Qiyosiy huquqshunoslik




Download 17.64 Kb.
Sana09.04.2024
Hajmi17.64 Kb.
#192711
Bog'liq
Qiyosiy huquqshunoslik
Microsoft Word dasturidagi barcha mashhur tugmalar kombinatsiyalari, KT 209 22 guruh talabasi Tursunov Aminjonning kimyo fanidan mustaqil, кирин2, yangi yuz 11, Кайд варакаси PhD азолари Qurbonov, хидирова 2, ХИДИРОВАГА, ХИДИРОВА, SHAHAR YOlovchi, Учебное пособие новое, 2-mavzu. O‘zbek milliy xalq xunarmandchiligi turlari-fayllar.org, 8-mavzu. Taqdimotlarni tayyorlash texnologiyalari (1), DELLO USTIGA 777, gfgzsddddddddddddddddddddd, MIS ch1


“Qiyosiy huquqshunoslik” o’quv modulidan oraliq nazorati


l.Qiyosiy huquqshunoslik tushunchasi keng qamrovli tushunchalar sirasiga kiradi.Oliy o’quv yurtida talabalar o’rtasida qiyosiy huquqshunoslikka bag’ishlab o’tkazilgan davra suhbatida jiddiy ilmiy munozara yuzaga keldi.Talaba B.M qiyosiy huquq bu ilmiy metod ekanligi haqida so’z yuradi.Talaba D.K qiyosiy huquqshunoslik bu mustaqil yuridik fan ekanligini asoslashga harakat qildi.Talaba M.O esa, qiyosiy huquqshunoslik oliy o’quv yurtlarida o’rganiladigan o’quv moduli ekanligini to’g’risidagi fikrlarni ilgari surdi.Mazkur masala davra suhbati ishtirokchilarning qizg’in muhokamasiga sabab bo’ldi va yakunda yakuniy fikrga kelinmadi.Sizningcha , davra suhbati qatnashchilari qanday qarorga kelishlari kerak edi?
l.Sizningcha, komparativistika, ya’ni qiyosiy huquqshunoslik nimani o’rganadi?
2.Yuridik fanlar tizimida “Qiyosiy huquqshunoslik” fani qanday o’rin egallaydi?
3.Davlat va huquq hodisalarini ilmiy jihatdan tadqiq etishda qiyosiy-huquqiy metod qanday amaliy ahamiyatga ega?
|4.O’quv moduli sifatida “Qiyosiy huquqshunoslik”ni qisqacha tavsiflang.
Ushbu kazusimizga javob berishda biz “Qiyosiy huquqshunoslik” fanini qay darajada muhim ekanligini bilib olamiz.Umuman olganda “Qiyosiy huquqshunoslik”fanining vujudga kelishida turli xil huquqshunos olimlar tomonidan har xil qarashlar mavjud bo’lgan.Bu fanning yuzaga kelishi bilan bog’liq masalalarni quyidagi yo’nalishlar bo’yicha ko’rib chiqishmiz mumkin.
Birinchi yo’nalishni aytadigan bo’lsak, bu yo’nalishda tarafdorlarning fikricha, qiyosiy huquqshunoslik jamiyatida davlat va huquq shakllana boshlagan davrdan vujudga kelgan.Ularning ta’kidlab o’tishlaricha, qadimgi davr va o’rta asrlar faylasuflari hamda qonunshunoslari muayyan huquqiy muammolarni hal etish maqsadida qiyoslash metodlaridan samarali foydalanganlar.
Bu masala bo’yicha fransuz olimi Rene David “Geografik xaritada qo’shni bo’lgan huquqiy tizimlarni qiyoslash huquqshunoslik fani qanchalik qadimiy bo’lsa, shunchalik qadimiydir” deb yozgan edi.Ushbu so’zlardan ham bilib olsak bo’ladi.Bundan tashqari esa Aristotelning siyosat haqidagi traktati asosida 153 ta yunon va varvarlar shaharlarining konstitutsiyalarini o’rganish yotadi.O’rta asrlarda cherkov huquqi bilan Rim huquqi taqqoslangan.
XVI asrlada Angliyada qiyoslash metodi asosida cherkov va umumiy huquqning afzalliklari muhokama etilgan, keyinchalik esa Fransiyada umumiy odat huquqini,Germaniyada nemis xususiy huquqini yaratish yuzasidan izlanishlar olib brogan olimlar o’sha vaqtda mavjud bo’lgan




