«O’zbekiston temir yO’llari» datk Тoshkent temir yo’l muhandislar instituti




Download 435.07 Kb.
bet5/7
Sana24.03.2017
Hajmi435.07 Kb.
1   2   3   4   5   6   7

Ared = A Asp Asp As As. (2.13)
Keltirilgan kesimning cho’zilgan qirraga nisbatan statik momenti
Sred =S Aspap A’sp (h – a'p) Asas A's (h – as. (2.14)
Cho’zilgan qirradan keltirilgan kesim og’irlik markazigacha bo’lgan masofa

y= Sred/Ared. (2.15)
Ana shu keltirilgan kesimning neytral o’qqa nisbatan inersiya momenti
Ired = I Asp(ysp)2 A’sp(y’sp)2 As(ys)2 A’s(y’s)2. (2.16)
Oldindan zo’riqtirilgan konstruksiyalarda oddiy temirbeton konstruksiyalardagi zo’riqishlarga qo’shimcha ravishda betonda taranglangan armaturadan beriladigan siqilish zo’riqishlari paydo bo’ladi. Shuning uchun oldindan zo’riqtirilgan konstruksiyalarni loyihalashda ularda, odatdagi yuklardan tashqari siquvchi kuchlar ta’siriga ham hisoblanadi.

Beton va armaturadagi kuchlanishlarni aniqlash. Oldindan zo’riqtirilgan elementning bo’ylama o’qiga tik bo’lgan kesimdagi kuchlanishlar beton kesimi va taranglangan hamda taranglanmagan armatura kesimlari yuzasidan tashkil topgan keltirilgan yuza uchun elastik jismdagi kabi aniqlanadi. Barcha bo’ylama armaturalardagi siquvchi kuchlarni teng ta’sir etuvchisi R tashqi kuch sifatida qabul qilinadi.

Тeng ta’sir etuvchi kuch R va uning keltirilgan yuza og’irlik markazigacha bo’lgan yelkasi eop quyidagi formulalardan aniqlanadi (2.17-rasm):


P=spAsp spA’spsAssA’s; (2.17)
eop= (spAspYsp spA’sp Y’spsAsYs sA’s Y’s)/P, (2.18)
bu yerda sp va sp – taranglangan Asp va Asp armaturadagi kuchlanishlar; s va s – taranglanmagan As va As armaturadagi kuchlanishlar.

2.17-rasm. Oldindan zo’riqtirilgan element kesimida hosil bo’ladigan kuchlanishlarni aniqlashga doir egiladigan element kesimidagi kuchlar sxemasi: a – siqilishdagi kuchlanishlarning joylanishi; b – qeltirilgan yuzaning geometrik xaraqteristikasini

topishga doir; v – siquvchi kuchlanish epyurasi


Betondagi kuchlanish umumiy holda nomarkaziy siqilish holatidagi element kabi quyidagi formuladan aniqlanadi:
bp=P/AredP eop Yo/Ired, (2.19)
bu yerda Ared – beton kesimiga keltirilgan yuza; Jred – keltirilgan kesim og’irlik markazidan o’tuvchi o’qqa nisbatan Ared yuzadan olingan inersiya momenti; Y – keltirilgan kesimning og’irlik markazidan kuchlanish aniqlanayotgan tolagacha bo’lgan masofa (2.17-rasm, b). =Es/Eb; Eb va Es beton va armaturaning elastiklik modullari.

Beton va armaturadagi kuchlanishlar nazorat qilinuvchi kuchlanishlarni tekshirishda, tob tashlash va ko’p yuklar ta’sirida vujudga keladigan yo’qolishlarni aniqlashda, yorilishbardoshlilik bilan deformatsiyalarni hisoblashda va boshqa shu kabi hollarda topiladi. Oldindan zo’riqtirilgan elementlarni hisoblashning o’ziga xos-xususiyatlari bor. Bu xususiyatlarni elementlarni tashqi yuklarga hisoblashdan oldin ko’rib chiqish kerak.



Oldindan zo’riqishning miqdorlari. Armaturani tirgaklarga taranglab oldindan zo’riqish hosil qilishdagi element kuchlanganlik holatlarini ko’rib chiqamiz. Cho’zilgan zonaga yuzasi Asp bo’lgan, siqilgan zonaga esa yuzasi A'sp bo’lgan armatura joylashtiriladi, bunda Asp>A'sp. Pastdagi va yuqoridagi armaturalarni tirgaklarda sp va 'sp kuchlanishlar bilan taranglanadi (2.18,a-rasm).


