• Keywords
  • Mavzuga oid adabiyotlar tahlili
  • YouTube
  • Facebook
  • AMAZON yoki OZON
  • Google Analitics vaЯндекс . Метрика
  • Creative Common (CC
  • Freemium-model, Tree-to-play, Print-on-demand, Full-Crowdsoursing, Donation
  • Foydalanilgan adabiyotlar ruyhati
  • Raqamli iqtisodiyot va uning asosiy rivojlanish yo’nalishlari




    Download 59.66 Kb.
    Sana20.11.2020
    Hajmi59.66 Kb.

    raqamli iqtisodiyot VA UNING asosiy RIVOJLANISH yo’nalishlari
    Gulyamov Saidaxror Saidaxmedovich – Statistika qo’mitasi malaka oshirish instituti, akademik, tel.:98.3118779

    Ayupov Ravhan Hamdamovich – TDPU “Informatika va uni o’qitish metodikasi”

    kafedrasi professori, tel: 93.5962874
    ANNOTATSIYA

    Maqolada rivojlangan mamlakatlarda raqamli iqtisodiyotming holati hamda rivojlnish yo’nalishlari tahlil qilinadi va olingan natijalar asosida O’zbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish strategiyasining bir qancha yo’nalishlari hamda uning iqtisodiy ahamiyati bo’yicha bir qancha masala va muammolar ko’rib chiqiladi. Shuningdek, respublikamizda raqamli texnologiyaning mahalliy darajadagi platformalarini yaratish mexanizmlari ham taklif qilingan.

    АННОТАЦИЯ

    В данной статье проанализированы состояние и перспективы развития цифровой экономики и на этой основе предлагаются теоретико-методологические аспекты использования современных средств цифровой экономикив отраслях и сферах национальной экономики Республики Узбекистан и даны некоторые предложения по развитию данного направления. Также обсуждены преимущества и риски развития национальных цифровых платформ в отраслях народного хозяйства.

    ANNOTATION

    In this article discussed and analyzed contemporary issues of developing digital economy in different foreign countries and in example of this analisys suggested strategy of development digital economy in the Republic of Uzbekistan. Also discussed some issues of creating digital platforms oriented on branches of national economy in the local conditions.
    Kalit so’zlar: raqamli iqtisodiyot, raqamli pullar, raqamli platformalar, ekotizim, omnikanallilik, 4.0 Industriya, 3D-printerlar, bulutli texnologiyalar, kraudsorsing, kraudfunding.

    Ключевые слова: цифровая экономика, цифровые деньги, цифровые платформы, экосистема, омниканалность, индустрия 4.0, 3D-притеры, облачные технологии, краудсорсинг, краудфондинг.

    Keywords: digital economy, digital currencies, digital platforms, ecosystem, Industry 4.0, 3D-printers, cloud technologies, kraudsorsing, kraudfunding.


    KIRISH

    Hozirgi zamonda mamlakatimizda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish bo’yicha katta ishlar amalga oshirimoqda [1,2]. Shuning uchun ham uni qanday rivojlantirish masalalari jamiyat va halq oldida ko’ndalang bo’lib turibdi. Ushbu maqolada O’zbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish strategiyasining ba’zi bir yo’nalishlari mualliflar nuqtai-nazaridan muhokama qilinadi. Avvalo shuni aytish kerakki, raqamli iqtisodiyot o’zaro bog’liq bo’lgan ishlab chiqarish va boshqaruv jarayonlarining zanjiridan iborat bo’lib, uning ajralmas elementi zanjirlararo (insonlararo, mashinalararo, bulutlar orqali, data markazlararo) raqamli texnologiyalar yordamida amalga oshiriladigan ma’lumot almashinishdir. Raqamli iqtisodiyotda raqamli ko’rinishdagi ma’lumotlar barcha ijtimoiy-iqtisodiy sohalardagi ishlab chiqarishning asosiy elementi hisoblanadi va bunday iqtisodiyot tizimiga bosqichma-bosqich o’tish mamlakatimizning global miqyosdagi raqobatbardoshliligi oshirib, fuqarolarning hayot sifatini yanada oshiradi, yangi ish joylarini yaratadi, jadal iqtisodiy o’sishga imkon yaratadi va milliy mustaqillikni ham ta’minlab beradi. O’zbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyot dasturini hayotga tadbiq qilish eng kami bilan quyidagilarga erishishga imkon beradi [3]:



