• Asosiy o`lchovlar. Bk Ayar—48 sm. KU—80 sm. Bel Ayar—34 sm —105- rasm.
  • AMALIY ISH Lozimni bichish va tikish
  • 3.19. KIYIMLARNI TO`QISH.
  • 3.20. MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR KIYIMLARININI TO`QISH.
  • Lozim andazasining chizmasini chizish




    Download 0.78 Mb.
    bet10/15
    Sana04.04.2017
    Hajmi0.78 Mb.
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15

    Lozim andazasining chizmasini chizish



    Chizmadagi

    kesmalar


    Hisoblash formulasi

    Standart

    o`lchov


    Mening

    o`lchovim



    1

    TN

    KU

    80




    2

    TB

    Doimiy o`lchov 16 : 18

    16

    16

    3

    TSh

    Bk Ayar : 2 6-48 : 2 6

    30




    4

    BB1

    Bk Ayar 4 sm dan 14 sm gacha

    52




    5

    BB2

    BB1: 2-52 : 2

    26




    6

    Sh!Sh2

    Bk Ayar: 10 1,5

    6,3




    7

    Sh1 4

    Doimiy Ulchov

    4

    4

    8

    Щ 4

    Doimiy Ulchov

    4 .

    4

    9

    4T2

    Bel Ayar 4 sm dan 14 sm gacha

    44




    10

    T2T3

    Doimiy o`lchov

    4

    4

    11

    shsh3

    Bk Ayar : 4-48 : 4

    12




    12

    sh6

    Doimiy o`lchov

    6

    6

    13

    N2N3N2N4

    Ixtiyoriy

    22





    Asosiy o`lchovlar. Bk Ayar—48 sm. KU—80 sm. Bel Ayar—34 sm —105- rasm.

    T1 nuqta­dan chap tomonga 1 sm dan 4 sm gacha o`lchab qo`yiladi. T1 4=4 sm. Nuqta 4 ni B1 ni 4 ni Sh2 ni birlashtiramiz. 4-nuqtadan chapga 4T2=Bel Ayar 4 sm dan 14 sm gacha qo`shib qo`yiladi va lozimning bel chizig`i chiziladi. T2T3=4 sm ga ko`tariladi. ShSh3=Bk Ayar:4=48:4=12 sm o`lchab qo`yiladi. Sh nuqtada burchak bissektrisa 6 sm o`lchab qo`yiladi. T3 ni B bilan 6 va Sh3 bilan birlashtirsak, lozim ort bo`lagidagi o`rta chizig`i hosil bo`ladi. Lozim pocha kengligini chizish uchun N2 nuqtadan o`ng va chap tomoniga 22 sm dan o`lchab

    Qo`yamiz. N2N3=N2N4=22 sm. Sh3 ni H3 bilan, Sh2 ni H4 bilan birlashtirsak lozimning odim chiziqlari hosil bo`ladi.

    AMALIY ISH

    Lozimni bichish va tikish

    Lozim tikishda gazlamaning xossasi hisobga olinadi. Gazlama sitiluvchan bo`lsa, u holda ich ko`ylak yoki ag`darma chok tikish qoidasi bilan bajariladi (106-rasm).



    1. Lozimning old detallari qirqimlarini ustma-ust qo`yib kuklab sirma qaviq qatori bilan tikib chiqiladi.

    2. Lozimning orqa detallari o`rta qirqimlarini xam ustma-ust kuklab qaviq qatori bilan tikib chiqiladi.

    3. Qirqimlarni biriktirib tikish qoidasiga asosan bu ikkala chokni baxyaqator bilan tikib chiqiladi.

    4. Kuklangan qaviq qator iplari sug`urib olinadi.

    5. Lozimning o`ngini teskari tomonga ag`darib old va orqa bulaklariga baxyaqator yurgiziladi.

    6. Lozimni o`ngiga ag`darib odim qirqimlari ustma-ust kuyilib kuklab qaviq qator bilan tikiladi.

    7. Biriktirish choki bilan mashinada tiqib chiqiladi.

    8. Kuklash qaviq qatori sug`urib olinadi.

    9. Lozimni teskari tomoniga ag`dariladi va baxya qator tikiladi.

    10. Lozimning tepa qismini bukib qaviq qatori tikiladi.

    11. Ochiq qirqimini ichiga qayirib, bukib baxyakqator tikiladi.

    12. Lozimning pochalari xuddi tepa qismidagidek bostirib baxyaqator qilib tikiladi.

    13. Dazmollanadi.


    3.19. KIYIMLARNI TO`QISH.
    Kiyim to`qishga kirishuvdan oldin gavdaning o`lchamini olish, shu o`lchamda andaza yasash kerak.