2.18-rasm. Armaturani tirgaklarda taranglab oldindan zo’riqish hosil qilishdagi egiluvchi element kuchlanganlik holati
Konstruksiyalarni loyihalashda oldindan uyg’otiladigan kuchlanishning qiymati po’latning elastiklik chegarasidan katta bo’lmasligi, biroq, juda kichkina bo’lmasligi ham zarur.

Тemirbeton konstruksiyalarni loyihalashda sp va 'sp odatda bir xil qilib olinadi va quyidagi oraliqda belgilanadi:

armaturani mexanik usulda taranglaganda
0,32 Rs,ser sp 0,95Rs,ser; (2.20)
armaturani elektr-termik va elektr-termomexanik usullarda taranglaganda
0,30Rs,ser pspRs,ser–p, (2.20).
Armatura mexanik usulda taranglanganda r=0,05sp; elektr-termik usulda esa r=30 360/l (2.21) bo’ladi, bu yerda l – tirgaklarning tashqi sirtalari orasidagi masofa, m da.

Oldindan zo’riqishning nazorat qilinadigan miqdorlari. Тirgaklarga tirab taranglashda hosil bo’ladigan kuchlanishning nazorat qiladigan qiymati con1 ni aniqlash uchun, sp dan ankerlarning deformatsiyalanishi va armaturaning ishqalanishi natijasida yo’qotilgan kuchlanishlar (bularni aniqlash usullari quyida beriladi) ayirib tashlanadi. Armaturaning betonga tirab tortishdan hosil bo’lgan kuchlanishning nazorat qilinadigan qiymati quyidagi formula orqali aniqlanadi:
con2 = spbp. (2.22)

Armaturaning tirgaklarga taranglab tortishdan hosil bo’lgan kuchlanishning nazorat qilinadigan qiymati quyidagi formula orqali aniqlanadi:


con1 = sp34, (2.23)
bunda bpP1 siquvchi kuch ta’sirida Asp armaturaning og’irlik markazi sathida betonda sodir bo’ladigan birinchi yo’qotishlarni hisobga olib aniqlanadigan kuchlanish. sp – yo’qotishlarni hisobga olmasdan qabul qilinadi.

Aramaturali elementda (sterjen, kanat, o’ramlarda) nazorat qilinadigan kuch.


Pcon=con Aspi, (2.24)
bu yerda R – oldindan uyg’otilgan kuchlanishlar teng ta’sir etuvchisi; eop – yelka; ysp– keltirilgan kesimning og’irlik markazidan taranglangan armaturadagi zo’riqishlarni teng ta’sir etuvchisigacha bo’lgan masofa (2.17-rasm); =Es/Eb.

Nazorat qilinadigan kuchlanish con2ning qiymati shunday belgilanishi kerakki, hisobiy kesimda spga teng bo’lgan kuchlanish hosil bo’lsin.



2.4. Egiladigan temirbeton elementlarning kuchlanganlik holati bosqichlari
Egiladigan temirbeton elementlarning kuchlanish holati bosqichlari. Тemirbeton to’sin egilganda, uning kesimlaridagi eguvchi momentning qiymatiga qarab navbati bilan kuchlanish-deformatsiyalanish holatining uch bosqichi ro’y beradi.

I bosqichda yuk kam bo’ladi, beton va armaturadagi kuchlanish ham shunga yarasha bo’lib, beton asosan elastik chegarada deformatsiyalanadi. Kuchlanishlar epyurasi siqilish va cho’zilish zonalarida deyarli to’g’ri chiziqli bo’ladi (2.19-rasm,1). Yukning ortishi bilan beton va armaturadagi kuchlanish ortadi, betondagi elastiklik va noelastiklik deformatsiyalar rivojlanadi, kuchlanishlar epyurasi biroz egrilashadi, to’sinning neytral o’qi siqilish zonasi tomon siljiydi. Bu bosqich I deb belgilanadi. Mazkur bosqichda betonning cho’zilish zonasi ham darzdan holi bo’ladi, zo’riqishlar butun kesim bo’yicha qabul qilinadi. Kuchlanishlarni aniqlashda elastik qarshiliklar formulasidan foydalanish mumkin. Bosqichning oxirida to’sinning cho’zilgan tola qatlamida kuchlanish betonning cho’zilishidagi mustahkamlik chegarasi Rbt ga tenglashadi. Тemirbeton elementlarining yorilishga bardoshliligi shu bosqich bo’yicha hisoblanadi.

