonalari, kutubxona, oshxona, sport zali va boshqalar.



3-mavzu: Bizning sinf (1soat)

Sinf xonasi. Partada o‘tirish qoidasi. Xonani toza va tartibli saqlash, o‘z vaqtida shamollatish.



4-mavzu: Bizning mahalla (1soat)

Men yashaydigan manzil. Mahallamiz manzarasi: ko‘chalari, uylari, do‘kon, bog‘cha, maktab, aloqa bo‘limi.



5-mavzu: Ko‘chada yurish qoidalari (1soat)

Uydan maktabgacha yo‘l. Ko‘chada yurish qoidalari. Piyodalar uchun yo‘lak, chorraha, yo‘lning o‘tish joyi, svetofor. Jamoat transportida yurish qoidasi.


2-bob. Atrofimizdagi tabiat (15 soat)

6-mavzu: Quyosh. Oy. (1soat)

Quyosh. Oy. Quyosh yorug‘ligi va issiqligining atrofimizdagi tabiat va inson uchun ahamiyati.



7- mavzu: Yil fasllari (1soat)

Yil fasllari: kuz, qish, bahor, yoz. Yil fasllarining o‘ziga xosligi. Ob-havo. Ob-havoning yil fasllarida o‘zgarishi.



8-mavzu: Kuzda o‘simliklar hayoti (1soat)

Kuzda o‘simliklar hayotida sodir bo‘ladigan o‘zgarishlar. O‘simlik mevalarining pishishi, barglarining sarg‘ayishi va to‘kilishi.



9-mavzu: Kishilarning kuzdagi mehnati (1soat)

Kuz faslida kishilarning mehnati. Dala va bog‘larda hosillarning yig‘ib-terib olinishi.



10-mavzu:O‘simliklar dunyosi (1soat)

O‘simliklar dunyosi haqida tushuncha. Madaniy va yovvoyi o‘simliklar. O‘lkamizda o‘sadigan o‘simliklar, ularning turli fasllarda o‘zgarishi.



11-mavzu: O‘simlik qismlari va ularning o‘sishi (1soat)

O‘simliklarning asosiy qismlari. O‘simliklar tanasi, ildizi, shoxi, guli, mevasi. O‘simliklarning o‘sishi.



12-mavzu. O‘simliklarning turli-tumanligi (1soat)

O‘simliklarning tashqi tuzilishiga qarab o‘t o‘simliklar, butalar, daraxtlarni ko‘rinishidan ajrata olish. Xona o‘simliklari.



13-mavzu: Dalalarda yetishtiriladigan ekinlar (1soat)

Dalalarimizda yetishtiriladigan ekinlar, ekin turlari, mevalar. Sabzavot va mevalarning vitaminlarga boyligi.



14-mavzu: Xona o‘simliklari (1soat)

Xona o‘simliklarining o‘sish sharoiti. Xona o‘simliklariga qarashning eng oddiy qoidalari. Xonada o‘stiriladigan gullar.



15-mavzu: Hayvonot olami. Uy hayvonlari (1soat)

Uy hayvonlari: qoramol, qo‘y, echki, ot, it, mushuk. Ularning insonlar uchun ahamiyati. Uy hayvonlarini parvarish qilishning oddiy qoidalari va xavfsizlikka rioya qilish.



16- mavzu: Parrandalar (1soat)

Parrandalar: tovuq, kurka, g‘oz, o‘rdak. Ularning insonlar uchun ahamiyati, parrandalarga g‘amxo‘r bo‘lish, ularni parvarishlash, ehtiyotkorlik va xavfsizlikka rioya qilish.



17- mavzu: Yovvoyi hayvonlar (1soat)

Yovvoyi hayvonlar: bo‘ri, tulki, ayiq, yo‘lbars, sher, ilon, baliq, baqa va boshqalar. Hayvonlarning turli fasllardagi hayoti.



18- mavzu: Qushlar (1soat)

Qushlar: qaldirg‘och, chumchuq, mayna, qarg‘a, bulbul, sa’va, kabutar, musicha, qushlarni qishda ovqatlantirishning ahamiyati.



19-mavzu: Hasharotlar (1soat)

Hasharotlar: kapalak, ninachi, pashsha, chivin, chigirtka, xonqizi, ari, asalari, o‘rgimchak. Foydali hasharotlar, hasharotlarning keltiradigan zarari.



20- mavzu: Qish fasli (1soat)

Qish faslining manzarasi. Havo haroratining pasayishi, qor yog‘ishi.