    • Yangi texnologiyalar yaratishga halaqit berayotgan huquqiy to’siqlarni yangi normativ-huquqiy baza yaratish yordamida to’liq bartaraf qiladi;

    • Raqamli iqtisodiyot infratuzilmasini yaratish va rivojlantirish, shu jumladan, tarmoqlar, ma’lumotlarni qayta ishlash markazlari, texnik va dasturiy ta’minotning zamona talablariga mos ravishda rivojlanishiga imkon beradi;

    • Ta’lim tizimining har tomonlama rivojlanishini va yangilanishini ta’minlaydi;

    • Mamlakatdagi turli-tuman kompaniyalarning, firmalarning, davlat korxonalarining hamda biznesning rivojlanishiga puxta asos yaratadi;

    • Raqamli iqtisodiyot sohasida faoliyat ko’rsatadigan ko’plab tashkilotlar hosil bo’lishiga olib keladi.

    Ushbu raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish dasturi quyidagi maqsadlarini amalga oshirish uchun hizmat qilishi kerak [4]:

    • O’zbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotning ekotizimini yaratish;

    • Mamlakat raqamli iqtisodiyot tizimining institutlari va infratuzilmasini yaratish;

    • Respublikaning barcha tarmoqlarini qamrab oluvchi information jamiyat tashkil qilish uchun kerakli bo’lgan barcha chora-tadbirlarni amalga oshirish;

    • Global miqyosda va global bozorlarga respublikamizning raqobatbardoshliligini oshirish.

    Mavzuga oid adabiyotlar tahlili

    Endi global information tizimda mavjud bo’lgan ochiq ma’lumotlar va adabiyotlardan foydalangan xolda bir qancha rivojlangan mamlakatlar misolida raqamli iqtisodiyot infratuzilmasini shakllantirishning asosiy ko’rsatgichlari va uning o’ziga hos hususiyatlari bilan tanishib chiqamiz [5]:



    • Internet paydo bo’lmasdan avval mumkin bo’lmagan yangi turdagi hizmatlarning yuzaga kelishi. 1990 yildan hozirgi davrgacha qadar internet tarmog’i va information texnologiyalar imkoniyatlaridan foydalanishga asoslangan bir qancha yangi mahsulotlar va hizmatlar bozorlari paydo bo’ldi. Masalan, messenjerlar, agregatorlar, internet qidiruv tizimlari, internet reklama, elektron couching, elektron ta’lim va boshqalar. Yangi turdagi hizmatlarning paydo bo’lishiga yaqqol misol bo’lib, elektron savdoni keltirishimiz mumkin. 2017 yil ma’lumotlariga ko’ra, elektron savdo Angliyada 13.6% ini, Germaniyada 13,1% ni, Rossiyada chakana savdonng 4,2% ni va Xitoyda 9.6% ni tashkil qilgan. Xitoydagi internet savdosining 2016 yildagi aylanmasi esa 400 millard dollar atrofida bo’lganligi qayd etilgan. Hozirgi davrda ijtimoiy tarmoqlarning ham ommaviyligi borgan sari ortib bormoqda. Jamiyatning rivojlanishi elektron biznesning rivojlanishi va boshqarilishi uchun yangidan-yangi imkoniyatlar yaratib bermoqda. Masalan, ma’lumotlarni bulutli usulda saqlash va ularni boshqarish hizmatlari biznes uchun misli ko’rilmagan imkoniyatalar yaratib bermoqda. Endi firma va tashkilotlar ish yuritish uchun ofis maydonlari, data-markazlar talab qilmaydilar, information tizimlar yaratishga esa katta miqdordagi investitsiyalar jalb qilishning hojati qolmaydi.

