• KIGIZ BOSISH SAN’ATI
  • AMALIY MASHG`ULOTLAR 1- AMALIY MASHG`ULOT
  • 2AMALIY MASHG`ULOT.
  • TO’GARAK ISHLARI UCHUN TAVSIYA QILINGAN KIGIZCHILIK




    Download 0.78 Mb.
    bet12/15
    Sana04.04.2017
    Hajmi0.78 Mb.
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15

    3.24. TO’GARAK ISHLARI UCHUN TAVSIYA QILINGAN KIGIZCHILIK


    Kigiz. (122-rasm) O`zbekistonda kigiz bosishning o`ziga xos tomonlari bo’lib, kigiz bosish quyidagi texnologiyada bajariladi. Kigiz qo`yning kuzgi junidan yoki echki junidan tayyorlanadi. Dastlab jun maxsus dastgoh va qo`lda titilb tozalanadi. So`ng yuvib quritiladi va savagich (tayoqcha) lar bilan savaladi. Bosiladigan kigiz hajmidagi chiy (qamsh qolip) yoyilib, uning yuzasiga yuzalik va oraliq uchun ajratib olingan jun ustma - ust tekis yoyib chiqiladi, har bir qavat jun ustidan qaynoq suv sepib, bir biriga yopishtiriladi. Bunda jun chiyga ham yopishadi. Shundan keyin chiy jun bilan qo`shib, o`ram shaklida o`raladi. Chiyning ustidan sholcha yoki qalin mato sirilib, arqon bilan bog`lanadi. Ustidan vaqti-vaqti bilan qaynoq suv sepib namlab turiladi. Keyin kigiz chiydan ajratib olinib, yoyib yuzasiga issiq suv sepiladi. Yana o`ram shaklida o`rab, o`rtasidan arqon bilan bog`lab, uch kishi qatorasiga tizzalab o`tirib, kigizni yumalatib uqlaydi, bilaklaydi, suvi qochganda suv sepiladi, ikki uchini biriktirib bog`lab bir-bir yarim soat davomida vaqti-vaqti bilan cho`zib turiladi, shunda kigiz qotadi. So`ng o`ramni ikki chetiga taxta qo`yib chetlari ishqalab tekislanadi. Kigiz rangiga ko`ra oq, qizil, qora, qizg`ish, guliga ko`ra guldor va gulsiz kabi turlarga bo`linadi.



    Kigizni changdan, namlanishdan va kuya yeyishidan asrash kerak. Quyosh nurida uzoq vaqt qolsa gullari nursizlanadi. Kigiz polsiz joyga to`shalganda, odatda ostidan bo`yra, chipta va hakazo tashlanadi. Taqir joyga to`shalganda kigiz tez namlanib, bo`shashib titila boshlaydi. Avvalo uni obdon quritib. Keyi changini oxista silkitib, changyutgich, yumshoq chotka, supurgi yordamida tozalash mumkin. Kigizni dorga, devorga tashlab tayoq yoki chang qoqgichlar bilan urib-savalab tozalash yuzasini qattiq supirish, yuvish tavsiya etilmaydi. Bunda kigizni ayrim yupqaroq joylari titilishi, guldor kigizlarning guli ko`chishi mumkin.

    Kigiz dog`i ho`l latta bilan artiladi yoki kimyoviy usulda tozalanadi.

    Kigiz buklab yigishtirilsa buklangan joylari yupqalashadi va titilishi tezlashadi. Shuning uchun uni o`ram tarzida o`rab qo`yish tavsiya etiladi.



    KIGIZ BOSISH SAN’ATI

    Kigiz bosish san’ati qadim zamonlardan beri rivojlanib kelayotgan halq amaliy san’ati turlaridan biri. O`zbekistoning qaysi joyida xalqlar chorvachilik bilan shug`ul-langan bo`lsa, shu yerda kigiz bosish kasbi keng tarqalgan. Bu san’at turi O`rta Osiyo va Qozog`istonda qadimdan rivojlanib kelgan. Ota-bobolarimiz kigizni yerga buyra ustidan solishgan, utovlarni urashgan, qalpoq, piyma va boshqalarda ishlatishgan (123, 124, rasmlar). Ayrim hollarda guldor, chiroyli kigizlar badiiy buyum sifatida ishlatilgan Surxondaryo hamda Qashqadaryo viloyatlarida qoraqo`y va chaydim kigizlar, Xorazmda esa taqyanamat xillari bor.


    AMALIY MASHG`ULOTLAR
    1- AMALIY MASHG`ULOT
    Asosiy andoza. Qo`lda to`qiadigan gan trikotaj juda elastik bo`ladi: osongina solqi hosil qilinadi, yaxshi kirishtirib dazmollab kerakli shakl beriladi; oson cho`ziladi. Shuning uchun trikotajning andozasi tikiladigan kiyimlarning andozasiga qaraganda anchagina oddiyroqdir. Bu darsda ayollar, erkaklar va bolalar kiyimlari andozalarining chizmasi taklif etiladi. Birinchi chizmada andoza tuzish to`lik, tafsiloti bilan berilgan. Erkaklar va bolalar kiyimining andoza chizmalari bir xil tuziladigan bo`lgani uchun tushuntirish tekstsiz beril­gan.

    A


    Razmerlar KA:2 KA:3 KA:4 KA:8

    28 14 9,3 7 3,5

    30 15 10 7,5 3,8

    32 16 10,6 8 4

    34 17 11,3 8,5 4,3

    36 18 12 9 4,5

    38 19 12,6 9,5 4,8

    40 20 13,6 10 5

    42 21 14 10,5 5,3

    44 22 14,6 11 5,5

    46 23 15,3 11,5 5,8

    48 24 16 12 6

    50 25 16,6 12,5 6,3

    52 26 17,3 13 6,5

    54 27 18 13,5 6,8

    56 28 18,6 14 7

    58 29 19,3 14,5 7,3

    60 30 20 15 7,5

    62 31 20,6 15,5 7,8

    sosiy andoza konkret gavdaning (bo`yin asosidan boshlab bo`ksagacha) go`yo bir qobig`idek bo`ladi. Bunday andozaning na oldida na ortida qirqilgan joyi yo`q, fason chiziqlari yo`q, yoqa o`miz bo`ynining asosi bo`ylab o`tgan. Agarda model asosiy andoza bo`yicha to`qilsa, taxlama hamda burushgan joylari bo`lmaydi va u gavdaga yopishib turadi.Ma’lum fasondagi kiyimni tayyorlash uchun oldin asosiy andoza chizib olinadi (bu andoza gavdaning o`ng tomoniga moslanadi), keyin o`nga fason chiziqlari o`tkaziladi, taqilma, cho`ntak o`rni, manjeti belgilagandan keyingina u ish andoza deyiladi. Bu andozaga binoan ma’lum model tayyorlanadi. Ish an­doza uchun ort bo`lak va yeng to`la chizib olinishi zarur. Agarda kiyim boshdan kiyiladigan bo`lsa, old bo`lak ham to`la chizib olinadi. Kiyim gavdada bemalol turishi uchun kerakli asosiy andozani tuzishda suyim hisobga olinishi kerak. Uning ko`polinishi kiyim bichimiga, trikotaj polotnoning qalinligiga va strukturasiga, shuningdek ipning sifatiga bog`liq. Masalan, moxer ipdan to`qiladigan kiyim eniga juda cho`ziladi, shuning uchun kuyimni mo`ljaldagidan 1 — 2 sm kamaytirish kerak, bo`sh va ko`z-ko`z gulli qilib to`qiladigan kiyimlar uchun ham shunday. Va aksincha, agarda kiyim zich gulli kam cho`ziladigan bo`lsa (odatda yubkalar, kostyumlar, paltolar shunday to`qiladi), kiyim ko`prok (5 sm) qirqiladi.

    Ayollar, erkaklar va bolalar trikotaj kiyimlarining gavdada bemalol turish qo`yimi (sm)

    (Qo`yimning oz-ko`pligi razmerning yarmiga teng qilib beriladi)

    Yozlik yubka bluzka, maykalar (№ 32/23 kavatli ip)……………………...

    Ko`ylaklar, jaketlar, o`tqazma yengli puloverlar (№ 32/2 4— 7 qavatli ip)….3

    O`tqazma yengli jaketlar, kurtkalar (№ 32/2 8—10 qavatli ip) ….…...4

    Sport kiyimlari, paltolar (32/2 8—10 kavatli ip)…...………………………...5

    48-razmerdagi ayollar gavdasi uchun o`tqazma yengli asosiy andoza chizmasini tuzish

    Andoza chizmasini boshlashdan oldin, jadval bilan tanishib chiqing. Bu jadval chizmani tuzish uchun zarur bo`lgan qiymatlarni tez hisoblab chiqarishga yordam beradi.

    Jadvalning birinchi ustunida modellar 28-dan boshlab to 62-razmergacha (ya’ni KA o`lchovi) ko`rsatilgan keyingi ustunlarda xar bir razmer uchun hisoblab chiqarilgan natijalar berilgan bo`lib, ular chizmada uchrab qolishi mumkin. Masalan, sizning razmeringiz 48. Jadvalda shu raqamni toping, bundan keyin 24, 16, 12 va 6 raqamlari bor.. Agarda chizmani tuzishda, masalan, KA:3 ni hisoblab ishlatish zarur bo`lsa, buning tayyor natijasini uchinchi ustundan topasiz — bu 16 sm bo`ladi.

    Andoza setkasi (144-rasm). Yuqoridagi chap burchakdan A nuqtasini bel gilab oling, gorizontal bo`ylab o`ngga 51 sm (KA 3 sm=48 sm 3 sm) o`lchab, B nuqtasini qo`ying. 3 sm — gavdada bemalol turishi qo`yimi. AB bo`lagi — bo`yin chizig`i. A nuqtasidan vertikal bo`ylab OrU-40 sm (o`lchov bo`yicha) o`lchang. Bel bilan bo`ksa chizig`ini o`lchasangiz u 20 sm ga teng. Hammasi 60 sm. Bu vertikal ort bo`lakning o`rta chizig`i bo`ladi. Endi tomonlari 51 va 60 sm li tug`riburchakni tugal chizing. Ort bo`lak o`rtasining qarama qarshisidagi vertikal chiziq, — old bo`lak o`rtasi, to`g`ri burchakning ostki chizig`i esa bo`ksa chizig`i bo`ladi.

    Ort bo`lakning o`rtasidagi 40 sm ga kelib to`xtagan nuqtadan gorizontal chiziq o`tkazib, old bo`lak o`rtasi bilan birlashtiring — bu bel chizig`i bo`ladi.

    Ort bo`lak o`rta chizig`i bo`ylab A nuqtadan pastga 21 sm o`lchang — bu yeng o`mizning chuqurligi bo`ladi. Bu o`lcham `quyidagicha topiladi: KA: 3 5 sm= 21 sm. 21 sm dagi nuqtadan gorizontal chiziq o`tkazib, old bo`lak o`rtasi bilan birlashtiring— bu ko`krak chizig`i bo`ladi. Bu chiziq bo`ylab ort bo`lak o`rtasidan 25 sm (KA: 2 1 sm) yoki old bo`lak o`rtasidan 26 sm (KA: 2 2) o`lchang va shu nuqtadan bo`ksa chizig`igacha perpendiqo`lyar chiziq tushiring — bu yon chok chizig`i bo`ladi.

