• Hukumatining
  • O'zbekiston respublikasining tashqi iqtisodiy faoliyati to'G'risida




    Download 60.08 Kb.
    bet1/2
    Sana24.03.2017
    Hajmi60.08 Kb.
      1   2

    O'ZBEKISTON RESPUBLIKASINING TASHQI IQTISODIY FAOLIYATI TO'G'RISIDA

     O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNIGA O'ZGARTISHLAR VA QO'SHIMCHALAR KIRITISH HAQIDA

    (O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000 y.

    Respublika (lot. respublica, res - ish va publicus - ijtimoiy, umumxalq) - davlat boshqaruvi shakli, unda bar cha davlat hokimiyati organlari saylab qoʻyiladi yoki umummilliy vakolatli muassasalar (parlamentlar) tomonidan shakllantiriladi, fuqarolar esa shaxsiy va siyosiy huquqlarga ega boʻladilar.
    , 5-6-son, 148-modda; 2003 y., 5-son, 67-modda; O'zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to'plami, 2004 y., 25-son, 287-modda; 51-son, 514-modda; 2005 y., 49-50-son, 365-modda; 2009 y., 37-son, 403-modda)

    O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:

    1991 yil 14 iyunda qabul qilingan «O'zbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy faoliyati to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi Qonuniga (O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1991 yil, № 8, 182-modda, 1992 yil, № 9, 335-modda) o'zgartirishlar va qo'shimchalar kiritilib, uning yangi tahriri tasdiqlansin (ilova qilinmoqda).

    O'zbekiston Respublikasining Prezidenti 


    I. KARIMOV

    Toshkent sh.

    O'ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI

    TASHQI IQTISODIY FAOLIYAT TO'G'RISIDA

    (yangi tahriri)

    1-modda. Ushbu Qonunning asosiy vazifalari

    Ushbu Qonun tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish bilan bog'liq munosabatlarni tartibga soladi. Ushbu Qonunning asosiy vazifalari tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishda O'zbekiston Respublikasining iqtisodiy xavfsizligini ta'minlash, uning iqtisodiy suvereniteti va iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish, milliy iqtisodiyot rivojini rag'batlantirish, mamlakat iqtisodiyotining jahon iqtisodiy tizimiga integratsiyalashuvi uchun shart-sharoitlar yaratishdan iboratdir.

    2-modda. Tashqi iqtisodiy faoliyat to'g'risidagi qonun hujjatlari

    Tashqi iqtisodiy faoliyat to'g'risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.

    Agar O'zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O'zbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy faoliyat to'g'risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo'lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo'llaniladi.

    3-modda. Tashqi iqtisodiy faoliyat

    Tashqi iqtisodiy faoliyat deganda O'zbekiston Respublikasi yuridik va jismoniy shaxslarining xorijiy davlatlarning yuridik va jismoniy shaxslari, shuningdek xalqaro tashkilotlar bilan o'zaro foydali iqtisodiy aloqalarni o'rnatish va rivojlantirishga qaratilgan faoliyati tushuniladi.

    O'zbekiston Respublikasida ro'yxatga olingan yuridik shaxslar, shuningdek, O'zbekiston Respublikasining hududida doimiy yashash joyiga ega bo'lgan va yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro'yxatga olingan jismoniy shaxslar tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shug'ullanishga haqlidir.

    O'zbekiston Respublikasining davlat organlari, agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida belgilanmagan bo'lsa, tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishlari mumkin.

    4-modda. Tashqi iqtisodiy faoliyatning asosiy printsiplari

    Tashqi iqtisodiy faoliyatning asosiy printsiplari quyidagilardan iborat:

    tashqi iqtisodiy faoliyat sub'ektlarining erkinligi va iqtisodiy mustaqilligi;

    Mustaqillik - davlatning ichki va tashqi ishlarda boshqa davlatlarga qaram boʻlmay faoliyat koʻrsatishi. M. tamoyillariga rioya etish davlatlararo oʻzaro munosabatlarda yetakchi, hukmron qoidadir. Har bir davlatning mustaqilligini tan olish oʻzaro tinchtotuv yashashning prinsiplaridan biridir.

    tashqi iqtisodiy faoliyat sub'ektlarining tengligi;

    savdo-iqtisodiy munosabatlarni amalga oshirishda kamsitishlarga yo'l qo'yilmasligi;

    tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishdan o'zaro manfaatdorlik;

    tashqi iqtisodiy faoliyat sub'ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlari davlat tomonidan himoya qilinishi.

