Qaror qabul qilishda axborotning o'rni




Download 15,51 Kb.
Sana15.05.2024
Hajmi15,51 Kb.
#233905
Bog'liq
axb orni


Qaror qabul qilishda axborotning o'rni

Ushbu maqolada korporativ korxonalarni boshqarishda zamonaviy axborot tizimlaridan foydalanish masalalari yoritilgan. Jumladan, iqtisodiyotni raqamlashtirish jarayonida sun 'iy intellektga asoslangan axborot tizimlarida korxonalarni ma 'lumotlarini intellektual tahlil qilishda axborot tizimlaridan foydalanish asoslari 1-S Korxona 8.3 dasturi misolida ifodalangan. Bugungi kunda, korxonalarda juda katta xajmdagi axborotlar oqimi mavjudligi, o 'z-o 'zidan bunday korporativ korxonalarni boshqarish va ularda qaror qabul qilish jarayoni o'ta murakkab jarayon bo'lib qolmokda. Korxonalarning tobora ko'proq noaniqlik sharoitida ma 'lumotlarni oldindan aniq algoritm va qoidalarga asoslanmagan xolda avtomatik ravishda izlash va noma'lum parametrlarni aniqlash imkonini beruvchi sifat jihatidan yangi metod va vositalarga bo 'lgan talabi ortib bormoqda. Bu esa o'z-o'zidan korxonalar uchun yangi sun'iy intellektga asoslangan intellektual axborot tizimlarini yaratish va tadbiq qilishga asos bo 'ladi. Shu nuqtai nazardan, maqolada korporativ korxonalarda boshqarish va qaror qabul qilish jarayonida aniq deterministik strukturalashtirilgan, strukturalashtirilmagan va uncha strukturalashtirilmagan holatlarda sun 'iy intellektga asoslangan axborot tizimlarini o 'rni va ahamiyati yoritilgan.


Kalit so'zlar: Sun'iy intellekt, korporativ korxona, intellektual tahlil, axborot tizimlari, strukturalashtirilgan va strukturalashtirilmagan ma 'lumotlar, integratsiya.

Bugungi kunda sun'iy intellektni iqtisodiyotning barcha soxalariga qo'llash davr taqozosi bo'lib qolmoqda. Chunki, xozirgi paytda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini shiddat bilan rivojlanishi iqtisodiyotni raqamlashtirishga zaruriy shart-sharoitlar yaratib bermoqda. Iqtisodiyotni raqamlashtirishning asosiy yo'llaridan, joiz bo'lsa unsurlaridan biri bu shubxasiz sun'iy intellektdan foydalanish va uni iqtisodiyotni boshqarishda qo'llashdan iboratdir.