odatlami qiyoslashga harakat qilganlar va buyuk fransuz mutafakkiri Sh.L.Monteske qonunlar ruhi va maqbul boshqaruv tizimi tamoyillarini belgilashda qiyoslash uslublaridan foydalanishga harakat qilgan.
Ikkinchi yo’nalishda esa yo’nalish tarafdorlari qiyosiy huquqshunoslikning vujudga kelgan vaqtini XIX asrning ikkinchi yarmidan deb ko’rsatadilar.1859- yilda professor A.Levining ingliz savdo huquqi bilan 28 ta chet mamlakatlarining savdo huquqi qiyosiy tahlil qilingan “Xalqaro savdo huquqi”asari dunyoga kelgan.
Yuridik fanlar tizimida “Qiyosiy huquqshunoslik” fanining ahamiyati judayam muhim hisoblanadi,”Qiyosiy huquqshunoslik” atamasi uch xil mazmunga ega bo’lib, ayni paytda u metod, fan va o’quv sohasida sifatida namoyon bo’ladi.
Birinchidan, qiyosiy huquqshunoslik metod sifatida huquqiy hodisalarni o’rganishning muhim ilmiy vositalaridan biri hisoblanadi.Qiyosiy metodni qo’llash yordamida zamonaviy huquqiy tizimlardagi umumiylik,alohidalik va yagonalikni aniqlash mumkin bo’ladi.
Ikkinchidan, qiyosiy huquqshunoslik bir qator kitoblar, risolalar, maqolalar va ilmiy ma’ruzalar ko’rinishida taqdim etilgan zamonaviy huquqiy tizimlar haqidagi ilmiy bilimlar majmuasidir.
Uchinchidan, qiyosiy huquqshunoslik o’quv predmeti sifatida oliy yuridik o’quv yurtlarida ta’lim fani hisoblanadi.”Qiyosiy huquqshunoslik” fanining ahamiyati judayam muhim.Negaki, biz ushbu fanni barcha fanlar bilan bog’lagan holda o’rganamiz.Bundan tashqari, barcha davlatlarning huquqlarini bir-biri bilan chambarchars bog’lab,qaysi davlatning huquqlari, ularning majburiyatlari ustunligini bilishimiz mumkin.Bu fanning ahamiyatli jihati shundaki, barcha davlatlarning huquqlarini bizga qiyoslab beradi va huquqiy tizimlar, ularning tashkil topishi va rivojlanishi, o’ziga xos xususiyatlari,huquq manbalari, ularning o’zaro munosabati sohasiga oid bilimlarni shakllantirishdan iborat.Bizga ma’lumki “Qiyosiy huquqshunoslik” fanining o’zi boshqa yuridik fanlar uchun metod vazifasini o’taydi.Qiyosiy huquqiy metod nafaqat turli tarixiy tiplar va huquqiy oilalar huquqiy tizimining qarama-qarshiligini, tafovutlar va izchillik belgilarini aniqlashga, balki turli ijtimoiy tuzilmalar, zamonlar, mamlakatlar huquqiy tizimlarning o’ziga xos xususiyatlarini hisobga oladigan umumnazariy qoidalar va tuzilmalarni ifodalashga, faoliyat ko’rsatishi va rivojlanishi qonuniyatlarini aniqlashga ham yordam beradi.Davlat va huquq hodisalarini ilmiy jihatdan tadqiq etishda qiyosiy-huquqiy metodlarining quyidagi turlari mavjud:
l.Diaxron va Sinxron qiyoslash.O’tmishda mavjud bo’lgan huquqiy tizimlar va ularning tarkibiy qismlari qiyoslash predmeti bo’lishi mumkin.Qiyoslashning bunday shakliga diaxron qiyoslash deyiladi.Shu bilan birga, amaldagi huquqiy tizimlar ham qiyoslash predmeti bo’la oladi.Bu orqali dunyodagi huquqiy tizimlarni yaqinlashtirish yo’nalishlari aniqlanadi.Qiyoslashning bunday turi Sinxron qiyoslash deb ataladi.Sinxron qiyoslash yordamida huquqiy tizimlarning geografik, aniq tarixiy va boshqa omillar bilan bog’liq umumiy rivojlanish qonuniyatlari o’rganiladi,Shuningdek huquqiy tizimlardagi farqlarning sabablari aniqlanadi.
Huquqiy tartibga solishning u yoki bu sharoitlari uchun eng maqbul metodlarini topishga va huquq ijodkorligini hamda huquqni tadbiq etish sohasida