    5-modda. Tashqi iqtisodiy faoliyat sub'ektlari

    Tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirayotgan O'zbekiston Respublikasining yuridik va jismoniy shaxslari tashqi iqtisodiy faoliyat sub'ektlari hisoblanadilar.

    6-modda. Tashqi iqtisodiy faoliyat ob'ektlari

    Oldingi tahrirga qarang.

    Oldi-sotdi yoki ayirboshlash ob'ekti bo'lgan tovarlar, ishlar (xizmatlar), har qanday mol-mulkka, shu jumladan, qimmatli qog'ozlar, valyuta qimmatliklariga, elektr, issiqlik energiyasi va boshqa turdagi energiyaga, transport vositalariga, intellektual mulk ob'ektlariga nisbatan, tashqi iqtisodiy faoliyatda foydalanilishi qonun hujjatlari bilan taqiqlanganlarini istisno etganda, tashqi iqtisodiy faoliyat amalga oshirilishi mumkin.

    Qo'shimcha ma'lumot uchun qarang: O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997 yil 10 oktyabrdagi PF-1871-sonli «Tovarlar (ishlar, xizmatlar) eksportini rag'batlantirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida»gi Farmoni.

    (6-modda O'zbekiston Respublikasining 2009 yil 9 sentyabrdagi O'RQ-216-sonli Qonuni tahririda — O'R QHT, 2009 y., 37-son, 403-modda)

    7-modda. Tashqi iqtisodiy faoliyat sub'ektlarining huquqlari

    Tashqi iqtisodiy faoliyat sub'ektlari bunday faoliyatni amalga oshirishda teng huquqlarga egadir.

    Tashqi iqtisodiy faoliyat sub'ektlari quyidagi huquqlarga ega:

    qonun hujjatlari doirasida tashqi iqtisodiy faoliyatda qatnashish shakllarini mustaqil belgilash, tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish uchun o'z xohishiga ko'ra boshqa yuridik va jismoniy shaxslarni shartnoma asosida belgilangan tartibda jalb qilish;

    tashqi iqtisodiy faoliyat natijalariga, shu jumladan milliy va chet el valyutasidagi daromadga qonun hujjatlariga muvofiq mustaqil ravishda egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish.

    Tashqi iqtisodiy faoliyat sub'ektlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo'lishi mumkin.

    8-modda. Tashqi iqtisodiy faoliyat sub'ektlarining majburiyatlari

    Tashqi iqtisodiy faoliyat sub'ektlari:

    tashqi iqtisodiy faoliyat to'g'risidagi hisobotni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda taqdim etishi;

    O'zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilayotgan tovarlarning O'zbekistonda belgilab qo'yilgan texnikaviy, farmakologiya, sanitariya, veterinariya, fitosanitariya, ekologiya standartlari va talablariga muvofiqligini tasdiqlovchi hujjatlarni belgilangan tartibda taqdim etishi shart.

    Tashqi iqtisodiy faoliyat sub'ektlari zimmasida qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo'lishi mumkin.

    9-modda. Tashqi iqtisodiy faoliyatning asosiy yo'nalishlari

    Tashqi iqtisodiy faoliyatning asosiy yo'nalishlari quyidagilardir:

    xalqaro iqtisodiy va moliyaviy hamkorlik;

    tashqi savdo faoliyati;

    chet el investitsiyalarini jalb qilish;

    O'zbekiston Respublikasidan tashqaridagi investitsiya faoliyati.

