|
Payvand quvurlarni ishlab chiqarish va ularni tutashtirish texnologiyasi
|
Sana | 06.06.2024 | Hajmi | 2,09 Mb. | | #261049 |
Bog'liq Payvand quvurlarni ishlab chiqarish va ularni tutashtirish texno
Payvand quvurlarni ishlab chiqarish va ularni tutashtirish texnologiyasi
Reja:
11.1. Quvurlar haqida ma ‘lumot.
11.2. To‘g‘ri chokli quvurlar tayyorlash texnologiyasi.
11.3. O‘rama chokli quvurlar tayyorlash texnologiyasi.
11.4. Yuqori chastotali toklar bilan payvandlab quvurlar ishlab chiqarish.
11.5. Quvurlarni tutashtirish texnologiyasi.
11.1. Quvurlar haqida ma‘lumot.
Dunyo sanoatida ishlab chiqarilayotgan po‘latning 10% quvurlar tayyorlashga sarflanib, bu quvurlarning 50% payvandlash bilan tayyorlanadi. Diametri 500 mm dan katta bo‘lgan bo‘lgan quvurlar faqat payvandlash bilan tayyorlanadi. Quvurlar shakli soddaligi, payvand choklar uzunligi va ko‘p miqdorda ishlab chiqarilishi tayyorlash jarayonida yangi payvandlash usullari va mexanizasiyalash qo‘llash imkonini beradi. Turli payvandlash usullarini qo‘llab, 6 – 1420 mm diametrli quvurlar ishlab chiqariladi. Diametri 6 – 529 mm quvurlar to‘g‘ri chokli, katta diametrli quvurlar esa o‘rama chokli qilib tayyorlanadi. Magistral quvurlar flus ostida yoyli payvandlash bilan tayyorlanadi. Quvurlar to‘g‘ri yoki o‘rama choklar bilan bajariladi. Metall listlar eni chegaralanganligi uchun diametri 820 mm gacha bo‘lgan quvurlar to‘g’ri chok bilan, undan kattalari esa ikki to‘g‘ri chok bilan payvandlanadi.
11.2. To‘g‘ri chokli quvurlar tayyorlash texnologiyasi
Uzunligi 12 m va diametri 1220 mm gacha bo‘lgan to‘g‘ri chokli quvurlar ikki tomondan payvandlanib, tashqi chok birinchi navbatda bajariladi. Zagotovka 2 stanga o‘rnatishdan oldin payvandlash joyi yuqoriga qaratib moslamaga keltiriladi. Quvur zagotovkasi moslamada mavjud bo‘lgan roliklarga tayanadi va opravkaga qarab harakatlanadi. Moslamadagi gorizontal valiklar hisobiga quvur harakatlanib, vertikal harakatsiz valkalar quvurni yon tomonidan siqishi natijasida payvandlash qirralaridagi tirqish borgan sari kichiklashadi va yo‘qoladi. Payvandlash vannasini oqib chiqishining oldini olish uchun opravka ramasiga o‘rnatilgan gusenitsa bashmak xizmat qiladi. Bashmak sharnir holda mahkamlangan mis nakladkalar tasmasidan iborat bo‘ladi (11.1- rasm). 11.1-rasm. Quvur tashqi chokini payvandlash jihozi Quvurni moslamadagi harakati mis nakladkalarni ham harakatga keltiradi va payvandlash davrida havo bilan sovitilgan plastina payvandlash vannasi tagida bo‘ladi. Payvandlash bir vannada yonuvchi ikki yoy bilan flus ostida amalga oshiriladi, bunda o‘z navbatida yaxshi payvand chok shakllanadi va payvandlash tezligi 170-190 m/soat ni tashkil etadi. Quvur chetlarida krater o‘lchamlarini kamaytirish maqsadida 150-220 mm uzunlikdagi choklar bir yoy bilan amalga oshiriladi. Quvur ichki choklarini payvandlash qurilmasiga rolgang bo‘yicha keltiriladi va quvurni ko‘taruvchi va aylantiruvchi lulkalar ichiga kiritiladi. Qurilmadagi payvandlash golovkasi 12 m li shtangaga o‘rnatilgan bo‘lib, u ichki choklarni bajaradi. Ikki bo‘ylama chokli quvurlar oldindan tayyorlangan ikki koritadan iborat bo‘lib, ular yig‘ish qurilmasini parallel rolganglari yordamida yig‘ish joyiga keltirilad. Ikki koritadan quvurlarni yig‘ish qurilmasi Zagotovkalar qirralari tekislovchi qurilma yordamida bir gorizontal tekislikda o‘rnatiladi va rolganglar bilan yig‘ish qurilmasiga uzatiladi.Payvand choklar bir chokli quvurlar kabi bajariladi. Payvand choklar nazoratdan o‘tkazilgandan so‘ng ko‘ndalang kesimi bo‘yicha kerakli shaklni berish uchun to‘g‘rilashdan o‘tkaziladi. Shu maqsadda ichki chok 300 mm uzunlikda olinadi va espanderga uzatiladi. Bu yerda quvur qalin devorli matrisaga kiritiladi, ikki chetidan konus zaglushkalar o‘rnatiladi. Espanderda ichki gidravlik bosim hosil qilinadi va quvur uzunligi bo‘yicha to‘g‘rilanadi va diametri bo‘yicha kalibrovka qilinadi (11.3-rasm). Diametri 1220-1620 mm va uzunligi 12 m bo ‘lgan to‘g‘ri chiziqli quvurlar tayyorlash texnologiyasi choklari bajarish tartibi, quvurni shakllantirish va kalibrovkalash va sifat nazorati bilan farq qiladi. Yarim silindrli zagotovkalarni shakllantirish yetti kletli stan roliklarida amalga oshiriladi, shundan so‘ng juftlangan holda zagotovkalar himoya gaz muhitida yoki yuqori chastotali tok bilan texnologik choklar bajarilib yig‘iladi. 