• Tayanch so`z va iboralar
  • Paxta xom ashyosini qabul qilishni tashkillashtirish




    Download 150.5 Kb.
    bet1/3
    Sana26.05.2022
    Hajmi150.5 Kb.
    #21990
      1   2   3
    Bog'liq
    3-Ma`ruza (4)
    KT-1, Ekursion turizimni tashkil, 9-sinf-informatika, dars-ishlanma-informatika-9-sinf, Mustaqillikka erishish arafasida O`zbekistondagi ijtimoiy-siyosi, 3-Mavzu, 86314, Mustaqil ish mavzulari, Qisloq xo\'jalik hayvonlarini oziqlantirish (1), elektr taminot asoslari, Lyusher ranglar testi

    3-MAVZU.
    PAXTA XOM ASHYOSINI QABUL QILISHNI TASHKILLASHTIRISH
    Reja:
    1. Paxta zavodi xamda paxta tayyorlash punktlarining yangi mavsum paxta xom ashyosini qabul qilishga tayyorgarligi.
    2. Paxta xom ashyosini tayyorlash, qabul qilish, saqlash va qayta ishlash buyicha qo`llaniladigan rasmiylashtirish xujjatlari.
    3. Paxta tayyorlash punktlari va paxta zavodlarida tashishtushirish ishlari mexanizmlari.
    4. Paxta zavodlarida paxtani tashish va saqlashning zamonaviy texnologiyasi
    Tayanch so`z va iboralar: Tazori,standartlar, 1,2,3-zona, I,II,III,IV,V sortlar, sinflar.
    Tayyorlov punktlarining raxbariyati xo`jalik xodimlarini amaldagi qonunchilikka asoslangan respublika standartlari, standart namunalari va paxtaga haq to`lash tartibi bilan tanishtirishi shart. Shu maqsadda terim boshlanishidan kamida 10 kun avval xo`jaliklarda fermerlar, mexanizatorlar va topshiruvchilar ishtirokida paxtani sifatli terish hamda uni tayyorlov punktiga topshirish bo`yicha kengash (seminar) o`tkazilishi kerak.
    Namunaviy paxta tayyorlash punktining bosh plani ko`rsatilgan bo`lib, unda paxta tayyorlashni tashkil etish va paxtani saqlashga qo`yiladigan zamonaviy talablar ko`zda tutilgan. Mashinada terilgan paxtaning hammasi quritish- tozalash tsexida quritiladi va tozalanadi. Nam paxtani vaqtincha saqlash uchun yopiq paxta ombori va quritilgan paxtani saqlash uchun buntlash maydonchalari tashkil etiladi.
    Paxta tayyorlash punktining idorasi, laboratoriya va boshqa yordamchi xonalar odatda bir binoga joylashgan. quritish-tozalash tsexining o`txonasi, suyuq yoqilg`i ombori, transformator podstantsiyasi, 25 tonnali avtomobil tarozi joylashgan paxta qabul posti, hududga kirish darvozasi, chegara devorlari, mexanizmlar turadigan maydoncha, o`t o`chirish deposi, ko`mir saqlaydigan maydoncha, ichki darvoza, kanalizatsiya nasosi, 17,500 m3 suv sig`adigan xovuz, oshxona, o`t o`chirish nasosi, suv minorasi va projektorlar tegishli tarzda teritoriyaga joylashtirilgan.
    Tayyorlash punktini elektr energiyasi bilan ta’minlash uchun maxsus
    560 k.Vattli transformator o`rnatilgan podstantsiya qurilgan. Punkt labaratoriyasida vakuumli elektrik nam o`lchagichlar, chigitli paxtaning iflosligini aniqlaydigan priborlar, laboratoriya jinlari, polyarizatorli mikroskoplar, I va II klass texnik tarozilar va boshqa asbob-uskunalar bo`lishi lozim. Bundan tashqari har bir paxta tayyorlash punkti har o`n ming tonna paxta uchun 12 dona qabul qilish mexanizmi, 12 dona 18 metrli transporterlar, 10 dona narvon, bunt buzuvchi va paxta kovlovchi mashinalar bilan ta’minlangan bo`lishi kerak.


    Download 150.5 Kb.
      1   2   3




    Download 150.5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Paxta xom ashyosini qabul qilishni tashkillashtirish

    Download 150.5 Kb.