Qishloq xo’jaligini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirish




Download 1.19 Mb.
bet10/17
Sana26.03.2019
Hajmi1.19 Mb.
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17

3.3. Qishloq xo’jaligini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirish

161.

Er va suv resurslaridan oqilona foydalanish maqsadida qishloq xo’jaligi ekin maydonlarini maqbullashtirish, bunda:

paxta ekin maydonlarini 49 ming gektarga va g’alla maydonlarini 10 ming gektarga qisqartirish;

qisqartirilgan ekin maydonlariga boshqa qishloq xo’jaligi ekinlarini joylashtirish, jumladan, kartoshka — 8,1 ming gektar, sabzavot — 27,2 ming gektar, intensiv bog’ — 5,9 ming gektar, tokzor — 2,9 ming gektar, ozuqa ekinlari — 10,9 ming gektar va moyli ekinlar — 4 ming gektar.


Yil davomida

Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi, Ergeodezkadastr,
Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, Fermerlar kengashi

-

-

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 29.12.2015 yildagi PQ-2460-sonli va Vazirlar Mahkamasining 01.11.2016 yildagi 378-sonli qarorlarining ijrosini ta’minlash.

Past rentabelli ekin maydonlarida paxta va g’alla etishtirishdan ko’riladigan zararni 80 mlrd. so’mga qisqartirish;

qo’shimcha 1 mln. tonnaga yaqin meva-sabzavot mahsulotlarini ishlab chiqarish;

hududlarda 48,5 mingdan ortiq yangi ish o’rinlarini tashkil qilish natijasida ushbu ekin maydonlarida band bo’lgan aholi sonini 75,6 mingga etkazish;

meva-sabzavot mahsulotlari eksporti hajmini 2 barobar oshirish.


162.

Zamonaviy agrotexnologiyalar asosida yuqori hosildorlikka ega bo’lgan, ertapishar hamda shirin ta’mga ega pakana va yarim pakana daraxtlarni ekish orqali intensiv bog’ va uzumchilikni rivojlantirish va dunyo bozorlarida xaridorgir eksportbop meva-sabzavot mahsulotlari ishlab chiqarish hajmlarini oshirish, jumladan:

Yil davomida

Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi, Fermerlar kengashi,
Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, Qishloq xo’jaligi ilmiy tadqiqot institutlari

532 346,0

loyihaga asosan



fermer xo’jaliklari mablag’lari, tijorat banklari kreditlari

Vazirlar Mahkamasi qarori va bayoni loyihasi.

Bog’ va tokzorlar maydonlarini kengaytirish va ularning eskirgan va yaroqsiz maydonlarini yangilash.

Bog’ va tokzorlar maydonlarini yangilash natijasida er unumdorligi oshishi hisobiga mahsulot ishlab chiqarish hajmini oshirish;

2016 yildagi jami mevali bog’lar maydonida intensiv bog’larning 10 foiz ulushini 2020 yilga borib 30 foizga oshirish natijasida ularning hosildorligini kamida 3-4 martaga oshirish.

Er resurslaridan samarali va oqilona foydalanish, intensiv bog’dorchilikni rivojlantirish, tomchilatib sug’orish tizimi asosida qishloq xo’jaligi ekin maydonlarini kengaytirish, bevosita mahsulot etishtirish hududida innovatsion texnologiyalarni joriy qilish hisobiga qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish tizimini takomillashtirish.


13 ming gektar maydonda yangi intensiv bog’ va 7,3 ming gektar tokzorlar tashkil qilish hamda 15,4 ming gektar bog’ va 9 ming gektar tokzorlarni rekonstruktsiya qilish;

mavjud past rentabelli bog’ va tokzorlarni bosqichma-bosqich, yiliga 10 foizdan yoki 26,4 ming bog’ va 14,1 ming tokzorlarni intensiv usulga o’tkazish;

yangi tashkil etilayotgan va mavjud intensiv bog’ va tokzorlarga bosqichma-bosqich yiliga 5,7 ming gektardan tomchilatib sug’orish tizimini joriy qilish;

respublika tuproq-iqlim sharoitiga mos pakana va yarim pakana daraxt ko’chatlari va payvantaklari etishtirish hajmini kamida 7000 mingtaga oshirish;