    • Elektron biznes sohasidagi kompaniyalarning kapitalizatsiyasi foydalanuvchilar soniga va ular sonining ko’payishiga bog’liq bo’lib qoladi [6]. Bu esa kompaniyalarga sotuvdan katta miqdordagi daromad olinishiga sabab bo’ladi. Masalan, YouTube bir kunda 100 million so’rov oladi, Facebookda esa 2 milliarddan ko’p ishtirokchilar mavjud. Huddi shu juda katta foydalanuvchilar guruhini qamrab olish nafaqat kapitalizatsiyani ko’paytiradi, balki reklamada ham katta miqdordagi mablag’ ishlab olishga sabab bo’ladi. Masalan, 2015 yilda Facebook reklamaning o’zidan 26,9 milliard dollardan ortiq mablag’ ishlab oldi. 2016 yil natijalari bo’yicha Facebookning yillik daromadi 27,6 milliard dollarni tashkil qilib, sof foyda 10,2 milliard dollarni tashkil etgan. Shunday qilib, raqamli iqtisodiyot – yangi iqtisodiy muhit bo’lib, u biznes uchun yangi va juda katta imkoniyatlar yaratib beradi.

    • Raqamli iqtisodioyt sharoitlarida raqobat kurashining tuzilishi va harakteri ham butkul o’zgarib ketadi. Aniq va ravshan qilib ta’kidlash mumkinki, raqamli iqtisodiyot va elektron tijoratning yangi texnologiyalari ta’sirida biznes-modellar ham o’zgarib ketadi. Masalan, yo’lovchilar tashish bozoridagi agregator-kompaniyalar (GettTaxi, Yandex.Taxi kabilar) transport kompaniyalaring ish faoliyatiga ko’pgina o’zgarishlar kiritib, ularni iste’molchilarga ancha yaqinlashtirishga erishdilar. Oziq-ovqat yetkazib berish kompaniyalari ham sotuvchilarni iste’molchilarga yaqinlashtirb berdilar va raqobatli bozorda katta muvaffaqiyatlarga erishdilar. Bularning natijasida an’anaviy off-layn kompaniyalar o’z bizneslarini transformatsiya qilishga yohud on-laynga o’tishga majbur bo’ladilar. Bu holat esa tadbirkorlarga internetda o’z bizneslarini tashkil qilishga undaydi. Hozirgi davrda elektron tijorat kanallarining qandayligiga bog’liq ravishda AMAZON yoki OZON singari to’la on-layn kompaniyalar, ijtimoiy tarmoqlar, messenjerlar, eBay, AVITOlar yohud an’anaviy of-line biznesga o’z elektron tijorat kanallarini joylashtirgan savdo tarmoqlari, internet magazinlar va logistik kompaniyalar mavjud.

    • Raqamli iqtisodiyot tezkor biznes-analitika tahlili asosida biznes uchun yangi g’oyalar qidirish hamda mijozlar bilan teskari aloqani amalga oshirish imkoniyatini yaratib berdi. Bu esa potentsial mijozlarning innovatsion kutishlariga nisbatan reaktiv ravishda ta’sir qilish imkonini yaratdi. Bunday ishlar natijasida Google AnaliticsvaЯндекс.Метрика kabi bepul servislar hosil bo’ldi.

    • Raqamli iqtisodiyot innovatsiyalarning hayotiy tsikli ancha kamayishi bilan ham tavsiflanadi[7]. Bu esa ko’plab yangi smartfonlar modellarining, kompyuterlarning, mobil ilovalarning, komp’yuter o’yinlarining yangi versiyalarining tezkorlik bilan paydo bo’lishiga turtki bo’ladi. Bir qancha olimlar va mutahassislarning fikrlaricha, transportda ham yangi innovatsion transport tizimlari paydo bo’lishi kutilmoqda. Masalan, magnit-levitatsion vositalar, vakuumli transport vositalari, Hyperloop tizimlar va boshqalar bularga yaqqol misol bo’lishi mumkin.