21-mavzu: Suv havzalarining muzlashi. Nazorat ishi (1soat)

Suvning muzlash hodisasi. Muzlagan suv havzalari ustida yurishning xavfliligi.


3-bob. Bizning o‘lka ( 11 soat)

22-mavzu: Bizning o‘lkaO‘zbekiston (1soat)

Bizning o‘lkaO‘zbekiston. O‘lkamiz tabiati: tog‘lar, qir-adirlar, tekisliklar, daryolar, ko‘llar, ariqlar.



23-mavzu: Suv (1soat)

Suvning tirik mavjudot uchun ahamiyati. Suvdan oqilona foydalanish va suvni tejash, suv havzalarini ifloslantirmaslik.



24-mavzu: Salom bahor (1soat)

Bahorda tabiat manzarasi. O‘lkamizda bahorning o‘ziga xos xususiyatlari. Kishilarning bahordagi mehnati. Dalalarga ekinlarning eqilishi.



25- mavzu: Bahorgi tengkunlik - Navro‘z bayrami (1soat)

Kun va tun. Tabiatda sodir bo‘ladigan o‘zgarishlar. Navro‘z, uning o‘lkamizda umumxalq bayrami ekanligi.



26- mavzu: Men yashaydigan qishloq (shahar) tabiati (1soat)

O‘zi yashaydigan joy tabiati, tog‘lar, qir-adirlar, tekisliklar, daryolar, ko‘llar, ariqlar, ichimlik suvlari, suvdan oqilona foydalanish, muhofaza qilish.



27- mavzu: Bizning bog‘ (1soat)

Bog‘dagi daraxtlarni parvarish qilish. Ularning gullashi va meva tugishi.



28- mavzu: Biz va tabiat (1soat)

Tabiat qo‘yniga, maktab bog‘iga, maktab yaqinidagi istirohat bog‘iga va h.k. sayohat qilish.



29- mavzu: Tabiatni asrash (1soat)

Suvni, o‘simlik va hayvonlarni, tuproqlarni muhofaza qilish.



30-mavzu: Salom yoz (1soat)

Yozda tabiat manzarasi. Yoz faslida tabiatda bo‘ladigan hodisa va jarayonlar, ularni kuzatish va tushuntirib berish.



31-mavzu: Yozda kishilar mehnati (1soat)

Yozda tabiatda bo‘ladigan hodisa va jarayonlar. Kishilarning yozdagi mehnatlari.



32- mavzu: Yozgi ta’tilda tabiat qo‘ynida dam olish. Nazorat ishi (1soat)

Yozda ta’tilni maroqli o‘tkazish. O‘zi yashaydigan joy tabiatini muhofaza qilish haqida og‘zaki hikoyalar tuzish, o‘tkaziladigan tadbirlarda ishtirok etish, hayot xavfsizligi qoidalariga amal qilish.



33- mavzu. O‘quv yili davomida o‘tilganlarni takrorlash (1soat)
O‘quvchilarda shakllangan fanga oid umumiy kompetensiyalar elementlari:

Tabiiy, ijtimoiy-iqtisodiy jarayon hamda hodisalarni kuzatish, aniqlash, tushunish va tushuntirish kompetensiyasi:

Quyosh va Oyning atrofimizdagi tabiat va inson uchun ahamiyatini tushunadi. Tun va kun, yil fasllari almashinishi kuzatadi;

o‘lkamizda, o‘zi yashaydigan joyda kuz faslida dala va bog‘larda hosillarning yig‘ib-terib olinishi, kishilar mehnatini, dala va bog‘larda, xonada o‘sadigan o‘simliklarning fasllarda o‘zgarishini, hayvonot olami, uy hayvonlari va parrandalarning fasllarga moslashishini, yashashini kuzatadi va ayta oladi;

o‘zi yashaydigan joy tabiati, tog‘lar, qir-adirlar, tekisliklar, daryolar, ko‘llar, ariqlar, ichimlik suvlari, suvdan oqilona foydalanishga oid ma’lumotlarni tushunadi va aytib bera oladi.



Geografik ob’ektlar, joy nomlarini to‘g‘ri qo‘llay olish kompetensiyasi:

o‘zi yashaydigan mamlakat, viloyat, shahar, qishloq, mahallasi nomini va maktabi joylashgan ko‘chalarning nomlanishini to‘g‘ri aytib bera oladi.



