Qishloq qurilish bank




Download 27.13 Kb.
Sana23.12.2022
Hajmi27.13 Kb.
#36874
Bog'liq
2 5406980736056040400007
Neotlojnie sostojanija v pediatrii Uchaikin, 977082, 6-mavzu. Talabni qondirishni tadqiq etish va prognoz qilish, Dars tahlili qilishni quyidagi turlarga bo‘lish mumkin, $$JONY$$, maxliyo, bekzod 71, muxlisa 1, DILNOZA, КОНТРОЛЬНЫЕ , f55ff55f, 2 (1), 4 2 hisobot, Xolmirzayeva Dildora

  1. QISHLOQ QURILISH BANK” AKSIYADORLIK TIJORAT BANKINI TASHKIL ETISH TO‘G‘RISIDA

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil 30 martdagi ""Qishloq qurilish bank" Aksiyadorlik tijorat bankini tashkil etish to’g’risida"gi PQ-1083-sonli qaroriga muvofiq OAT "G’allabank" negizida OATB "Qishloq qurilish bank" tashkil etilgan. Shu bilan birga, Bank - "Uzbekinvest" Milliy eksport-import sug'urta kompaniyasi, "Uzagrosug'urta" Davlat aksionerlik sug'urta kompaniyasi, "Uzqishloqxo'jalikmashlizing" lizing kompaniyasi, "ROISON" Mas'uliyati cheklangan jamiyati, "SINO" Ochiq aksiyadorlik jamiyati bilan hamkorlik qiladi.
Qishloq qiyofasini va qishloq aholisining uy-joy sharoitlarini sifatli yaxshilash, qishloq joylarda ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani jadal rivojlantirish, uy-joy qurilishini uzoq muddatli imtiyozli kreditlash tizimini keng joriy etish maqsadida hamda tasdiqlangan “Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili” Davlat dasturiga muvofiq:
1. “G‘alla-bank” aksiyadorlik tijorat banki aksiyadorlari qarori va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi hamda Markaziy bankining:
“G‘alla-bank” aksiyadorlik tijorat banki negizida “Qishloq qurilish bank” aksiyadorlik tijorat bankini tashkil etish to‘g‘risidagi;
“Qishloq qurilish bank” aksiyadorlik-tijorat banki ustav kapitalini 150 mlrd. so‘m miqdorida shakllantirish, ulushlarni uning aksiyadorlari orasida ilovaga muvofiq taqsimlash to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin.
Belgilansinki, “Qishloq qurilish bank” aksiyadorlik tijorat banki ochiq aksiyadorlik jamiyati shaklida tashkil etiladi hamda mulkiy, moliyaviy va boshqa majburiyatlar, shuningdek yuridik va jismoniy shaxslarning pul mablag‘larini saqlash hamda o‘z vaqtida qaytarishni kafolatlovchi talablar bo‘yicha “G‘alla-bank” aksiyadorlik tijorat bankining huquqiy vorisi hisoblanadi.
2.“Qishloq qurilish bank” aksiyadorlik tijorat bankining asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
uy-joy-kommunal, ijtimoiy soha va qishloq aholi punktlarini obodonlashtirish borasidagi ehtiyojlarni amalga oshirishda aholi hamda yuridik shaxslarga kredit berish va bank xizmati ko‘rsatish;
qishloq joylarda tasdiqlangan namunaviy loyihalar bo‘yicha uy-joylar, ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilma obyektlarini qurish hamda ta’mirlashni amalga oshiradigan ixtisoslashtirilgan pudrat tashkilotlarga kredit berish va lizing xizmatlarini ko‘rsatish;
yangi, zamonaviy qurilish materiallari va konstruksiyalari ishlab chiqaradigan, tasdiqlangan namunaviy loyihalar bo‘yicha qishloqda obyektlar qurishning industrial va yig‘ma texnologiyalarini joriy etadigan barcha mulkchilik shaklidagi korxonalarga kredit berish va kompleks tarzda bank xizmatlarini ko‘rsatish;
qishloq qiyofasini sifatli yaxshilashni, qishloq joylarda muhandislik hamda ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish va takomillashtirishni, jumladan, yo‘llar, energiya va suv ta’minoti tizimlari, qishloq vrachlik punktlari, maktablar, bolalar sporti obyektlarini rekonstruksiya qilish, qishloq aholi punktlarini transport kommunikatsiyalari, ichimlik suvi, xizmat ko‘rsatish va servis sohasi obyektlari, telekommunikatsiya tarmoqlari bilan ta’minlashni nazarda tutgan holda investitsiya faoliyatini olib borish, shuningdek loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirishni moliyalashtirish;
universal tijorat banki sifatida yuridik va jismoniy shaxslarga qonun hujjatlarida belgilangan tartibdagi boshqa kompleks bank xizmatlarini ko‘rsatish.
3. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy bankining “Qishloq qurilish bank” aksiyadorlik tijorat bankining resurs bazasini quyidagilar hisobidan qo‘shimcha shakllantirish manbalari borasidagi takliflari qabul qilinsin:
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining yillik 3 foizli foiz stavkasi bo‘yicha va 2010-yilda Maktab ta’limini rivojlantirish jamg‘armasiga ajratmalar hisobidan 5 yil imtiyozli davr bilan 170,0 mlrd. so‘mgacha miqdorda kamida 15 yil muddatga beriladigan maqsadli kredit liniyasi;
xalqaro moliya institutlari va boshqa xorijiy moliya-kredit tuzilmalarining maqsadli, uzoq muddatga mo‘ljallangan imtiyozli kreditlari, investitsiyalari hamda grantlari;
“Qishloq qurilish bank” aksiyadorlik tijorat banki tomonidan qo‘shimcha chiqariladigan aksiyalar va boshqa qimmatli qog‘ozlarni yuridik va jismoniy shaxslarga sotishdan tushadigan mablag‘lar.
4. Belgilansinki:
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi tomonidan, shu jumladan “Qishloq qurilish bank” aksiyadorlik tijorat bankining ustav kapitalini shakllantirish uchun ajratiladigan mablag‘lar tasdiqlangan namunaviy loyihalar bo‘yicha yakka tartibdagi uy-joy qurilishini moliyalashtirishga maqsadli tarzda yo‘naltiriladi;
jismoniy shaxslarga tasdiqlangan namunaviy loyihalar bo‘yicha yakka tartibdagi uy-joy qurilishi uchun kreditlar foiz stavkasi yiliga 7 foiz, 1 yillik imtiyozli davr bilan bazaviy hisoblash miqdorining 1 000 baravarigacha miqdorda 15 yil muddatgacha beriladi;
(4-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-dekabrdagi PF-5894-son Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.12.2019-y., 06/19/5894/4161-son)
2014-yildan boshlab tasdiqlangan namunaviy loyihalar bo‘yicha yakka tartibdagi uy-joylar qurish uchun jismoniy shaxslarga kredit mablag‘lari 15 yilgacha bo‘lgan muddatga bazaviy hisoblash miqdorining 1000 barobarigacha bo‘lgan miqdorda, 1 yillik imtiyozli muddat bilan, dastlabki 5 yil davomida yillik 7 foiz va qolgan 10 yil davomida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki foiz stavkasining 90 foizi o‘rtacha hisoblangan yillik foiz stavkasida ajratiladi.
(4-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-dekabrdagi PF-5894-son Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.12.2019-y.