    Halqalar sonini hisoblash. Andazaga aniq mos keladigan buyum to`qish uchun kenglik bo`yicha (ko`ndalang yo`nalishda) necha halqa va uzunlik bo`yicha (vertikal yo`alishda) necha qator zarur bo`lishligini aniqlash kerak. Buning uchun namuna to`kib ko`riladi, namuna qanchalik katta (25—30 halqa) bo`lsa, hisob shunchalik aniq chiqadi.

    Namunani bezakning naqshidan to`qish tavsiya etiladi (1x1 sxemadagi rezinka nusxa to`qish, ro`mol nusxa to`qish va shunga o`xshash ikki tomonli zich naqsh nusxa to`qish); bunda kiyimning asosiy naqshi (to`qish nusxasi) uchun qancha halqa ke­rak bo`lsa, shuncha boshlang`ich halqalar hosil qilinadi. Masalan, asosiy naqsh bezagidan enliroq bo`lsa, u xolda bezakdan keyin halqalar so­nini kamaytirish kerak. Odatda bu maqsadda polotnoga bitta yordamchi qator kiritiladi va undagi barcha halqalar buyum (detal) ning teskari timonida ters halqalar qilib to`qiladi. Yordamchi qatorda ma’lum masofa oralatib xar 2 halqa qo`shib ters halqa qilib tuo`qdladi. Bu oraliqning uzunligi quyidagicha belgilanadi: asosiy naqsh bezak naqsh bilan qoplanadi (107- rasm) va asosiy naqshing ochiq qolgan halqalari so­ni hisoblab topiladi; jami 4 halqa (har tomonda 2 tadan) ochiq qolgan deb faraz qilaylik. Endi namunaning umumiy halqalar soni (masa­lan, 27) ni ana shu ochiq qolgan halqalar soni (4) ga taqsimlaylik (27 : 4 = 6 halqa). Demak, halqalar soni­ni xar 6. halqa oralatib kamayti­rish, ya’ni yordamchi qatorni to`qishdagilar 7- va 8- halqalarni birga qo`shib, bitta ters halqa qilib to`qish kerak. Yordamchi qator to`qilgach, asosiy naqshning 1-qatorini to`qishga kirishiladi.

    Agar, asosiy naqsh bezak naqshidan ensiz bo`lsa (masalan, bezak ro`­mol nusxa to`qilib, asosiy naqsh chilvir nusxa to`qiladigan bo`lsa), yordamchi qatorda buyum to`qilayotgan ipdan shu nusxada qo`shimcha halqalar hosil qilinishi (to`qilishi) lozim. So`ngra tayyor namuna ho`l latta orqali dazmollanishi shart; shundan keyin 1 sm ga necha halqa va necha qator tug`ri kelganligi hisoblab to­piladi. Masalan, 30 halqali namunaning eni 10 sm ga, 30 qatorniki esa 8 sm ga teng deylik. Endi 30 sm 10 ga taqsimlanadi, shunda 1 sm ga 3 halqa to`g`ri keladi (30 : 10 = 3), agar 30 qator 8 sm ga taqsimlansa, har 1 sm ga 3,8 qator to`g`ri keladi (30:8 = 3,8). Hisobning aniqligi uchun sonlarni yuzinchi ulushlari chiqquncha taqsimlash, raqamlarni unlik hissagacha yaxlitlab olish kerak.

    To`qilgan qatorlar sonini yon tomonlarda hosil bo`lgan «kokil» yoki «tuguncha»lar («uzelki»)ga qarab hisoblab topish ham qiyin emas: xar qaysi «kokil» yoki «tuguncha» ung va ters qatorlar (ikki qator) ni o`z ichiga olgan to`qish qatorini tashkil etadi.

    Andaza chizilgandan keyin va to`qish zichligi bilib olingandan ke­yin buyumning har qaysi qismini necha halqadan to`qish kerakligini osongina hisoblab topish mumkin.

    1-usul. Masalan, orqa kengligi 50 sm; demak, orqani to`qish uchun 50x2,4= 120 halqa olish kerak.