Yil davomida

bevosita meva-sabzavot mahsulotlarini etishtirish uchun ajratilgan qishloq xo’jaligi ekin maydonlarida tomchilatib sug’orish tizimini joriy qilish uchun suv havzalari, yirik suv o’lchash sig’imlari, birlamchi sovitish tizimlari va sovitkich kameralari hamda texnologik jarayonlarni amalga oshirish uchun zarur bo’lgan boshqa ob’ektlar qurish tartibini ishlab chiqish hamda joriy qilish;

2017 yil I chorak

istiqbolli va dunyo bozorlarida talab yuqori bo’lgan eksportbop intensiv bog’ mevalari ko’chatlarining navlarini sinash va ularni respublika hududida ekishga tavsiya etiladigan qishloq xo’jaligi ekinlari Davlat reestriga kiritish;

2017 yil II chorak

tashkil etilayotgan intensiv bog’larda zamonaviy mineral va organik o’g’itlardan hamda kasallik, zararkunandalar va begona o’tlardan muhofaza qiluvchi kimyoviy vositalardan foydalanish tizimini ularni O’zbekiston Respublikasi qishloq xo’jaligida ishlatilishi ruxsat etilgan pestitsidlar va agroximikatlar ro’yxatiga kiritish orqali tashkil qilish.

2017 yil II chorak

163.

Sug’oriladigan erlarning meliorativ holatini yaxshilash, irrigatsiya va melioratsiya ob’ektlarini rivojlantirish, ularning xavfsiz va barqaror ishlashini ta’minlash, suv resurslaridan oqilona va tejamli foydalanish va shu asosda qishloq ho’jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish barqarorligiga erishish:




Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi,

Ergeodezkadastr,

Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi,

Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari,

loyiha institutlari


905 000,0, shundan 457 273,0 Davlat byudjeti mablag’lari

Davlat byudjeti mablag’lari, Sug’oriladigan erlarning meliorativ holatini yaxshilash jamg’armasi,

tashkilotlarning mablag’lari, tijorat banklari kreditlari



Tahliliy ma’lumot.

Vazirlar Mahkamasi Rayosatida taqdimot.

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi.

270,5 ming gektar sug’oriladigan erlarning meliorativ holatini barqaror saqlash, 276,2 ming gektar sug’oriladigan erlarni suv bilan kafolatli ta’minlash, pudrat tashkilotlarining texnik ta’minotini oshirishga erishiladi.



734,9 km magistral, tumanlararo, xo’jaliklararo kollektorlarni, 348,3 km yopiq-yotiq drenaj tizimlarini,
6 dona meliorativ nasos stantsiyalarini, 79 dona meliorativ tik quduqlarni, 131 dona meliorativ ob’ektlardagi gidrotexnik inshootlarni qurish va rekonstruktsiya qilish;

Yil davomida

14537,2 km ochiq kollertorlarni, 1330,5 km yopiq-yotiq drenaj tarmoqlarini, 15 dona meliorativ nasos stantsiyalarini, 791 dona meliorativ tik quduqlarni, 2277 dona meliorativ ob’ektlardagi tidrotexnik inshoatlarini ta’mirlash va tiklash;

Yil davomida

500 km kanallarni, 74 km sug’orish lotok tizimini, 106 dona gidrotexnik inshootlarni, 10 km bosimli suv quvurlarini, sig’imi 625 mln. metr kubga teng bo’lgan suv omborlarini qurish va rekonstruktsiya qilish hamda 0,5 km qirg’oqbo’yi mintaqasini himoyalash;

Yil davomida

142 dona meliorativ texnika va jihozlarni suv xo’jaligida ixtisoslashgan pudrat tashkilotlariga lizing orqali etkazish;

Yil davomida

2013-2017 yillar davomida sug’oriladigan erlarning meliorativ holatini yaxshilash va suv resurslaridan oqilona foydalanish Davlat dasturi doirasida amalga oshirilgan ishlarning samaradorligini tanqidiy o’rganish;

2017 yil III chorak

kollektor-drenaj va irrigatsiya tizimlarini, sug’oriladigan erlarning meliorativ holatini va suv bilan ta’minlanganlik darajasini kompleks o’rganish natijasida 2018-2022 yillarda sug’oriladigan erlarning meliorativ holatini yaxshilash va suv resurslaridan oqilona foydalanish Davlat dasturi loyihasini ishlab chiqish.