Tabiatni muhofaza qilish va ekologik madaniyat kompetensiyasi:

maktab, sinfxonalari, kutubxona, maktab bog‘i, mahallasi, ko‘chasini toza saqlashda olib boriladigan ishlarda o‘z hissasini qo‘sha oladi; o‘zi yashaydigan joy, tuproq, suv manbalaridan oqilona foydalanish va muhofaza qilish borasida olib boriladigan tadbirlarda ishtirok etadi.




2-CINF

ATROFIMIZDAGI OLAM

(34 soat haftasiga 1 soat (A1+: haftasiga 2 soat))
O‘quvchilarda shakllantiriladigan tayanch kompetensiya elementlari:

Kommunikativ kompetensiya:

A1

mavzuni ravon gapirib berish, muloqotda muomala madaniyatiga amal qilish.



A1+

tabiat hodisalariga oid tayanch so‘z va atamalarni nomlanishini ma’nosini aytib bera olish.



Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi: :

A1

televizor, radio va boshqa manbalardan tabiat va undagi hodisalarga oid zarur ma’lumotlardan foydalana olish, o‘ziga zarur ma’lumotlarni o‘zlashtira olish.

A1+

tabiat va undagi hodisalarga doir kichik albomlar tayyorlash.



O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:

A1

kun tartibiga amal qilish, sportning yoshiga mos turi bilan shug‘ullanish; fan to‘garaklariga qatnashish, kitoblar, jurnallar yordamida mustaqil o‘rganish orqali bilimini oshirib borish.



A1+

o‘zining o‘quvchilik burchi va vazifalarini bilish, unga rioya qilish.



Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:

A1

o‘zining fuqarolik burch va vazifalarini bilish, unga rioya qilish, maktabda, ko‘chada, uyda o‘zidan katta va kichiklarga yordam berish.



A1+

tabiatni muxofaza qilishga oid tadbirlarda ishtirok etish.


Milliy va umummadaniy kompetensiya:

A1

o‘z o‘lkasi, uyi, mahallasi, maktabi, yashash joyini qadrlash; do‘stlariga, yaqinlari va atrofdagilarga mehribon bo‘lish.

A1+

orasta kiyinish, sog‘lom turmush tarziga amal qilish.



Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi:

A1

maishiy texnika jihozlaridan foydalana olish, tejamkorlikka, ehtiyotkorlik va xavfsizlik qoidalariga rioya qilish.

A1+

maktabda, uyda suv, elektr manbalaridan foydalanishda tejamkor bo‘lish.

1-bob. Atrofimizdagi olamni o‘rganamiz (2 soat (A1+: 4 soat))

1-mavzu: Atrofimizdagi olam (1soat(A1+: 2 soat))

Atrofimizdagi olamni o‘rganish va uni kuzatish. Tabiatdagi jism va moddalar. Moddalarning uch holati: qattiq, suyuq, gaz.



2- Mavzu: Ob-havo, uning belgilari (1soat(A1+: 2 soat))

Havoning ochiq yoki bulutligi, yog‘inlar. Termometr. Termometr yordamida havo haroratini o‘lchash. Ob-havoni kundalik kuzatish.


2-bob. Ona zaminimiz – Yer (7 soat (A1+: 14 soat))

3-mavzu: Yer sayyora (1soat(A1+: 2 soat))

Yer.Yer sayyorasining tuzilishi. Globus. Globus -Yer sharining kichraytirilgan shakli.



4-mavzu: Yerning harakatlari (1soat(A1+: 2 soat))

Yerning Quyosh atrofida aylanishi. Oy - Yerning tabiiy yo‘ldoshi. Oyning Yer atrofida aylanishi.



5-mavzu: Vaqt o‘lchov birliklari (1soat(A1+: 2 soat))

Vaqt o‘lchov birliklari: yil, oy, hafta, sutka, soat, minut, sekund.



6-mavzu: Yer yuzasining tuzilishi (1soat(A1+: 2 soat))

Yer yuzidagi tog‘, tekislik va suvliklar.



7-mavzu: O‘lkamizdagi tog‘ va tekisliklar(1soat(A1+: 2 soat))

Tog‘ va tekisliklarning o‘ziga xos tabiati



8- mavzu: Daryo, ko‘l, kanal va ariq suvlari (1soat(A1+: 2 soat))

Daryo, ko‘l, kanal va ariq suvlari. Suv bor joyda hayot bor.



9-mavzu: Suv havzalarini muhofaza qilish. Nazorat ishi (1soat(A1+: 2 soat))

Suvdan oqilona foydalanish, tejash va asrash. Suv havzalarini muhofaza qilish.