Bizga ma'lumki, bozor iqtisodiyoti sharoitida xar qanday korxonada juda katta xajmda xar xil turdagi, ko'rinishdagi va turli xil formatdagi axborotlar oqimi mavjud. Bu axborotlarga ishlov berish, ularni qayta ishlash va ular asosida to'g'ri qaror qabul qilish xar qanday mutaxassisga xam qiyinchilik tug'diradi. Demak korxona va tashkilotlarning buxgalteriya hisobi va menejment tizimlari xodimlarini bozorining asosiy tendensiyalaridan biri bo'lgan boshqaruv qarorlarini qabul qilishni ta'minlaydigan ma'lumotlarni qayta ishlash vositalaridan foydalangan holda taxlil qiladigan intellektual axborot tizimlariga bo'lgan talab doimiy ravishda ortib boryapti. Biroq, soxa mutaxassislari xozirgi paytda qo'llanilib kelinayotgan, oldindan belgilangan ko'rsatkichlar va qo'lda tahlil qilinadigan turli xil xisobotlar, jadvallar va diagrammalarni yaratish imkonini beruvchi an'anaviy vositalardan foydalanishdan qoniqish hosil qilishmayapti.
Korxonalarning tobora ko'proq noaniqlik sharoitida ma'lumotlarni oldindan aniq algoritm va qoidalarga asoslanmagan xolda avtomatik ravishda izlash va
noma'lum parametrlarni aniqlash imkonini beruvchi sifat jihatidan yangi metod va
vositalarga bo'lgan talabi ortib bormoqda. Bu esa o'z-o'zidan korxonalar uchun yangi sun'iy intellektga asoslangan intellektual axborot tizimlarini yaratish va tadbiq qilishga asos bo'ladi.
Intellektual axborot tizimlarining asosi bo'lib, ma'lum bir qoida va tartiblarga asoslangan bilimlar bazasi bo'ladi. Sun'iy intellektga asoslangan intellektual tizimlar aniq determinatsion tizimlardan o'laroq strukturalashtirilmagan yoki uncha strukturalashtirilmagan ma'lumotlarni qayta ishlash va ular asosida qaror qabul qilishga yo'naltirilgan tizimlardir. Demak, korxonalar bozor sharoitidan kelib chiqib talab va taklifni taxlil qilayotganlarida, mijozlarga qanday turdagi maxsulotlarni yetkazib berish, yoki qanday turdagi xizmatlarni qo'rsatish, bozor segmentlarini aniqlash va boshqa ko'rsatkichlar bo'yicha taxlil qilishda sun'iy intellektga asoslangan axborot tizimlarini o'rni va ahamiyati aloxida kasb etadi. Bu privord natijada, biznes jarayonlarini boshqarishda to'g'ri qaror qabul qilish asosida biznes samaradorligini oshirish imkonini beradi.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METOD
Korporativ korxonalarni ma'lumoüarini intellektual taxlil qilishga bag'ishlangan ilmiy izlanishlar va ilmiy tadqiqotlar o'rganildi. Jumladan iqtisodiyotning turli soha va tarmoqlari uchun axborot tizimlarini ishlab chiqishning metodologik jihatlari, intellektual tahlil va qarorlar qabul qilish mexanizmlari Chernishova G.Yu. [2], Matveykin V.G., Dmitrievskiy B.S., Lyapin N.R. [4], Maslova N.A. [5], va boshqa olimlar tadqiqotlarida atroflicha ifodalangan. Bizning Respublikamiz olimlaridan G'ulomov S.S., Begalov B.A., Jukovskaya I.E. [6], Kuchkarov T.S. [7] va boshqalarning ilmiy izlanishlarida axborot tizimlaridan iqtisodiyotning turli tarmoq va sohalarida samarali foydalanish va ular asosida boshqaruv strategiyalarini shakllantirishning nazariy va uslubiy jihatlari yoritib berilgan.
Hozirgi paytda, korporativ korxonalarni boshqarishda bir necha xildagi va vazifasi, strukturasi, metodi va metama'lumotlari turlicha bo'lgan axborot tizimlaridan foydalanib kelinyapti. Ular jumlasiga, CRM, ERP, MRP, SAP, SMART AP, 1-S Korxona, 1-UZ va boshqa axborot tizimlarini kiritsak bo'ladi. Yuqorida keltirilgan tizimlarning xar birining o'ziga yarasha yutuq va kamchiliklari mavjud. Biz ushbu maqolada, korporativ korxonalarni boshqarishda va ularning ma'lumotlarini intellektual taxlil qilishda 1-S Korxona tizimining o'rni va axamiyati to'g'risida fikr yuritamiz.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
