• Hukumat
  • Qashqadaryo viloyatidagi
  • Samarqand
  • Jizzax viloyati
  • O‘zmeliomashlizing” davlat lizing kompaniyasi tomonidan 2017 yilning 9 oyida bajarilgan ishlar to‘g‘risida m a ’ lumo t I. Davlat dasturining bajarilishi




    Download 40.5 Kb.
    Sana29.03.2020
    Hajmi40.5 Kb.
    #9321
    “O‘zmeliomashlizing” davlat lizing kompaniyasi tomonidan 2017 yilning 9 oyida bajarilgan ishlar to‘g‘risida M A ’ L U M O T I. Davlat dasturining bajarilishi. Melioratsiya va boshqa suv xo‘jaligi ishlarini bajaruvchi suv xo‘jaligi qurilishi va foydalanishga ixtisoslashtirilgan tashkilotlarini, shuningdek suv iste’molchilarining faoliyatini qo‘llab quvvatlash borasida Kompaniya tomonidan Davlat dasturi asosida Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi buyurtmasiga ko‘ra X-Halqaro sanoat yarmakasi va kooperatsiya birjasi doirasida Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamg‘armasining kafolat xatlari bilan tasdiqlangan, moliyaviy manbaalar 2017 yil uchun Melioratsiya jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 114 dona zamonaviy texnika xarid qilish rejalashtirilgan, shundan 40 dona zamonaviy ekskavator, 15 dona buldozer hamda 59 dona boshqa texnika va mexanizmlar.
    Vazir (arab. - yuk koʻtaruvchi) - oʻrta asrlarda Yaqin va Oʻrta Sharq davlatlarida, shu jumladan Oʻrta Osiyo xonliklarida hukumat idorasi yoki kengashi (devon) boshligʻi. V. lar vaziri aʼzam rahbarligida davlatni idora etish vazifalari bilan shugʻullangan. V.
    2017 yilning 9 oyi davomida Davlat dasturiga asosan 107 dona texnikalarni xarid qilish uchun shartnomalar imzolandi, 7 dona texnika xarid qilish uchun tender savdolari e’lon qilingan, 35 dona texnika sotib oluvchilardan xarid qilinib lizing oluvchi tashkilotlarga yetkazib berildi. Shuningdek, joriy yilda Kompaniya o‘z mablag‘lari hisobidan 41 dona zamonaviy texnikalarni xarid qilib, lizing oluvchilarga yetkazib berish rejalashtirilgan. O‘z navbatida, Jamg‘armadan texnikalar xaridi bo‘yicha olingan qarz mablag‘lari bo‘yicha tuzilgan to‘lov grafigiga asosan belgilangan mablag‘lar qaytarilishi ta’minlandi. II. Kompaniya faoliyatini takomillashtirishda Hukumat topshiriqlarining bajarilishi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007 yil 21 dekabrdagi 266-sonli qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan 2017 yil Davlat dasturida belgilangan texnikalar xarid qilish uchun imzolangan shartnomalarni moliyalashtirish bo‘yicha Melioratsiya jamg‘armasiga buyurtmanomalar taqdim qilindi.
    Hukumat - davlatning oliy kollegial ijroiya organi. H. turli mamlakatlarda turlicha nom bilan ataladi: Vazirlar Kengashi (Fransiya, Italiya, Polsha), Vazirlar Mahkamasi (Buyuk Britaniya, Oʻzbekiston), davlat kengashi (XXR) va h.k. H.
    Respublika (lot. respublica, res - ish va publicus - ijtimoiy, umumxalq) - davlat boshqaruvi shakli, unda bar cha davlat hokimiyati organlari saylab qoʻyiladi yoki umummilliy vakolatli muassasalar (parlamentlar) tomonidan shakllantiriladi, fuqarolar esa shaxsiy va siyosiy huquqlarga ega boʻladilar.
    Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 11 iyuldagi 209-sonli qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan barcha turdagi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning ehtiyojlari va talablariga ko‘ra melioratsiya texnikalari yetkazib berilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi”ning ijrosini ta’minlash yuzasidan “O‘zmeliomashlizing” kompaniyasi tomonidan bir qator ishlar amalga oshirildi. Jumladan, yangi turdagi lizing xizmatlari hisobiga ularning xajmini kengaytirish va sifatini oshirish maqsadida yopiq-yotiq drenaj tarmoqlarini avtomatlashtirilgan holda quruvchi zamonaviy texnikalardan 3 dona xarid qilinib, Jizax va Qashqadaryo viloyatidagi lizing oluvchilarga yetkazib berildi.
    Qashqadaryo viloyati - OʻzR tarkibidagi viloyat. 1924 yil 1 noyab.da tashkil etilgan. 1927 yil 17 fev.dan 1938 yil 15 yanv. gacha Qashqadaryo okrugi maqomida. 1938 yil 15 yanv. da Buxoro viloyatiga qoʻshib yuborildi.
    Ushbu texnikaning afzalliklari shundaki, texnika yordamida yer ostiga joylashtirilgan quvurlardan uzoq yillar almashtirmasdan foydalaniladi, suv sarfi tejalib, tuproq unumdorligi yaxshilanadi. Bundan tashqari, muqaddam qurilgan yopiq drenaj tarmoqlarini yuqori bosim bilan yuvadigan 6 dona zamonaviy drenaj yuvish texnikalari xarid qilindi va lizing shartnomalari asosida berildi. Yuqori bosimli mazkur texnikalardan yer ostida joylashgan drenaj quvurlarini tezkor tozalashda samarali foydalanilmoqda. Shu bilan birga Harakatlar strategiyasida eng avvalo zamonaviy suv resurslarini tejaydigan agrotexnologiyalarni joriy etish, unumdorligi yuqori qishloq xo‘jaligi texnikasidan foydalanishning afzalliklariga urg‘u berilgan bo‘lib, shu yuzadan kompaniyamiz tomonidan suvni tejash va tuproq unumdorligini oshirish uchun qo‘llaniladigan lazerli yer tekislash vositalaridan 6 tasi kompaniyaning o‘z mablag‘lari hisobidan olinib, lizing oluvchilarga taklif qilinmoqda. Mazkur texnika yordamida qishloq xo‘jaligi yer maydonlari yuzasi tekislangach, suv sarfi 2 barobar kamayadi, paxta, g‘alla va boshqa ekinlarning hosildorligi sezilarli darajada oshadi. “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” Davlat dasturi ijrosini so‘zsiz ta’minlash bo‘yicha Kompaniya tomonidan tegishli chora tadbirlar ishlab chiqildi. Kompaniya rahbarining elektron qabulxonasi tashkil etilgan bo‘lib, ijro intizomini ta’minlash guruhi ish olib bormoqda. Shuningdek, kompaniyaga jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushayotgan murojatlarni nazorat qilish uchun elektron tizim joriy etilgan. Murojatni o‘z muddatida ijobiy hal etil uchun murojat mualliflari bilan bevosita muloqat o‘tkazilib ijobiy hal etilmoqda. “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2013-2020 yillar davrida O‘zbekiston Respublikasining milliy axborot-kommunikatsiya tizimini rivojlantirish kompleks dasturining ijrosi to‘g‘risida”gi bayoni ijrosini ta’minlash bo‘yicha Kompaniyada 2015-2020 yillarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini kengroq tadbiq etish va rivojlantirish bo‘yicha dasturi ishlab chiqildi va vazifalar belgilab olindi. Jumladan, Kompaniya faoliyati bo‘yicha davlat xizmatlarini to‘liq xatlovdan o‘tkazilib, ularning reglamentlarini Yagona Davlat xizmatlari reyestriga sifatli va to‘liq taqdim qilindi. Shuningdek, muntazam ravishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilinganlik holati bo‘yicha reyting baholarini yanada oshirish yuzasidan tegishli choralar ko‘rib borilmoqda hamda yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali kelib tushayotgan aholi va tadbirkorlik sub’ektlarining murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqilib, ijrosi to‘liq nazoratga olindi. Internetdagi rasmiy veb-saytda amalga oshirilayotgan ishlar, tarkibiy va kadrlarga oid o‘zgarishlar, qabul qilingan qarorlar, sohaga oid ilmiy yangiliklar va tavsiyalarni doimiy ravishda yoritib borilmoqda. Elektron qabulxona tizimining obro‘sizlanishiga olib keladigan hatti-harakatlar, kelib tushgan murojaatlarni ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqalib ketmasligi oldini olish chora-tadbirlari ishlab chiqildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 19 apreldagi “2013-2017 yillar davrida sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yanada yaxshilash va suv resurslaridan oqilona foydalanish to‘g‘risida”gi 1958-sonli qarori bilan tasdiqlangan Davlat dasturini Respublikaning barcha viloyatlarida ijrosini o‘rganish uchun Kompaniya xodimlari tomonidan lizingga berilgan texnikalardan maqsadli va samarali foydalanish yuzasidan monitoring o‘tkazdilar. III. “O‘zmeliomashlizing” DLKning moliyaviy-iqtisodiy holati. 2017 yilning 9 oyida lizing portfelida yetkazib berilgan texnikalar soni 2144 dona va portfeldagi umumiy lizing qiymati o‘tgan yilga nisbatan solishtirganda o‘sish sur’ati 107 foizni tashkil qildi. 2017 yilning 9 oyida lizing xizmatidan olingan daromad o‘tgan yilga nisbatan 108 foizni tashkil qildi. Lizing oluvchilar soni esa 104 foizga o‘sdi. IV. Lizing to‘lovlari bo‘yicha qarzdorliklarni undirilishi. Lizing oluvchilar tomonidan 2017 yilning 9 oyi davomida Kompaniya hisob raqamiga lizing to‘lovlari bo‘yicha 28,9 mlrd. so‘m mablag‘, shu jumladan 1,7 mlrd. so‘m oldindan 15 bo‘nak to‘lovlari uchun va 27,2 mlrd. so‘m lizing to‘lovlari uchun mablag‘lar tushirishga erishildi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan hisobot yiliga nisbatan 85 foizni tashkil qildi. Joriy yilning 9 oyi davomida lizing to‘lovlari bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorlikka yo‘l qo‘ygan 28 ta xo‘jalik sub’ektlarini mavjud qarzdorliklarini undirish yuzasidan xo‘jalik sudlariga da’vo arizalari kiritildi. Bundan tashqari Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi hamda viloyat hokimliklari, viloyat havza boshqarmalari va lizing oluvchi korxonalarning o‘zlariga bir necha marotaba qarzdorliklarni kamaytirish bo‘yicha xatlar yozildi. Kompaniya lizing to‘lovlari bo‘yicha qarzdorligi 4 319 mlrd.so‘mni yoki umumiy lizing portfelini 1.12 foizini tashkil etadi. Kompaniya tomonidan ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida muddati o‘tgan qarzdorlik o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1,0 mlrd.so‘mga kamaytirishga erishildi. Qarzdorlikni umumiy portfeldagi ulushi o‘tgan yilning shu davriga 1,17 foizni tashkil qilgan bo‘lsa bu ko‘rsatkich joriy yilning 9 oyida 1,12 foizni tashkil qildi. Olib borilayotgan amaliy ishlarga qaramasdan lizing to‘lovlari qarzdorliklar ayrim viloyatlarda yuqoriligicha saqlanib qolmoqda. Jumladan, Qashqadaryo viloyati 893.3 mln.so‘mni, Samarqand viloyati 710.8 mln.so‘mni, Toshkent viloyati 569.