    • Kollektiv bilimlardan foydalangan holda innovatsion g’oyalarni generatsiya qilish (mass collaboration, kraudsorsing), mahsulot va hizmatlar ishlab chiqarish, yangi innvovatsion loyihalarni moliyalashtirsh (kraudfunding) [8].

    • Moddiy boyliklarni birgalikda iste’mol qilish imkoniyatlari (Sharing Economy) jamiyatning ko’pchilika’zolarida moddiy boyliklarga egalik qilishga bo’lgan munosabatni o’zgartirib yubordi. Masalan, rivojlangan mamlakatlardagi ko’pchlik yoshlar o’zlari uchunhususiy mulk sotib olish va unga egalik qilishga katta qiziqish bildirmayaptilar[5]. Chunki ular uchun ko’proq hayotiy erkinlik, ma’naviy hatti-harakatlar erkinligi va hissiyotlarga berilish, dunyo mamlakatlariga sayohatlar, ekologik turizm tadbirlari ko’proq ahamiyatga ega bo’lib qoldi.

    • Iste’molchilarda mahsulot yoki hizmat haqida fikr hosil qilishda ijtimoiy tarmoqlarning ahamiyati tobora oshib borishi. Chunki hozirgi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda ishlash va muloqot qilish barcha yoshlar hayotining ajralmas qismi bo’lib qolgani hech kimga sir emas.

    • Intellektual mulkka egalikning yangi litsenziya turlari (halq litsenziyalari - Public Lisence) paydo bo’lishi [7]. Bunda yaratilgan mahsulot yoki hizmatga ko’pchilikning egalik qilish qoidasi amal qiladi. Masalan, halq tomonidan intellectual mulkka egalik qilishga imkon beradigan Creative Common (CC) turidagi litsenziyalar, ochiq dasturiy ta’minot uchun jamoaviy litsenziyani ko’zda tutadigan General Publik License (GPL, GNU);

    • Biznes-modellarning transformatsiyasi. Raqamli iqtisodiyot yangi biznes-modellarda namoyon bo’ladi va bu bozorning boshqa ishtirokchilarda o’ziga hos bo’lgan zanjirli reaktsiya hosil qiladi. Bular ichida eng ommaboplari – kastomlashtirilgan mahsulot va hizmatlarga bo’lgan intilish, personallashtirilgan hizmatlar olish istagi, kompaniyaning rivojlanish strategiyasiga elektron tijorat vositalarini jalb qilsh hamda Freemium-model, Tree-to-play, Print-on-demand, Full-Crowdsoursing, Donation kabi raqamli biznes arxitekturalaridan foydalanishdir [3]. Ishlab chiqaruvchi firmalarning internet orqali bevosita sotuvlarni tashkil qilishi, elektron vitrinalardan foydalanish, tarmoq va tarmoqlararo virtual birjalarni tashkil qilish, omborlarsiz ishlash imkoniyati (drop shopping) va zahiralarni talabga binoan qondirish (on-demand).

    • Oliy ta’lim muassasalari tayyorlab bergan mutaxassislarning bilimini zamonaviy talablar darajasida oshirishga erishish. Chunki hozirgi davrda oliy ta’lim olgan mutaxassislarning bilim darajasi oliy maktabni tugatgandan so’ng, atigi ikki yildagina 50% ga eskirib qolmoqda.

    • Hozirgi vaqtda anchagina ommaviy bo’lib ketayotgan uy-ofislarda ishlash imkoniyati, ya’ni, raqamli iqtisodiyot ko’pchilikni uydan ketmagan xolda, kompaniya, firma yoki tashkilotlarda to’laqonli ishlash imkonini yaratadi (gigeconomy, free lancing kabilar) [6].

