Qishloq xo’jaligidia investitsiyalar tushunchasi, tarkibi va iqtisodiy mohiyati, ularning samaradorligini oshirish yo’llari. Investitsiya va kapital qo’yilmalarning bir biridan farqli jihatlari va ularning moliyalshtirish manbalari

Download 26.35 Kb.
bet1/3
Sana01.11.2023
Hajmi26.35 Kb.
#92871
  1   2   3
Bog'liq
Minimum
Raqamli iqtisodiyotdan test, Minimum 111, maktab-menezhmenti-asoslari (2)

  1. Qishloq xo’jaligidia investitsiyalar tushunchasi, tarkibi va iqtisodiy mohiyati, ularning samaradorligini oshirish yo’llari. Investitsiya va kapital qo’yilmalarning bir biridan farqli jihatlari va ularning moliyalshtirish manbalari

“Investitsiya” atamasi lotincha “invest” so’zidan olingan bo’lib, “pul sarf qilmoq”, “pul qo’ymoq” kabi ma’nolarni anglatadi.
Qishloq xo’jaligida ishlab chiqarish vositalariga sarflanadigan barcha mablag’lar investitsiyalar deb ataladi. Ular qishloq xo’jaligi korxonalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlaydi va ishlab chiqarish jarayonlarini mexanizatsiyalashtirish, kimyolashtirish, elektrlashtirish, avtomatlashtirish natijasida mehnat unumdorligi oshadi, xarajatlar esa tejaladi. Natijada yetishtiriladigan mahsulotlar hajmi ko’payadi va sifati yaxshilanadi, olinadigan foyda summasi oshadi. Bu investitsiyalarni amalga oshirishning tub maqsadidir.
Respublikada barqaror investitsion siyosat O’zbekiston Respublikasining “Investitsiya faoliyati to’g’risida”gi va “Chet el investitsiyalari to’g’risida”gi Qonunlari hamda boshqa me’yoriy hujjatlar asosida amalga oshirilmoqda.
Qishloq xo’jaligini tarmoqni ustuvor shaklda rivojlantirish uchun uning moddiy-texnika bazasini mustahkam ravishda barpo etish zarur. Buning uchun uni zamonaviy binoinshootlar, barcha turdagi zarur texnikalar, qishloq xo’jalik mexanizmlari, ichki irrigatsiya va melioratsiya inshootlari, serunum, tezpishar navlar, mahsuldor chorva mollari zotlari hamda aylanma vositalar va boshqa ishlab chiqarish vositalari bilan ta’minlash lozim.

Investitsiyalar maqsad va vazifalariga ko’ra quyidagi turlarga bo’linadi:

  • kapital investitsiyalar;

  • innovatsion investitsiyalar;

  • - ijtimoiy investitsiyalar.

Asosiy va aylanma fondlarni barpo etishga va ularni takror ishlab chiqarishga, shuningdek, moddiy ishlab chiqarishning barcha shakllarini rivojlantirishga sarflangan investitsiyalar kapital investitsiyalar deb ataladi.

Texnika va texnologiyalarning yangi avlodini yaratish, mavjudlarini takomillashtirish va ularni o’zlashtirishga sarflangan investitsiyalar innovatsion investitsiyalardir.
Inson salohiyatini, malakasini va ishlab chiqarish tajribasini oshirishga, shuningdek, nomoddiy ne’matlarning boshqa shakllarini rivojlantirishga sarflanadigan mablag’lar ijtimoiy investitsiyalar deb ataladi.
Investitsiyalarni real va moliyaviy investitsiyalarga ham bo’lish mumkin. Moddiylashgan asosiy va aylanma vositalarga sarflangan mablag’lar real investitsiyalarni tashkil etadi. Real investitsiyalar kapital qo’yilmalar deb ham ataladi.
Barcha investitsiyalar quyidagi yirik ikkita manbadan shakllantirilib, amalga oshiriladi:
• korxonaning o’z mablag’lari hisobidan;
• chetdan jalb qilingan mablag’lar orqali.
Korxonaning investitsiyalarni shakllantirishda qo’llaniladigan o’z mablag’lariga quyidagilar kiradi:
- korxonaning sof foydasidan ajratilayotgan mablag’lar;
- amortizatsiya fondidagi mablag’lar;
- asosiy vositalarni tugatishdan, sotishdan kelib tushgan mablag’lar;
- asosiy vositalarni ijaraga berishdan tushgan mablag’lar;
- qishloq xo’jalik korxonalarining boshqa korxonalar qimmatli qog’ozlarini sotib olishi natijasida oladigan dividendlardan ajratilayotgan mablag’lar va boshqa shu kabilar.

  1. Download 26.35 Kb.
  1   2   3

Download 26.35 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar