Mashinada uchraydigan kamchiliklar va ularni bartaraf qilish




Download 14.08 Mb.
bet5/62
Sana04.04.2017
Hajmi14.08 Mb.
#2884
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   62
1.3. JUN VA IPAK TOLALARINI XOSSALARI
Tolalarning asosiy xossalari jumlasiga uzunligi, yo'g'onligi, mustahkamligi, cho'zilishdagi uzayishi, gigenik xossalari kiradi.

Tolalar uzunligi tekislangan tolaning ikki uchi orasidagi masofani bildiradi. U millimetr (paxta tolasi), santimetr jun tolasi) yoki metr (kimyoviy tolalar) birliklarida ifodalaniladi.

Tolalar yo'g'onligi uni ifodalash uchun bir qancha ko'rsatkichlar ishlatiladi. Bulardan biri tolalarning diametrini o'lchash, ikkinchisi esa, ularning ko'ndalang kesimining yuzasini aniqlash va boshqalar. Lekin, tolalar juda ingichka jism bo'lganligi sababli bu ko'rsatkichlarni aniqlash uchun ko'p vaqt sarf qilish va maxsus hozirlik ko'rish kerak. Shu tufayli tolalarning yo'g'onligini ifodalash uchun chiziqiy zichlik kabi bevosita ko'rsatkichlar qo'llaniladi. Tola yo'g'onligi bilan tekis miqdori orasida to'g'ri bog'liqlik mavjuddir, ya'ni tola qancha ingichka bo'lsa, tekisning kattaligi ham shuncha kichik bo'ladi.

Tolalarning mustahkamligi tolalarning mustahkamligi uzish kuchi ko'rsatkichi orqali tavsiflanadi. Uzish kuchi deb tolalarni cho'zganda uzish uchun sarf qilingan kuchga aytiladi. Bu kuchning o'lchov birligi Nyuton (N) dir. Uzish kuchi P harfi bilan ifodalaniladi va maxsus uzish mashinalari yordamida aniqlanadi. «Turli xil yo'g'onlikdagi tolalarning mustahkamligini taqqoslash uchun nisbiy uzish kuchi G`(sNG`teks), ya'ni tolaning yo'g'onlik birligiga to'g'ri keladigan uzish kuchining miqdori ishlatiladi.

Tolalarning cho'zilishdagi uzayishi — tolalarning uzilish paytidagi uzayishi uzilishdagi uzayishi (cho'zilishi) deb ataladi. Bu ko'rsatkich uzish kuchini aniqlagan bir paytda uzish mashinalarida aniqlanadi. U millimetr yoki foiz birliklarida ifodalaniladi. To'liq uzayish asosan qayishqoq, elastik va plastik uzayishlardan iborat. Qayishqoq uzayish kuchni olingani bilan darhol yo'qoladi. Elastik uzayish esa kuch olingandan keyin asta-sekinlik bilan ma'lum vaqt davomida yo'qoladi. Plastik uzayish esa yo'qolmaydi. Tolalarning qayishqoq, elastik va plastik uzayish xossalariga nisbatan to'qimachilik buyumlarining g'ijimlanmasligiga, kiyim o'z shaklini saqlay olishiga ta'sir qiladi. Masalan, o'simlik tolalaridan to'qilgan gazlamalar g'ijimlanuvchandir, chunki bu tolalarda plastik uzayish yuqori, jun va sintetik tolalarning uzayishida qayishqoq va elastik qismlari yuqoriroq bo'ladi. Shuning uchun bu tolalardan olingan gazlamalar uncha g'ijimlanmaydi.

Tolalarning gigiyenik xossalari kishilarning sog'ligini saqlashga yordam beradi. Bularga tolalarning gigroskopligi, havo o'tkazuvchanligi, issiqni saqlash xossalari va hokazolar kiradi.

Gigroskoplik bu tolalarning o'ziga suv bug'larini shimib olish xususiyati. Bu xossa haqiqiy, konditsion va maksimal namlik bilan baholanadi.

Haqiqiy namlik ayni muhit sharoitida quruq toladagi namliq uning massasining necha foizini tashkil etishini ko'rsatadi.

Konditsion namlik tolaning me'yoriy sharoitdagi, ya'ni havo harorati 20°C va nisbiy namligi 65 foiz bo'lgan sharoitdagi namligi har bir tola uchun standart bo'yicha konditsion namlik tasdiqlanadi. Tolalarning gigiyenik xossalari ularning kimyoviy tarkibiga bog'liq.

Tolalarning tashqi muhit ta'siriga qarshilik ko'rsata olishi, ya'ni yorug'liq namliq ter va shuningdek ishqalanish, yuvish, ho'llab dazmollash va hokazo omillar ta'siriga chidamliligi buyumlaming to'zishiga chidamliligini belgilaydi.




Download 14.08 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   62




Download 14.08 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mashinada uchraydigan kamchiliklar va ularni bartaraf qilish

Download 14.08 Mb.