    54-razmerdan katta gavda uchun yeng o`mizning chuqurligini KA: 3 5 sm formulasida hisoblab bo`lmaydi, chunki yeng o`miz juda past tushib ketadi. Bu holda yeng o`mizni 22—23 sm (qo`l juda to`la bo`lsa 24 sm) qilib oling.

    Ort bo`lak (145-rasm). A nuqtadan bo`yin chizig`i bo`ylab 6 sm (BNA:3) ga teng bo`lgan ort bo`lak yoqa o`mizni o`lchang. Kelib to`xtagan nuqta­dan yuqoriga 2 sm o`lchasangiz — bu ort bo`lak yoqa o`miz balandligi bo`ladi. Yangi nuqtani A nuqta bilan egri chiziq o`tkazib birlashtiring (ort bo`lak yoqa o`miz). Bo`yinning ort tomonida («yag`rin») yog` to`planib qolgan gavdalar uchun ort bo`lak yoqa o`miz normadan 1 sm kengroq olinadi, chuqurligi to`qilmasa ham bo`ladi. Buning uchun A nuqtadan yo`qori tomonga 2 sm o`lchab, bu nuqtani yelka qiya chizig`i bilan birlashtiriladi.

    Bo`yin chizig`idan o`ngga 6 sm, o`lchov to`xtagan nuqtadan bosh­lab yelka uzunligiga 1 sm qo`shing (1 sm yelkada hosil qilinadigan solqi), shunda 13 sm 1 sm = 14 sm bo`ladi. Shu nuqtadan pastga 2 sm o`lchab tushiring va yangi nuqtani ort bo`lak yoqa o`miz balandligi bilan to`g`ri chiziq, orqali birlashti­ring — bu yelka chokining chizig`i bo`ladi. Yelka chokining uchidan to ko`krak chizig`i bilan kesishadigan yerigacha perpendiqo’lyar chiziq tushiring, uni ikkiga bo`lib (145-rasmdagi krestga karang), ort bo`lak yeng o`mizni o`tqazing. Bo`ksa chizig`i bo`ylab ort bo`lak o`rtasidan 25 sm (B KA:2) o`lchab, belgilab qo`ying. Bu misoldagi aniqlangan nuqta yon chok chizig`iga tushib qoladi, shuning uchun to`g`ri siluet modelining yon choki setkaning yon chokiga to`g`ri keldi, Lekin bunday bo`lmasligi ham mumkin, agarda bo`ksa aylanasining o`lchovi kichik yoqi aksincha standartdan katta bo`lsa, hisoblash natijasida aniqlangan nuqta yon chok chizig`i yonida bo`ladi. Bu nuqtani ort bo`lak yeng o`mizning uchi bilan birlashtiring, bu yangi chiziq — yon chok chizig`i bo`ladi (146-rasm, punktir bi­lan ko`rsatilgan chiziq, bo`ksasi tor bo`lgan gavda uchun, qalinroq chiziq, bo`ksasi keng bo`lgan gavda uchun). Belga yopishib turadigan modellar uchun bel chizig`i bo`ylab yon chokdan chapga 2 sm (3 sm dan ortmasin) o`lchab oling, yangi nuqtani ort bo`lak yeng o`mizning uchi bilan birlashtiring va bo`ksa chizig`ida 25 sm o`lchovi to`xtagan nuqta bilan salgina egri chiziq orkali birlashti­ring.

    Bo`ksasi tor va keng bo`lgan gavdalar uchun belga yopishib turadigan model yon choki­ning tuzilishi 147- va 148-rasmlarda ifodalangan.

    Old bo`lak. Bo`ksasi keng bo`lgan gavda uchun old bo`lak andazasini ort bo`lakdan alohida chizilgani qulayroq bo`ladi, normal gavda uchun uni shu chizmaning o`zida chizish mumkin. Buning uchun B nuqtadan pastga old bo`lak o`rtasidan 7 sm (BnA:3 1 sm) o`lchab, old bo`lak yoki o`mizi chuqurligini belgilab oling. bo`yin chizig`idan chapga 6 sm (BNA:3) o`lchab, old bo`lak yoqa o`miz kengligini belgilab oling. 6 sm da to`xtagan nuqtadan 13 sm (o`lchov bo`yicha) o`lchab, yelka uzunligini va bu nuqtadan pastga 4 sm o`lchab yelka qiyasini aniqlab oling. Yelka chok chizig`ini o`tkazing. Yelka uchidan pastga qarab ko`krak chizig`iga per­pendiqo’lyar chiziq, tushiring va uni ikkiga bo`lib qo`ying. 145-rasmda ko`rsatilgandek old bo`lak yeng o`mizni chizib oling.

    Old bo`lak yon choki. Bel va bo`ksaning yangi chizig`ini chi­zib oling, bu chiziqlar dastlabki chiziqdan vitochka kengligicha bo`ladi (berilgan misolda 4 sm ga teng). Old bo`lak o`rtasidan bo`ksaning yangi chizig`i bo`ylab 26 sm (BKA: 2 1 sm) o`lchang va shu nuqtani old bo`lak yeng o`miz uchi bilan to`g`ri chiziq, o`tqazib birlashtiring. Bu to`g`ri siluet modelining yon choki bo`ladi, standart k gavda uchun bu chok setkaning yon chok chizig`iga to`g`ri keladi.

    Bo`ksasi tor bo`lgan gav­da uchun (punktir chiziq) va bo`ksasi keng bo`lgan gavda uchun (qalin chiziq,) to`g`ri siluetli model yon chokining tuzilishi 149-rasmda ifo­dalangan.

