• KIRISH
  • Pishitilgan ip ishlab chiqarishning nazariy asoslari




    Download 1.5 Mb.
    bet1/10
    Sana26.02.2022
    Hajmi1.5 Mb.
    #18152
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    espa


    O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI
    TOSHKENT TO`QIMACHILIK VA ENGIL SANOAT INSTITUTI
    “TO`QIMACHILIK SANOAT TEXNALOGIYASI ” fakulteti
    5A320901 Toʻqimachilik mahsulotlari texnologiyasi (yigirish texnologiyasi)
    M4-20 guruhi.
    PISHITILGAN IP ISHLAB CHIQARISHNING
    NAZARIY ASOSLARI” fanidan.
    Mavzu: Mavzu: Halqali yigirish mashinasida chiziqiy zichligi 24.4 va 19.6 teks bo`lgan pishitilgan iplarning namunasini tayyorlash va fizik-mexanik ko`rsatgichlarni aniqlash.

    KURS ISHI


    Rahbar: dots. Fayzullaev SH.R.
    Bajardi: M.E. Yuldosheva.

    TOSHKENT - 2022




    MUNDARIJA

    KIRISH 3
    Pishitilgan usullari 5
    Iplarni pishitishning mohiyati, maqsadi va vazifalari 6
    Pishitilgan iplarning tasniflanishi 7
    Pishitilgаn iplаr xossаlаri. 8
    Pishitilgan iplarning klassifikatsiyasi. 10
     « PIShITILGAN IP IShLAB ChIQARIShNING NAZARIY ASOSLARI» FANIDAN O‘QUV USLUBIY MAJMUA Тошкент-2021 10
    TZ628 ikkita va yakka iplarni yuqori tezlikli pishitish mashinasi. 11
    Texnik tavsiflari va texnologik parametrlari 12
    Tаjribаlаrni bаjаrish tаrtibi 14
    Pishitilgаn iplаrning nominаl chiziqiy zichligi. 14
    Ipning qisqаrishi. 15
    Pishitilgаn ipning nisbiy uzish kuchi. 16
    Foydalanilgan adabiyotlar 22



    KIRISH


    O‘zbekistonda to‘qimachilik sanoatni rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari paxta tolasidan import o‘rnini egallay oladigan, eksportbop matolar ishlab chiqarishni ta'minlashga qaratiladi. Faqat shunday ishlab chiqarishgina tayyor mahsulotni olish va uni nafaqat ichki, balki tashqi bozorga chiqarishga, xom-ashyo eksportini kamaytirishga imkoniyatlar yarata oladi.
    O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali paxta ip-kalavasi va trikotaj matoni olib chiqishda 2021 yil 1 yanvardan boshlab olib chiqiladigan har bir kilogramm ip-kalava uchun 0,01 AQSh dollari, 2022 yil 1 yanvardan olib chiqiladigan har bir kilogramm ip-kalava va trikotaj mato uchun 0,05 AQSh dollari, 2023 yil 1 yanvardan — 0,1 AQSh dollari, 2025 yil 1 yanvardan — 0,2 AQSh dollari miqdorida yig‘im undiriladi1
    Mustaqillik yillarida O‘zbekiston to‘qimachilik sanoati misli ko‘rinmagan tarzda ilgarilab ketdi. Yangi texnologiyani joriy etish natijasida ishlab chiqariladigan mahsulotning tovar ko‘rinishi sezilarli darajada yaxshilandi, tannarx kamaydi va ishlab chiqarish madaniyati ko‘tarildi. Bugun ushbu ishlar sharofati bilan 1990-yillarda ishlab chiqarish umumiy hajmining bor-yo‘g‘i 7%ni tashkil etgan paxta tolasini respublika ichkarisida qayta ishlash hajmi 40% dan oshdi.
    2025 yilgacha to‘qimachilik mahsuloti eksportidan tushadigan daromadni 7,1 mlrd AQSh dollariga yetkazish maqsad qilingan. 2019 yilda to‘qimachilik mahsulotlari eksportidan tushadigan daromad 1,9 mlrd AQSh dollarini tashkil etadigan bo‘lsa, 2025 yilda bu ko‘rsatkichni 7,1 mlrd AQSh dollariga yetkazishni rejalashtirilgan. To‘qimachilik va tayyor kiyim mahsulotlari eksportini Yevroittifoq bozorida 7 foiz, MDH davlatlarida 44 foiz, Markaziy Osiyoda 6 foiz, Sharqiy Osiyoda 27 foiz, Yaqin Sharq va Afrikada 8 foiz, Janubi-sharqiy Osiyoda 6 foiz va boshqa davlatlarda 2 foizga yetkazish ko‘zlangan. To‘qimachilik mahsulotlarining 60 foizi eksportga, 40 foizi ichki bozorga yo‘naltirilgan. To‘qimachilik mahsulotlari hozirda respublika yalpi ichki mahsulotining 6 foizini tashkil etadi. 2026 yilga qadar eksportga yo‘naltirilgan to‘qimachilik mahsulotlarining 54 foizini tayyor kiyim tovarlari tashkil etishi kutilmoqda.