jismoniy shaxslarga qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy-joylar qurish uchun kreditlar 20 yil muddatga, 2 yillik imtiyozli davr hamda birinchi 5 yil mobaynida yillik 7 foiz stavkasi bilan va keyingi davrda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasi miqdorida beriladi;


(4-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 3-sentabrdagi PQ-4435-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.09.2019-y., 07/19/4435/3682-son)
2020-yilda davlat maqsadli dasturlarini amalga oshirishda jismoniy shaxslarga qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy-joylar qurish uchun kreditlar 20 yil muddatga, 1 yillik imtiyozli davr hamda birinchi 5 yil davomida har yili foiz stavkasini qat’iy belgilangan 7 foizdan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasi darajasigacha bir me’yorda oshib boradigan stavkada va keyingi davrda Markaziy bankning qayta moliyalashtirish stavkasida beriladi;
(4-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-noyabrdagi PF-5886-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.11.2019-y., 09/19/5886/4133-son)

2.O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 27 oktabrda qabul qilingan “Vazirlik va idoralar, xo‘jalik birlashmalari rahbarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, shahar va tuman hokimlarining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablarini so‘zsiz bajarish yuzasidan javobgarligi to‘g‘risida”gi qarori murojaatlar bilan ishlash tizimini takomillashtirish davlat siyosatining eng ustuvor yo‘nalishlardan biri ekanligini yana bir bor ko‘rsatdi.


