Quduq tubiga ta‘sir etish usullari




Download 16.42 Kb.
bet1/5
Sana18.04.2024
Hajmi16.42 Kb.
#200820
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Quduq tubiga ta‘sir etish usullari-fayllar.org
quduq-tubiga-kislotali-ishlov-berish-usuli-va-uning-samaradorligi (1), Sanasi holatiga maxmudov nodirbek vafo o‘G‘LI

Quduq tubiga ta‘sir etish usullari

Quduq tubiga ta‘sir etish usullari.
Reja:
1. Ta‘sir etish usullarini qo’llanilishi va ularni umumiy tasniflari.

2. Bosim ostida kislotali ishlov berish.


3. Qatlamni gidravlik yorish.
4. Quduq tubi zonasiga (QTZ) issiqlik ta‘sirida ishlov berish.
5. Quduq tubi zonasiga (QTZ) issiqlik-kimyoviy ta‘sir etish (IKTE).
6. Quduq tubi zonasiga boshqa usullarda ishlov berish.
1. Ta‘sir etish usullarini qo’llanilishi va ularni

umumiy tasniflari.


Qatlamdan neft olish va unga ta‘sir etish jarayoni quduq orqali amalga oshiriladi. Bu yerda suyuqlik harakati, bosim gradienti, energiyani sarflanishi, sizilishdagi qarshiliklar maksimal qiymatlarni parametrlarini o’zgarishi sodir bo’ladi. Konlarni ishlatish samaradorligi, qazib olinadigan quduqlarning mahsulligi, haydovchi quduqlarning sig’imdorligi va quduqga suyuqliklarni ko’tarishda foydalaniladigan energiya samaradorligi qatlamdagi quduq tubi atrofini holatiga bog’liqdir.

Quduq tubi atrofida ishqalanish qarshiligini yengib o’tish, qatlamdan suyuqlikni olish hamda quduqqa suyuqlikni haydashda energiyani kam sarflanishga erishish muhimdir. Quduqlarni burg’ilashda ichki kuchlar quduq atrofida qayta taqsimlanadi. Quduq tubi atrofini qisqa vaqtli ta‘sir bilan teshishda quduq atrofidagi jinslarga har xil chastotali tebranishlardagi zarba, kristallarni qirralarga pezo elektrik samara bilan ta‘sir qiladi.


Neftni qazib olishda qatlam suyuqliklari – neft suv va gaz qazib olish quduqlarini tubi zonasi orqali va haydaladigan suyuqliklar ham QTZ-si orqali amalga oshiriladi.
Qazib olish jarayonida harorat va bosimni o’zgarishi sodir bo’ladi. Buning natijasida QTZ – da har xil karbon suvchilarning komponentlarini (smolalar, asfaltenlar, parafinlar va boshqalar) va harorat o’zgarishi bilan esa har xil tuzlarni o’tirib qolishi sodir bo’ladi.
Qatlamda sizilish qarshiligini kamaytirish uchun QTZ-da o’tkazuvchanlikni oshirish quduq devori bilan tutashuvchanligini yaxshilash hamda oqimni kirib kelishini kuchaytirish va energiya sarfini kamaytirish uchun ta‘sir etuvchi tadbirlar amalga oshiriladi.
QTZ-ga ta‘sir etish usullarini uchta asosiy guruhga bo’lish mumkin: kimyoviy, mexanik, issiqlik, aralash.
Kimyoviy usulni qatlam tog’ jinslari va elementlarini eritib QTZ-sini suzuvchanligi oshirish maqsadida qo’llash maqsadga muvofiqdir.
Ta‘sir etish natijasida tuz yoki temir yotqiziqlarini eritish mumkin. Na‘munaviy ta‘sir etish usuliga oddiy kislotali ishlov berish kiradi.
Qattiq tog’ jinslariga mexanik usulda ta‘sir etib QTZ-ni atrofini qatlamni uzoq oraliqlari bilan sizilish jarayonini yaxshilaydi. Bunday usulga qatlam gidravlik yorish (QGYo) ta‘sir usuli kiradi. QTZ-dagi qattiq yotqiziqlarni yoki juda kuchli qovushqoqlik karbonsuvchilarni qaysiki parafin, smola, asfalten hamda qovushqoq neftlarga ta‘sir issiqlik usulida ta‘sir etish maqsadga muvofiqdir. Bunday ta‘sir etish turiga QTZ-ga chuqurlik elektr isitgichlar, bug’ yoki boshqa issiqlik tashuvchilar yordamida ta‘sir etish kiradi.
QTZ-ga har xil turlarda ta‘sir etish usullarini amalda qo’llash mumkin.
Issiq kislotali ishlov berish qatlam jinsiga kimyoviy ta‘sir etib, issiqlik ta‘sirida katta miqdordagi issiqlik ajratish uchun kimyoviy reaktsiyani kirishuvchi maxsus moddalar qo’shiladi.
SHunday qilib QTZ-ga ta‘sir etishda qatlam parametrlari issiqlik dinamik sharoitlarini holatini, tog’ jinsi va suyuqlik tarkibini hamda to’plangan kon tajriba ma‘lumotlariga asoslanish maqsadga muvofiqdir.
Quduqni mahsulot miqdori quyidagi formula yordamida aniqlanadi.
Ma‘lumki, kuduqning mahsulot miqdori asosan tog’ jinslarining o’tkazuvchanligiga bog’liq.
Bu yerda: qn – quduqning mahsulot miqdori;

к – o’tkazuvchanlik koeffitsienti;


h - qatlam qalinligi;
Pqat - qatlam bosimi;
Pqud.tubi - quduq tubi bosimi;
Rк- ta‘min konturi radiusi;
Rqud - quduq radiusi;
С1 С2- quduqning gidrodinamik nomukammallik koeffitsienti.


Download 16.42 Kb.
  1   2   3   4   5




Download 16.42 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Quduq tubiga ta‘sir etish usullari

Download 16.42 Kb.