    2-usul. Orqa andazasining pastki (etak) qismiga kontrol namunalar qo`yib chiqganda necha namuna joylanishini bilish kerak. Masalan, kontrol namuna

    marta to`la (36 halqa x3 =108 halqa) va 1 marta namunaning 1/3 qismigina (12 halqa) joylashdi, deylik. Bunda orsani to`qish uchun 108 12=120 halqa kerak bo`ladi. Shu ikki usulda hisoblab topilgan halqalar soni bir-biriga teng bo`lsa, buyumni to`qish mumkin.

    Buyumni quyidagi tartibda to`qish tavsiya etiladi: avvalo orqasi, ke­yin yenglari, oldingi chap yarmi, so`ngra oldingi o`ng yarmi tuqiladi.

    Naqsh (g u l) larni tug`ri joylash sondas i. Agar naqsh kambar uzala yo`llardan iborat bo`lsa, bu holda orqada va yenglarda naqsh bir xildagi halqalardan boshlanishi va tugatilishi kerak (masa­lan, ingliz nusxa rezinkani tuo`qshida kiyimning orqasi o`ng halqadan boshlangan bo`lsa, bu satorning eng chetki halqasi oldidagi oxirgi halqa ham o`ng halqa bolishi lozim). Bu qoida xar qanday kenglikdagi ko`ndalang yo`llarga ham xosdir.

    Naqsh serbar uzala yo`llardan iborat bo`lgan taqdirda ularni ki­yimning oldiga shunday taqsimlash keraki, kiyimning oldingi o`ng yar­mi va chap yarmidagi tugma qadaladigan yoki solinadigan qopqpq, ya’ni plankalarning yon tomonlarida yo`llar bir xilda joylashsa, shundagina orqaning yon tomonlarida ham bir xilda joylashtiriladi. Naqsh yo`llarini tog`ri, ketma-ket keltirish uchun 1-3 halqani kamaytirish yoki orttirish kerak.

    Naqshlarni uyg`unlashtirib to`qish. Odatda kofta oldin­gi yarmining to`qilishi (naqshi) plan­kalarning to`qilishidan farq qiladi. Shuni nazarda tutish kerakki, to`qish nusxalarining ba’zilarida (paypoq nusxa to`qish, oddiy rezinka nusxa to`qish va boshqalarda) har qaysi qator balandlik bo`yicha (ver­tikal yo`nalishda) cho`ziladi, ba’zi­larida (ingliz nusxa to`qishda) qatorlar balandlik bo`yicha qator ora­latib cho`ziladi. Shunday bo`lishi ham mumkinki, koftaning oldingi yarmi plankalari bilan birga baravar to`qilib borilganida plankalar kofta­ning oldingi yarmidan qisqaroq bo`lib chiqadi va uni burishtirib tortib turadi. Bu holda plankalarga vaqti-vaqti bilan bir necha qator qo`shib ketish (ya’ni qisqa qatorlar to`qkish) kerak. Agar plankalarning uzunligi koftaning oldingi qismi uzunligidan tezroq ortib borsa, u hjolda koftaning oldingi yarmiga vaqti-vaqti bilan yangi qatorlar qo`shib ketish kerak.

    To`qilgan tayyor kiyimlarni dazmollash. Koftaning barcha qismlari to`qilib tayyor bo`lgach, ularning choklarini ulashdan oldin xar qaysi qismni andazasiga qadab qo`yish (108-rasm), ustiga ho`l latta yopish va dazmollash (bug` bilan ta’sir etish) kerak, bunda dazmolni lattaning deyarli tepasida, ushlab turib, unga yengil tekkizib-tekkizib olish (bosib dazmollamaslik) kerak. Keyin ularning qurishini kutish va shundan so`ng andazadan ajratish lozim. Burtma naqsh solib to`qilgan buyumlarga dazmol bosilmaydni. Bunday qismlarni andazaga qadab, ustiga ho`l latta yopib qo`yish kifoya qiladi.

    Yuvilgan tukima buyumlarni ipga yoyib quritish yaramaydi. Ularni suvini siqgandan keyin paxmok sochiqqa bir pas o`rab qo`yish, so`ngra stolga choyshab yoki paxmoq sochiq ustiga yoyish va tegishli joylarini razmeriga xamda formasiga yarasha tortib yoki cho`zib, shu holida quritish lo­zim. Buyum obdon qurigach, uni ho`l latta orqali yuqorida aytilganidek yengil dazmollash kerak.

