Raqamli qurilmalarni mantiqiy asoslari




Download 11.04 Kb.
bet1/4
Sana09.04.2024
Hajmi11.04 Kb.
#192108
  1   2   3   4
Bog'liq
Raqamli qurilmalarni mantiqiy asoslari-fayllar.org
Moliyaviy natijalar va rеntabеllik ko`rsatkichlarini tahlil qili-fayllar.org, 1671471627

Raqamli qurilmalarni mantiqiy asoslari

1 Mavzu:Raqamli qurilmalarni mantiqiy asoslari.


Reja:
1. Raqamli qurilma nima?
2. Mantiqiy elementlar.
3. Mukammal normal shakllar.
4. Rele kontakt sxemalari.
5. Ikkilik mantiqiy elementlar.
Integral mikrosxemdalardan tashkil topgan raqamli texnika va raqamli usullar, shu jumladan, mikroprotsessor sistemalari, televizion, radiouzatish va aloqa apparaturalarida axborot tashkil etishda keng tatbiq etilgan.

Raqamli texnika hozirgi kunda hisoblash texnikasining asosini tashkil qilib quyidagi yo‘nalishlarda keng qo‘llanilmoqda:


- Texnologik jarayonlarni avtomatik boshqarish, texnik xususiyatlarini avtomatik nazorat qilish va tashxis qilish;
- Elektron hisoblash mashinalarida administrativ boshqarish, ilmiy ishlar va avtomatlashtirilgan loyihalashtirishlar uchun foydalanilmoqda.
- Raqamli texnikaning rivojlanishiga 1949-yilda tranzistorning yaratilishi turtki bo‘ldi. Bizga ma’lum bo‘lgan mantiqiy funksiya va amallarni hosil qilishda tranzistorlardan foydalanish imkoniyati mavjudligi raqamli texnikaning shu darajada jadal rivojlanishiga olib keldi. Hozirgi kunga kelib barcha EHM protsessorlarining asosini tashkil qiluvchi integral mikrosxemalarda, tranzistorlarda qurilgan mantiqiy funksiyalar asosiy hisoblash ishlarini amalga oshiradi.
Raqamli qurilmalar deb, mantiqiy algebra funksiyalarini amalga oshirish uchun ishlatiladigan qurilmalarga aytiladi.
- Mantiqiy algebra funksiyalarini tashkil etishda qo‘llaniladigan qurilma mantiqiy qurilma yoki mantiqiy qurilma deb ataladi.
- Raqamli qurilmalar kodli so‘zlarni kiritish va chiqarish usuliga qarab ketma-ket, parallel va aralash turlarga bo‘linadi.
Ketma-ket raqamli qurilma kirishiga kodli so‘z belgilari bir vaqtda berilmaydi. Misol uchun 39-rasmdagi qurilmani keltirish mumkin:

39-rasm. To‘rt razryadli raqamli signalning ko‘rinish tasviri.
a – parallel signal;b – ketma-ket signal.
Parallel raqamli qurilma kirishiga kirishiga har bir kirish belgi bir vaqtda beriladi. 40-rasmda bunday qurilmaga misol keltirilgan:


40-rasm.
Bunda kirishda 2 ta (I, II) uch razryadli signal belgilari bir vaqtda beriladi va chiqishda ham uch razryadli signal belgilari bir vaqtda chiqadi.



Download 11.04 Kb.
  1   2   3   4




Download 11.04 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Raqamli qurilmalarni mantiqiy asoslari

Download 11.04 Kb.