    K
    152-rasm. Uzun yeng andazasi.

    153-rasm. Kalta yeng andazasi.
    iyim belga yopishib tura­digan bo`lsa, bunda belning yangi chizig`i bo`ylab yon chok­dan 2—3 sm (ort bo`lakdek) o`lchanadi va bu nuqtani yeng umiz uchi bilan to`g`ri chiziq, orqali birlashtiriladi. Bo`ksaning yangi chizig`idagi 26 sm da to`xtagan nuqta bilan esa salgina egri chiziq orqali birlashtiriladi. Bo`ksasi tor va bo`ksasi keng bo`lgan gav­dalar uchun belga yopishib turadigan model yon choki­ning tuzilishi 150- va 151-rasmlarda ifodalangan. Ko`krak vitochkasi. Yeng o`miz uchidan yon chok bo`ylab 3—5 sm o`lchab oling (bu oraliq, ko`krak past yoki yuqori joylashganiga bog`liq bo`ladi), va shu nuqtadan 12—14 sm uzunlikda gorizontal chiziq, o`tka­zing (vitochkaning yo`qori tomoni bo`ladi). Yen chok bo`ylab tushgan va 3—5 sm da to`xta­gan nuqtadan vitochka keng­ligini (4 sm) o`lchang va bu nuqtani 12—14 sm da to`xtagan nuqta bilan hamda (vitochkaning pastki tomoni bo`ladi), bel chizig`i bo`ylab 2 sm da to`xtagan nuqta bilan ham birlashtiring.

    Uzun yeng (152-rasm). Qo`lning uzunlik o`lchoviga teng (53 sm) AB vertikal chizig`ini o`tkazing — bu yeng o`rtasi bo`ladi. A nuqtadan pastga vertikal bo`ylab 15 sm (KA:4-3 sm) o`lchab qo`ying - yengning balandligi (54 dan katta razmerlar uchun bu miqdor hisoblamay aniqlanadi, u 16—16,5 sm ga teng bo`ladi). 15 sm da to`xtagan nuqtadan o`ng tomonga 18 sm (KA: 3 2sm yoki YonA 3sm= = 15 sm 3 sm) o`lchang — bu yeng kengligi bo`ladi. Topilgan nuqtani A nuqta bilan to`g`ri chiziq, orqali birlashtiring, bu bo`lakni teng 4 qismga bo`lib, chizmada ko`rsatilgandek yeng qiyaligi chizig`ini o`tkazing. B nuqtadan o`ng tomonga gorizontal bo`ylab 10 sm (BILA 2 sm) o`lchangda va bu nuqtani yeng kengligi (18 sm o`lchab topilgan nuqta) bilan to`g`ri chiziq, orqali birlashtiring. Bu yeng chokining chizig`i bo`ladi. Kalta yeng (153-rasm). U torroq bo`lishi kerak. Kalta yengning eng keng qismi quyidagi formula bilan aniqlanadi. KA:3 1 sm=17 sm yoki K A 2 sm = 17 sm, yeng qiyama balandligi 14 sm ga (KA: 4 2 sm) teng. Yengning uzunligini o`lchash (masalan, 23 sm) bilan barovar qo`l aylanasini ham (masalan 14 sm — o`lchovning yarmi) o`lchab oling. Kalta yeng andozasini tuzish prinsipi uzun yeng andozasini tuzishdek bo`ladi. «Fonarcha» shaklidagi yeng uchun AB chizig`idan 3—5 sm chapga parallel chiziq, utqazing.



    Ish andozasi (154-rasm). O`z razmeringizning asosiy an­dozasini chizib olgach, o`nga tanlagan modelingiz, masa­lan, yoki o`miz «tomoqqacha» bo`lgan jaketning fasonini chizib qo`ying. «Tomoqqacha» yetadigan qopqoq, balandligi 3 sm, ostki qopqoq, bilan manjetning kengligi 4 sm, taqilma qopqog`ining keng­ligi 4 sm bo`ladi. Rasmda ingichka qilib asosiy andoza chiziqlari ifodalangan, qalin qilib esa jaketning bezak to`qilma qopqoqlari bilan bo`rtma vertikal gul chiziqlari belgilangan. Bularning hammasi ish andoza­sini tashkil etadi. Andozani qirqib olib, o`nga vitochkani to`g`nab qo`ying. Uni gavdangizga qo`yib yelka uzun­ligini, yeng o`miz shaklini, vitochka o`rnini, chuntak o`rnini, bel chizig`ini, jaket uzunligini, yengning kengligini va uzunligini aniqlab oling. Shundan keyin andozaga o`zingiz zarur topgan uzgarishlarni kiritib qo`ying. 50-razmerdagi erkaklar gavdasi uchun o`tqazma yengli kiyimning asosiy andozasi.

    Andoza (155-rasm) quyidagi o`lchovlarga binoan tuzilgan (aylana o`lchovlarining yarmi ko`rsatilgan), sm:

    1. Bo`yin aylanasi…………………21

    2. Ko`krak aylanasi…………..…... 50

    3. Bo`ksa aylanasi………………...48

    4. Yelka uzunligi……………...…..16

    5. Sul uzunligi…………..………...57

    6. Bilak aylanasi…..………………10

    7. Kiyim uzunligi………..……….70

    Qorni chiqqan erkaklar gavdasiga andoza chizmasini chizishda, old bo`lak yon chokini 1,5—2 sm uzaytirish tavsiya etiladi. Bunda ort bo`lak andozasi o`zgartirmay qoldiriladi.

    Ishni tugatgandan keyin old va ort bo`laklarning yon choklari birlashtirilayotganda, old bo`lakning qorin qismida solqi hosil qilinadi. Faqat shundagina old bo`lak tortilib qolmaydi. 30-razmerdagi bolalar gavdasi uchun o`tqazma yengli kiyimning asosiy andozasi.