    Tadqiqot metodologiyasi

    Ko‘plab rivojlangan mamlakatlar, ro‘y berishi lozim bo‘lgan o‘zgarishlar muqarrarligini to’la tushunib, iqtisodiyotni raqamlashtirish tomon jadal harakatni ongli ravishda boshlamoqdalar. Bu yo‘nalishni birinchilardan bo‘lib ma’lum qilgan AQSH, Yaponiya, Koreya va Xitoy bugungi kunda raqamli poygada norasmiy yetakchilar sanaladi. Ularning keyingi o‘rinlarda Buyuk Britaniya,Evropa Ittifoqi mamlakatlari, Avstraliya, Belorussiyava boshqalar turadi. Bu dalillarni birlashtirgan holda qayd etishga majburmizki, bironta, jumladan, yetakchi mamlakatlarda ham raqamli iqtisodiyot o’zi nima ekanligi va u kelajakda qanday oqibatlarga olib kelishi mumkinligi haqida to‘laqonli falsafiy tushunish yo‘q. Ko‘rinib turibdiki, raqamli iqtisodiyot deganda, ko‘plab mamlakatlar iqtisodiy munosabatlar va boshqaruvning yangi shakllarni emas, balki, iste’molchilar bilan kommunikatsiya qilish va to‘lovlarning yangi elektron raqamli shakllarini tushunadi, holos. Aftidan, ko‘pchilik mamlakatlar raqamli iqtisodiyotni ongli ravishda tashkil etmaydi, balki mavjud iqtisodiy munosabatlarni raqamlashtirish jarayoni bilan shug‘ullanadi, xolos. Bu faoliyat, eskirganlik darajasi yaqqol ko‘zga tashlanib turganiga qaramay, raqamli iqtisodiyot tuzishning maqsadli yo‘naltirilgan jarayoni hisoblanmaydi.Iqtisodiyotni raqamlashtirish jarayonining ba’zi yetakchi mamlakatlari esa qarama-qarshi yondashuvlar tanlab olgan [5]. Masalan, AQSH bozor yo‘nalishini, Xitoy esa rejali iqtisodiyotni tanlab olgan. Qolgan mamlakatlar ma’lum bir oraliq variantlarga rioya qilishadi. Shuni alohida aytib o‘tishni kerakki, xuddi Xitoy kabi, AQSH dasturi nuqtai-nazaridan ham iqtisodiyotni raqamlashtirish jarayonida biz globallashuvning yangi bosqichini ko‘ramiz. Dunyodagi eng kuchli ikkita iqtisodiyot sifatida AQSH va Xitoy uchun globallashuv foydali, chunki iqtisodiy jihatdan kuchliroq bo‘lgan o‘yinchi doimo o‘z ustunligini namoyish etish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Agar bu sohadagi AQSH ning strategiyasini batafsilroq ko‘rib chiqadigan bo‘lsak, raqamli iqtisodiyotni tashkil qilish jarayonini to’rt asosiy blokka ajratish mumkinligi ma’lum bo‘lib qoladi:

    1.Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish shart-sharoitlarini yaratish (ya’ni, tegishlinormativ-huquqiybaza tashkil qilish);

    2.Bu sohaga transformatsiya qilinishga eng tayyor iqtisodiyot sub’ektlarida raqamli iqtisodiyot platformalarining vujudga kelishi va global miqyosda ishga tushushi;

    3.Raqamli iqtisodiyot platformalarning o’zaroraqobat kurashi va ularning asta-sekinlik bilanintegratsiyalashuvi amalga oshishi;

    4.Raqamli iqtisodiyot sohasidagi eng perspektiv yechimlarni butun iqtisodiyotga joriy qilish.

    Biz ham mamlakatimizda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishning AQSH va Xitoy mamlakatlarida sinovdan o’tgan huddi shunday strategiyasini tanlaganimiz maqsadga muvofiq bo’lar edi.