    Nafis tur nusxa to`qilgan (ajur­naya) kofta (109-rayem), 44—46-raz­mer. 250—300 g jun ip (yo`go`n ip) kerak bo`ladi. Spisalarning nomeri 4,5; kryuchokning nomeri 4.

    To`qish nusxasi (naqshi): nafis to`rsimon, paypoq nusxa to`qish.

    Hisob: 13 halqa = 10 sm, 24 qator=10 sm.

    Koftaning orasi. 62 halqa hosil qilinadi va tur nusxa qilib 38 sm to`qiladi; polotnoning boshlang`ich [qatoridan hisoblaganda 39 sm da yeng o`miz hosil bo`lishi uchun har (ikki tomonda) qator oralatib 1 marta 4 halqa, 1 marta 3 halqa va 1 marta 1 halqa biriktiriladi, ya’ni birga qo`shib to`qiladi Boshlang`ich qatordan hisoblab 50-smda polotno ikki teng kiysga bo`linib, har bo`lagi alohida to`qiladi va kofta orqasining teng o`rtasida kesik (razrez) hosil bo`lguncha shunday davom ettiriladi. 60-sm da yelka qiyaligi hosil bo`lishi uchun qator oralatib 2 marta 5 halqadan va 2 mar­ta 4 halqadan beriktiriladi (ya’ni halqalar birga qo`shib to`qiladi). Yoqa o`mizng hosil qilish uchun 1 marta 5 halqa va 1 marta 3 peliya biriktiriladi.

    Koftaning oldi. 62 petliya hosil qilinadi va 40 sm to`r nusxada to`qiladi. Boshlang`ich qatorda hisoblab 41-sm yeng o`miz hosil bo`lishi uchun xar ikkala tomonda 4,1 halqadan va qator oralatib 2 halqa dan biriktiriladi. 57- sm yoqa o`miz ni hosil qilish uchun polotno ikkiga bo`linadi va xar bo`lagi alohida to`qiladi. Umiz uchun 3,2 halqa va 1marta qator oralatib 1 halqalar biriktiriladi. So`ngra 3 sm xech qanday o`zgarishsiz to`siladi. 62-sm da yelka qiyaligini hosil qilish uchun yon tomoniga 1 marta 5 halqa va 3 mar­ta 4 halqadan biriktiriladi. Kofta oldnni birinchi yarmi qanday to`qilsa, ikkinchi yarmi ham shunday to`qiladi.

    Yeng. 24 halqa hosil qilinadi va paypoq nusxa to`qishda 12 sm to`­qiladi. So`ngra bir qatorda 23 halqa orttiriladi. Qo`shiladigai halqalarning xar biri spisaadagi halqalar bilan navbatlashadi, ya’ni spisada bir halqa to`qilgach, bir halqa qo`shiladi va xokazo davom et­tiriladi. 32 sm tur nusxa to`qiladi. 45-sm yengning eng baland qismini hosil qilish uchun xar ikkala to­monda, 4,3 halqadan va qator orala­tib 2 marta 1 halqadan biriktiri­ladi. So`ngra har qatorda 1 halqadan 21 marta va qator oralatib 2 hamda 3 halqadan biriktiriladi.

    Tayyor qismlar ho`l latta bilan yengil dazmollanadi, keyin choklari tikiladi. Yoqa o`miz, koftaning orqasidagi kesigi, manjetlar hamda koftaning etagi kruchok bilan gir aylantirib to`qib chiqiladi (1 qator xomaki halqasiz ustunchalardan va 1 qator yarim ustunchadan iborat bo`ladi).


    3.20. MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR KIYIMLARININI TO`QISH.
    Qizchalar uchun yo’l-yo’l ko’ylak (112-rasm). Bunday ko’ylakni 5—6 yoshlik Qizchalar uchun to’qish mumkin. Ko’ylakning beldan yuqori qismi va etaginnng cheti yo’l-yo’l qilib to’qiladi. Bu ko’ylakni to’qish uchun 350 g havo rang, 100 g och ko’k rang va 100 g ko’k rang jun np va spisalar kerak bo`ladi. Bu ranglar o`rniga boshqa ranglardagi iplardan foydalanish ham mumkin.

    To’qish nusxasi: paypoq nusxa to’qilishi.

    To’qish zichligi: 28 halqa = 10 sm; 36 qator =10 sm.