2017 yil IV chorak

164.

Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, meva-sabzavot, kartoshka va uzum ishlab chiqarish hajmlarini oshirish, ichki bozorda ularga bo’lgan narxlar keskin oshishining oldini olish:




Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi, Ergeodezkadastr,
Fermerlar kengashi, Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, Qishloq xo’jaligi ilmiy tadqiqot institutlari

234 342,0

fermer xo’jaliklari mablag’lari, tijorat banklari kreditlari

Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, ichki bozorni mahsulotlar bilan to’ldirish, aholini asosiy turdagi qishloq xo’jaligi mahsulotlari bilan ta’minlash.




meva-sabzavot mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmlarini oshirish, jumladan, sabzavot — 105,7%, kartoshka — 106,3%, poliz — 106,1%, meva — 106%, uzum — 105,7%, go’sht — 105,6%, sut — 108,1%, tuxum — 111,3%, baliq — 120% va asal — 118,2 %ga;

Yil davomida













394 gektar maydonga 503 ta issiqxona xo’jaliklari va 6885 ta aholi shaxsiy tomorqalaridagi 176 gektar maydonda issiqxonalar qurish;

Yil davomida
















aholi tomorqalari va dehqon xo’jaliklarida muqobil elektroenergiya manbalaridan foydalaniladigan engil konstruktsiyali issiqxonalar, kichik parrandachilik, baliqchilik, asalarichilik xo’jaliklarini tuzish va boshqa yuqori samarali va yuqori daromadli mahsulotlarni ishlab chiqarishda amaliy yordam ko’rsatish hamda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni sotish;

Yil davomida










Kompleks chora-tadbirlar.

Aholi tomorqa va dehqon xo’jaliklari mavjud imkoniyatlaridan to’liq foydalanish, yangi ish o’rinlarini shakllantirish, aholi bandligi va daromadlarini oshirish hamda turmush darajasini yaxshilashga erishiladi.






shaxsiy tomorqalardan foydalanish, dehqon xo’jaliklarini yuritish, mavjud er uchastkalaridan samarali va oqilona foydalanish va ulardan yuqori hosil va daromad olish bo’yicha zamonaviy texnologiya va tajribalarni targ’ibot qilish hamda tarqatish;

Yil davomida
















ho’l meva va qayta ishlangan mahsulotlarni saqlash va eksportga jo’natish maqsadida umumiy hajmi 132,2 ming tonnalik 184 ta muzlatkichli omborlarini tashkil qilish va 1,4 ming tonnalik 4 ta muzlatkichli omborlarni modernizatsiya qilish;

Yil davomida










Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan manzilli dastur.

Muzlatkichli omborlarning umumiy hajmini 632 ming tonnaga etkazish va 1000 ta yangi ish o’rinlarini yaratish.






almashlab ekish tartibini qo’llagan holda, uzoq muddatga qishloq xo’jaligi ekinlarini joylashtirishni rejalashtirishga o’tish bo’yicha takliflar tayyorlash.

2017 yil II chorak










Kompleks chora-tadbirlar.

Tuproq unumdorligi va qishloq xo’jaligi ekinlari hosildorligini oshirish.

Har xil kasallik va zararkunandalarni bartaraf etish.

Ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulot tannarxini kamaytirish.



165.

