• Jinoyat va jinoyat-protsessual qonunchiligini takomillash-tirish bo’yicha 2018 — 2021 yillarga mo’ljallangan Kontseptsiya
  • «Yarashtiruv jarayonlari (mediatsiya) to’g’risida»
  • «O’zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish to’g’risida»
  • O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida




    Download 195.15 Kb.
    bet15/45
    Sana26.03.2019
    Hajmi195.15 Kb.
    #4567
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   45
    2.3. Ma’muriy, jinoyat, fuqarolik va xo’jalik qonunchiligini takomillashtirish

    77.

    Inson huquq va erkinliklarini ta’minlashning shaffofligi hamda samaradorligini oshirish, iqtisodiyotning rivojlanishi holati, zamonaviy talablardan, xalqaro standartlardan kelib chiqqan holda, shuningdek axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng jalb etishni nazarda tutgan holda Jinoyat va jinoyat-protsessual qonunchiligini takomillash-tirish bo’yicha 2018 — 2021 yillarga mo’ljallangan Kontseptsiya loyihasini ishlab chiqish.

    2017 yil IV chorak

    Bosh prokuratura, Adliya vazirligi,
    Oliy sud, AQHMI,
    IIV, MXX, TDYuU,
    Advokatlar palatasi, Axborot texnologiyalari vazirligi

    -

    -

    Kontseptsiya loyihasi.

    Alohida jinoiy qilmishlarni dekriminallashtirish va jinoiy jazolarni insonparvarlashtirish bo’yicha jinoyat va jinoyat-protsessual qonunchiligini takomillashtirish va liberalizatsiya qilish, ularning ijrosini ta’minlashga olib keladi.



    78.

    Quyidagilarni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalarini ishlab chiqish:







    -

    -

    O’zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi.

    Loyihada ijtimoiy xavfi katta bo’lmagan, bozor munosabatlari asoslariga mos kelmaydigan hamda tadbirkorlikning rivojlanishini va iqtisodiy o’sishiga to’siq bo’ladigan ayrim iqtisodiy jinoyatlarni dekriminallashtirish nazarda tutiladi.



    ozodlikdan mahrum qilish bilan bog’liq bo’lmagan muqobil jazo turlarini qo’llashni kengaytirish orqali qamoq tariqasidagi jinoiy jazoni tugatish;

    2017 yil I chorak

    Bosh prokuratura, IIV, MXX,Oliy sud, Adliya vazirligi, Advokatlar palatasi

    voyaga etmaganlar uchun nazarda tutilgan jinoiy jazolarni liberallashtirish, protsessual harakatlarni o’tkazishda ularning huquqiy himoyasini kuchaytirish;

    2017 yil II chorak

    Oliy sud, Bosh prokuratura,
    Adliya vazirligi, IIV, MXX, Advokatlar palatasi

    qilmishning jinoiyligini istisno etadigan, jazoni engillashtiradigan yoki shaxsning ahvolini boshqacha tarzda yaxshilaydigan qonunni qo’llash tartibini belgilash;

    2017 yil II chorak

    Oliy sud, Bosh prokuratura,
    Adliya vazirligi, IIV, MXX, Advokatlar palatasi

    sudlanganlik holatining tugallanishi va olib tashlanishining amaldagi muddatlarini qisqartirish;

    2017 yil II chorak

    Oliy sud, Bosh prokuratura, IIV, Advokatlar palatasi

    yarashuv munosabati bilan jinoiy javobgarlikdan ozod qilish institutini kengaytirish;

    2017 yil II chorak

    Oliy sud, Bosh prokuratura, IIV, Advokatlar palatasi

    ijtimoiy foydali mehnatga jalb etish orqali tarbiyaviy ta’sir ko’rsatish choralarini kuchaytirishga qaratilgan «majburiy jamoat ishlari» jinoiy jazosini kiritish;

    2017 yil IV chorak

    Bosh prokuratura,

    Oliy sud,


    Adliya vazirligi, IIV, MXX, Advokatlar palatasi

    ijtimoiy xavfi katta bo’lmagan, bozor munosabatlari asoslariga muvofiq kelmaydigan hamda tadbirkorlikning rivojlanishini va iqtisodiy aylanmani to’xtatib turuvchi ayrim iqtisodiy jinoyatlarni dekriminallashtirish.

    2017 yil IV chorak

    Bosh prokuratura,

    Oliy sud,


    Adliya vazirligi, IIV, MXX, Advokatlar palatasi

    79.

    Sudgacha fuqarolik va xo’jalik nizolarini hal etishning asosiy tushunchalari, maqsadlari, vazifalari, mexanizmlarini belgilovchi «Yarashtiruv jarayonlari (mediatsiya) to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqish.

    2017 yil III chorak

    Adliya vazirligi, Oliy sud,
    Oliy xo’jalik sud, Bosh prokuratura, Savdo-sanoat palatasi,
    Advokatlar palatasi

    -

    -

    O’zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi.

    Loyihaning qabul qilinishi ma’muriy, jinoiy, fuqarolik va xo’jalik protsessida odil sudlovni ta’minlashning samaradorligi va sifatini oshirishga olib keladi.



    80.