    10-modda. Xalqaro iqtisodiy va moliyaviy hamkorlik

    Xalqaro iqtisodiy va moliyaviy hamkorlik ishlab chiqarish, moliya, bank va sug'urta faoliyati, ta'lim va kadrlarni tayyorlash, turizm, sog'liqni saqlash, ilmiy-texnikaviy, madaniy, ekologiya, gumanitar va boshqa sohalarda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda O'zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyat sub'ektlarining xorijiy davlatlarning yuridik va jismoniy shaxslari, shuningdek xalqaro tashkilotlar bilan o'zaro foydali aloqalarni o'rnatishi va kengaytirishga qaratilgan tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishdir.

    Ishlab chiqarish, moddiy ishlab chiqarish - jamiyatning yashashi va taraqqiy etishi uchun zarur boʻlgan moddiy boyliklar (turli iqti-sodiy mahsulotlar)ni yaratish jarayo-ni; ishlab chiqarish omillarini isteʼ-mol va investitsiyalar uchun moʻljallangan tovarlar va xizmatlarga aylantirish. I.ch.

    Oldingi tahrirga qarang.

    11-modda. Tashqi savdo faoliyati

    Tashqi savdo faoliyati xalqaro tovarlar, ishlar (xizmatlar) savdosi sohasidagi tadbirkorlik faoliyatidir.

    Tashqi savdo faoliyati tovarlarni, ishlarni (xizmatlarni) eksport va import qilish yo'li bilan amalga oshiriladi.

    Tovarlarning O'zbekiston Respublikasi bojxona hududidan ularni qayta olib kirish to'g'risidagi majburiyatni olmasdan olib chiqib ketilishi, agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida belgilanmagan bo'lsa, tovarlar eksportidir.

    Tovarlarning O'zbekiston Respublikasi bojxona hududiga ularni qayta olib chiqib ketish to'g'risidagi majburiyatni olmasdan olib kirilishi tovarlar importidir.

    O'zbekiston Respublikasining yuridik yoki jismoniy shaxsi tomonidan xorijiy davlatning yuridik yoki jismoniy shaxsi uchun ishlar bajarish (xizmatlar ko'rsatish), ularning bajarilish (ko'rsatilish) joyidan qat'i nazar, ishlar (xizmatlar) eksportidir.

    Xorijiy davlatning yuridik yoki jismoniy shaxsi tomonidan O'zbekiston Respublikasining yuridik yoki jismoniy shaxsi uchun ishlar bajarish (xizmatlar ko'rsatish), ularning bajarilish (ko'rsatilish) joyidan qat'i nazar, ishlar (xizmatlar) importidir.

    Qo'shimcha ma'lumot uchun O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 31 martdagi 137-son «O'zbekiston Respublikasida tashqi savdo faoliyatini erkinlashtirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida»gi qaroriga qarang.

    Vazir (arab. - yuk koʻtaruvchi) - oʻrta asrlarda Yaqin va Oʻrta Sharq davlatlarida, shu jumladan Oʻrta Osiyo xonliklarida hukumat idorasi yoki kengashi (devon) boshligʻi. V. lar vaziri aʼzam rahbarligida davlatni idora etish vazifalari bilan shugʻullangan. V.

    (11-modda O'zbekiston Respublikasining 2004 yil 30 apreldagi 621-II-son Qonuni tahririda — O'zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to'plami, 2004 y., 25-son, 287-modda)

    12-modda. Chet el investitsiyalarini jalb qilish

    Chet ellik investorlar tomonidan tadbirkorlik faoliyati ob'ektlariga hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan faoliyatning boshqa turlariga kiritilayotgan moddiy va nomoddiy ne'matlarning barcha turlari hamda ularga bo'lgan huquqlar, shu jumladan intellektual mulkka bo'lgan huquqlar, shuningdek chet el investitsiyalaridan olinadigan har qanday daromad O'zbekiston Respublikasi hududidagi chet el investitsiyalari deb e'tirof etiladi.

    O'zbekiston Respublikasi hududida chet el investitsiyalarini amalga oshirish shakllari va tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.

    Batafsil ma'lumot uchun O'zbekiston Respublikasining «Chet el investitsiyalari to'g'risida»gi Qonuniga qarang.