Ko’p tarmoqli fermer xo’jaliklarini rivojlantirish va qishloq xo’jaligini barqaror hamda samarali rivojlantirishni ta’minlash uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, qishloq xo’jaligi mahsulotlarini tayyorlash, qayta ishlash, saqlash va sotish sohalarini, ularning iqtisodiy samaradorligi va moliyaviy barqarorligini ta’minlash va zaruriy qishloq xo’jaligi texnikalari bilan jihozlash, shu jumladan:

ko’p tarmoqli fermer xo’jaliklari faoliyati uchun me’yoriy-huquqiy asoslarni yaratish, ularni davlat tomonidan, shu jumladan, imtiyozli kreditlash yo’li bilan qo’llab-quvvatlash chora-tadbirlarini kuchaytirish;

qishloq xo’jaligi mahsulotlarini tayyorlash, qayta ishlash, saqlash va sotishda fermer xo’jaliklari kooperatsiyasini rivojlantirish, qishloq joylarda mahsulotlarni ishlab chiqarish va qayta ishlash bo’yicha kichik korxona va ularning bo’limlarini tashkil etish;

qishloq xo’jaligini moliyalashtirish hamda qishloq xo’jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar bilan hisob-kitoblar tizimini takomillashtirish.



2017 yil II chorak

Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi, Fermerlar Kengashi, Ergeodezkadastr,

Moliya vazirligi,

Iqtisodiyot vazirligi,

Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari,


Ilmiy tadqiqot institutlari

-

-

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi.

Qishloq joylarda yangi moliyaviy barqaror, o’zining ishlab chiqarishi yo’nalishini ob-havo sharoiti va bozor talablaridan kelib chiqib, bozor talabiga mos ekinlarni etishtirishga tez moslashuvchi hamda bir turdagi mahsulotni ishlab chiqarishdan yuzaga kelgan yo’qotishlarni boshqa turdagi ishlab chiqarishdan olingan daromad bilan to’liq qoplaydigan sub’ektlarni tashkil etish imkonini beradi.



166.

Chorvachilikni yanada rivojlantirish:




Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi, Fermerlar kengashi, Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, Qishloq xo’jalik ilmiy tadqiqot institutlari

-

-

Tahliliy ma’lumotlar.

Vazirlar Mahkamasining Rayosatida taqdimot.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi.

Kompleks dasturni amalga oshirish natijasida 2020 yilga kelib yirik shoxli qoramol bosh soni 21,8%ga, mayda shoxli qoramol bosh soni 18,3%ga va sut mahsulotlari 36,8%ga oshadi.



chorvachilik va veterinariya bo’yicha me’yoriy-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish;

2017 yil I chorak







naslchilikni rivojlantirish, naslchilikda ilmiy tadqiqot ishlarini joriy etish;

Yil davomida







chorvachilikning ozuqa bazasini yaratish, ozuqa ekinlari etishtiriladigan maydonlarni kengaytirish, ozuqa ishlab chiqarishni ko’paytirish, ularning urug’chiligini tashkil qilish, chorvachilikni sifatli ozuqalar, bioqo’shimchalar, vitaminlar, makro-mikro elementlar va boshqa ozuqa birliklari bilan ta’minlash;

Yil davomida







veterinariya xizmatlarini yaxshilash va epizotik holatning barqarorligini ta’minlash, veterinariya laboratoriyalarini moddiy-texnik jihozlash;

Yil davomida

21 400,0

Davlat byudjeti mablag’lari

veterinariya me’yorlari va qoidalarini takomillashtirish hamda veterinariya preparatlarini va ozuqa qo’shimchalarini sertifikatlashni bir xil qoidalarga keltirish.

2017 yil I chorak







167.

2017 — 2021 yillarda parrandachilikni rivojlantirish dasturini ishlab chiqish va uni amalga oshirish asosida parrandachilik sohasini rivojlantirish:

2017 yil I chorak

Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat raqobat qo’mitasi,
«Parranda sanoat» uyushmasi,
Fermerlar kengashi, Moliya vazirligi,
Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari,
tijorat banklari, Qishloq xo’jaligi ilmiy tadqiqot institutlari

-

-

Tahliliy ma’lumot

Vazirlar Mahkamasida taqdimot

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi.