3-bob. O‘lkamizda kuz ( 9 soat (A1+: 18 soat))

10-mavzu: Yil fasllari (1soat(A1+: 2 soat))

Yil fasllari. Fasllarning almashishi. Turli fasllarda quyoshning ko‘rinma holatlari.



11- mavzu: Kuz – hosil yig‘iladigan fasl Paxta – Vatanimiz boyligi. Paxta yig‘im-terimi. Kuz noz-ne’matlari. (1soat(A1+: 2 soat))

12-mavzu: O‘zbekiston bog‘lari va dalalarida yetishtiriladigan meva-sabzavotlar (1soat(A1+: 2 soat))

O‘zbekiston bog‘larida, dalalarida yetishtiriladigan meva-sabzavotlar. Hosilni yig‘ishtirib olish.



13-mavzu: O‘simliklarning qishga tayyorlanishi (1soat(A1+: 2 soat))

O‘simliklarda qish fasli yaqinlashishi bilan sodir bo‘ladigan o‘zgarishlar. Xazonrezgilik.



14-mavzu: Barglardan gerbariy tayyorlash (1soat(A1+: 2 soat))

To‘kilgan barglarni yoqib yubormaslik. Uning zararli tomonlari. Atrof muhitni ifloslantirmaslik.



15-mavzu: Kuzda hayvonlar va hasharotlar hayoti (1soat(A1+: 2 soat))

Kuzda hayvonlar va hasharotlar hayotidagi o‘zgarishlar. Foydali va zararli hasharotlar. Chumolilarning hayoti.



16-mavzu: O‘lkamizda uchraydigan qushlar. Nazorat ishi (1soat(A1+: 2 soat))

O‘lkamizda uchraydigan qushlar va ularning tabiiy sharoitga moslashuvchanligi. Hasharotxo‘r, donxo‘r, yirtqich (go‘shtxo‘r), hammaxo‘r qushlar. Qushlarning boshqa o‘lkalarga uchib ketishi va boshqa o‘lkalardan uchib kelishi.



17- mavzu: Ijtimoiy foydali mehnat (1soat(A1+: 2 soat))

Maktab hovlisi va sinfxonasini ozoda tutish. Maktab yer uchastkasidagi ekin va daraxtlarni parvarish qilishda ishtirok etish.



18- mavzu: Kasblar olami (1soat(A1+: 2 soat))

Ishlab chiqarish jarayoni haqida umumiy tushuncha, misollar (masalan, bug‘doy donidan tayyor nongacha amalga oshiriladigan jarayonlar).


4-bob. Qish (3 soat( A1+: 6 soat))

19-mavzu: Kumush qish (1soat(A1+: 2 soat))

Qishdagi ob-havo. Qish manzarasi.



20-mavzu: Kishilarning qishdagi mehnati (1soat(A1+: 2 soat))

Issiq xonalarda ko‘chat tayyorlash, meva yetishtirish. Dalalarni bahorgi ekish mavsumiga tayyorlash.



21-mavzu: Uy hayvonlari va yovvoyi hayvonlarning qishdagi hayoti (1soat(A1+: 2 soat))

Biz va hayvonot olami. Fermalarda chorva mollarini parvarish qilish. Yovvoyi hayvonlarning qishdagi hayoti.O‘lkamizda qishlaydigan qushlar.


5-bob. O‘lkamizda bahor (12 soat (A1+: 24 soat))

22-mavzu: O‘lkamizda bahor (1soat(A1+: 2 soat))

Bahor fasli. Navro‘z – yangi kun. Sumalak – Navro‘z taomi. Navro‘z sayllari.



23-mavzu: Bahorda o‘simliklar hayoti (1soat(A1+: 2 soat))

Erta bahorda ochiladigan gullar. Daraxtlarning kurtaklashi va gullashi.



24-mavzu: O‘simliklarni ko‘paytirish (1soat(A1+: 2 soat))

O‘simliklarning urug‘dan, ildiz mevasi (piyozi)dan, novdasidan ko‘payishi.



25-mavzu: Bahorda kishilar mehnati (1soat(A1+: 2 soat))

Bahorda kishilarning o‘ziga xos mehnatlari. Dalalarda ekin maydonlarini tayyorlash va urug‘larni ekish.



26-mavzu: Ko‘chatlarni o‘tqazish va ularni parvarish qilish.