    Taklif va hulosalar

    Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish boshqa mamlakatlar kabi, O‘zbekiston uchun ham uning dunyo miqyosidagi raqobatbardoshligini belgilab beradigan strategik ahamiyatga molik masalalardan biri hisoblanadi. Shuni ham tan olish kerakki, O‘zbekistonga bugungi kunda maqbul keladigan tadbir qisqa davrda – birinchi navbatda, texnologik ortda qolishdan qutulishdir. Hosirda esa mamlakatimizda zarur miqdordagi to’laqonli iqtisodiyot sub’ektlari yo‘qligi tufayli yetuk va to’laqonli raqamli iqtisodiyotni o‘z-o‘zidan shakllantirish uchun shart-sharoitlar yo‘q. Bu esa davlatimizga raqamli iqtisodiyotning rivojlanishini uchun shart-sharoitlar yaratish, uni eng kerakli sohalarga yo’naltirish va bu jarayonni imkoniyat darajasida rag‘batlantirish zarurligi demakdir.Milliy iqtisodiyotimizning yana bir muhim ajralib turadigan jihati shundaki, YIM asosiy qismi davlat korporatsiyalari (yoki davlat ishtiroki ulushi katta bo‘lgan kompaniyalar) tomonidan yaratiladi. Ishlab chiqarishning ko‘plab tarmoqlarida davlat ishtirokidagi o‘yinchilar bozorning 80%gacha bo‘lgan qismini tashkil qilishi mumkin. Bunday sharoitlardaprofilli vazirliklar yoki davlat korporatsiyalari rahbarligi ostida industrial raqamli platformalar yaratish eng oqilona qadam bo’lib hisoblanadi. Bunday platformalar raqamli iqtisodiyotning tez rivojlanishi va unga mos keluvchi texnologiyalarning keng tarqalishi uchun zarur infratuzilma bazisini yaratadi. Raqamli iqtisodiyot platformalari tuzishda asosiy e’tiborni quyidagi yo‘nalishlarga qaratish zarur: telekommunikatsiyalar, energetika, transport, sog’likni saqlash, soliq va soliqqa tortish, dori-darmonlar logistikasi,ma’lumotlarni qayta ishlash, turizm, tashqi iqtisodiy faoliyat, ko’chmas mulk savdosi va ishlab chiqarish. Aynan shu sohalarning rivojlanishi infratuzilma va texnologik bazis yaratishga imkon beradi.So’ngra ularni boshqa sohalarga ko‘chirgan holda O‘zbekiston yetuk raqamli iqtisodiyotni maksimal darajada tez rivojlantirishi mumkin boladi. Bunday yondashuv bugungi kunda respublikamiz uchun eng maqsadga muvofiq bo‘lib ko‘rinadi, lekin u ham kamchiliklardan xoli emas, albatta. Ammo mos keluvchi strategiya unga asoslanishi lozim bo‘lgan raqamli iqtisodiyot konsepsiyasini shakllantiish uchun taxmin qilingan yo‘l risklarini ham, raqamli iqtisodiyot risklarini ham hisobga olish lozim. Ushbu maqolaga o’ziga hos yakun tariqasida shuni alohida aytib o‘tishni istardikki, rivojlangan mamlakatlar raqamli iqtisodiyotining ko‘plab dasturlari (AQSH, Avstriya, Avstraliya, Buyuk Britaniya, Koreyava boshqalar) asosiy e’tiborni “raqamli tibbiyot” va “aqlli shahar” ijtimoiy yo‘nalishlariga qaratgan. Bunday loyihalarni rivojlantirish yo’nalishi jiddiy iqtisodiy samaraga ega emas, ammo bu holat bir qator dalillar bilan asoslanishi mumkin:



    • birinchidan, har qanday keng ko‘lamli rivojlanish dasturi g‘arb turidagi ochiq jamiyatda omma tomondan ma’qullanishi va qo‘llab-quvvatlanishi lozim. Shu sababli, raqamli iqtisodiyotning rivojlanishi bunday ijtimoiy loyihalar belgisi ostida boradi;

    • ikkinchidan, yirik sanoatlarda raqamli texnologiyalar joriy qilish ertami-kechmi, o‘z-o‘zidan iqtisodiy maqsadga muvofiqlik tufayli ro‘y beradi. Ijtimoiy loyihalar esa davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashga ehtiyoj sezadi (ya’ni, maqsadga muvodiq narsalar aqlga muvofiq, aqlga muvofiq narsalar esa maqsadga muvofiqdir);

