• 1 ball
  • 1.3.7. Kirish imtihonidan ozod etilish shartlari (chet el fuqarolari-abiturientlari uchun)
  • Qabul 2020 toshkent shahridagi turin politexnika universitetining 2020/2021 O‘quv yili bakalavriat bosqichiga qabul qoidalari va hujjat topshirish muddati




    Download 33.4 Kb.
    bet5/7
    Sana02.02.2021
    Hajmi33.4 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7
    Matematika: 18 ta savol (40 daqiqa).

    O’qib tushunish: 6 ta savol (12 daqiqa).

    Mantiq: 6 ta savol (12 daqiqa).

    Fizika: 12 ta savol (26 daqiqa)

    On-line test 42 SAVOLDAN iborat boʻlib, 90 DAQIQA davom etadi. Barcha savollar 5 ta javoblar variantidan iborat boʻlib, ulardan bittasi toʻgʻri.


    Tanlangan javoblar quyidagicha baholanadi:
    1 ball– agar toʻgʻri javob tanlansa (1 ball qoʻshiladi)

    -0.25– notoʻgʻri javob tanlansa (toʻplangan balldan 0.25 ball ayirib tashlanadi)

    0 ball– javob tanlanmagan boʻlsa (ball yoʻqotmaysiz)


    Barcha fanlar boʻyicha test ingliz tilida oʻtkaziladi!
    1.3.6. Test natijalari
    Abiturientlar to’plagan ballarini onlayn testni yakunida bilib oladilar. Abiturientlarning to’liq ro’yxati to’plagan ballarning (imtihon natijalarining) foiz ko’rsatkichidagi ketma-ketligi kirish testidan keyin bir yoki ikki hafta ichida e’lon qilinadi.
    Imtihon natijalari e’lon qilingandan soʻng oʻqishga tavsiya qilingan abiturientlar quyidagi hujjatlarni Qabul komissiyasiga topshirishlari shart:


    • Ariza: ariza belgilangan tartibda toʻldirilishi va Qabul Komissiyasi mas’ul xodimi huzurida imzolanishi kerak;

    • Passport (asli va nusxa) – hujjatning asli qaytarib beriladi;

    • 3×4 oʻlchamdagi 4 ta rangli fotosurat;

    • 1 ta papka (skoro shivatel), o’rta o’lchamdagi konvert;

    • Oʻrta va oʻrta maxsus ta’lim haqidagi hujjat – attestat, diplom va ilovasi;

    • IELTS sertifikati kamida 5.5 ball (boshqa turdagi ingliz tili sertifikatini topshirish boʻyicha ma’lumotlar bilan 1.4 boʻlimda tanishib chiqing).

    Hujjatlar Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti Qabul Komissiyasi tomonidan Kichik Halqa Yoʻli koʻchasi 17, Toshkent 100095 manzili boʻyicha qabul qilinadi. (Moʻljal: Talabalar shaharchasi, eski Nukus Kinoteatri, “Asia.uz” savdo markazi).
    1.3.7. Kirish imtihonidan ozod etilish shartlari (chet el fuqarolari-abiturientlari uchun)
    Bu boʻlim quyida koʻrsatilgan sertifikatlarga ega boʻlgan chet el fuqarolariga tegishli. Agar abiturientlar quyida koʻrsatilgan sertifikatlardan biriga ega boʻlsa va uning natijasi jadvalda koʻrsatilgan natija bilan bir xil yoki undan ortiq boʻlsa, ular 1.3.1 boʻlimiga asosan birinchi bosqichni oʻqimay 2-bosqichdan oʻqishni boshlashlari mumkin. Bu haqidagi yakuniy qarorni Qabul komissiyasi va uning koordinatori, oʻquv va ilmiy ishlar boʻyicha prorektor beradi. Kirish imtihonlarini topshirish majburiy boʻlgan davlatlar uchun imtihonni topshirganligini tasdiqlovchi maxsus sertifkat taqdim etilishi shart.



    Download 33.4 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 33.4 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Qabul 2020 toshkent shahridagi turin politexnika universitetining 2020/2021 O‘quv yili bakalavriat bosqichiga qabul qoidalari va hujjat topshirish muddati

    Download 33.4 Kb.