    Andoza (156-rasm) quyidagi o`lchovlarga binoan tuzilgan (aylana o`lchovlarining yarmi ko`rsatilgan), sm:

    1.Bo`yin aylanasi …………………..14

    2.Kukrak aylanasi………………..30

    3. K,ul uzunlig………………..34

    4. Bilak aylanasi………………..7

    5. Kiyim uzunligi………………..39

    Eng kichkina bolalar (24— 26-razmer) uchun andoza tuzishda ko`pincha ko`krak aylanasining o`lchovi o`rniga qorin aylanasi o`lchovidan foydalaniladi, chunki bu o`lchovni kichkintoylardan o`lchab olish osonroq.

    Amaliy maslahatlar

    To`g`ri bichimli ko`ylak uchun jaketingiz andozasidan foydalaning. Bunda ort bo`lak o`rta chizig`ini, old va yon chok chizislarini pastga uzaytirib, bulardan biriga yubka uzunligi (beldan pastgacha) belgilanadi, yubka etagining chizig`ini shu belgidan o`tkazsa bo`ladi. Ko`ylakning yon choklarini 2—2,5 sm ga kengaytirish lozim, aks holda ko`ylak etagi torayib qoladi. Kengaytirish uchun aniqlangan nuqtalarni bo`ksa chizig`i bilan birlashtirish kerak.

    Agarda yaxshi tikadigan bo`lib, ishda yaxshi moslangan andozadan foydalanadigan bo`lsangiz, shu andozaga qarab to`qishingiz mumkin. Faqatgina to`qilgan kiyimlar gavdada bemalol turishi uchun polotnoda kengroq va uzunroq bichish — gazlamadan tikiladigan kiyimdagiga nisbatan kamroq bo`lishini unutmang.


    2AMALIY MASHG`ULOT.


    Andoza tayyorlangan, ip bilan spisa moslab olingan — toqishni boshlash mumkin. Le­kin shoshmang! Yana bir muhim ishni bajaring — tekshirib ko`rish namunasini tayyorlab oling. Bo`nga sarflanadigan vaqtingizni ayamang — u to`la qoplanib ketadi: aniqqi, halqalar soni notug`ri hisoblangan ekan, deb to`qimani so`kib o`tirmaysiz. Lekin ishning muvaffaqiyatli yakunlanishi ko`p jixatdan kontrol namunasiga bog`liq;. Shuning uchun u tug`risida batafsil gaplashib olaylik. Kontrol namunasi. Bunday namuna modeli ipdan to`qiladi (157-rasm). Namuna moljallangan ip o`ylagan gulni to`qishga mos yoki mos emasligini ko`rib sanoat hosil qilishga yordam beradi. Sinab ko`rilgan namuna yaxshi chiqsa, sho`nga qarab to`qilish zichligi aniqlanadi. Namunani birdaniga asosiy guldan boshlamay, oldin bezakdan (1x1 li rezinkadan, ro`mol to`qimadan va x,.k.) boshlang. Bunda ham asosiy gulni to`qishga mo`ljallangan halqahar sonini oling. Masalan, namuna to`qish uchun 27 ta halqa tering, 3—4 sm ini ro`mol usulida to`qing (hamma qatorlar — o`ng halqalar bi­lan to`qiladi), keyin asosiy gulni to`qishga o`ting, masalan inglizcha rezinkali. Buni qanday toqishni eslatib o`tamiz:

    1-qator 1 ta o`ng halqa, 1 ta xomaki halqa, 1 halqa ko`chirib to`qiladi va hakazo.

    2-qator 1 ta xomaki halqa, 1 halqa ko`chirilib, 1 ta o`ng halqalar va hakazo bilan to`qiladi.

    3-qatordan boshlab 1- va 2-qatorlar guli takrorlanadi. 6—7 sm toqib, halqalarni bekiting.

    Bir xil sonli halqalar bilan ikki xil gulning bitta namunada to`qilishi bir gul­ning ikkinchisiga nisbatan qanday ko`rinishini yaqqol ajratib beradi. Bu modelni oldindan bilish, yo`l qo`yilishi mumkin bo`lgan xatolarning oldini olishda katta ahamiyatga ega.

    Keltirilgan misolda ingliz­cha to`qimaning polotnosi ro`mol to`qimasidan kengroqdir. Uning kengligini ro`mol, to`qima kengligi bilan bir xil qilish uchun, ro`mol usulida to`qilayotgan polotno bitganidan keyin halqalar sonini kamaytirish zarur. Agar bezaklar qandayligidan qat’iy nazar, ishga detalning teskari tomonidan ters halqalar bilan to`qikgan bitta yordamchi qator qo`shilsa, halqalar kamaytirilgani deyarli sezilmaydigan bo`ladi. Bu yor­damchi qatorda ma’lum intervaldan keyin xar gal 2 tadan halqa birga ters qilib to`qiladi. Intervallar oralig`i quyidagicha topiladi: ing­lizcha rezinka to`qima ustiga bezak gul qoplab (158-rasm), rezinkaning bekilmay qolgan halqalari masalan, 4 ta hisoblab chiqiladi. Namunadagi halqalar soni shu qolgan songa bo`linadi (27 ta halqa: 4—6 ta halqa). Demak, xar 6-halqani kamaytirish kerak, ya’ni yordamchi qatorni to`qishda 6- va 7-halqalar biriga ters to`qiladi. Endi kengligi bezak gulining kengligidek bo`ladigan asosiy gulning 1-qator ini to`qish mumkin.