II bosqichda betonning cho’zilish zonasida yoriqlar paydo bo’ladi. Yorilgan kesimda betondagi kuchlanish nolga teng deb olinadi. Yoriq bilan neytral o’q orasidagi kichkina cho’zilish zonasi hisobga olinmaydi. Siqilish zonasida betondagi kuchlanish siqilishdagi mustahkamlik chegarasidan kam bo’lib, cho’ziluvchi armaturadagi kuchlanish avval s ga, bosqich oxirida esa Rs ga tenglashadi. Bu bosqich konstruksiyalarni chegaraviy holatlarini ikkinchi guruhi bo’yicha hisoblashda asosiy bosqich sanaladi.

III bosqich elementning sinishi (buzilishi) oldidagi bosqichdir. Bunda betonning siqilish zonasidagi kuchlanishlar epyurasi plastik deformatsiyalar evaziga egrilashadi. Betonning siqilish zonasidagi kuchlanish Rs yoki s ga tenglashadi, cho’zilish zonasidagi yoriqlar kattalashadi, to’sin bikirligi kamayadi, salqilik tez o’sib borib, to’sin sinadi.

III bosqichda to’sinning sinishi cho’ziluvchi armaturaning soni va mexanik xossalariga bog’liq. Agar to’sin o’z me’yorida armaturalangan bo’lsa, sinish cho’zilgan armatura tomonidan boshlanadi. Bunday yemirilish birinchi sxema bo’yicha yemirilish deyiladi. Armaturadagi kuchlanish oqish chegarasiga yetganda, armaturaning plastik deformatsiyasi va to’sinning salqiligi tez o’sib boradi, buning oqibatida betoning siqilish zonasida kuchlanish mustahkamlik chegarasiga yetadi va beton yemiriladi. Shunday qilib, temirbeton elementi sinishdan ilgari, unda «plastik sharnir» hosil bo’ladi, bu kesimda beton va armaturadagi kuchlanish chegaraviy qiymatga erishadi. Bunga asoslanib (A.F. Loleyt taklifiga ko’ra), yuk ko’tarish qobiliyati bo’yicha hisoblash formulalarini, statikaning muvozanat shartlaridan foydalanib chiqarsa bo’ladi.



2.19-rasm. Egiladigan elementlar normal kesimidagi kuchlanishlar epyurasi va ularning kuchlanish va deformatsiyalanish holatining bosqichlari
Egiluvchi elementlarda cho’ziluvchi armaturaning miqdori me’yoridan ko’p bo’lsa, yemirilish betonning siqilish zonasida boshlanadi, bunda cho’ziluvchi armaturadagi kuchlanish chegaraviy qiymatga yetib bormasligi mumkin. Bunday yemirilish ikkinchi sxema bo’yicha yemirilish deyiladi (2.19-rasm). Buzuvchi kuchlanishlar hamda chegaraviy holatlar usulining zamirida III bosqich yotadi. Ushbu bosqich konstruksiya elementlarni chegaraviy holatlarining I guruhi bo’yicha hisoblashda asosiy bosqich sanaladi.

Oldindan zo’riqtirilgan temirbeton elementlarning kuchlanish holati bosqichlari. Oldindan zo’riqtirilgan temirbeton konstruksiyalarda betonni siqish boshlanganida, tashqi kuchlar ta’sirida yemirilishgacha bo’lgan kuchlanishlar holati bir necha xarakterli bosqichlarga bo’linadi. O’q bo’ylab cho’ziladigan elementga markaziy siquvchi va tashqi kuchlar ta’sirini ko’rib o’taylik. Beton siqilgandan keyin elementda quyidagi kuchlanish holati tarkib topadi:

– yo’qoluvchilarning birlamchi turlari sodir bo’lgach betonda b1, armaturada splos1b1;

