Press-reliz o‘zbekiston-Koreya o‘rtasidagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi hamkorlikka bag‘ishlangan konferensiya




Download 33.5 Kb.
Sana25.03.2017
Hajmi33.5 Kb.
#2371

PRESS-RELIZ

O‘zbekiston-Koreya o‘rtasidagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi hamkorlikka bag‘ishlangan konferensiya

2014 yil 16 iyun kuni Koreya Respublikasi Prezidentining O‘zbekistonga tashrifi doirasida Koreya Respublikasi ilm-fan, AKT va istiqbolni rejalashtirish vazirligi (MSIP) va O‘zbekiston Respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi tomonidan Toshkent shahrida O‘zbekiston-Koreya o‘rtasidagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi hamkorlikka bag‘ishlangan konferensiya tashkil etildi.

Mazkur tadbirda Koreya Respublikasining AKT sohasida faoliyat yurituvchi tashkilot va kompaniyalaridan 140 dan ziyod vakillar, shu jumladan, Axborot jamiyati milliy agentligi (NIA), Koreyaning internet va xavfsizlik agentligi (KISA), Elektronika i telekommunikatsiya ilmiy-tadqiqot instituti (ETRI) kabi bir qator nufuzli va yetakchi tashkilotlarning chamasi 40 nafar rahbarlari ishtirok etishdi. Tadbirda O‘zbekiston aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi va uning quyi tashkilotlari rahbarlari, shuningdek, vazirliklar va muasassalarning AKT bo‘linmalari rahbar xodimlari ishtirok etdilar.

Konferensiyada Koreya Respublikasidan so‘zga chiquvchi vakillar Koreyaning AKT sohasidagi tajribasi va hamkorlik istiqbollari haqida taqdimot qilishdi. Jumladan, «AKTning Koreya iqtisodiyotining barcha sohalariga joriy etilish strategiyasi», «Qishloq xo‘jaligida «aqlli fermalar»ni joriy qilishning hozirgi holati», «Qishloq xo‘jaligi sohasidagi mojarolar (insidentlar)ni prognozlashtirish va ularga nisbatan chora ko‘rish», «Qishloq xo‘jaligi sohasida elektron tijorat istiqbollari», «AKT vositasida milliy mahsulotlarni ilgari surish», «O‘zbekiston va Koreya o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish yo‘llari» kabi mavzularda taqdimotlar yig‘ilganlar e’tiboriga havola qilingan.

Tadbir yakunlari bo‘yicha quyidagi bir qator hujjatlar imzolandi:

– «UNICON.UZ» fan-texnika va marketing tadqiqotlar markazi va Koreya Respublikasi elektronika va telekommunikatsiyalar ilmiy-tadqiqot instituti (ETRI) o‘rtasidagi hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum;

– Axborot xavfsizligini ta’minlash markazi va Koreyaning internet va xavfsizlik agentligi (KISA) o‘rtasidagi hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum;

– Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, «UZINFOCOM» markazi va Koreya Respublikasi axborot jamiyati milliy agentligi (NIA) o‘rtasidagi hamfikrlik haqidagi memorandum;

– Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Seul milliy universiteti (SNU) va Koreyaning ilm-fan va texnologiyalar bo‘yicha yetakchi instituti (KAIST) o‘rtasidagi hamfikrlik haqidagi memorandum;

– Toshkent tibbiyot akademiyasi va Koreyaning sharqiy tabobat instituti (KIOM) o‘rtasidagi hamfikrlik haqidagi memorandum.



Ushbu tadbir AKTni rivojlantirish hamkorligini yanada jadallashtirish va O‘zbekistonda «elektron hukumati» tizimining joriy etish ishlarini faollashtirishga zamin yaratib beradi. Shu bilan birga, BMTning reytingi bo‘yicha oxirgi to‘rt yil davomida elektron hukumatning rivojlanish darajasi bo‘yicha jahonning yetakchi hisoblangan davlatining axborot sohasidagi ilg‘or tajribasini o‘rganishga qulay imkoniyatlar beradi.
Katalog: upload -> medialibrary -> 435
medialibrary -> “ Тошкент рангли метал парчалари ва резги-чиќитларини тайёрлаш ва ќайта ишлаш заводи” оаж 2009 йил январ-март ойларида бажарилган ишлар якунлари бўйича
medialibrary -> 2016 yilning I yarim yilligi bo’yicha axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasida amalga oshirilgan ishlar sarhisobi
medialibrary -> Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida
medialibrary -> Ziyonet portali faoliyati oav diqqat markazida
medialibrary -> 2016 yilning I choragida axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasida amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilindi
medialibrary -> Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 016 yilning oyidagi faoliyati sarhisobi
medialibrary -> Axborot texnologiyalari va telekommunikatsiyalari sohasida 1-chorakda amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilindi

Download 33.5 Kb.




Download 33.5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Press-reliz o‘zbekiston-Koreya o‘rtasidagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi hamkorlikka bag‘ishlangan konferensiya

Download 33.5 Kb.