    Turli xil gullarni birlashtirishning bosh`acha variantlarida bezak asosiy guldan kengroq, (masalan, ro`mol to`qimadan keyin chilvir to`qilsa chiqib qolishi mumkin. bunda bezakdan keyin halqalar qo`shish kerak bo`ladi. Halqalarni qo`shish orasidagi intervalni uzunligi ularning kamaytirishdagidek bo`ladi, faqat bunda bezak gulning yopilmay turgan halqalari hisoblanasdi. Ko`pincha har xil gulning kengligi bir xil bo`ladi, bunda halqalar qo`shishbga yoki kamaytirishga hojat qolmaydi.

    ESLATMA: Ba’zan gulning tasviri bayon qilinayotganda, u ishning teskari tomonida hosil bo`lishi ogohlantiriladi. Modelga bunday gul to`qilayotganda yordamchi qator detalning o`ng tomonida, o`ng halqa bilan bajarilishi, unda 2 ta halqani birga o`ng qilib to`qib kamaytirib borilishi, asosiy gulning bir qatori esa detalning teskari tomonida boshlanishi kerak

    To`qima zichligi. To`qilgan halqaning zichligi vertikal va gorizantal bo`ylab aniqlanadi.

    To`qimning vertikal bo`ylab zichligi (qisqacha V3)— bu 1 sm dagi qatorlar soni. Qo`lda to`qishda (mashinadagidan farqi) bu o`lchamlarni qatorlar soni bilan belgilamay, milk halqalar soni bi­lan (1 ta milk halqa 2 ta qatorga teng bo`ladi) ifodalash ma’qulroq bo`ladi. Ularni qatorga nisbatan tez va oson hisoblash mumkin. Po­lotnoning 1 sm idagi halqa­lar soni to`qimaning gorizon­tal bo`ylab zichligi —G3 ni aniqlaydi. Ip va spisa qancha yo`g`on bo`lsa, 1 sm to`qigan polotnoga shuncha kam halqa to`g`ri keladi, ya’ni to`qima zichligi kamayadi. Masalan, 2,5 spisada to`qilgan polotnoda G3 bor yo`g`i 1,5 halqaga to`g`ri keladi.

    Paypoq to`qimning gorizantal bo`ylab zichligini aniqlash uchun quyidagi ma’lumotlardan biri qadar foydalanish mumkin.

    6-jadval

    Spisa



    №32/2 nomerli ip

    To`qima zichligi

    Spisa



    №32/2 nomerli ip

    To`qima zichligi

    2

    3

    3,4

    4,5

    9

    ,6

    2,5

    4

    3,0

    5

    10

    1,5

    3

    5

    2,5

    6

    12

    1,3

    3,5

    6

    2,0

    7

    14

    1,1

    4

    8

    1,7

    8

    17

    0,9

    Yuqoqridagi raqmlardan foydalanishda hammaning to`qish uslubi har xil ekanligini hisobga olish kerakligini eslatib o`tamiz. Siz masalan, juda zich qilib to`qiydigan bo`lsangiz, to`qimangiz oda-dagidan ko`ra 1—2 o`lcham miqdorida zichroq chiqishi mum­kin. Bundan tashqari polot­noning zichligi ipning qalinligiga va sifatiga hamda gulning strukturasiga bog`lik, bo`ladi, albatta. Tuqima zichligini juda aniq belgilash uchun ikkinchi namunani (kontrol namunasini) bezaksiz, faqat asosiy guli bilan toqib ko`rish tavsiya etiladi. Agarda bezakning kengligi asosiy gulning kengligiga teng yoki shunga yaqinroq bo`lsa, kontrol namunasi­ni to`qimay birinchi namuna bo`yicha hisoblasa ham bo`ladi. Kontrol namunasining teskari tomonini yozib qo`yilgan yumshoq biror narsa ustiga o`zingizga qaratib, qadab bir varaq katak kog`oz ni unitmang). Qadab olish uchun 10-tikub ignasidan foydalaning. Bu ignalarning nayzali uchini polotnoning eng chetiga (milkiga) sabching. Jun ipdan to`qilgan trikataj kiyimlar kiyilganda, eniga cho`ziladigan bo`lgani uchun, namunani eniga salgina cho`zib, to`qimq zichligini hisoblash kerak. Endi na’muna ustiga ikki qavat doka yopib qo`ying. Agarda to`qima paypoq usulida to`qilgan, ko`z-ko`z yoki mayday gajak qilib to`qilgan bo`lsa, issiq ishlov bering. Ko`z - ko`z va mayday gajak guli to`qimqning ustiga dazmolni salgina tekkizib oling, paypoq to`qimani qattiqroq bosib dazmollang. Doka qurigandan keyin (namuna biroz namroqligicha qolishi kerak), namunaning ustidan olib, uni quriguncha shu xolatda qoldiring. Agarda polotno chilvir, yirik gajak, bo`rtiqli to`qilgan bo`lsa, bunda namlab ishlov beriladi. Namlangan dokani 30—40 min ga namuna ustiga yopib qo`ying, keyin dokani olib, namuna yaxshi quriguncha shu joyda qoldiring. Polotno yaxshi qurimaguncha ignalarni olmang. Ishlov berilgan polotnoda to`qima zichligini aniq hisoblash uchun bir yo`la quyidagi ikkita usuldan foydalaning.

    1-usul. Namuna enining necha santimetrligini o`lchab oling, uning milk halqalari ham qo`shib hisoblangan halqalar sonini shu o`lchangandan chiqqan songa bo`ling. Bu to`qimaning gorizontal bo`ylab zichligi Gz bo`ladi. Masalan, na’munad 36 ta halqa bor, uning eni 15 sm , shunda uning zichligi 1 sm da 2,4 halqa (36:4=2,4) bo`ladi. Agar chiqqan raqam qoldiqli bo`lsa, unga e’tiborsiz qaramang, chunki natijada bu anchagina hato hisoblashga olib keladi.