Mazkur qaror ijrosini ta'minlash doirasida aksiyadorlik tijorat “Qishloq qurilish bank” veb-saytida bank Boshqaruvi raisining virtual qabulxonasi ish boshladi. Endilikda fuqarolar va mijozlar bank faoliyatiga doir arizalar, takliflar, shikoyatlar bilan tezkor va qulay usulda to‘g‘ridan-to‘g‘ri virtual qabulxona orqali murojaat qilish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.
Ayni vaqtda bank markaziy apparatida Murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha Ishchi guruhi faoliyat yuritmoqda. Bank Boshqaruvi qaroriga asosan yangi tuzilma - Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash boshqarmasi tashkil qilindi. Murojaatlar bilan ishlash masalasi bank Boshqaruvining qator majlislarida muhokama qilinib, bank tuzilmalarining murojaatlar bilan ishlash borasidagi faoliyati tanqidiy ko‘rib chiqildi.
Ko‘rilayotgan bu kabi chora-tadbirlarning asosiy maqsadi bank tizimida murojaatlar bilan ishlash sifatini tubdan yaxshilash, murojaatlarga o‘z vaqtida yechim topish va bu borada sansalorlikka yo‘l qo‘ymaslikdan iborat. Mazkur masala ATB “Qishloq qurilish bank” faoliyatining eng muhim yo‘nalishlardan biri bo‘lib qoladi.
Buxgalteriya hisobini yuritish va hisobotlar tuzish bo’yicha belgilangan qoidalar asosida Bank tizimidagiboshqarmalar va ular tarkibidagi bo„linmalarda buxgalteriya hisobining to’g’ri tashkil etilishini ta'minlash. Buxgalteriya hisobining milliy standartlariga muvofiq bankning umumiy hisob siyosatini, shuningdek buxgalteriya ishlarini tashkil etish, kreditlar, valyuta operatsiyalari va boshqalar hisobini yuritish bo’yicha ichki me'yoriy hujjatlarni ishlab chiqish. O’z tizimida avtomatlashtirilgan hisob-kitob ishlarining zamonaviy vositalaridan keng foydalanish bo’yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish, bankning boshqa tarkibiy tuzilmalari bilan birgalikda xizmat ko’rsatuv- chi korxonalarga avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimini ishlab chiqish va joriy etishda yordam berish. Bank tizimida o„tkazilgan tekshiruvlarda, shuningdek tashqi audit xulosasida buxgalteriya hisobiga doir aniqlangan tegishli kamchiliklarni bartaraf qilish va ularning takrorlamaslik yuzasidan chora-tadbirlar belgilash hamda kelgusida yo„l qo„yilmasligini ta'minlash. 
Buxgalteriya hisobining yuritilishi, buxgalteriya ishining to‘g‘ri tashkil etilishi va nazoratning aniq olib borilishi bankning o‘z vazifalarini to‘g‘ri bajarishini, mavjud va bo‘lg‘usi investorlar, kreditorlar, hukumat muassasalari, vazirliklar, idoralar, jamoatchilik va boshqa manfaatdor foydalanuvchilar, shuningdek, bank rahbariyati va xodimlari uchun bank faoliyatiga haqqoniy baho berish imkonini yaratadigan aniq va foydali axborot olishni ta’minlaydi.
Ushbu Yo‘riqnomada banklarda buxgalteriya hisobi ishlarini yuritish va buxgalteriya apparatini tashkil qilish tamoyillari, mijozlarga xizmat ko‘rsatish hamda hujjatlar aylanmasini yo‘lga qo‘yish usullari to‘g‘risida ko‘rsatmalar berilgan, bank operatsiyalari hisobini yuritish va ularni nazorat qilish qoidalari hamda bajarilgan bank operatsiyalarining qonuniyligi bo‘yicha javobgarlik belgilangan.
Shuningdek, quyidagilarni ta’minlash maqsad qilib qo‘yilgan:
hisob-kitob, kassa, valyuta, kredit hamda boshqa bank operatsiyalarini to‘g‘ri bajarish hamda ularni buxgalteriya hisobi va hisobotida o‘z vaqtida va aniq aks ettirish;