Nazorat ishi (1soat(A1+: 2 soat))

Bog‘larda mevali daraxt ko‘chatlarini, gullarni o‘tqazish va ularni parvarish qilish.



27-mavzu: Bahorda hasharotlar hayoti (1soat(A1+: 2 soat))

Bahorda hasharotlarning uyg‘onishi va hayot kechirishi.



28-mavzu: O‘lkamiz qushlari (1soat(A1+: 2 soat))

Bahorda o‘lkamizga qushlarning qaytib kelishi. Qushlarning ahamiyati, ularni muhofaza qilish.



29-mavzu: Uy hayvonlari (1soat(A1+: 2 soat))

Uy hayvonlari va ularning ahamiyati.



30-mavzu: Yovvoyi hayvonlar (1soat(A1+: 2 soat))

Yovvoyi hayvonlar va ularning tabiatdagi o‘rni.



31-mavzu: Tabiat va inson (1soat(A1+: 2 soat))

Insonning tabiatdan foydalanishi va unga ta’siri. Tabiatni muhofaza qilish.



32-mavzu: Shaharlar va qishloqlar (1soat(A1+: 2 soat))

Shahar va qishloqlar, ular orasidagi farq. Bizning uyimiz, uy manzilini yozish qoidalari.



33-mavzu: O‘lkamizda yoz. Nazorat ishi (1soat(A1+: 2 soat))

Yoz – o‘tadi soz. Yozda tabiatga sayohat. Tabiat qo‘ynida o‘zini tutish qoidalari.



34-mavzu: O‘quv yili davomida o‘tilganlarni takrorlash (1soat (A1+: 2 soat))
O‘quvchilarda shakllangan fanga oid umumiy kompetensiyalar elementlari:

Tabiiy, ijtimoiy-iqtisodiy jarayon hamda hodisalarni kuzatish, aniqlash, tushunish va tushuntirish kompetensiyasi:

A1

tabiatda bo‘ladigan jarayonlarni, haroratning tun va kunduzi farq qilishini kuzatadi va ayta oladi; tog‘ va tekisliklarning tabiati o‘ziga xosligini, xazonrezgilik jarayonini kuzatadi va gerbariy tayyorlay oladi; o‘lkamizda uchraydigan hayvonlar va hasharotlar hayoti, qushlarning kuzdagi hayotini kuzatadi; qish faslidagi ob-havo, kishilarning qishdagi mehnati, issiqxonalarda ko‘chatlarni parvarishlash va yetishtirish haqidagi ma’lumotlarni tushunadi va aytib bera oladi. Bahorgi mehnat, dalalarda ekin ekish ishlarini kuzatadi va tushunadi.



A1+

kuzgi xazonrezgilik davrida atrof mufitni toza saqlashda, bahorda maktabga, mahallasiga, o‘z hovlisiga ko‘chat va gullarni yekish ish ishlarini bajarish.



Geografik ob’ektlar, joy nomlarini to‘g‘ri qo‘llay olish kompetensiyasi:

A1

Yer yuzidagi va o‘zi yashaydigan joy, undagi tog‘lar, tekisliklar hamda suv havzalarini nomlarini to‘g‘ri qo‘llay oladi.



A1+

o‘zi yashaydigan joyning (shahar, qishloq ) nomlarini ayta oladi va to‘g‘ri yoza oladi.



Globus, geografik atlas va xaritalardan amaliyotda foydalana olish kompetensiyasi:

A1

O‘zbekistonning tabiiy va siyosiy ma’muriy xaritasidan o‘zi yashaydigan vatanni, hududni aniqlab, ko‘rsata oladi.



A1+

O‘zbekistonning tabiiy va siyosiy ma’muriy xaritasidan o‘z hududiga chegaradosh davlatlarni topib ko‘rsata oladi.


Tabiatni muhofaza qilish va ekologik madaniyat kompetensiyasi:

A1

o‘zi yashaydigan joyda suv havzalari, o‘simlik, hayvonat olamini muhofaza qilishga doir o‘tkaziladigan, qushlarga g‘amxo‘rlik qiladi.



A1+

foydali hasharotlarni asrash va ko‘paytirish, zarakunanda hasharotlarga qarshi kurashish tadbirlarida ishtirok eta oladi.


Mavzularni o‘rganish uchun- 34 soat (A1+:68 soat)


Download 0.79 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 0.79 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi respublika ta’lim markazi tabiiyot va geografiya fani o‘quv dasturi

Download 0.79 Mb.