yuridik tajribalami o’zaro o’zlashtirish imkoniyatlari to’g’risidagi masalani o’rganishga imkon tug’iladi.Bundan tashqari ichki va tashqi qiyoslash ham mavjud.Bir davlat miqyosida(federative yoki unitar tuzilishga ega bo’lgan)qiyoslash ichki qiyoslash sifatida qaraladi.
Ichki qiyoslash ma’lum bir milliy huquqiy tizimga umumiy tavsif berishga imkon tug’diradi.Ichki qiyoslash federativ davlatlarda uning tarkibiy qismlari huquqiy tizimlarni taqqoslash orqali amalga oshiriladi.Ichki qiyoslashni nafaqat federativ, balki unitar davlatlarda ham muayyan tarixiy vaqt qismida va sinxron ravishda amalga oshirish mumkin.
Tashqi qiyoslash kamida 2 ta huquqiy tizimdan boshlab to muayyan mintaqadagi yoki butun dunyodagi mavjud bo’lgan huquqiy tizimlarni qamrab olishi mumkin.Ichki qiyoslash bir milliy huquqiy tizimni aniqlab olishga yordam beradi,bunda u mazkur huquqiy tizimni boshqasi bilan taqqoslash uchun qiyoslashga asos bo’ladigan manba tayyorlaydi.Shu ma’noda u tashqi qiyoslashdan oldin turadi va unga yordam beradi.Mikro va makro qiyoslashda asosan huquqiy normalar va institutlar darajasida taqqoslash amalga oshiriladi.
Makro qiyoslashda esa, huquqiy tizimlar darajasida qiyoslash o’tkaziladi.Bunda tashqari esa normativ qiyoslash, funksional qiyoslash ham bor.Normativ qiyoslash qiyosiy huquqiy tadqiqotlarni normativ va funksional metodlar bilan amalga oshirish muhim ahamiyat kasb etadi.Normativ qiyoslashda o’zaro o’xshash huquqiy normalar, institutlar, qonunchilik hujjatlari tayanch nuqta hisoblanadi.
Normativ qiyoslashni amalga oshirish quyidagi xulosalarni chiqarishga imkon tug’diradi.Birinchidan, tashqi tomondan o’xshash yuridik atamalar turli huquqiy tizimlarda har doim ham bir xil ahamiyatga ega bo’lmaydi.Ikkinchidan, huquqiy normalar va institutlar turli huquq oilalarda turlicha funksiyalarni bajarishlari mumkin.Shu bilan birga, ijtimoiy munosabatlarni huquqning boshqa tarmog’idagi normalar yoki noyuridik vositalar bilan ham tartibga solish mumkin.Funksional qiyoslashning boshlang’ich nuqtasi ma’lum huquqiy norma va institutlarni e’tirof etishdan emas, balki huquqiy jihatdan tartibga solinishi lozim bo’lgan ma’lum ijtimoiy muammolarni aniqlash va ularni hal etishga qaratilgan tegishli huquq normasini izlashdan boshlanadi.
Qiyoslash normadan ijtimoiy faktlar tomon emas, aksincha, ijtimoiy faktdan uning huquqiy tartibga solinishi tomon boradi.Binobarin, funksional qiyoslashno turli huquqiy tizimlarning o’xshash yoki bir xil ijtimoiy va huquqiy muammolarni hal qilishdagi huquqiy vositalar va metodlar tadqiqoti sifatida olib ko’rish mumkin.Ushbu kazusimizga javob beradigan bo’lsak, yuqoridagi ma’lumotlardan foydalangan holatda,”Qiyosiy huquqshunoslik” fanini faqatgina bu ilmiy metod desak menimcha noto’g’ri bo’ladi.Bu fan mustaqil yuridik fan ham ilmiy metod ham bo’la oladi.
Biz ushbu fandan judayam ko’plab ma’lumotlarni olishimiz mumkin.Bevosita barcha huquq fanlari bilan kirishib keta oladigan, ularning huquqlarini ochiq namoyon qilib bera oladigan va huquqlarni ijobiy va salbiy xususiyatlarini ko’rsatib beradigan fan hisoblanadi desak mubolag’a bo’lmaydi.


Download 17.64 Kb.




Download 17.64 Kb.