1-S Korxona dasturi yaratilgandan buyon doimiy ravishda, foydalanuvchilarning talab va istaklari, hamda qonunlar va normativ hujjatlarni o'zgarishlarni hisobga olib takomillashtirilib borildi. Ayniqsa, uning 8.3 versiyasida juda ko'p funksional masalalar qo'shildi, jumladan ma'lumotlarni intellektual tahlil masalari.
Yuqorida aytib o'tilganidek, ma'lumotlarni intellektual tahlil qilish funksiyasi foydalanuvchilarga (iqtisodchilar, tahlilchilar va boshqalar) ma'lumotlar bazasida to'plangan axborotlardan aniq bo'lmagan sharoitlarda izlash va tahlil qilishni, hamda quyidagi operatsiyalarni bajarishga imkon beradi:
• ma'lumotlar bazasida dastlabki birlamchi axborotlar o'rtasida qandaydir bog'liqlikni, ya'ni munosabatni qidirish va aniqlash;
• amalga oshirilgan tahlil parametrlarini ham dasturiy, ham interaktiv tarzda nazorat qilish;
• tahlil natijasiga dasturiy kirish;
• tahlil natijasini elektron jadval, diagramma yoki grafiklar ko'rinishida ifodalash;
• keyingi jarayonlarni yoki yangi ob'ektlarni ma'lum bir xususiyatlar asosida avtomatik ravishda aniqlash va ular natijasida prognoz modellarini yaratish.
Misol uchun, qanday maxsulotlarga bo'layotgan talabni tahlil qilish, tovarlar nomenklaturasi guruhi kesimida tahlil qilish imkonini beradi. Yoki, CRM tizimi bilan integratsiyalashgan holda mahsulot xarid qilgan mijozlarning ma'lum bir ko'rsatkichlari (jinsi, yoshi, qiziqishi, ijtimoiy xolati va h.z.lar) bo'yicha tahlil qilish va tahlil asosida biznes jarayonlarining kelgusi xarakati uchun qaror qabul qilish imkoniyatini beradi.
Rasm1. Tovarlar kesimida sotish xajmini tahlili.
Bundan tashqari, mintaqa kesimida, tovar turlariga bo'lgan extiyoj, tovarlani yetkazib berish bo'yicha, tovarlar uchun to'lovlarni to'lash shakllari va mexanizmlari bo'yicha yoki sotib olish qobiliyati ko'rsatkichi va boshqa parametrlar bo'yicha bozor segmentlarini aniqlash imkoniyatini beradi (Rasm 1).
Ma'lum bir davr intervali uchun foyda yoki zararni tahlil qilish, va u asosida korxonaning keyingi davri uchun prognoz modelini ishlab chiqish imkoniyatini beradi. Bunda foyda yoki zararga olib keluvchi omillar dinamik ravishda ma'lum bir ko'rsatkichlar asosida tahlil qilinib, keyin korxonaning istiqboli bo'yicha qaror qabul qilinadi (Rasm 2).
Rasm 3. Xaridorlarning qarzdorligi dinamikasining tahlili.
Dastur xaridorlar bilan munosabatlarni to'liq avtomatlashtirilgan tarzda ifodalab beradi. Bunda xaridorlarning sotib olgan tovarlari kesimida, shartnomalar kesimida, xisob-fakturalari kesimida, to'lagan pul mablag'lari va boshqa ko'rsatgichlar kesimida intellektual tahlil qilib beradi. Xaridorlarning qarzdorlik dinamikasi tahlili asosida, ushbu korxonalar bilan ishlash va munosabatlarini qanday yo'lga qo'yish bo'yicha qaror qabul imkoniyatini beradi
Mol yetkazib beruvchilar bilan ham xuddi xaridorlar kabi barcha ko'rsatkichlar kesimida taxlil qilish imkoniyati mavjud bo'ladi (Rasm 4).
Yuqorida keltirilganlardan tashqari, pul mablag'larini tushumi va chiqimini daromadlar va xarajatlar kesimida ma'lum bir davrlar bo'yicha tahlil qilish imkoniyati, va u asosida xarajatlarni optimallashtirish modellarini yaratish imkoniyati paydo bo'ladi. Yoki, korxonada faoliyat olib boayotgan ishchi-xodimlarni kadrlar kesimida taxlil qilinib, ularning qo'nimsizligi dinamikasini shakllantirish mumkin.
XULOSA
Xulosa qilib aytganda, ushbu maqolada korporativ korxonalarni boshqarishda ma'lumotlarni intellektual taxlil qilish va u asosida qaror qabul qilishda axborot tizimlaridan, jumladan "1-S Korxona" 8.3 versiyasidan foydalanish bo'yicha ba'zi bir jixatlari yoritildi. Ushbu tizimni imkoniyatlari juda keng bo'lib, korporativ korxonalarni boshqarishda va biznes samaradorligini oshirishda keng miqyosda qo'llasa va uni biznesni boshqarishda tadbiq qilsa bo'ladi. Keyingi maqolalarda,
Download 15,51 Kb.




Download 15,51 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Qaror qabul qilishda axborotning o'rni

Download 15,51 Kb.