• KUCHAYTIRGICHLAR
  • O‘zgaruvchan tokni to‘G‘rilash mexanizmlari




    Download 1.15 Mb.
    bet1/2
    Sana20.05.2023
    Hajmi1.15 Mb.
    #62566
      1   2
    Bog'liq
    Ozgaruvchan-tokni-togrilash-mexanizmlari
    2-лаб, xusanov fizika 16

    O‘ZGARUVCHAN TOKNI TO‘G‘RILASH MEXANIZMLARI

    Biz bilamizki, elektr energiyasi, asosan, o‘zgaruvchan uch fazali tok ko‘rinishida ishlab chiqariladi. Ko‘pincha o‘zgarmas tok manbayi zarur bo‘ladi. Shunday hollarda to‘g‘rilagichlardan foydalaniladi. To‘g‘rilagichlarning eng sodda sxemasi bir davrli, bir fazali to‘g‘rilagichlardir. Uning sxemasi va to‘g‘rilangan tokning vaqt diagrammasi 27-rasmda ko‘rsatilgan. Yarimo‘tkazgichli diod tokning faqat bir ishorali qismini o‘tkazadi. Demak, to‘g‘rilagichning kirish qismida bir fazali o‘zgaruvchan tok bo‘lsa, chiqishida faqat musbat ishorali yarim davrlari qoladi.

    Ko‘pincha to‘g‘rilagichlar transformatorlarning ikkilamchi chulg‘amiga ulanadi, chunki o‘zgarmas tok iste’molchisi, masalan, magnitofonning kuchlanishi U = 9V. Demak, to‘g‘rilagich bu yerda elektr tarmoq va o‘zgarmas tok iste’molchisi o‘rtasida kuchlanishni moslash mexanizmi bo‘lib ham xizmat qiladi.

    27-rasmdan ko‘rinib turibdiki, to‘g‘rilagichning chiqish qutblaridagi kuchlanish manfiy ishorali o‘zgaruvchan impulsdir. To‘g‘rilagich bu ko‘rinishda qo‘llanilmaydi. Ko‘pincha 28-rasmda ko‘rsatilgan ko‘prik to‘g‘rilagichlardan foydalaniladi. Bu to‘g‘rilagichda diod xossasidan foydalanilib, o‘zgaruvchan tokning manfiy yarim davriy qiymati yo‘nalishi o‘zgartiriladi. Natijada chiqish qutblarida faqat musbat ishorali yarim davriy qiymat ta’sir ko‘rsatadi.

    KUCHAYTIRGICHLAR

    Axborot tok yoki kuchlanishning amplitudasi yoki chastotasida ifodalangan (mujassamlangan) bo‘ladi. Demak, kuchaytirgichlar qaysi kattalik kuchaytirilishiga qarab kuchlanish kuchaytirgichi, tok kuchaytirgichi va quvvat kuchaytirgichlariga bo‘linadi. Kuchaytirgichlar qanday chastota oralig‘ida ishlashiga ko‘ra quyidagilarga bo‘linadi:

    • Axborot tok yoki kuchlanishning amplitudasi yoki chastotasida ifodalangan (mujassamlangan) bo‘ladi. Demak, kuchaytirgichlar qaysi kattalik kuchaytirilishiga qarab kuchlanish kuchaytirgichi, tok kuchaytirgichi va quvvat kuchaytirgichlariga bo‘linadi. Kuchaytirgichlar qanday chastota oralig‘ida ishlashiga ko‘ra quyidagilarga bo‘linadi:
    • Asta-sekin o‘zgaruvchi signalni bir gers chastotaning kichik ulushlaridan boshlab bir necha kilogersgacha oshirib beradigan kuchaytirgichlar shartli ravishda o‘zgarmas tok kuchaytirgichlari deyiladi.
    • Past chastotali kuchaytirgichlar signalining chastotasi 10 Hz–20 kHz oralig‘ida o‘zgaradi.
    • Chastota orqali keng kuchaytirgichlar – 1 Hz–10 MHz.
    • Saylovchi kuchaytirgichlar – ma’lum bir chastotali signalni kuchaytiruvchi kuchaytirgichlar.
    • Kuchaytirgichlar 10–6 10–7 voltli kuchlanish va 10–14 -j- 10–6 amperli tokni kuchaytirish xususiyatiga ega. Yarimo‘tkazgichli kuchaytirgichlar, yuqorida ta’kidlab o‘tganimizdek, umumiy emitterli, umumiy bazali va umumiy kollektorli bo‘ladi. Sanoat elektronikasida ko‘pincha umumiy emitterli kuchaytirgichlar qo‘llaniladi. Bu turdagi kuchaytirgichning sxemasi 31-rasmda ko‘rsatilgan va bu sxema quyidagicha ishlaydi.

    Download 1.15 Mb.
      1   2




    Download 1.15 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zgaruvchan tokni to‘G‘rilash mexanizmlari

    Download 1.15 Mb.