Pirometallurgik jarayonlarning turlari Gidrometallurgik jarayonlarning turlari Elektrometallurgik jarayonlarning turlari




Download 30.19 Kb.
bet1/7
Sana10.03.2023
Hajmi30.19 Kb.
#44836
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Pirometallurgik jarayonlarning turlari Gidrometallurgik jarayonl
BMI-3, A. X. Sulliyev, I. M. Bedritskiy, O. T. Boltayev, 1-kurs MA.BAZ., 612 6-ilova, 6-ilova

Metallurgik jarayonlarning turlari va asosiy xarakteristikalari
Reja:
Kirish

  1. Pirometallurgik jarayonlarning turlari

  2. Gidrometallurgik jarayonlarning turlari

  3. Elektrometallurgik jarayonlarning turlari

Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar

Kirish
Ruda yoki boshqa materiallardan metall ajratib olish uchun qo’llaniladigan barcha jarayonlar metallurgik jarayonlar deyiladi. Metall ishlab chiqarish qo’llanilayotgan jarayonlar uch guruhga bo’linadi:
1) pirometallurgik (yunoncha «pyr» so’zidan – olov ma’nosida) jarayonlar yuqori haroratda (500-20000C), ko’pchilik hollarda qayta ishlanayotgan materialning to’liq yoki qisman eritish bilan olib boriladi: kuydirish, tiklovchi va oksidlovchi eritish, vozgonka, distillyasiya;
2) gidrometallurgik (yunoncha «hydor» so’zidan – suv ma’nosida) jarayonlarda ruda yoki boshqa xom ashyolarga kislotalar, ishqor yoki tuzlarni suvli eritmalari bilan ishlov berilib, ajratilishi kerak bo’lgan metall eritmaga, bo’sh jinslar qattiq cho’kma holida qoldiriladi. Jarayon 20-3000C haroratda olib boriladi.
3) elektrometallurgik jarayonlar suvli eritmalardan yoki erigan tuzlardan elektr tokidan foydalanib oksidlovchi-qaytaruvchi jarayonlarni o’tkazish natijasida, bir elektrodda metall ajratib olinadi.


Pirometallurgik jarayonlarning turlari
Pirometallurgik jarayonlarning turlari -yuqorida aytib o’tilganidek, pirometallurgik jarayonlar metallurgik agregatlarda yuqori haroratlarda o’tkazilgan uchun ayrim hollarda «yuqori haroratlar kimyo»si deyiladi. Ko’p hollarda kimyoviy reaksiyalar ta’sirlashayotgan moddalarni agregat xolatini o’zgarishi (erish, vozgonka, hosil bo’ladigan metallar yoki ularni birikmalarini bug’lanishi) bilan yuz beradi. Bunday jarayonlarda ta’sirlashish qattiq, suyuq (eritma), gaz holatlarini yuz beradi. Pirometallurgik jarayonlar harorat ko’rsatgichiga va jarayonda qatnashayotgan komponentlarni xususiyatiga ko’ra uch guruhga: kuydirish, eritish, distillyasiyaga bo’linadi.
Kuydirish deb materialni (ruda, konsentrat) kimyoviy va mineral tarkibini ma’lum darajada o’zgartirish maqsadida, lekin mahsulotni erishi yuz bermaydigan haroratgacha qizdirishga aytiladi. Kuydirish xom ashyoning turiga qarab 500-12000C haroratda olib boriladi. Bu jarayon metallurgiyadan tashqari kimyo va konchilik sanoatida ham keng qo’llanadi. Yuz beradigan jarayonlarning xususiyatiga qarab, kuydirishning quyidagi turlari mavjud: oksidlovchi, tiklovchi, sulfatlovchi, kalsinasiyali (toblash), xlorlovchi va ftorlovchi, aglomerasiya, sulfat-xlorlovchi va boshqalar.

Download 30.19 Kb.
  1   2   3   4   5   6   7




Download 30.19 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Pirometallurgik jarayonlarning turlari Gidrometallurgik jarayonlarning turlari Elektrometallurgik jarayonlarning turlari

Download 30.19 Kb.