    13-modda. O'zbekiston Respublikasidan tashqaridagi investitsiya faoliyati

    O'zbekiston Respublikasidan tashqaridagi tadbirkorlik va boshqa faoliyat ob'ektlariga moddiy va nomoddiy ne'matlarni hamda ularga bo'lgan huquqlarni qo'yish bilan bog'liq tashqi iqtisodiy faoliyat sub'ektlari harakatlarining yig'indisi O'zbekiston Respublikasidan tashqaridagi investitsiya faoliyati deb e'tirof etiladi.

    O'zbekiston Respublikasidan tashqaridagi investitsiya faoliyati qonun hujjatlarida belgilangan tartibda quyidagi yo'llar bilan amalga oshirilishi mumkin:

    yuridik shaxslar tashkil etish yoki ustav fondlarida (kapitallarida) ulushbay asosda, shu jumladan mol-mulk va aktsiyalar sotib olish yo'li bilan qatnashish;

    «O'zbekiston Respublikasi yuridik shaxslari tomonidan xorijda korxonalar tuzish yoki ularning ustav fondlari (kapitallari)da ulushli ishtirok etishi to'g'risida ma'lum qilish tartibi to'g'risida»gi Nizom (ro'yxat raqami 1012, 27.02.2001 y.)ga qarang.

    O'zbekiston Respublikasidan tashqarida vakolatxonalar, filiallar va boshqa alohida bo'linmalar ta'sis etish;

    Oldingi tahrirga qarang.

    qimmatli qog'ozlarni, shu jumladan xorijiy davlatlarning rezidentlari tomonidan tasdiqlangan qarz majburiyatlarini sotib olish;

    (13-modda ikkinchi qismining to'rtinchi xatboshi O'zbekiston Respublikasining 2009 yil 9 sentyabrdagi O'RQ-216-sonli Qonuni tahririda — O'R QHT, 2009 y., 37-son, 403-modda)

    kontsessiyalarni, shu jumladan tabiiy resurslarni qidirish, izlab topish, qazib olish yoxud ulardan foydalanishga mo'ljallangan kontsessiyalarni qo'lga kiritish;

    mulk huquqini, shuningdek, erga hamda boshqa tabiiy resurslarga egalik qilish va ulardan foydalanish huquqini qo'lga kiritish.

    O'zbekiston Respublikasidan tashqaridagi investitsiya faoliyati xorijiy davlatning qonun hujjatlarida va O'zbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa shakllarda ham amalga oshirilishi mumkin.

    14-modda. Xorijiy davlatlarning va ular yuridik shaxslarining O'zbekiston Respublikasi hududidagi vakolatxonalari

    O'zbekiston Respublikasida xorijiy davlatlarning savdo-iqtisodiy masalalar bo'yicha vakolatxonalari O'zbekiston Respublikasi tegishli xorijiy davlatlar bilan tuzadigan xalqaro shartnomalar asosida ta'sis etiladi.

    Ajnabiy yuridik shaxslar O'zbekiston Respublikasi hududida O'zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq vakolatxonalar ochishga haqlidirlar.

    Batafsil ma'lumot uchun O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 23 oktyabrdagi 410-son qarori bilan tasdiqlangan «Xorijiy tijorat tashkilotlarining O'zbekiston Respublikasi hududidagi vakolatxonalarini akkreditatsiya qilish tartibi va ularning faoliyati to'g'risida»gi Nizomga qarang.

    15-modda. Tashqi iqtisodiy faoliyat sub'ektlari huquq va manfaatlarining kafolatlari

    O'zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyat sub'ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlari ta'minlanishini kafolatlaydi.

    Davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari tashqi iqtisodiy faoliyat sub'ektlarining qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshirilayotgan faoliyatiga aralashishga haqli emas.

    O'zbekiston Respublikasining davlat organlari tashqi iqtisodiy faoliyat sub'ektlarining ushbu Qonunda belgilangan huquqlarini buzuvchi hujjatlar qabul qilgan taqdirda, ularga etkazilgan zararning o'rni qonun hujjatlariga muvofiq qoplanadi.

    O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 15 va 990-moddalariga qarang.