bank aktivlari, majburiyatlari, daromadlari va xarajatlari hamda kapitali holati va ulardagi o‘zgarishlar to‘g‘risida ishonchli ma’lumotlar to‘plash;
bankning moliyaviy holati, moliyaviy holatidagi o‘zgarishlar va moliyaviy natijalari to‘g‘risidagi va bank rahbariyati faoliyatiga baho beruvchi moliyaviy hisobotlarni tuzish uchun xizmat qiluvchi axborotlar tizimini yaratish;
bank ish kuni tartibiga qat’iy rioya qilish, mijozlarga tez va aniq xizmat ko‘rsatish;
hisob-kitoblardagi mablag‘lar aylanishini tezlashtirish;
bankdan chiqayotgan hujjatlarni tegishli tarzda rasmiylashtirish va buning natijasida ulardan foydalanishni osonlashtirish, shuningdek, boshqa banklarda ushbu hujjatlar bilan operatsiyalar bajarilishini hamda ular tomonidan xizmat ko‘rsatuvchi mijozlarning operatsiyalari hisobini yuritishni belgilangan talablarga muvofiqlashtirishni tashkil etish;
bankdagi pul mablag‘lari, moddiy qimmatliklar, shuningdek, qat’iy hisobda turuvchi blankalar kamomadi yoki ortiqchaligiga yo‘l qo‘ymaslik hamda belgilangan tartibda ularning saqlanishini tashkil etish;
operatsiyalarning qonuniyligi hamda to‘g‘riligini doimiy ichki nazorat va auditdan o‘tkazish, ularning natijalari bo‘yicha ma’lumotnomalar tuzish va rasmiylashtirish imkoniyatini yaratish;
zamonaviy kompyuter texnikasi vositalaridan foydalangan holda bank operatsiyalari hisobini dasturiy amalga oshirish, hisob ishlarini yuritish hamda hisobotlar tuzishda mehnat va mablag‘ sarfini qisqartirish.
Mazkur Yo‘riqnomada berilgan operatsiyalarni amalga oshirish, rasmiylashtirish, hisobini yuritish va nazorat qilish to‘g‘risidagi talablari barcha banklar uchun majburiydir.
Banklar ushbu Yo‘riqnomada belgilangan qoidalar doirasida o‘zlarining ish xususiyatlarini hisobga olgan holda filial, bank xizmatlari ofisi va boshqa shoxobchalar faoliyatida buxgalteriya hisobini aniq va to‘liq yuritilishi va ichki nazorat samaradorligini ta’minlash maqsadida hamda ularning daromad va xarajatlari hisobini to‘g‘ri yuritish, moliyaviy va soliq hisobotlarini o‘z vaqtida tayyorlash va taqdim qilish hamda pul hisob-kitob hujjatlarini tikish va saqlash tartibotlarini belgilovchi ichki hisob siyosatini ishlab chiqishlari lozim.
Davlat soliq xizmati organlari o‘z zimmalariga yuklatilgan vazifalarni davlatning boshqa boshqaruv organlari, davlat hokimiyati mahalliy organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, huquqni muhofaza qiluvchi, statistika va moliya organlari, banklar va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlikda bajaradilar. Mazkur organlar va tashkilotlar soliq haqidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish va soliqlar bo‘yicha huquqbuzarliklarga qarshi kurashda davlat soliq xizmati organlariga ko‘maklashishlari shart.
Davlat soliq xizmati organlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, moliya organlari, banklar soliqlar bo‘yicha huquqbuzarliklarga oid mavjud materiallar va huquqbuzarliklarning oldini olish yuzasidan ko‘rilgan chora-tadbirlar, o‘tkazilayotgan tekshiruvlar to‘g‘risida o‘zaro kelishuv bo‘yicha aniqlanadigan tartibda bir-birini xabardor qiladi, shu jumladan idoralararo elektron hamkorlik qilishdan foydalangan holda xabardor qiladi, shuningdek o‘z zimmalariga yuklatilgan vazifalarni bajarish maqsadida boshqa axborotni almashishni amalga oshiradi.

