• Simsiz MAN tarmoqlari
  • Qudratov Odilbek 734-20 guruh talabasi Qudratov Odilbek Mustaqil ish




    Download 0.65 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet1/3
    Sana13.04.2023
    Hajmi0.65 Mb.
    #50879
      1   2   3
    Bog'liq
    Mustaqil ish Q
    bahodir.ka, 5А320901-To‘qimachilik-xom-ashyolarini-qayta-ishlash-texnologiyasi-ipak-texnologiyasi(4), Komputer tarmoqlarining rivojlanish evolutsiyasi, Zamonaviy iqtisodiyot, Mavzu Simsiz aloqa tarmoqlarida ko‘p stansiyali ulanish usullar, MMM, Rahbarlik odobi va muomala madaniyati, outer space, Otabek (11-15), анкета талабгор учун (4).docx63ca356b6c424-5


    Qudratov Odilbek 734-20 guruh talabasi Qudratov Odilbek Mustaqil ish 
     
     

    Shahar tarmoqlari (MAN) va ularning qurilish usullari

    TCP/IP va OSI modellarning o’xshash jihatlari 
     
    Shahar tarmoqlari (MAN) va ularning qurilish usullari 
    Oxirgi foydalanuvchilarning terminallari, provayderlarnng taqdim etadigan 
    xizmat turlari, kundalik ish faoliyatidagi ehtiyojlar sabab bo’lsa kerak, MAN 
    tarmoqlari ham simsiz ham simli texnologiyalar asosida samarali qurilmoqda va 
    xizmatlarni taqdim etib kelmoqda.
    Idoralar, maktablar, campuslar va xonadonlar LAN tarmoqlari asosida qurilsa, 
    shaharlar, shtatlar, viloyat yoki mamlakat MAN tarmoqlari asosida quriladi. Bunday 
    katta hududlar ikki xil texnologiya asosida quriladi: simli va simsiz. Shahar ichi 
    tarmoqlarida telekommunikatsiya xizmat provayderlari, masalan Interner 
    provayderlari, foydalanuvchilarga, tashkilotlar, institutlarga ikki muhit orqali 
    xizmatlarni taqdim etadi. Shaharlararo aloqa esa asosan optik kabellar orqali 
    ta’minlanadi.
    Simsiz MAN tarmoqlari. Hozirgi kunda Korea, Yaponiya kabi rivojlangan 
    mamlakatlarda shahar tarmoqlarini simsiz texnologiyalar asosida qurish ommalashgan. 
    Buning asosiy sabablaridan qilib foydalanuvchi terminallari (smartfon, noutbok, 
    platshet, turli raqamli qurilmalar) simsiz bog’lanishlarni qo’llab quvvatlashidir. 
    WiMAX, LTE va sputnik texnologiyalari asosida shahar telekommunikatsiya 
    tarmoqlari simsiz ko’rinishda qurish mumkin.
    WiMax (Worldwide Interoperability for Microwave Acces) - bu IEEE 802.16 
    standartlari to'plamiga asoslangan simsiz keng polosali aloqa standartlari oilasiga 
    mansub bo’lgan texnologiya hisoblanadi. WiMAX ikkita asosiy komponentdan tashkil 
    topadi: WiMax antenna va WiMax terminal. Wi-Fi texnologiyasi singari, WiMax 
    antenna foydalanuvchi kompyuteriga to'g'ridan-to'g'ri ulanadi. Msobl uchun
    O’zbekistonda WiMax standarti asosida faoliyat olib borayotgan Internet provayderi 
    EVO ham WiMax texnologiyasi asosida qurilgan. Foydalanuvchi WiMax modemini 
    sotib oladi va WiMax antenna bilan bog’langan holda internet xizmatlaridan yuqori 
    tezlikda foydalanish imkoniyatiga ega bo’ladi. Boshqacha qilib aytganda, WiMax 
    ko'plab kichik, tarqoq hududlarni bitta ulkan simsiz ulanish nuqtasiga aylantiradi, ya’ni 


    WiMax antennasi 50km hududga Internet xizmatlarini taqdim etadi. Quyidagi 2-
    rasmda WiMax texnologiyasi asosida qurilgan shahar tarmog’i keltirilgan. 
    2-rasm. WiMax texnologiyasi asosida qurilgan shahar tarmog’i 
    "WiMAX" nomi 2001 yil iyun oyida standartning muvofiqligi va o'zaro 
    muvofiqligini ta'minlash, shu jumladan tijorat sotuvchilari uchun oldindan 
    belgilangan tizim profillarini aniqlash maqsadida tashkil etilgan WiMAX forumi 
    tomonidan yaratilgan. Forum WiMAX texnologiyasini "kabelli va DSL 
    texnologiyalariga alternativ sifatida so'nggi milyani simsiz keng polosali tarmoq 
    xizmatlari bilan ta’minlash maqsadida ishlab chiqqan. IEEE 802.16m yoki 
    WirelessMAN-Advanced LTE Advanced standartiga mos ravishda 4G uchun 
    nomzod standart hisoblanadi. 
    WiMAX texnologiyasi dastlab ma'lumotlarni soniyasiga 30-40Mb tezlik bilan 
    uzatish imkoniyatini qo’llab quvvatlagan bo’lsa, 2011 yilda yangilangan stantsiyalar 
    soniyasiga 1Gbit tezlikkacha ma’lumot uzatish imkoniyatiga ega bo’lgan. Hozirgi 
    kunda AeroMACS texnologiyasi ishlab chiqilgan bo’lib, u orqali aeroport hududi, 
    samolyot va aeroportda joylashgan asosiy vositalarni bog'lash uchun mo'ljallangan 
    simsiz keng polosali xizmatlar taqdim etilgan. 2018 yilga kelib, 8 ta mamlakatda 
    AeroMACS antennasi mavjud, yana kamida 25 ta mamlakatga ushbu texnologiyani 
    joriy etish rejalashtirilgan. 



    Download 0.65 Mb.
      1   2   3




    Download 0.65 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Qudratov Odilbek 734-20 guruh talabasi Qudratov Odilbek Mustaqil ish

    Download 0.65 Mb.
    Pdf ko'rish