Qaror loyihasi




Download 34.23 Kb.
bet1/3
Sana02.11.2023
Hajmi34.23 Kb.
#93361
  1   2   3
Bog'liq
Эркин қолдиқ мабл ишлатиш карор
gofurov, Nishanova Sh inklyuziv, 68195803198320 (1)

QAROR LOYIHASI
Angren shahar mahalliy budjetining 2023-yil boshiga shakllangan erkin qoldiq va qo’shimcha manbalaridan foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida
O’zbekiston Respublikasining “2023-yil uchun O’zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi Qonunining 13-moddasi hamda O’zbekiston Respublikasi Budjet kodeksining 126-moddasi (Davlat budjeti, davlat maqsadli jamg‘armalari va O’zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining qo‘shimcha manbalaridan foydalanish)ga muvofiq, Xalq deputatlari Kengashlarini mahalliy budjetlarni boshqarishda erkinliklar berilib, soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha stavkalarini belgilash, mahalliy budjeti xarajatlarini hududiy budjet mablag‘lari taqsimlovchilar kesimida tasdiqlash va ularning Kengash oldidagi hisobdorligini belgilash bo‘yicha vakolatlari kengaytirildi.
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2022-yil, 8-apreldagi KQ-331-IV-sonli Qarori va O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 14.02 2022 yildagi PQ-128-son Qaror qabul qilingan. Mazkurr qarorda 1-ilova bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika byudgetining, viloyatlar viloyat budjetlarining, Toshkent shahri shahar byudgetining, tumanlar va shahrarlar budjetlarining qo‘shimcha manbalarini aniqlash va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risida nizom tasdiqlangan bo‘lib, ushbu Nizomning 11-bandi, 2-qismida Kengashlarning qarorlari asosida Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimlariga tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar viloyat budjetlarining, Toshkent shahri shahar budjetining, tumanlar va shaharlar byudgetlarining qo‘shimcha manbalaridan mustaql yoki umumiy tartibda foydalanishga berish qat’iyan taqiqlanishi belgilangan.
Shuningdek, Vazirlar Kengashining, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimliklarining Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar viloyat byudgetlarining, Toshkent shahri shahar byudgetining, tumanlar va shaharlar budjetlarining qo‘shimcha manbalaridan foydalanish to‘g‘risidagi takliflali jamoatchilik muhokamasidan o‘tkazish uchun l0 kun muddatga "E-qaror" elektron tizimiga joylashtirilishi shartligi qayd etilgan.
O’zbekiston Respublikasi Qonunining 13-moddasi hamda Budjet kodeksning 126-moddasiga asosan 2023-yil uchun Angren shahar mahalliy budjetining 2023-yil boshiga shakllangan erkin qoldiq mablag‘ini taqsimlash hamda O’zbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunning 6, 24-moddalariga asosan Xalq deputatlari Angren shahar Kengashi

Download 34.23 Kb.
  1   2   3




Download 34.23 Kb.