    Rang-barang yo’llar quyidagicha joylashadi: avvalo 4 qator havo rang ipdan, uning ketidan 4 qator ko’k rang ipdan, so’ngra 4 qator och ko’k rang ipdan to’qiladi va hokazo davom ettiriladn.

    Yubkaning orqa yarmi. Spisada havo rang ipdan 196 halqa hosil qilinadi va rangdor yo’llar yuqorida aytib o’tgan tartibda navbatlashtirib to’qiladi. 36 qatordan keyin faqat havo rang ipda to’qila­di (ko’ylakni to’qish etakdan boshlanadi).

    Dastlabki qatordan hisoblab 36- sm da yubkaning beli burishtiriladi; buning uchun 1 chetki halqa to’qilgach, 2 halqa birga qo’shib to’qi­ladi (10 marta takrorlanadi), 3 halqa birga qo’shib to’qiladi (9 marta),



    1. halqa birga qo’shiladi (50 marta),

    2. halqa birga qo’shiladi (9 marta), 2 halqa birga qo’ushiladi(10 marta), 1 chetki halqa to’qiladi. Shunda spisada 90 halqa qoladi. Shu halqalardan ko’ylakning yuqori qismi, ya’ni lifning orqasi to’qiladi.

    Lif orqasi yo’l-yo’l qilib to’qiladi. Xar 16-qatorda yon tomonlarda 1 halqadan 3 marta orttiriladi, shunda spisada jami 96 halqa bo`ladi.

    Beldan yuqoriga qarab hisoblaganda 15 sm da polotno (spisadagi halqalar) ikki teng qismga ajratiladi («Molniya» tikib qo’iladigan kesik hosil bo’lishi uchun shunday qilinadi) va har qayri qism alohida to’qiladi. Kesik (razrez) boshlangan joyda planka uchun spisada koptokdagi ipdan 3 ta yangi halqa hosil qilinadi, ayni vaqtda yeng o`miz hosil qilina boshlaydi; buning uchun har ikkinchi qatorda 3, 2, 2, 1 va 1 halqa bekitiladi (jami 42 halqa qoladi).

    Beldan yuqoriga hisoblab 28- sm da yelkada 7, 6, 6 va 6 halqa bekiti­ladi; qolgan 17 halqa bir qatorning o’zidayok bekitiladi.

    Lifning oldi lif orqasi kabi to’qiladi, lekin orqadagi singari kesigi bo’lmaydi. Beldan hisob­lab 25- sm da yoqa o`miz uchun polotnoning o’rta qismida 6 halqa be­kitiladi, so’ngra oldingi yoqa o`mizning avvalo bir yarmi, keyin ikkinchi yarmi to’qiladi; yoqa o`mizning har ikki tomonida yana 3, 2, 2, 2, 1 za 1 halqadan bekitiladi. Lif orqasining yelkalari qanday to’qilgan bo’lsa, oldingi yelkalar xam shunday to’qiladi.

    Yeng. Spisada 70 halqa hosil qilinadi va dastlabki 4 qator 1x1 rezinka nusxa to’qishida, keyingi qatorlar paypoq nusxa to’qilishida to’qiladi, bunda rang-barang yo’llar yuqorida aytib o’tilgan tartibda ketma-ket kelishi kerak. Bu qatorlar to’qilayotgan vaqtda yengning yon tomonlarida har 2 sm dan keyin 1 halqadan 2 marta orttirib ketiladi (jami 74 halqa bo’ladi).

    Yengning dastlabki qatoridan hisoblab 5- sm da yeng boshi hosil bo’lishi uchun yon tomonlarda 3, 2, 2 va 9 marta 1 halqadan, 8 marta 2 halqadan bekitilib ketiladi. Qolgan 10 halqa bir qatornnig o’zida bekitiladi. Ikkinchi yeng ham shunday to’qiladi.

    Yoqa o`mizga o’tiladigan qiya tasma. Spisada havo rang ipdan 6 halqa hosil qilinadi va paypoq nusxa to’qilishida 23 halqa to’qiladi, bunda o’ng halqadan iborat qator boshida 1 halqadan orttiriladi, qator oxirnda esa 1 halqadan kamaytiriladi. So’ngra 6 halqaning hammasi bir qatorning o’zida bekitiladi.