Soliq to‘lovchi — mijozlarning hisob-kitob yoki boshqa hisobvaraqlaridan pul mablag‘lari berish, o‘tkazish yoki ularni hisobdan chiqarishga doir operatsiyalarni davlat soliq xizmati organlarining yozma talabi bo‘yicha to‘xtatib qo‘yadi. Banklardagi hisobvaraqlar bo‘yicha operatsiyalarni to‘xtatib qo‘yish sud tartibida amalga oshiriladi, ushbu Qonun 5-moddasi birinchi qismining 8-bandida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.


“Qishloq qurilish bank” aksiyadorlik tijorat banki foyda va mulk solig‘i, shuningdek olib kelinadigan bank jihozlari va texnikasi uchun bojxona to‘lovlari to‘lashdan (bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari) 2017-yilning 1-yanvarigacha ozod etilsin, bo‘shaydigan mablag‘lar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining bank ustav kapitalidagi ulushini ko‘paytirishga maqsadli tarzda yo‘naltirilsin.
Banklarning xalqaro operatsiyalari, ular mijozlarining tashqi iqtisodiy aloqalari tufayli vujudga keladi. Bunday faoliyatni har xil turdagi yuridik va jismoniy shaxslar o‘tkazadilar. Ular xalqaro aloqalarning quyidagi shakllarida ishtirok etadilar: 
– xalqaro savdoda importyorlar va eksportyorlar sifatida; – kapitalni olib kirish va olib chiqish, shu jumladan: 
a) boshqa davlatlar hududida korxonalar qurish; 
b) boshqa mamlakatlar hududida korxonalar faoliyatini moliyalashtirish; 
c)qo‘shma korxonalar tuzish; 
d)xalqaro kreditni taqdim etish va boshqalar.
Barcha shu kabi aloqalar pul harakati bilan kechadi, bir valuta boshqasiga almashadi. Buning sababi dunyoda yagona pul birligi yo‘qligidir, har bir davlat o‘z pul birligini ishlatadi. 
Xorijiy valuta importyorlarga xorijda sotib olingan tovarlar uchun to‘lashga kerak bo‘lsa, eksportyorlar shu valutani xorijga tovar sotgani uchun oladilar. Shuning uchun banklar xalqaro aloqalarda ishtirok etib o‘z mijozlariga pul muomalasi sohasida operatsiyalar o‘tkazadilar. 
Banklar o‘z hisoblari va mijozlari hisobidan ham (komiss ion yig‘im) valuta bilan operatsiyalar o‘tkazadilar. Banklar o‘z faoliyatlarida har xil davlatlar xo‘jalik subyektlarini pul mablag‘i bilan ta’minlaydilar, valuta almashtiradilar, xalqaro kreditlarni taqdim etadilar, xalqaro qimmatli qog‘ozlarning savdo-sotiqlari va boshqalar bilan shug‘ullanadilar. 
Bunday bank operatsiyalari murakkab deb hisoblanib, bank va bank ishchilaridan maxsus tayyorgarlikni talab etadi.
Shu sababli ham ularni bajarish uchun tijorat banki Markaziy bankdan operatsiyalarni olib borishga ruxsat beruvchi valuta litsenziyasini olishi lozim. U quyidagi shartlarga rioya etilgandagina beriladi.

Bosh amaliyotlar boshqarmasining asosiy vazifalari 


Bankning buxgalteriya hisobi, kredit, investitsiya, foiz, dividend va depozit siyosatining ustuvor yo’nali-shlaridan kelib chiqib tegishli boshqarmalar bilan birgalikda bank aktivlarini samarali boshqarishni tashkil qiladi, bankning vakil banklar va xalqaro moliyaviy institutlar bilan o’rnatiladigan tashqi iqtisodiy 


alohalar jarayonida yuzaga keladigan hisob-kitoblarni amalga oshiradi, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish to’g’risidagi qonun hujjatlari talablariga qat'iy rioya etilishini ta'minlaydi, bank tomonidan chet el va milliy valyutadagi to’lovlarni belgilangan tartibda amalga oshiradi, bank va filiallaro hisob-kitoblarning to’g’riligini nazorat qiladi va ularni muvofiqlashtiradi, bankning xo’jalik faoliyati bilan bog„liq moliyaviy amaliyotlarni amalga oshiradi, ichki hisob-kitob amaliyotlarini bajaradi va to’lovlarni amalga oshirishda bank ish kuni tartibiga 
qat'iy rioya qiladi. Bundan tashqari, O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq Boshqarma balansidagi tovar-moddiy boyliklar, asosiy vositalarning saqlanishi, hisobi yuritilishini,shuningdek belgilangan muddatlarda inventarizatsiyadan o’tkazili- shini ta'minlaydi.
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi, “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi qonunlari va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 6-maydagi PQ-2344-son “Tijorat banklarining moliyaviy barqarorligini yanada oshirish va ularning resurs bazasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Tijorat banklarining likvidliligini boshqarishga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risidagi nizom ilovagamuvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oydan keyin kuchga kiradi.
Bankning likvidliligi — bank aktivlar o‘sishini moliyalashtirishi va ko‘zda tutilmagan (nomaqbul) yo‘qotishlarsiz majburiyatlarining o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlash imkoniyati;
Download 27.13 Kb.




Download 27.13 Kb.