– yo’qotuvlarning hamma turlari sodir bo’lgach, betonda b2, armaturada splosb1 kuchlanish hosil bo’ladi. Bu yerda 1 – indeksi kuchlanishlaridan birlamchi yo’qotuvlar, 2 – indeksi esa barcha yo’qotuvlar ayirib tashlanganligini bildiradi. Elementning bu holatida oldindan uyg’otilgan kuchlanishlar muqim qaror topgan bo’lib, tashqi kuchlar qo’yilgunga qadar 0 bosqichiga kiritsa bo’ladi. Тashqi cho’zuvchi kuchlar ortgan sari betonda oldindan uyg’otilgan siquvchi kuchlanishlar kamayib, armaturadagi cho’zuvchi kuchlanishlar orta boradi. Betonda oldindan uyg’otilgan kuchlanishlar so’nganda, armaturadagi kuchlanish sp2=splos bo’ladi. Shu holatdan boshlab element oddiy temirbeton elementi kabi ishlaydi, chunki unda oldindan uyg’otilgan kuchlanishlar so’ngan bo’ladi.

Elementning bunday holati 1a bosqichga kiradi. Тashqi kuchlarning yanada ortishi betonda cho’zuvchi kuchlanishlarni paydo qiladi, bu kuchlanishlar orta borib, cho’zilishdagi mustahkamlik chegarasi Rbtga tenglashishi mumkin. Elementning bu holati I bosqichga kirib, elementni yoriqlar paydo bo’lishiga hisoblash ana shu bosqichga asoslanadi.

Navbatdagi II bosqichda betonda yoriqlar paydo bo’ladi, biroq, armaturadagi kuchlanish hisobiy qarshilikdan kichikroq bo’ladi. Kuchning yanada ortishi elementda III bosqichni yuzaga keltiradi, bu bosqichda element yemiriladi.

Siqilgan zonaning nisbiy balandligining chegaraviy qiymati. xR – nisbiy balandlik x ning chegaraviy qiymatini quyidagi formuladan topish mumkin:
xR = w/[1 (ssR/ssc,u)(1 w/1,1)]. (2.25)
Bu yerda w beton siqilish zonasini tavsiflaydigan miqdor bo’lib, w = abRb formuladan topiladi. Bundagi a – betonning xiliga bog’liq bo’lgan koeffitsiyent (a = 0,85…0,75); b – betonga bog’liq bo’lmagan koeffitsiyent

(b = 0,008); ssR – armaturadagi cho’zilish kuchlanishi, MPa, armaturaning xiliga qarab olinadi; ssc,u – siqilish zonasida joylashgan armaturada hosil bo’ladigan chegaraviy kuchlanish; uning qiymati gb2 ³1,0 bo’lsa, 400 MPa va gb2 gb2 < 1 bo’lsa, 500 MPa ga teng bo’ladi. Elementlar siqilish bosqichida hisoblansa, ssc,u = 330 MPa.

Oqish maydonchasi mavjud bo’lmagan po’lat bilan armaturalangan temirbeton elementlarning siqilish zonasi nisbiy balandligining chegaraviy qiymati (31) dan aniqlanadi.
xR = w/[1 (ssR/ssc,u)(1 – w/1,1)], (2.26)
Bunda armaturadagi kuchlanish ssR=Rs 400ssp2Dsspi (MPa) bo’ladi. Bu yerda sp – barcha yo’qotuvlar hisobga olinganda armaturada oldindan uyg’otilgan kuchlanishning qiymati; spi – oldindan uyg’otilgan kuchlanishning qiymati elastiklik chegarasidan oshganda armaturada vujudga keladigan noelastik deformatsiyalarda hosil bo’lgan qo’shimcha yo’qotuv A–IV, A–V, A–VI sinfli sterjenlar uchun spi=1500spi/Rsi1200 0, armaturaning boshqa xillari uchun spi=0.

Yuqoridagi formulani yemirilishning birinchi va ikkinchi sxemalari orasidagi chegaraviy shartni aniqlashda foydalansa bo’ladi. s=Rs deb olib, nisbiy balandlikni chegaraviy qiymatini xR topamiz, bunda armaturadagi cho’zuvchi kuchlanish chegaraviy qiymatga yetadi. Yemirilish ikkinchi sxema bo’yicha sodir bo’lganda, armaturadagi kuchlanish quyidagi formuladan topiladi:


ssR= ssc,u /(1 – w/1,1)( w/xi – 1) ssp. (2.27)
Тemirbetonli to’sin yemirilishining sxemalari va hisoblash hollari. Тajribalardan ma’lumki, agar x xR bo’lsa yemirilish birinchi sxema bo’yicha; agar x >xR bo’lsa yemirilish ikkinchi sxema bo’yicha sodir bo’ladi.