    Belbog’. Spisada ko’k rang ipdan 8 halqa hosil qilinadi. So’ngra 1 chetki halqa, 1 o’ng halqa to’qiladi, 1 halqa to’qimasdan o’ng spisaga ko’chiriladi (ip halqaning oldingi tomonida bo’ladi) qator oxirigacha shunday takrorlanadi va eng chetki 1 halqa to’qiladi. Barcha qatorlar shu tarzda to’qdladi. To’kish boshlangan qatordan hisoblab, 140-sm da barcha halqalar ikki-ikkitadan qo’shib tuqiladi, qolgan halqalar yirib, ip bilan mahkamlab qo’yiladi. Belbog’ning uchlariga ko’k ip­dan qilingan pupaklar biriktiriladi.

    Ko’ylaknipg yelka choklari va yon choklari ulanadi. Lif orqasidagi kesik (razrez)ning plankasi ichki tomonga qayirib, bostiriladi va kesikka «molniya» tikiladi; yoqa o`mizga gir aylantirib qiya tasma tikiladi, yenglar o’tkaziladi. Yubka etagining dastlabki 16 qatori ichga qayirilib ko’rinmaydigan chok solib bostiriladi.

    Kapor va kofta (chaqoloqlar kiyimi) (113- rasm). Chaqaloqlarning bu bosh kiyimi va koftasi uchun 180 g oq rang, havo rang yoki pushti rang jun ip, 3- nomerli spisa hamda bog’ich uchun bir oz lenta kerak bo`ladi.

    To’qish zichligi: 25 halqa = 10 sm; 34 qator=10 sm.

    To’qish n u s x a s i: 1-qator (ters halqalardan ibo­rat)— 1 chetki halqa, 1 xomaki halqa to’qiladi, 2 o’ng halqa to’qilib, xomaki halqa orqali tortib chiqiladi, 1 chetki halqa to’qiladi.



    1. qator (o’ng halqalardan ibo­rat) — barchasi o’ng halqa qilib to’qiladi.

    2. qator (ters halqalardan ibo­rat) — 1 chetki halqa, 1 o’ng halqa to’qiladi, homaki halqa hosil qili­nadi, 2 o’ng halqa to’qilib, xomaki halqa orqali tortib chiqariladi. Qator — 1 o’ng halqa, 1 chetki halqa bilan tugatiladi.

    3. qator — 2- qator kabi to’qiladi.

    5-qator — 1-qator kabi to’qila­di; qolgan qatorlar xam navbatma-navbat shu tarzda davom ettiriladi.

    Kapor (bosh kiyimi). Spisada 84 halqa hosil qilinadi va 10 qator to’qiladi; bunda polotnoning o’ng va teskari tomonlarida qatorlar o’ng halqalardan iborat qilib to’qilishi lozim. So’ngra paypoq nusxa to’qilishida 9 qator to’qiladi; po­lotnoning teskari tomonida 1 qator o’ng halqa qilib, 3 qator paypoq nus­xa tuqilishida, 5 qatorda esa o’ng halqalar o’ng halqa qilib va ters halqalar ters halqa qilib to’qiladi; yana 3 qator paypoq nusxa to’qilishi­da, polotnoning teskari tomonida 11 qator o’ng halqadan iborat qilib, so’ngra 10 qator paypoq nusxa to’qilishida to’qiladi.

    Dastlabki qatordan xisoblab 14- sm da kaporning orqa qismi o’ng va teskari tomonlarida o’ng halqa qilib to’qiladi. Buning uchun kapor­ning o’ng tomonida 55 o’ng halqa to’qiladi; 56- halqa o’ng spisaga to’qi­masdan ko’chiriladi; 57-halqa to’qilib, ko’chirilgan halqa orqali tortib chiqariladi. Polotnoning teskari tomoni ag’dariladi, 1-halqa o’ng spisaga to’qimasdan ko’chiriladi, 26 o’ng halqa to’qiladi. 27- va 28- halqalar teskari halqa qilib birga qo’shib to’qiladi. Endi polotnoning o’ng to­moni ag’dariladi, 1- halqa to’qimasdan o’ng spisaga ko’chiriladi, 26 halqa to’qiladi, 27- halqa to’qimasdan ko’chililadi, 28- halqa to’qilib, haligi ko’chirilgan halqa orqali tortib chiqariladi, hamma yon halqalardan foydalanib bo’lib, o’rtada 28 halqa qolguncha shu tarzda to’qish davom ettiriladi; o’rtada qolgan 28 halqa birin-ketin bekitiladi.