    Samarqand - Samarqand viloyatidagi shahar. Viloyatning maʼmuriy, iqtisodiy va madaniy markazi (1938 yildan). 1925-30 yillarda Respublika poytaxti. Oʻzbekistonning jan.gʻarbida, Zarafshon vodiysining oʻrta qismida (Dargʻom va Siyob kanallari orasida) joylashgan.
    Toshkent viloyati - OʻzR tarkibidagi viloyat. Respublikaning shim.sharqida. 1938 y. 15 yanvda tashkil kilingan. Shim. va shim.gʻarbdan Qozogʻiston Respublikasi, shim.sharkdan Qirgʻiziston Respublikasi, sharqdan Namangan viloyati, jan.
    7 mln.so‘mni, Jizzax viloyati 387.
    Jizzax viloyati - OʻzR tarkibidagi viloyat. Respublikaning markaziy qismida. 1973 y. 28 dek.da tashkil etilgan. Shim.-sharqda Qozogʻiston Respublikasi va Sirdaryo viloyati, jan.gʻarbda Samarqand, Navoiy viloyatlari, jan.
    6 mln.so‘mni tashkil qildi. V. Meliorativ texnikalarni monitoring qilish bo‘yicha. Texnikalardan oqilona va samarali foydalanishni nazorat qilish maqsadida texnika ishlab turgan joyni onlayn rejimida ko‘rsatib turuvchi GPS kurilmalari orqali nazorat olib borilmoqda. Bugungi kunda mamlakatimiz lizing oluvchilariga kompaniyamiz tomonidan 2100 dan ortiq melioratsiya va boshqa texnikalar lizing asosida yetkazib berilgan bo‘lib, ushbu texnikalardan samarali foydalanish uchun On-line rejimida masofadan kuzatuvchi GPS uskunalari o‘rnatilgan.Ulardan kompaniyamiz, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi va hududiy lizing oluvchi korxonalar rahbarlari tomonidan texnikalarni nazorat qilishda foydalanilmoqda. Kompaniya xodimlari tomonidan texnikalarning saqlanishi ulardan maqsadli foydalanish yuzasidan joriy yilning 9 oyi davomida respublika bo‘yicha monitoring o‘tkazildi. Monitoring natijasida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligiga ma’lumot taqdim qilindi hamda viloyat hokimliklarining qishloq xo‘jaligi bo‘yicha o‘rinbosarlariga ma’lumot kiritildi. VI. Kompaniya xodimlarini malakasini oshirish. Joriy yilning yanvar oyida Kadrlar zahirasi Kompaniya ijro apparatidagi aniq lavozimlarning o‘rnini bosish uchun barcha boshqaruv qatlamlarini boshqaruvchi kadrlar bilan muntazam ravishda va istiqbolni ko‘zlagan holda ta’minlash maqsadida tayyorlandi va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoniga taqdim qilindi. Sohaga doir xodimlarning kasb malakasini oshirish yuzasidan Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti bazasida mashinist-haydovchilar uchun o‘quv seminarlari o‘tkazildi. Shuningdek, kompyuter savodxonligini oshirish maqsadida Kompaniya xodimlari qisqa muddatli kurslarga jalb qilindi.
    Kompyuter (ing . computer - hisoblayman), EHM (Elektron Hisoblash Mashinasi) - oldindan berilgan dastur (programma) boʻyicha ishlaydigan avtomatik qurilma. Elektron hisoblash mashinasi (EHM) bilan bir xildagi atama.
    Bundan tashqari elektron-hukumat dasturi bilan ishlovchi mas’ul xodimlarning tegishli kurslarda malaka oshirishlari ta’minlandi.

    Download 40.5 Kb.




    Download 40.5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zmeliomashlizing” davlat lizing kompaniyasi tomonidan 2017 yilning 9 oyida bajarilgan ishlar to‘g‘risida m a ’ lumo t I. Davlat dasturining bajarilishi

    Download 40.5 Kb.