    Quyidagilarni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalarini ishlab chiqish:

    tergovning to’liq emasligini sud muhokamasi jarayonida to’ldirish mexanizmlarini joriy etish orqali sud tomonidan jinoyat ishini qo’shimcha tergov yuritishga qaytarish institutini bekor qilish;

    jinoyat protsessiga ijtimoiy xavfi katta bo’lmagan jinoyatlar to’g’risidagi ishlar bo’yicha sudgacha va sudda ish yuritishning soddalashtirilgan tartibini joriy etish;

    xo’jalik yurituvchi sub’ektlar o’rtasidagi nizolar bo’yicha sudga murojaat qilishdan avval e’tirozni majburiy taqdim etish tartibini o’rnatish;

    fuqarolik va xo’jalik, shu jumladan, shartnomaviy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolarni sudgacha hal qilish mexanizmlarini qo’llashni kengaytirish;

    da’vogar tomonidan javobgar bilan nizoni sudgacha hal qilish tartibiga rioya qilinmagan bo’lsa, agar qonun yoki shartnomada mazkur toifadagi nizolar uchun bunday tartib nazarda tutilgan bo’lsa, da’voni qabul qilishni rad etish tartibini kiritish;

    hakamlik sudlari faoliyatini tashkil qilishning qonuniy asoslarini va ular tomonidan qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazoratni takomillashtirish, hakamlik sudlariga qo’yiladigan talablarni aniqlashtirish.


    2017 yil I chorak

    Oliy sud,
    Oliy xo’jalik sud,
    Bosh prokuratura, Adliya vazirligi, MXX, IIV,
    Savdo-sanoat palatasi,
    Advokatlar palatasi

    -

    -

    O’zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi.

    Loyihaning qabul qilinishi tergovning to’liq emasligini sud muhokamasi jarayonida to’ldirish mexanizmlarini joriy etish orqali sud tomonidan jinoyat ishini qo’shimcha tergov yuritishga qaytarish institutini bekor qilishga, ushbu sohaga oid boshqa masalalarda kelib chiqayotgan muammolarni hal etishga, nizolarni sudgacha hal etish mexanizmlarini va advokatura instituti faoliyatini takomillashtirishga xizmat qiladi.



    81.

    Quyidagilarni nazarda tutuvchi «O’zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqish:

    fuqarolik ishi bo’yicha sud qarorini nazorat tartibida qayta ko’rib chiqish muddatini


    3 yildan 1 yilga qisqartirish;

    viloyat miqyosidagi sudlar tomonidan jinoyat va fuqarolik ishlarini nazorat tartibida ko’rib chiqish institutini tugatib, tegishli sud raislari va prokurorlarning nazorat tartibida protest keltirish bo’yicha vakolatlarini bekor qilish;

    O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining ishlarni nazorat tartibida ko’rib chiqish bo’yicha biri-birini takrorlovchi vakolatlarini bekor qilish;

    ishni nazorat tartibida ko’rib chiqadigan sudning ishni birinchi instantsiya sudiga yoxud apellyatsiya yoki kassatsiya instantsiyasi sudiga yangidan ko’rib chiqish uchun yuborishga oid vakolatlarini aniqlashtirish;

    moddiy va protsessual qonun normalarini buzganlik holatlarni aniqlash holatlaridan tashqari, quyi instantsiya sudlari tomonidan tayinlangan jazolarni qayta ko’rib chiqish bo’yicha kassatsiya
    va nazorat sud instantsiyalari vakolatlarini cheklash;

    xorijiy tajriba va xalqaro standartlarni hisobga olgan holda, shuningdek, yangi ochilgan holatlar bo’yicha ishlarni ko’rib chiqish asoslari tartibini takomillashtirish, shu jumladan, fuqarolik, ma’muriy va xo’jalik ishlari bo’yicha yangi ochilgan holatlar yuzasidan qayta ko’rib chiqish to’g’risidagi ariza berish mumkin bo’lgan eng ko’p muddatni aniqlashtirish va qisqartirish.



    2017 yil I chorak

    Oliy sud,

    Oliy xo’jalik sud, Bosh prokuratura, Adliya vazirligi, Advokatlar palatasi



    -

    -

    O’zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi.

    Loyihaning qabul qilinishi fuqarolik va xo’jalik ishlarini ko’rib chiqishni takomillashtirish, biri-birini takrorlovchi majburiyat va instantsiyalarni qisqartishga, fuqarolik, ma’muriy va xo’jalik ishlari bo’yicha yangi ochilgan holatlar yuzasidan qayta ko’rib chiqish mexanizmlarini aniqlashtirishga xizmat qiladi.



    82.

    Elektron tartibda sud va ijro ishini yuritishning zamonaviy shakl va usullarini, shu jumladan, protsess ishtirokchilari bilan o’zaro elektron hamkorlikni amalga oshirish, videokonferentsaloqadan foydalanish, shuningdek, protsessual harakatlarni video, audio qayd etishni, sud-tergov jarayonlarini stenogramma qilishning yangi turlarini kengroq joriy etish.

    2017 yil IV chorak

    Bosh prokuratura,

    Oliy sud,

    Oliy xo’jalik sud, Adliya vazirligi, IIV, MXX,
    Moliya vazirligi, Axborot texnologiyalari vazirligi


    25 000,0, shundan,

    9 000,0 davlat byudjeti mablag’lari



    Davlat byudjeti
    va byudjetdan tashqari mablag’lar

    O’zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi.

    Loyiha bilan elektron tartibda sud va ijro ishini yuritishning zamonaviy shakl va usullari joriy etiladi.





    Download 195.15 Kb.
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   45




    Download 195.15 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida

    Download 195.15 Kb.