O‘zgarmas tok mashinasining tuzilishi O’zgarmas tok mashinlari turlari O’zgarmas tok mashinalari ishlash prinsipi




Download 0.6 Mb.
bet1/7
Sana30.05.2023
Hajmi0.6 Mb.
#67105
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
xurshid elektr mashinlari tajriba
26-Mavzu. PR. Soliq nazorati va uning shakillari, doniyor aslanov - set of tests, ISSIQLIK NURLANISHI QONUNLARI, ТЭС 11, Ички ва ташки мухит, xurshid3, Materialshunoslik. Safarov Z.N. (1), maktablarda matematika fanini o qitishning dolzarb masalalari, из протокола заседания методического объединения учителей русского языка школы, kjhgghuy, 1-CHORAK 7-sinf, Sulolalar tarixi, art and culture 1, Usmonov

O‘zgarmas tok dvigatellarining maxsus turlari.


Reja:



  1. O‘zgarmas tok mashinasining tuzilishi

  2. O’zgarmas tok mashinlari turlari

  3. O’zgarmas tok mashinalari ishlash prinsipi


O‘zgarmas tok mashinasining tuzilishi
O‘zgarmas tok mashinasining o‘ziga xos xarakterli belgisi kollektror-shchetka tizimi, o‘zgarmas tokni o‘zgaruvchan tokka aylantiruvchi va, uning aksi, - mexanik o‘zgartkich mavjudligidir. Bunday o‘zgartkichning zarurati shu bilan tushuntiriladiki, o‘zgarmas tok mashinasining yakor chulg‘amida o‘zgaruvchan tok oqishi shart, chunki faqat shu sharoitda mashinada elektromexanik energiya o‘zgartirilishining uzluksiz jarayoni sodir bo‘ladi.
O‘zgarmas tok generatorining ishlash prinsipini ko‘raylik..1-rasmda generatorning soddalashtirilgan modeli tasvir­langan: ikki qo‘zg‘olmas o‘zgarmas magnit qutblari N va S orasiga generatorning aylanuvchi qism - yakor joylashtirilgan. Uning vali shkiv va tasma uzatkich mexanizmi yordamida birlamchi motor - mexanik energiya manbai (rasmda ko‘rsatilmagan) vali bilan ulangan. Yakor magnit o‘zagi tashqi silindrik yuzasida qirqilgan ikki bo‘ylama pazda bir o‘ram sifatida keltirilgan a,b,c,d chulg‘am joylashtirilgan. O‘ramning boshi va keti soddalashtirilgan kollektorni tasvirlovsi, o‘z-aro izolyasiyalangan ikki mis yarim xalqalarga ulangan. Kollektor yuzasiga A va V shchetkalar o‘rnatil­gan. Kollektor va shchetkalar, generator yakor chulg‘amini tashqi zanjir (R qarshiligi bo‘lgan yuklama) bilan bog‘lovchi, sirpanuvchi kontaklar vazifasini bajaradi.
Faraz qilaylik, birlamchi motor generator yakorini soat miliga teskari yo‘nalishda aylantirsin, unda o‘zgarmas magnit qutblarining magnit maydonida aylanayotgan yakor o‘ramida oniy qiymati bo‘lgan EYK induktivlanadi. EYK yo‘nalishi yakorning rasmda ko‘rsatilgan holati uchun strelkalar bilan ko‘rsatilgan.
Generatorning ishlash jarayonida uning yakori aylanadi va o‘ram a,b,c,d xar hil fazoviy holatlarni qabul qiladi, shuning uchun yakor chulg‘amida o‘zgaruvchan EYK induktivlanadi. Agar mashinada kollektr bo‘lmaganda, u holatda tashqi zanjirda (R yuklamada) tok o‘zgaruvchan bo‘lar edi, ammo kollektor va shchetkalar yordamida yakor chulg‘amidagi o‘zgaruvchan tok generator tashqi zanjirlari (yuklanish)da pulslanuvchi tokka, ya’ni yo‘nalishi o‘zgarmaydigan tokka aylanadi.


Download 0.6 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7




Download 0.6 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zgarmas tok mashinasining tuzilishi O’zgarmas tok mashinlari turlari O’zgarmas tok mashinalari ishlash prinsipi

Download 0.6 Mb.