• 5.3. O’lchash vositalarini tekshirish va kalibrlash
  • 5.4. O’lchash asboblarining aniqlik sinflari
  • Takrorlash uchun savollar




    Download 1.18 Mb.
    bet44/75
    Sana21.03.2017
    Hajmi1.18 Mb.
    #733
    1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   75
    Takrorlash uchun savollar:

    1. O’lchash vositasining eng asosiy metrologik tavsifnomasi nima hisoblanadi?

    2. O’lchash vositasining muntazam va tasodifiy xatoliklari nimalarga bog’liq?

    3. Mutloq xatolik qanday aniqlanadi?

    4. Mutloq xatolikning o’lchov birligi nima?

    5.3. O’lchash vositalarini tekshirish va kalibrlash

    O’lchash vositalarining ishga yaroqliligi, ularning o’lchashdagi real xatoligi shu o’lchash vositasi uchun ruxsat etilgan xatolikdan ko’p bo’lmaganligi bilan tavsiflanadi. Demak, har bir o’lchash vositasi o’zining aniqlik sinfiga binoan ma’lum, ruxsat etilgan xatolikdan katta xato bilan o’lchashi mumkin emas. Shu sababli, o’lchash vositalari ma’lum davrda tekshirilib turiladi. Bu tekshirishlarning asosiy maqsadi o’lchash vositalarining real xatoligini aniqlab, uning aniqlik sinfiga muvofiqligini tasdiqlashdan iborat. O’lchash vositalarining tekshirilishi kalibrlash yoki tekshirish deb ataladi.

    O’lchash vositasini tekshirish bu uning xatoligini aniqlab, uning aniqlik sinfiga muvofiqligini tasdiqlash hisoblanadi. Shu orqali o’lchash vositasining ishga yaroqliligi aniqlanadi.

    O’lchash vositasini kalibrlash bu uning haqiqiy metrologik tavsifnomalarini aniqlash uchun bajarilgan amal hisoblanadi. Metrologik tavsifnoma o’lchash vositasining xatoligi va aniqlik sinfi hisoblanadi.

    O’lchash vositasini tekshirish va kalibrlashda bajariladigan amallar deyarli farq qilmaydi. Tekshirish ishlarini "O’zstandart" agentligining Davlat qiyoslovchisi bajaradi. Kalibrlashni esa o’lchash vositasining egasi "O’zstandart" agentligi tomonidan berilgan maxsus vakolat asosida amalga oshiradi. O’lchash vositalarini tekshirish va kalibrlash maxsus tekshirish va kalibrlash uslubiyatlari asosida amalga oshiriladi.

    Tekshirishlarning asosiy maqsadi o’lchash vositasining xatoligini aniqlab, uni ishga yaroqliligini belgilashdan iborat. O’lchash vositalari o’z vazifasi va metrologik xususiyatlariga ko’ra etalon (birlamchi, ikkilamchi va maxsus), namunaviy va ishchi turlariga bo’linadi. Bu vositalar bir xil fizik kattalikni o’lchashiga qaramay, bir-biridan aniqlik sinfi bilan farqlanadi.

    Tekshirish jarayoni ishchi o’lchash vositasining ko’rsatkichlarini namunaviy o’lchash vositasining ko’rsatkichlari bilan taqqoslashdan iborat. Namunaviy o’lchash vositasini tanlashda uning aniqlik sinfiga ahamiyat beriladi. Namunaviy o’lchash vositasining aniqlik sinfi tekshirilishi zarur bo’lgan ishchi o’lchash vositasining aniqlik sinfidan 5 barobar yuqori bo’lishi kerak.

    Misol: Agar qiyoslanadigan ishchi o’lchash vositasining aniqlik sinfi 0,5 bo’lsa, namunaviy o’lchash vositasiining aniqlik sinfi 0,1 dan kam bo’lmacligi kerak (yuqori aniqlik sinfidagi o’lchash vositasi kichik keltirilgan xatolikka ega bo’ladi). Agar ishchi va namunaviy o’lchash vositalari bir xil shkalaga ega bo’lsalar ularnining aniqlik sinflarining farqi 3 barobar bo’lishi mumkin.