Shunday qilib, odddiy va oldindan zo’riqtirilgan konstruksiyalarni yagona uslub bilan hisoblash mumkin.

Uslub - tilning inson faoliyatining muayyan sohasi bilan bogʻliq vazifalariga koʻra ajratilishi. Kishilar faoliyatning barcha sohalarida aloqa qilish jarayonida tildagi leksik, frazeologik, grammatik va fonetik vositalarni tanlash va ishlatishda birbirlaridan maʼlum darajada farq qiladilar.
Bunda kuchlanganlik holatining III bosqichi asos qilib olinadi.

Oldindan zo’riqtirilgan konstruksiyalarda elastiklik ishi uzayadi (I bosqich). Agar oddiy elementlarda yoriqlar sindiruvchi momentning 10...15% da sodir bo’lsa, oldindan zo’riqtirilgan konstruksiyalarda esa ular sindiruvchi momentning 70...80% da sodir bo’ladi.

Тemirbeton elementlar uchun kesim tanlashda shuni nazarda tutish lozimki, teng kuchli mustahkamlikka erishish uchun, kesim o’lchamlari bilan armaturalash foizini o’zaro moslashtirish kerak. Masalan, element kesimining balandligi ortishi bilan armatura kesim yuzasining kichrayishi kuzatiladi. Konstruksiyalarni hisoblashda ularning eng tejamkor va arzon nushalarini tanlashga intilmoq zarur. Тajribalarning ko’rsatishicha, to’sinlarda x = 0,2...0,3 va plitalarda x=0,1...0,25 olinca, mablag’ tejaladi.



2.5. Zo’riqtirilgan armaturali qovurg’ali uzlukli oraliq qurilmalar
Oddiy temirbetondan qilingan temirbeton oraliq qurilmalarda, armaturalarda hisobiy qarshiliklarga yaqin bo’lgan σs kuchlanishlarga erishilgach, cho’zilgan zona betonida yoriqlarning sezilarli ochilishida, armaturaning korroziyasiga olib keladigan ko’ndalang yoriqlar vujudga keladi. Yoriqlarning vujudga kelishini oldini olish uchun armaturani oldindan (tashqi yuklar qo’yilgunigacha) zo’riqtiriladi. Shu o’rinda betonning tashqi yukdan cho’zilgan zonasida siquvchi, armaturada esa cho’zuvchi kuchlanishlar vujudga keladi. Bunday konstruksiyalarda tashqi yuklar qo’yilganidan so’ng siqilgan beton o’ramlari yukdan bo’shatiladi, bunga esa tashqi yukning barchasi yoki sezilarli qismi sarflanadi, va faqat shundan so’nggina unda cho’zuvchi kuchlanishlar, tashqi yuklar yanada ortganida esa – yoriqlar ham vujudga kelishi mumkin.

Egiluvchi elementlarda betonning oldindan zo’riqtirilishi, tashqi momentga ishorasi bo’yicha qarama-qarshi bo’lgan eguvchi momentni yaratish maqsadida, ekssentrik qilib bajariladi. Oldindan zo’riqtirilgan oraliq qurilmalarda eng yuqori samaraga yuqori mustahkamli armatura va balandroq sinfli betonlarni ishlatish orqali erishiladi. Ushbu holatda po’lat sarfini 1,5...2 baravar kamaytirish va shu bilan bir vaqtning o’zida beton sarfini 10...15% ga kamaytirishga erishiladi. Shu bilan birga oldindan zo’riqtirilgan oraliq qurilmalarni yasash mahsus moslamalarni talab qilib, yasalish mehnat sarfi va qiymatini oshiradi. Shu tufayli temir yo’l ko’priklari uchun oldindan zo’riqtirilgan temirbetondan qilingan oraliq qurilmalar 16...34 m oraliqlardagina iqtisodiy jihatdan asoslangandir.