11.3-rasm. Press-kengaytirgichda quvurni espanderlash Texnologik choklar ko‘zdan kechirilgandan so‘ng quvurlar ichki choklarini bajarishdan oldin texnologik plankalar payvandlanadi. Payvandlash uch yoyli A – 1448 jihozi yordamida avtomatik ravishda bajariladi. Quvur tashqi ishchi chokini bajarishda payvandlash jihozini joylashuvi bilan farq qiladi va payvandchi elektrodlar holatini nur ko‘rsatkichlar bilan nazorat qiladi. Payvandlangan quvur tashqi va ichki choklari ultratovush nazoratidan o‘tkaziladi va aniqlangan nuqsonlar belgilanib, kamchiliklar bartaraf etilgandan so‘ng gidromexanik kalibrovka o‘tqaziladi.
Gidromexanik espanderlash 11.3. O‘rama chokli quvurlar tayyorlash texnologiyasi Rulonlangan po‘latdan o‘rama chok bilan payvandlab har xil diametrdagi quvurlarni ishlab chiqarish mumkin. Bu usul bo‘yicha quvur tayyorlash jarayoni kerakli o‘lchamni ta‘minlangan holda uzluksiz davom etadi (11.5-rasm). 11.5-rasm. O‘rama chokli quvurlar ishlab chiqarish texnologik jarayoni Diametri 530-1420 mm bo‘lgan o‘rama chokli quvurlarni tayyorlash jarayoni takomillashgan hisoblanadi. Bunday quvurlarni tayyorlashda kompensatsiya o‘ramining o‘rnini bosuvchi polosalarni kesish, yig‘ish va payvandlashni mexanizasiyalashni amalga oshirish qurilmasi yordam beradi. Polosa oxiri va boshi kesishdan o‘tib, kalibrovka pichoqlarida siqib qo‘yiladi.
Rulon uchlarini yig‘ish va payvandlash qurilmasi
Magistral quvurlar diametrlari oshib borishi bilan ularni qalinligi ham oshib boradi. Rulonli po‘lat qalinligi esa 14 mm dan oshmaydi. Shuning uchun diametri 1420 mm dan yuqori o‘rama chokli quvurlar ikki qavatli qilib tayyorlanadi. Diametri 2520 mm gacha bo‘lgan o‘rama chokli quvurlarni uzluksiz tayyorlash jarayoni maxsus jihozda amalga oshiriladi. Listlar alohida listyotqizgich bilan rolgangga uzatiladi, sentrovka qilinadi va chetlarini frezalash uchastkasida qirralariga ishlov beriladi.
Qirralarni frezalash jihozlarini joylashtirish Qirralar upor (1) va zajim (2) bilan mahkamlanadi, keyin freza (3) bilan ishlov beriladi. Shundan keyin listlar qo‘zg‘almas payvandlash qurilmasiga uzatiladi.
Bu yerda ikki polosa uchlari mis podkladkada flus ostida texnologik plankalar qo‘yish bilan yig‘iladi va payvandlanadi. Shundan keyin listlar rolgang bilan uzluksiz polosa va karta uchlarini payvandlash qurilmasiga keltiriladi.
Uzluksiz lentaga kartani payvandlash.
Ikki qavatli o‘rama chokli quvurlarni tayyorlash maxsus standa amalga oshiriladi. Ikki ketma-ket joylashgan rulonli po‘lat liniyasi bir-biridan chetki qirralarining joylashuvi bilan farq qiladi. Quvur tashqi qavatini shakllantiruvchi liniyada chok bo‘rtiqligini olib tashlash kerak, qalinligi bo‘yicha eritish shart emas. Ichki qavatni shakllantirish liniyasida esa aksincha, qalinligi bo‘yicha eritib payvandlash kerak, bo‘rtiqlikni olish shart emas. Kompensatsiya o‘ramasidan o‘tgan listlar quvur shakllantirish qurilmasiga o‘raladi. Texnologik choklar СO2 muhitida bajariladi. Uzluksiz quvur kerakli uzunlikda kesilgangandan keyin uning asosiy ishchi choklari moslamada flus ostida bajariladi. Shundan so‘ng quvur chetlarida qavatlar oralig‘idagi tirqishni yo‘qotish maqsadida halqa chok bajariladi va chetlariga ishlov beriladi, faskalar qo‘yiladi.
|
| |