    So’ngra spisani kaporning pastki qismidagi halqaga kiritib va koptokdan keluvchi ipni shu spisa bilan ilib olib, polotnoning o’ng tomonida ham, teskari tomonida ham o’ng halqalar hosil qiilib 2,5 sm to’qiladi; keyin hamma halqalar tortmasdan, bo’shgina to’qib bekitiladi.

    Tayyor kapor stol ustida tug’rilanadi, ustiga xo’l latta yopib ko’yiladi va qurigunicha shu holida turadi. Keyin lentadan bog’ich tikiladi.

    Kofta. Koftaning hamma qismlari yeng o`mizga yettuncha. aloxdda-alohida to’qiladi.

    Spisada kofta oldining har yarmi uchun 48 halqa, orqasi uchun 80 halqa va har yeng uchun 60 halqadan hosil qilinadi. So’ngra polotnoning o’ng tomonida xam, teskari tomonida ham o’ng halqalardan iborat qilib 10 qator to’qiladi; bundan keyingi qatorlar to’qish nusxasining bayonida tushuntirib o’tganidek to’qiladi. Kofta oldining o’ng va chap yarmida 9 halqani (plankalar) o’ng halqa qilib, 39 halqani esa namunaga muvofiq to’qish kerak. O’ng plankaga tugma solinadigan 5 teshik qilinadi.

    Kofta oldining xar ikkala yarmi va koftaning orqasi 16 sm uzunligida, yenglari esa 20 sm uzunligida shu tarzda tuqigach, bir spisaga avvalo kofta o’ng yarmining halqalari, keyin bir yengning halqalari, so’ngra orqaning, ikkinchi yengning hamda kofta chap yarmining halqalari kiygiziladi, shunda spisa­da 296 halqa hosil bo’ladi, ana shu halqalar-1 ning hammasi polotnoning har ikkala (o’ng va teskari) tomonida o’ng halqalar ko’shib to’qiladi, bunda o’ng halqalar­dan iborat har qatorda reglan chizig’ida 8 halqadan kamaytirib ketish kerak.

    Ters halqalardan ibo­rat qatorlar o’zgarishsiz, o’zicha to’qiladi. O’ng halqalardan iborat katorlarning to’qilishi esa quyidagicha:

    1-qator—1 chetki halqa, 43 o’ng halqa to’qiladi, 2 halqa o’ng halqa [qilib qo’shib to’qiladi; 4 o’ng halqa to’qiladi, 2 halqa birga qo’shiladi; 52 o’ng halqa to’qiladi, 2 halqa bir­ga qo’shiladi; 4 o’ng halqa to’qiladi, 2 halqa birga qo’shiladi; 72 o’ng halqa to’qiladi, 2 halqa birga qo’shiladi; 4 o’ng halqa to’qiladi, 2 halqa birga qo’shiladi; 52 o’ng halqa to’qiladi, 2 halqa birga qo’shiladi; 4 o’ng halqa to’qiladi, 2 halqa birga qo’shi­ladi; 43 o’ng halqa, 1 chetki halqa to’qiladi. Endi spisalarda 288 halqa bo`ladi.

    3-qator — 1 chetki halqa, 42 o’ng halqa to’qiladi, 2 halqa birga qo’shiladi; 4 o’ng halqa to’qiladi, 2 halqa qo’shiladi; 50 o’ng halqa to’qiladi, 2 halqa birga qo’shiladi; 4 o’ng halqa to’qiladi, 2 halqa birga qo’shi­ladi; 70 o’ng halqa to’qiladi, 2 halqa birga qo’shiladi; 4 o’ng halqa to’qiladi, 2 halqa birga qo’shiladi; 50 o’ng halqa to’qiladi, 2 halqa bir­ga qo’shiladi; 4 o’ng halqa to’qiladi, 2 halqa birga qo’shiladi; 42 o’ng halqa, 1 chetki halqa to’qiladi. Endi spisalarda 280 halqa bo`ladi.

    Spisalarda yoqa uchun 80 halqa 1 qolguncha halqalar shu tartibda kamaytirilaveradi. Balandlik bo’yicha 5 sm to’qigach, hamma halqalar bekitiladi.

    Tayyor kofta stol ustida to’g’rilanib, ustiga ho’l latta yopib ko’yiladi va quriguncha shu holida turadi. Keyin yenglarning choklari, yon choklar ulanadi; plankaga tugmalar qadaladi.



    Download 0.78 Mb.
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




    Download 0.78 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Lozim andazasining chizmasini chizish

    Download 0.78 Mb.