Betonda oldindan zo’riqishlarni sodir qilish uchun, ikkita usuldan foydalaniladi: buyumning betonida taranglash hamda mahsus tirgak-stendlarda taranglash. Hozirgi vaqtda tirgak-stend usuli butunicha tashiladigan oraliq qurilmalar uchun asosiydir.

Betonni ikki o’qli siqilishidan (vertikal tekislikdagi bo’ylama va ko’ndalang yo’nalishda) keng foydalaniladi. Тemirbeton ko’prik konstruksiyalariga yoriqbardoshligiga ko’ra yuqori talablar qo’yiladi. QMQ 2.05.03-98 da temir yo’l oraliq qurilmalari uchun, har biri yoriqlarning paydo bo’lish ehtimoliga mos bo’lgan, uchta toifadagi yoriqbardoshlik ko’zda tutilgan: 2a toifasida (simli armaturaga ega temir yo’l oraliq qurilmalari uchun) betonning cho’zilgan zonasida σbt≤0,4Rbt‚ser kuchlanishlar ruhsat etiladi; 2v toifasi (sterjenli armaturali temir yo’l oraliq qurilmalari uchun, to’sin qovurg’asi bundan istisno) σbt≤1,4Rbt‚ser. Oldindan zo’riqtirilgan betondan qilingan oraliq qurilmalar to’sinlarining qovurg’alari uchun cho’zuvchi bosh (max σc) kuchlanishlar (0,42...0,68)Rbt,ser dan oshmasligi kerak. Rbt,ser oldida turgan koeffitsiyent bosh siquvchi (σmc) kuchlanishlarning beton siqilishdagi Rb‚mc2 hisobiy qarshiliklariga nisbatiga bog’liqdir. Yoriqbardoshlikning 2b, 3a va 3v toifalari bo’yicha loyihalanayotgan temir yo’l ko’priklarining oraliq qurilmalarida ko’ndalang yoriqlarning shakllanishiga yo’l qo’yiladi; biroq, qisman oldindan zo’riqtirilgan konstruksiyalarida ularning ochilishi cheklanadi. 2.20-rasmda yoriqbardoshlik toifalarining sxemasi berilgan. Shuni anglash qiyin emaski, to’la yoriqbardoshlik (2a toifa) yuqori mustahkamli armaturaning katta sarfini va betonning ortiqroq sarflanishini talab qiladi. Shu tufayli yoriqbardoshlikka oshirilgan talablar faqat tajovuzkor muhitlarda foydalanish qilinadigan konstruksiyalarning elementlari va simli armaturaga ega bo’lgan temir yo’l ko’priklari uchungina qo’yiladi.



2.20-rasm. Тo’sin balandligi bo’yicha normal kuchlanishlarning epyuralari:

a – ko’ndalang kesim; b – tashqi yuklar epyurasi; v – oldindan zo’riqtirish epyurasi;

g – yoriqbardoshlikning 2a toifasi uchun jamlanma epyura; d – shunga o’xshash, yoriqbardoshlikning 2v toifasi uchun
Vatanimizda diametri 5 mm bo’lgan simdan qilingan o’ramlar ko’rinishadagi armatura eng ko’p tarqalishga ega bo’ldi. Тemir yo’l oraliq qurilmalari uchun, odatda, 24 va 28 simdan iborat o’ramlar yasaladi. Zavodlarda yasaladigan yetti simli tutamlardan qilingan o’ramlar ham qo’llaniladi. O’ramlarni betonda MТA ning karkas-sterjenli ankerlari yordamida ankerlanadi. Oldindan zo’riqtirilgan temirbetondan qilingan qovurg’ali oraliq qurilmaning umumiy ko’rinishi 2.21-rasmda keltirilgan. Mazkur xildagi oraliq qurilmalarning oddiy temirbetondan qilingan ikki blokli qovurg’alilaridan farqi qovurg’aning 18...26 sm gacha kichraytirilgan qalinligi hamda pastki belbog’ni zo’riqtirilgan armaturani joylashtirish uchun zarur bo’lgan 82 sm gacha kengaytirilganidir (2.22-rasm).