    16-modda. Axborot olish erkinligi

    Tashqi iqtisodiy faoliyat sub'ektlari tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi o'z huquqlari va manfaatlariga daxldor bo'lgan va maxfiy tusda bo'lmagan axborotlarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat organlaridan olishga haqlidir. Axborotning maxfiyligi qonun hujjatlariga muvofiq aniqlanadi.

    Batafsil ma'lumot uchun O'zbekiston Respublikasining «Axborotlashtirish to'g'risida»gi, «Axborot erkinligi printsiplari va kafolatlari to'g'risida»gi va «Axborot olish kafolatlari va erkinligi to'g'risida»gi Qonunlariga qarang.

    Tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga soluvchi va umummajburiy tusdagi qonun hujjatlari ommaviy axborot vositalarida e'lon qilinishi va tashqi iqtisodiy faoliyat sub'ektlari ulardan erkin foydalana olishlari shart.

    17-modda. Tashqi iqtisodiy faoliyatni davlat tomonidan tartibga solish

    Tashqi iqtisodiy faoliyatni davlat tomonidan tartibga solish quyidagi yo'llar bilan amalga oshiriladi:

    tashqi iqtisodiy faoliyatning qonunchilik negizini shakllantirish va takomillashtirish;

    valyuta bilan tartibga solish;

    soliq bilan tartibga solish;

    tarif va notarif tartibga solish;

    O'zbekiston Respublikasining iqtisodiy manfaatlariga rioya etilishi uchun himoya, kompensatsiya va dempingga qarshi choralarni qo'llash;

    Qarshi Qarshi (1926 37 yillarda Behbudiy) - Qashqadaryo viloyatidagi shahar (1926 yildan), viloyat markazi (1943 yildan). Qashqadaryo vohasining markazida, Qashqadaryo boʻyida, xalqaro t. yil va avtomobil yoʻllari kesishgan joyda.

    tashqi savdo faoliyatini amalga oshirish tartibini belgilash, shu jumladan, miqdoriy cheklovlar o'rnatish hamda tovarlarning ayrim turlari eksport va import qilinishi ustidan davlat monopoliyasini o'rnatish;

    Oldingi tahrirga qarang.

    o'z xossa hamda xususiyatlariga ko'ra yalpi qirg'in qurolini (yadroviy, kimyoviy, bakteriologik (biologik) va zaharlovchi qurol) hamda uni etkazib berish vositalarini (raketalar va yalpi qirg'in qurolini etkazib berishga qodir boshqa texnika vositalarini), boshqa turdagi qurol-yarog' hamda harbiy texnikani yaratishda muhim hissa qo'shishi mumkin bo'lgan, eksport nazorati ob'ektlari ro'yxatlarida ko'rsatilgan tovarlar, asbob-uskunalar, ilmiy-texnika axboroti, ishlar va xizmatlar, intellektual faoliyat natijalariga nisbatan eksport nazoratini o'rnatish;

    Texnika (techne - mahorat, sanʼat) - moddiy boylik olish hamda odamlar va jamiyatning extiyojlarini qondirish maqsadida inson atrofdagi tabiatga taʼsir qilishiga imkon beradigan vositalar va koʻnikmalar majmui.
    Kimyo, ximiya - moddalarning tuzilishi va oʻzgarishini oʻrganadigan fan. Kimyo boshqa fanlar qatori inson faoliyatining mahsuli sifatida vujudga kelib, tabiiy ehtiyojlarni qondirish, zaruriy mahsulotlar ishlab chiqarish, biridan ikkinchisini xrsil qilish va, nihoyat, turli hodisalar sirlarini bilish maqsadida roʻyobga chiqdi.

    (17-modda birinchi qismining sakkizinchi xatboshisi O'zbekiston Respublikasining 2004 yil 3 dekabrdagi 714-II-son Qonuni tahririda — O'zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to'plami, 2004 y., 51-son, 514-modda)

    olib kiriladigan va olib chiqiladigan tovarlarni sertifikatlash;

    texnikaviy, farmakologiya, sanitariya, veterinariya, fitosanitariya, ekologiya standartlari va talablarini belgilash;

    tashqi iqtisodiy faoliyat sub'ektlari uchun preferentsiya va imtiyozlar berish.