    Pishitilgan ipning pishiqligi pishitishdan qatnashgan hamma yakka iplar pishiqligining yig’indisidan ortiq bo`ladi. Buning sababi shundaki, pishitish jarayonida tolalar va yakka iplarning bir-biriga bo`lgan bosimi, umumiy ishqalanish va uzulishga qarshiligi ortadi, demak, ip pishiq bo`ladi. Pishiqlik koefficienti K ipning pishitilishi, buramalarining yo`nlishi va ipning yo`g’onligiga bog’liq bo`lib, 1,2 – 2,2 atrofida bo`ladi.
    Pishitilgan ipni tarang tortib, so`ngra qo`yib yuborilganda unda unda halqalar hosil bo`lmasa, bunday ip muvozanatlanganlik xossasiga ega bo`ladi. Yakka iplarda bunday xossa bo`lmaydi. Pishitilgan ipga Bunday xossa berish uchun ipni pishitish jarayonida buramlarning yo`nalishini va pishitish koefficienti α ni to`g’ri tanlash katta ahamiyatga ega.
    Odatda, yakka iplar o`ngga burab, pishitilgan iplar esa chapga burab pishitiladi. Pishitilgan ipning nimaga ishlatilishiga qarab, unga har xil buramlar berib pishitiladi.
    Ipni pishitish jarayonida qo`ship pishitilayotgan yakka iplarning boshlang’ich uzunliklari bir oz o`zgarib, kirishadi. Natijada pishitilgan ipning uzunligi qisqaradi.
    Pishitilgan ipning bir tekis bo`lishi undan yuqori sifatli buyumlar ishlab chiqarish garovidir. Pishitilgan ipning yo`g’onligi va pishiqligi bo`yicha bir tekisligi katta ahamiyatga ega. Amalda bu ko`rsatgichlar yakka ipdagi xuddi shu ko`rsatgichlardan ancha yuqori bo`ladi, chunki bunda bir nechta iplar qo`shib pishitiladi.

    Pishitilgan ipning yo`g’onligi bo`yicha notekslik koefficienti quyidagicha kamayadi:


    Qo`shishlar soni m Notekislik koefficienti
    2 0,90
    3 0,85
    4 0,80
    Ipning pishiqligi bo`yicha notekislik koefficienti quyidagicha kamayadi:

    Qo`shishlar soni m Notekislik koefficienti


    2 0,75
    3 0,65
    4 0,55

    Yuqorida keltirilgan hossalardan tashqari, pishitilgan ipning pastlikligi, zichligi, silliq (yaltiroq) ligi ham zarur xossalardan hisoblanadi. Mana shu hamma xossalarga ega bo`lgan pishitilgan ip a`lo sifatida bo`ladi va undan a`lo sifatli buyumlar tayyorlanadi.
    Pishitilgan ip olish uchun halqali ip pishitish mashinalari ishlatiladi. Pishitilgan ipning nimaga ishlatilishiga qarab, har xil markadagi ip pishitish mashinalaridan foydaniladi.

    Download 1.5 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 1.5 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Pishitilgan ip ishlab chiqarishning nazariy asoslari

    Download 1.5 Mb.