    • uchinchidan, ko‘pchilik rivojlangan mamlakatlar raqamli iqtisodiyotni ma’lum bir ko‘rinishda amalga oshirishga imkon beradigan sezilarli texnologik asoslarga ega bo‘ladi. Keng ko‘lamli ijtimoiy loyihalarni amalga oshirish natijasida ko‘p sonli mutaxassis bo‘lmagan foydalanuvchilardan teskari aloqaga ega bo‘linadi, bu esa foydalanuvchi nuqtai-nazaridan texnologiyalarni takomillashtirish va ularni aholining keng qatlamlari uchun ochiq qilishga imkon beradi;

    • to‘rtinchidan, raqamli texnologiyalarni sanoatda joriy qilish (masalan, ishlab chiqarishda buyumlar interneti, 3D-printerlarni ishlab chiqarishga keng miqyosda joriy qilish kabilar) ancha tor doiradagi vazifalarni hal qilishi ko‘zda tutilgan. “Raqamli tibbiyot” va “aqlli shahar” ijtimoiy loyihalarini amalga oshirish esa ko‘proq murakkablik va xilma-xillikni talab qiladi hamda bunday loyihalar keng halq ommasi tomonidan taqdirlanadi.

    Barcha zamonaviy texnologiyalar uchun, ayniqsa, boshqaruv tizimi nuqtai-nazaridan shunday ko’rinishdagi «ijtimoiy stress-test» zarurdir. Yuqorida aytib o‘tilgan fikrlar va g’oyalar tufayli, ushbu ijtimoiy yo‘nalishlarning ijtimoiy muhit uchun muhimligi bizningcha, o’quvchiga ancha tushunarli bo’lgandir. Lekin ularning raqamli iqtisodiyot respublika dasturida qanday o‘ringa ega bo‘lishi lozimligi noaniq bo‘lib qolaveradi. Ilk pallada, resurslar cheklanganligi sababli, sa’yi-harakatlarni qaysi yo‘nalishga qaratish zarurligi haqida qaror qabul qilish zarur bo‘lishi ehtimoli katta, ya’ni, oldimizda ikki yo’l turibdi: ularning biri texnologiyalarni ijtimoiy moslashtirish bilan shug‘ullanish, ikkinchisi esa mahalliy texnologik asoslarni ko‘paytirish yo’li.

    Foydalanilgan adabiyotlar ruyhati

    1. Постановление Президента РУз от 3 июля 2017 года ПП-3832 «О мерах по развитию цифровой экономики в РУз».

    2. Постановление Кабинета Министров «О дополнительных мерах по дальнейшему развитию и внедрению цифровой экономики в Республике Узбекистан от 31 августа 2018 года.

    3. Гулямов С.С. va boshqalar.Raqamliiqtisodiyotdablokcheyntexnologiyalari. Т.: “IqtisodMolia” nashriyoti, 2019. 396 bet.

    4. АюповР.Х. ,БалтабаеваГ.Р.Ракамливалюталарбозори: инновацияларваривожланишистикболлари. –Т: “Фанватехнология” nashriyoti, 2018, 172 бет.

    5. Лапидус Л.В. Цифровая экономика: управление электронным бизнесом и электронной коммерцией. –М.: ИНФРА-М, 2017. -281 с.

    6. Ходиев Б. Ю. Цифровая экономика в Узбекистане. //Мировая экономика, 2017, №12

    7. Аюпов Р.Х. ва бошкалар. Узбекистонда электрон бизнеснинг ривожланиш истикболлари. –Т: «Формат полиграф» нашриёти, 2016, 205 бет.

    8. https://ru.wikipedia.org/wiki/- Vikipediadagi sahifa




    Download 59.66 Kb.




    Download 59.66 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Raqamli iqtisodiyot va uning asosiy rivojlanish yo’nalishlari

    Download 59.66 Kb.