    Tashqi iqtisodiy faoliyatni davlat tomonidan tartibga solish qonun hujjatlariga muvofiq boshqacha usullarda ham amalga oshirilishi mumkin.

    18-modda. Tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solish sohasida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining vakolatlari

    O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

    tashqi iqtisodiy faoliyatni rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqadi;

    O'zbekiston Respublikasining iqtisodiy xavfsizligini, iqtisodiy mustaqilligi va iqtisodiy manfaatlari himoya qilinishini ta'minlaydi;

    tashqi iqtisodiy faoliyat sohasida O'zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini tuzadi;

    O'zbekiston Respublikasining to'lov balansini ishlab chiqadi;

    chet eldan olinadigan kreditlar uchun O'zbekiston Respublikasi Hukumatining kafolatlarini beradi;

    Hukumat - davlatning oliy kollegial ijroiya organi. H. turli mamlakatlarda turlicha nom bilan ataladi: Vazirlar Kengashi (Fransiya, Italiya, Polsha), Vazirlar Mahkamasi (Buyuk Britaniya, Oʻzbekiston), davlat kengashi (XXR) va h.k. H.

    Batafsil ma'lumot uchun O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 28 noyabrdagi 534-son qarori bilan tasdiqlangan «Jalb etiladigan xorijiy kreditlar bo'yicha O'zbekiston Respublikasi kafolatlarini berish tartibi to'g'risida»gi Nizomga qarang.

    O'zbekiston Respublikasining chet ellardagi mulkiga egalik qiladi, undan foydalanadi va uni tasarruf etadi;

    qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.

    19-modda. Tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solish sohasidagi vakolatli davlat organi

    Oldingi tahrirga qarang.

    O'zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solish sohasidagi vakolatli davlat organi hisoblanadi.

    (19-moddaning birinchi qismi O'zbekiston Respublikasining 2005 yil 14 dekabrdagi O'RQ-11-sonli Qonuni tahririda — O'R QHT, 2005 y., 49-50-son, 365-modda)

    Oldingi tahrirga qarang.

    O'zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi:

    (19-moddaning ikkinchi qismi birinchi xatboshi O'zbekiston Respublikasining 2005 yil 14 dekabrdagi O'RQ-11-sonli Qonuni tahririda — O'R QHT, 2005 y., 49-50-son, 365-modda)

    tashqi iqtisodiy faoliyat sohasida davlat siyosati olib borilishini, tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishda O'zbekiston Respublikasining iqtisodiy manfaatlari himoya qilinishiga doir vazifalar bajarilishini ta'minlaydi;

    tashqi iqtisodiy faoliyatning qonunchilik negizi takomillashtirilishiga doir takliflarni ishlab chiqadi;

    qonun hujjatlarida belgilangan vakolatlari doirasida tashqi iqtisodiy faoliyat sub'ektlari faoliyatini muvofiqlashtiradi va tartibga solib turadi;

    tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solish sohasidagi davlat boshqaruv organlari ishini muvofiqlashtiradi;

    qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.

    Batafsil ma'lumot uchun O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 26 iyuldagi PQ-136-sonli qarori bilan tasdiqlangan «O'zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi to'g'risida»gi Nizomga qarang.

    20-modda. Eksport, importni taqiqlash hamda cheklash

    O'zbekiston Respublikasida qonun hujjatlari bilan tovarlar eksporti, importini taqiqlash hamda cheklash belgilanishi mumkin va ular quyidagi maqsadlarni ko'zlaydi:

    milliy xavfsizlikni ta'minlash;

    fuqarolar hayoti va sog'lig'ini muhofaza qilish, hayvonot va o'simlik dunyosini hamda atrof-muhitni muhofaza qilish;

    ijtimoiy axloq-odobga va huquq-tartibotga rioya etish;

    O'zbekiston Respublikasi xalqining madaniy merosini saqlash;