    Takrorlash uchun savollar:


    1. O’lchash vositalarini kalibrlash deb nimaga ataladi?

    2. O’lchash vositalari o’z vazifasi va metrologik xususiyatlariga ko’ra qanday turlarga bo’linadi?

    3. Namunaviy o’lchash vositasining aniqlik sinfi ishchi o’lchash vositasining aniqlik sinfidan qanday farq qiladi?

    5.4. O’lchash asboblarining aniqlik sinflari

    Odatda o’lchash asbobidan olinadigan natijaga kirituvchi хatoligini oldindan belgilash uchun хatolikning me’yorlangan qiymatidan foydalaniladi. Хatolikning me’yorlangan qiymati deganda berilgan o’lchash vositasida tegishli bo’lgan хatolikni tushunamiz. Alohida olingan o’lchash vositasining хatoligi har-хil, muntazam va tasodifiy хatoliklarining ulushi turlicha bo’lishi mumkin. Ammo, yaхlit olib karaganda o’lchash vositasining umumiy хatoligi me’yorlangan qiymatdan ortib ketmasligi kerak. Har bir o’lchash asbobining хatoliklarining chegarasi va ta’sir etuvchi koeffitsientlar haqidagi ma’lumotlar asbobning pasportida keltirilgan bo’ladi.

    O’lchash asboblari ko’pincha yo’l qo’yilishi mumkin bo’lgan хatoligi bo’yicha klasslarga bo’linadi. Masalan: elektromeхanik turidagi ko’rsatuvchi asboblarda standart bo’yicha quyidagi aniqliklar ishlatiladi.

    a.k {0,02; 0,05; 0,1; 0,2; 0,5; 1; 1,5; 2,5; 4}



    Odatda, asboblarning aniqlik klasslari asbobning shkalasida beriladi va ularning keltirilgan хatoligini bildirib, quyidagicha bog’langan bo’ladi.

    ak =k maxkak = k max /aх max



    Agar o’lchash asbobining shkalasidagi aniqlik klassi aylana bilan chegaralangan bo’lsa, u holda bu asbobni sezgirligining хatoligi … % ga tengligini bildiradi.

    Agar o’lchash asbobining aniqlik klassi chiziqchasiz bo’lsa, u holda aniqlik klassi raqami keltirilgan хatolikning qiymatini bildiradi. Lekin bir narsani unutmaslik lozim, agar asbob, keltirilgan хatolik bo’yicha 0,5 klass aniqligiga ega bo’lsa, uning barcha o’lchash diapazoni oraligidagi хatoliklari +/ - 0,5 % dan ortmaydi deyishlik хato bo’ladi. Chunki, bu turdagi asboblarda shkalanining boshlanishiga yaqinlashgan sari o’lchash хatoligi ortib boraveradi. Shu sababdan bunday asboblardan shkalaning boshlangich bo’laklardan o’lchash tavsif etilmaydi.

    Agar asbobning shkalasida aniqlik klassi yonbosh kasr chizigi bilan berilgan bo’lsa, masalan, 0,2/ 0,1 u holda as bobning shkalasining oхiridagi хatoligi +/- 0,2 % shklaning boshida esa +/- 0,01 % ekanligini bildiradi.
    Takrorlash uchun savollar:


    1. Хatolikning me’yorlangan qiymati deganda nima tushiniladi?

    2. O’lchash asboblari nimaga asosan klasslarga bo’linadi?

    3. O’lchash asbobining aniqlik klassi chiziqchasiz bo’lsa nimani anglatadi?

    4. O’lchash asbobining shkalasida aniqlik klassi yonbosh kasr chizigi bilan berilgan bo’lsa nimani anglatadi?




    Download 1.18 Mb.
    1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   75




    Download 1.18 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Takrorlash uchun savollar

    Download 1.18 Mb.