    Andoza bor bo`limb, to`qimaning zichligi ma’lum bo`lsa har bir bir detalni boshlash uchun kerakli halqalar sonini osongina hisoblab topish mumkin. Masalan, ort bo`lk kengligi 50 sam bolsa, spisaga shu detal uchun 50x2,4=120 ta halqa teish kerak bo`ladi.

    2-usul. Control na’munani old bo`lak andozasining pastki qismiga necha marta joylashtirish mumkinligini hisoblab ko`ring. Masalan, 3 marta to`la, (36x3=108 ta halqa) va 1 marta uning faqat uchdan bir qismi joylashgan (12 ta halqa) bo`lsin. Demak, 120 ta halqa teriladi (108 12=120). Endi ikki xil usul bilan hisoblab chiqarilgan natijalarni solishtirib ko`ring. Agarda ularning natijalari to`g`ri kelsa, ikkilanmay ishni boshlayvering. Aksincha hisoblash natijalari har xil chiqsa, yana sinchiklab tekshirib ko`ring.

    Qaysi detalni birinchi to`qish kerak. Eng yaxshisi ort bo`lakdan yoki yengdan boshlab to`qilgani ma’qul. Oxirida old bo`lak to`qiladi. Eng oxirida esa yoqa, doplama cho`ntak, belbog` vahokazo. kabi hamma mayda detallar to`qiladi. Bunday ketma-ketlik tasodifiy emas. Ish davomida ip yetmasligi sezilib qolishi mumkin. Bundan tashqari, bo`lakni bir xil ip bilan, old bo`lakni esa yo`lli qilib to`qib, kiyin holatdan chiqish mumkin. Bundan tashqari, boshlangan ishning modelini uzgartirmoqchi bo`lsangiz, old bo`lakning oxirida to`qilishi yoqa o`mizni, taqilma qopqrg`ini, cho`ntak qirqmasini o`zgartirishga imkon beradi. Shunday qilib modelni to`qishga kirishamiz. Ort bo`lakdan boshlaymiz.

    Andozaga binoan to`qish. Oldingizda ort bo`lak andozasi. Uning konturini ko`rib chiqing: bu ham gorizontal (etakda), ham sal og`gan (yon choklar), ham egri (yeng va yoqa umizlari), ham og`ma chiziqlardir (yelka choki). Ort bo`lak andozasida siz har xil xarakterdagi chiziqlarni to`qishning hisobi bilan tanishib chiqasiz. Agarda to`qish moxiyatiga tushunib olsangiz, hisoblash yo`li qiyin emas.

    Qiya ziyli polotnoni to`qish uchun uni hisoblab olish. Masalan, belga yopishib turadigan modelning ort bo`lak yon chokini (159-rasm) olamiz. A va B nuqtalar orasidagi yon chok chizig`i to`g`ri bo`ladi, keyin bu to`g`ri chiziq; (perpendiqo’lyar) ort bo`lak o`rtasi tomon (V nuqta) 2 sm ga, va bundan keyin xuddi shuncha masofaga qarama-qarshi tomonga (G nuqta) og`adi. Demak, ort bo`lak oldin o`zgartirilmay (8 sm) to`qiladi, keyin B nuqtadan V nuqtagacha halqalarning soni ma’lum o`lchamga kamaytiriladi va bundan sso`ng tuqimani kengaytirish uchun V nuqtadan G nukqtagacha halqalar qo`shiladi. Qanday intervalda qancha halqa kamaytirish va keyin qancha qo`shish kerakligini qaysi yo`l bilan aniqlash kerak? Eng avval to`qilgan polotnoning gorizontal bo`ylab zichligini bilish zarur. Masa­lan, G3-3 halqa (bundan buyon hisoblashga qulay bo`lgan raqamdan foydalanamiz), bunda yon chokni B nuqtadan V nuqtagacha to`qishda 6 ta halqa kamaytiriladi, chunki 2 sm ga teng bo`lgan VD bo`lakka 6 ta halqa joylashadi. B nuqtadan V nuqtagacha bo`lgan polotnoning uzunligi 12 sm ga teng. Demak, 12 sm ni 6 ta halqaga bo`lib, halqa­larning kamaytirilish intervali 2 sm ga teng bo`lishini bilib olamiz. Endi kontrol namunasidan 2 sm da nechta milk halqa borligini aniqlaymiz. Masa­lan, 4 ta milk halqa bo`lsin. Demak, xar 8-qatorda (4 ta milk halqa 8-qator) 1 tadan halqa kamaytiriladi. Bundan keyin, ort bo`lakni V nuqtadan boshlab G nuqtagacha (19 sm) to`qiganda 6 ta halqa qo`shiladi. Halqalarni qo`shish intervali 3 sm (19 sm: 6=3 sm) ga teng. 3 sm da 6 ta milk halqa bor (12 qator). Demak, har 12-qatorda 1 tadan halqa qo`shiladi. Andozada halqalarni kamaytirish hamda ko`paytirish joylarini minus va plyus belgilari bilan ko`rsatib qo`ying. Shunday qilib, salgina qiya chiziqlarni to`qish uchun hsoblash yo`li quyidagicha bo`ladi: santimetrda o`lchangan chiziq, uzunligi kamaytiriladigan (ko`paytiriladigan) halqalar soniga bo`linadi, natijada kamaytirish (ko`paytirish) intervali chiqdi. Agarda bu interval 5 sm dan kam chiqsa, uni milk halqalar orkali ifodalangani ma’qul. Qatorlar soni esa 5 sm dan ko`prok, bo`lsa, yuqoriga qarab necha santimetr to`qilganini hisoblash qulayrok bo`ladi.