    Xalq - bu odamlar jamoasi boʻlib, ularning tili, madaniyati, sanʼati, dini boshqa jihatlarini birgalikda aks ettiradi. Xalq tushunchasi keng boʻlib jihatlari bilan birlashtiriladigan odamlar yigʻindisiga aytiladi.

    madaniy boyliklarni noqonuniy olib chiqish, olib kirish va ularga bo'lgan mulk huquqlarini boshqaga o'tkazishdan himoya qilish;

    O'zbekiston Respublikasining to'lov balansini saqlab turish;

    O'zbekiston Respublikasining xalqaro majburiyatlarini bajarish;

    tiklab bo'lmaydigan tabiiy resurslar tugatilishining oldini olish;

    O'zbekiston Respublikasining boshqa manfaatlarini himoya qilish.

    21-modda. Tovarlar ayrim turlarining eksport va importini litsenziyalash hamda kvotalash

    Tovarlarning ayrim turlarini eksport va import qilish faqat ularni olib kirish yoki olib chiqish uchun tegishli ruxsatnoma (litsenziya) olinganidan keyin amalga oshiriladi. Tovarlar ayrim turlarining eksporti va importini amalga oshirish uchun litsenziyalar O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi vakolat bergan organlar tomonidan beriladi.

    O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ayrim tovarlar turlarini eksport va import qilishga nisbatan miqdoriy cheklovlar (kvotalar) belgilashi mumkin.

    Kvotalarni taqsimlash, qoida tariqasida, tanlov yoki kim oshdi savdosi asosida amalga oshiriladi.

    Eksport va import qilinishi, litsenziyalanishi hamda kvotalanishi zarur bo'lgan tovarlar ayrim turlarining ro'yxati, shuningdek, litsenziyalarni berish va kvotalarni taqsimlash tartibi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

    O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997 yil 10 oktyabrdagi PF-1871-son Farmoni bilan tasdiqlangan O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining farmoyishlari asosida Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiya va savdo vazirligi tomonidan beriladigan litsenziyalar bo'yicha eksport-import qilinadigan o'ziga xos tovarlarning ro'yxatiga, shuningdek O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 31 martdagi 137-son qarori bilan tasdiqlangan O'zbekiston Respublikasining vakolatli organlari tomonidan beriladigan ruxsatnomalar bo'yicha eksport va import qilinadigan maxsus tovarlar (ishlar, xizmatlar) ro'yxatiga qarang. Shuningdek «O'ziga xos tovarlarning eksporti va ularning O'zbekiston Respublikasi hududiga importini litsenziyalash tartibi to'g'risida»gi Nizom (ro'yxat raqami 422, 08.04.1998 y.)ga qarang.

    22-modda. Eksport nazorati

    Oldingi tahrirga qarang.

    O'z xossa hamda xususiyatlariga ko'ra yalpi qirg'in qurolini (yadroviy, kimyoviy, bakteriologik (biologik) va zaharlovchi qurol) hamda uni etkazib berish vositalarini (raketalar va yalpi qirg'in qurolini etkazib berishga qodir boshqa texnika vositalarini), boshqa turdagi qurol-yarog' hamda harbiy texnikani yaratishda muhim hissa qo'shishi mumkin bo'lgan, eksport nazorati ob'ektlari ro'yxatlarida ko'rsatilgan tovarlar, asbob-uskunalar, ilmiy-texnika axboroti, ishlar va xizmatlar, intellektual faoliyat natijalariga nisbatan tashqi iqtisodiy faoliyat amalga oshirilayotganda O'zbekiston Respublikasining milliy manfaatlarini himoya qilish, shuningdek xalqaro majburiyatlarga rioya etish maqsadida O'zbekiston Respublikasida eksport nazorati tizimi amal qiladi. Eksport nazorati ob'ektlari ro'yxatlari, shuningdek ularni olib chiqish va ulardan foydalanish tartibi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

    Qo'shimcha ma'lumot uchun qarang: O'zbekiston Respublikasining «Eksport nazorati to'g'risida»gi Qonuni.