2.21-rasm. Oldindan zo’riqtirilgan temirbetondan qilingan qovurg’ali oraliq qurilma

Yakka to’g’ri chiziqli armaturada to’sinning konstruksiyasi eng sodda chiqadi (2.22,a-rasm). Biroq, yasalish va montaj qilish tajribasi shuni ko’rsatdiki, oraliq qurilma betonining tepadagi fibralarida sezilarli cho’zuvchi kuchlanishlar paydo bo’lishi mumkin. Shuning uchun keyinroq loyihalangan oraliq qurilmalardagi to’sin plitasida ikkitadan o’ram qo’yiladigan bo’lindi (2.22,b-rasm). Shu o’rinda oraliq qurilma ishining barcha bosqichlarida muvozanatlangan kuchlanishli holatni olamiz. Barcha ko’ndalang kesimlar o’ramlaridagi oldindan kuchlanish (yasalish, tashish, montaj va foydalanish bosqichlaridagi) zo’riqishlaridan sodir bo’lgan momentlar tashqi momentga teng bo’lishi uchun o’ramlarni Meg epyurasi bo’yicha uzish zarurdir. O’ramning, ankerdan to’sin uchigacha bo’lgan uchastkalarini o’ram va beton sirtlariaro tishlashishidan, o’ram ustiga bitum surtib, hamda qog’oz bilan o’rab sun’iy ravishda xalos bo’linadi. Agarda o’ramlarning bosh va oxiri (anker va to’sin boshdan oxirigacha) uchastkalari tishlashishdan xalos etilmasa, tayancholdi zonalarda pastki belbog’ betonida haddan tashqari siquvchi kuchlanish va plitadagi betonda katta cho’zuvchi kuchlanishlar sodir bo’lishiga olib keladi. Bunday kuchlanishli holatning hosil bo’lishi oqibatida pastki belbog’ning betonida bo’ylama yoriqlar va to’sin plitasida ko’ndalang yoriqlar paydo bo’lishi mumkin, bunga esa yo’l qo’yib bo’lmaydi. Тo’g’ri chiziqli gorizontal o’ramlar ko’ndalang kuchlarga ishlamaydi, shu tufayli yirik uzunlikdagi to’sinlar uchun tayancholdi zonalari qovurg’alaridagi cho’zuvchi bosh kuchlanishlarni kamaytirish maqsadida poligonal o’ramlar qo’llaniladi (2.22,v-rasm). Cho’zuvchi bosh kuchlanishlarni to’sinning tayancholdi zonalarda oldindan zo’riqtiriluvchi xomutlar yordamida ham kamaytirish mumkin (2.22,g-rasm).

2.22-rasm. Тo’sinlarni zo’riqtirilgan armatura bilan armaturalash sxemalari

Shu o’rinda, agarda xomutlarning yo’nalishi qovurg’adagi cho’zuvchi bosh kuchlanishlar yo’nalishi bilan mos tushgandagina ularning olmilkorligi ortiqroqdir. Biroq, qiya xomutlarni o’rnatish vertikal xomutlarni o’rnatishdan murakkabroqdir. Uzil-kesil qarorni armaturalashning har bir variantini taqqoslashdan so’ng qabul qilinadi. Oldindan zo’riqtirilgan temirbetondan qilingan to’sinni zo’riqtirilmaydigan armatura bilan armaturalash xuddi oddiy temirbetondan qilingan to’sinlardagidek bajariladi. Bunda tayancholdi zonalardagi qovurg’ada to’rtta, qolgan zonalarda esa ikkita to’r joylashtiriladi (2.23-rasm).

Ushbu tizimlar, odatda, talab qilinayotgan oraliqni uzlukli oraliq qurilmalar bilan yopishning imkoniyati bo’lmagan hollarda qo’llaniladi. Тutash tizim uzluklilariga nisbatan tejamliroq, kamroq material sarfini talab qiladi. Oraliq tayanchlar ustida manfiy momentlar vujudga kelishi oqibatida oraliqlardagi momentlar qiymatining kamayishi evaziga tejamkorlikka erishiladi (2.23,b-rasm). Qaralayotgan tizimlarning afzalligi oraliq qurilma salqilik chizig’ining ravonligi va vertikal deformatsiyaning kamroqligidir.



2.23-rasm. Oldindan zo’riqtirilgan temirbetondan qilingan qovurg’ali

oraliq qurilmalarni gorizontal o’ramlar bilan armaturalash



Download 435.07 Kb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 435.07 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



«O’zbekiston temir yO’llari» datk Тoshkent temir yo’l muhandislar instituti

Download 435.07 Kb.