    Ort bo`lakni yeng o`mizgacha to`qish. Spisaga halqalar terib, B nuqtagacha polotnoni to`ppa-to`g`ri to`qing. B nuqta­dan boshlab xar 8-qatorning boshida va oxirida 1 tadan halqa kamaytirib boring: qatorning boshidagi milk halqani ko`chirib, keyingi halqani o`ng qilib to`sing va milk halqa ichidan o`tkazib oling, shu qator oxirida milk halqa bilan uning yonidagi halqani birga ters qilib to`qing.

    Mo`ljalni bilish uchun kamaytirilgan halqa o`rnini tug`nogich yoki rangli ip bilan belgilab oling. Oxirgi kamaytirishni bel chizigidan pastroqda bajargan ma’qul. Ort bo`lakni belgacha to`qigandan keyin bel chiziqni oddiy ip bilan tikib qo`ying. Keyin birinchi halqa qo`shiladigan joygacha to`ppa-to`g`ri to`qing. U bel chizig`idan 3 sm yuqorirokda bo`lsin.

    Halqalarni kamaytirish va ko`shishni bel chizig`ining o`zidan boshlash tavsiya etilmaydi, chunki yon chokning chizig`i keskin o`zgarib ketadi. Ularni shunday qo`shing: o`ng halqa­lar qatorining boshida milk halqadan keyin, shu qatorning oxirida esa milk halqa oldida bittadan xomaki halqa (tukuvchi tomon) qiling, ke­yingi qatorda bularni o`ng qilib ort devorcha tomondan to`qing. Har galgi qo`shiladigan halqani 11-qatordan ke­yin 12-qatorda bajaring. Halqalar qo`shishni polotno­ning chetidan 3—4 halqa ko`chirib bajarsa ham bo`ladi — buni dekorativ qo`shish deyiladi.

    Amali ishlarni bajarishga ko`rsatmalr.

    Kontrol namuna bo`yicha hisoblab topilgan natija ancha-gina aniq, bo`ladi, chunki unga namlab ishlov berilgan. Bironta detal uchun boshlanish qator halqalarini tergandan keyin, uning o`rtasini topib olib, rangli ip bilan belgilab qo`ying. Bu sizga detalni andoza ustiga quyib to`g`ri mo`ljallab ko`rishga yordam beradi. To`qilayotgan po­lotno uzaygan sari bu belgini detal o`rtasi bo`ylab tiqib borishni qoida qilib oling. Agarda siz to`qimokchi bo`lgan modelning gulida qisman paypoq, to`qima bo`lsa (masalan, tersi tekis tomonda chilvir bo`lsa), bunday hollarda to`qimaning yon chetlariga bo`rtiq gullar emas, paypoq to`qima to`g`ri keladigan qilib joylashtirishga intilish kerak, aks holda chok qo`pol chiqadi. Ort bo`lakning ozgina qismini to`qigandan keyin uning guli ort bo`lak o`rtasiga nisbatan simmetrik joylashganini, yon chokka yaqin joyga turli yo`nalishdagi gul bo`laklari to`g`ri kelib qolmaganligini yana bir tekshirib ko`ring.

    Gajak gulli ort bo`lakni (old bo`lakni ham) bajarishda ishning o`ng tomonida yon chok bo`ylab har o`ng halqali qatorda milk halqa yonida yordamchi ters halqa, ters tomonda esa bu halqani o`ng qilib to`qish usulini qo`llang. Buning natijasida polotno-ning teskari tomonida o`ng halqalardan yon chokka parallel joylashgan «yo`lkalar» hosil bo`ladi. Bu «yo`lkalar» bo`ylab modelni birlashtirib tikish oson va qulaydir. Agarda yon choklar tomonidan kamaytirish kerak bo`lsa, kamaytirishni bevosita hosil bo`lgan «yo`lagi» bo`ylab bajarish ham mumkin. Bunda ishning o`ngidan yordamchi halqa bilan uni yonidagi halqa­ni birga ters qilib to`qish kerak. Halqa qo`shishni esa yon chokning milk halqasi oldida emas, balki uni milk halqa dan ajratib qo`ymaslik uchun «yo`lka» oldida qo`shing. Ort bo`lakni to`qiyotganda vaqti-vaqti bilan uni mo`ljallangan kengligiga to`g`ri kelishini tekshirib turing. Polotnoning keng yoki aksinchg tor bo`lib qolishi 3—4 sm da oshmasligi lozim. Bu holda andozaga tegishli o`zgarishlarni kiritib qo`yish kerak Masalan, ort bo`lak mo`ljaldagidan 4 sm (ikki tomondan 2 sm dan) keng deylik. Bunda ort bo`lak andozasiga to`qilgan polotno kengligiga moslab yangi yon chok chiziqlarini o`tkazib qo`ying. Old bo`lakka ham o`zgarish kiritish kerak ilgarigi yon chok chizig`idan 2 sm ko`chirib yangi yon chok chizig`i o`tkaziladi. Bu, har bir old bo`lakni to yeng o`mizgacha hisoblanganiga nisbatan 2 sm torrok, qilib to`qish kerak deganidir. Natijada yeng o`mizning kengligida ham albatta o`zgaradi. Ort bo`lak yeng o`miz 2 sm kengroq, (5 sm 2 sm=7 sm), old bo`lak 2 sm torroq (7 sm — 2 sm=5 sm) bo`ladi. Bu o`zgarishni yeng o`mizni to`qiyotgan­da hisobga olishni unutib qo`ymang.



    Download 0.78 Mb.
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




    Download 0.78 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    TO’GARAK ISHLARI UCHUN TAVSIYA QILINGAN KIGIZCHILIK

    Download 0.78 Mb.