    (22-modda O'zbekiston Respublikasining 2004 yil 3 dekabrdagi 714-II-son Qonuni tahririda — O'zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to'plami, 2004 y., 51-son, 514-modda)

    23-modda. O'zbekiston Respublikasining hamda tashqi iqtisodiy faoliyat sub'ektlarining iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish

    Xorijiy davlat tomonidan O'zbekiston Respublikasining va tashqi iqtisodiy faoliyat sub'ektlarining iqtisodiy manfaatlarini buzuvchi choralar qabul qilingan taqdirda, shuningdek ushbu davlat xalqaro shartnomalarga ko'ra O'zbekiston Respublikasi oldida qabul qilgan o'z majburiyatlarini bajarmagan taqdirda, O'zbekiston Respublikasi xalqaro huquqning umum e'tirof etilgan normalari va printsiplariga muvofiq tashqi iqtisodiy faoliyat sohasida javob choralarini kiritishga haqlidir.

    Oldingi tahrirga qarang.

    24-modda. Muhofaza choralari

    Tovar importining ko'payganligiga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan muhofaza choralari qo'llanilishi mumkin.

    Muhofaza choralarining qo'llanilish tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.

    Batafsil ma'lumot uchun O'zbekiston Respublikasi «Muhofaza choralari, antidemping va kompensatsiya bojlari to'g'risida»gi Qonunining II bo'limi (6—9-moddalari)ga qarang.

    (24-modda O'zbekiston Respublikasining 2004 yil 30 apreldagi 621-II-son Qonuni tahririda — O'zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to'plami, 2004 y., 25-son, 287-modda)

    Oldingi tahrirga qarang.

    25-modda. Antidemping bojlari

    Demping narxlaridagi tovar importiga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan antidemping bojlari qo'llanilishi mumkin.

    Antidemping bojlarining qo'llanilish tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.

    Batafsil ma'lumot uchun O'zbekiston Respublikasi «Muhofaza choralari, antidemping va kompensatsiya bojlari to'g'risida»gi Qonunining III bo'limi (10—15-moddalari)ga qarang.

    (25-modda O'zbekiston Respublikasining 2004 yil 30 apreldagi 621-II-son Qonuni tahririda — O'zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to'plami, 2004 y., 25-son, 287-modda)

    Oldingi tahrirga qarang.

    26-modda. Kompensatsiya bojlari

    Subsidiya bilan ta'minlangan tovar importiga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan kompensatsiya bojlari qo'llanilishi mumkin.

    Kompensatsiya bojlarining qo'llanilish tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.

    Batafsil ma'lumot uchun O'zbekiston Respublikasi «Muhofaza choralari, antidemping va kompensatsiya bojlari to'g'risida»gi Qonunining IV bo'limi (16—21-moddalari)ga qarang.

    (26-modda O'zbekiston Respublikasining 2004 yil 30 apreldagi 621-II-son Qonuni tahririda — O'zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to'plami, 2004 y., 25-son, 287-modda)

    27-modda. Olib kirilayotgan tovarlarga qo'yiladigan texnikaviy, farmakologiya, sanitariya, veterinariya, fitosanitariya va ekologiya standartlari hamda talablari

    O'zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilayotgan tovarlar O'zbekiston Respublikasida belgilangan texnikaviy, farmakologiya, sanitariya, veterinariya, fitosanitariya va ekologiya standartlari hamda talablariga muvofiq bo'lishi lozim.

    O'zbekiston Respublikasining hududiga:

    ushbu moddaning birinchi qismida ko'rsatilgan standartlar va talablarga mos kelmaydigan;

    qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda sertifikati, markirovkasi yoki muvofiqlik belgisiga ega bo'lmagan tovarlarni olib kirish taqiqlanadi.

    Qo'shimcha ma'lumot uchun O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 28 apreldagi 122-sonli qarori bilan tasdiqlangan Majburiy tartibda sertifikatlanadigan, O'zbekiston Respublikasi hududida ishlab chiqariladigan va unga olib kiriladigan



    Download 60.08 Kb.
      1   2




    Download 60.08 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O'zbekiston respublikasining tashqi iqtisodiy faoliyati to'G'risida

    Download 60.08 Kb.