2020 yilga borib, parranda bosh soni 42,4%, go’sht ishlab chiqarish 21,4% va tuxum — 39%ga o’sishi kutilmoqda.



zamonaviy ishlab chiqarish texnologiyalarini joriy qilish orqali yirik parrandachilik korxonalarining to’liq ishlab chiqarish quvvatlari bilan ishlashini ta’minlash, ularni modernizatsiya qilish va texnik qayta jihozlash;

Yil davomida

parrandachilikning naslchilik bazasini rivojlantirish va naslchilik xo’jaliklari asosida zamonaviy selektsiya-genetik markazlar tashkil qilish hamda ularning texnik va texnologik jihozlanish darajasini oshirish;

2017 yil I — III chorak

parrandachilik mahsulotlari-ni qayta ishlash darajasini oshirish, yangi turdagi tayyor mahsulot ishlab chiqarish tizimini rag’batlantirish;

Yil davomida

sifatli ozuqa, bioqo’shimchalar, vitaminlar, makro-mikro elementlar va boshqa ozuqa qo’shimchalari ishlab chiqarishni tashkil qilish, shuningdek, parrandachilik xo’jaliklariga davlat resurslaridan bug’doy etkazib berish tizimini takomillashtirish yo’li bilan ozuqa bazasini mustahkamlash;

2017 yil I chorak

sohani yuqori malakali kadrlar, ayniqsa, zootexnik va veterinarlar bilan ta’minlash, shuningdek, malakali chet el mutaxassislarini jalb qilish.

Yil davomida

168.

Respublika tuproq-iqlim sharoitiga mos, qurg’oqchilikka, sho’rlikka, issiqlikka va kasalliklarga chidamli qishloq xo’jaligi ekinlari navlari va hayvonot turlarini yaratish bo’yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini kengaytirish.

Gennokaut biotexnologiyalari asosida iste’molchilar sog’lig’iga salbiy ta’sirchanligini isbotlagan holda, har xil tuproq-iqlim zonalariga mos ertapishar va yuqori hosilli qishloq xo’jalik ekin navlarini yaratish.

Yuqori mahsuldorlikka
ega, kasallik va zararkunandalarga chidamli yangi selektsion navlarni joriy qilish.


Yil davomida

Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi,
OvaO’MTV, O’zQXIIChM,
Fanlar akademiyasi, Sog’liqni saqlash vazirligi

Chora-tadbirlarni ishlab chiqish natijasida aniqlanadi

XMI grant mablag’lari

Chora-tadbirlar dasturi.

Qishloq xo’jaligi ekinlari hosildorligini va chorva mahsuldorligini oshirish hisobiga mahsulot ishlab chiqarishdagi mavjud keng imkoniyatdan samarali foydalanish.



169.

2017 yilda Qishloq xo’jaligini rivojlantirish uchun Xalqaro moliya institutlari mablag’larini jalb etish:

Osiyo taraqqiyot bankining 150,0 mln.dollar mablag’ini «Qishloq xo’jaligini ishlab chiqarishini modernizatsiya qilish» loyihasiga;

Xalqaro taraqqiyot va tiklanish bankining 150,0 mln.doll. mablag’ini «Chorvachilik sektorini rivojlantirish» loyihasiga;

Xalqaro qishloq xo’jaligi taraqqiyoti jamg’armasining


23,8 mln.dollar mablag’ini «Qashqadaryo va Jizzax viloyatlarida sut mahsulotlarini ishlab chiqarishni kengaytirish va qayta ishlashni rivojlantirish» loyihasiga;

Xalqaro taraqqiyot uyushmasining 14,0 mln.dollar mablag’ini «Orol bo’yi mintaqasida iqlim


o’zgarishga moslashish va oqibatlarini yumshatish» loyihasiga jalb etish.

Yil davomida

Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi, O’zbekoziqovqatxolding, Qishloq xo’jaligi korxonalarini tarkibiy qayta tuzish agentligi

337,8 mln.doll.

OTB, XTTB, XQXTJ, XTU

Tahliliy ma’lumotlar.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi.

Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini modernizatsiya qilish.

Chorvachilik sektorini rivojlantirish.

Qashqadaryo va Jizzax viloyatlarida sut mahsulotlarini ishlab chiqarishni kengaytirish va qayta ishlashni rivojlantirish.

Orol bo’yi mintaqasida iqlim o’zgarishga moslashish va oqibatlarini yumshatishga erishish.




Download 1.19 Mb.
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17




Download 1.19 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Qishloq xo’jaligini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirish

Download 1.19 Mb.