Reja: Avtomobil yoʻli




Download 23.83 Kb.
bet1/3
Sana23.06.2022
Hajmi23.83 Kb.
#24291
  1   2   3
Bog'liq
AVTOMOBIL YO’LLARI ELEMENTLARI VA ULARGA QO’YILGAN TALABLAR
4 sinf imkon 30 talik

AVTOMOBIL YO’LLARI ELEMENTLARI VA ULARGA QO’YILGAN TALABLAR
Reja:

  1. Avtomobil yoʻli 

  2. Oʻzbekiston trakti

  3. Magistral yo'l 


Avtomobil yoʻli – avtomobil transporti qatnoviga moʻljallangan muhandislik inshooti. Avtomobil yoʻli ahamiyatiga qarab xalqaro, davlat (respublika) va mahalliy ahamiyatga ega boʻlgan yoʻllarga boʻlinadi. Xalqaro Avtomobil yoʻli ga mamlakatlarni, yirik sanoat markazlarini bogʻlovchi va katta iqtisodiy ahamiyatga ega boʻlgan yoʻllar kiradi. Davlat ahamiyatidagi yoʻllarga yirik sanoat markazlari, muhim temir yoʻl stansiyalari, pristanlar va boshqa bilan bogʻlovchi yoʻllar, mahalliy yoʻllarga esa viloyat, qishloq, jamoa xoʻjaliklari yoʻllari kiradi. Avtomobil yoʻli muhandislik inshooti sifatida quyidagi elementlardan tashkil topadi: yer poyi koʻtarmasi; yoʻl toʻshamasi; qatnov qismi; yoʻl cheti; sun’iy va chiziqli inshootlar va boshqa jihozlar. Avtomobil yoʻli tabiiy yoki tuproq koʻtarmasi, asos va qoplamalardan iborat. Asos (oʻrta qatlam) qum, shagʻal, tosh, shlak va shahrik. materiallardan qilinadi. Avtomobil yoʻlining ahamiyatiga qarab, quyidagi qoplama xillari ish-latiladi: a) yer sirtiga qumoq tuproq, shagʻal sochilgan past navli qoplamalar; b) qoramoy shimdirilgan shagʻal yoki may-dalangan tosh yotqizilgan qoplamalar; v) maydalangan tosh va shagʻalga qoramoy aralashtirilgan yengil qoplamalar; g) asfalt-beton, sement-beton singari kapital qoplamalar. Yoʻllarning ken-gligi avtomobillarning ikki va undan ortiq qator boʻlib yurishiga imkon beradi. Bir qatorniig kengligi 3 m gacha oli-nadi. Chekka yoʻllarning eni 2 – 2,5 m boʻladi. Harakat qulayligini ta’minlash maqsadida ba’zan yoʻlning oʻrtasi ma’lum kenglikda koʻkalamzorlashtiriladi. Avtomobil yoʻli qurilishida sun’iy inshootlar (tonnellar, koʻpriklar, tayanch devorlar, himoya yoʻlaklari) barpo etiladi. Avtomobil yoʻlida suv oʻtkazuvchi va drenaj qurilmalari boʻladi. Harakat xavfsizligini ta’min-lash uchun yoʻl belgilari, koʻrsatkichlar, himoya vositalari va transport oqimini boshqarish qurilmalari oʻrnatiladi. Shuningdek, Avtomobil yoʻlida texnika xizmati koʻrsatuvchi stansiyalar, yonilgʻi stansiyalari va boshqa joylashadi.Jahon standartlari boʻyicha Avtomobil yoʻlilari mamlakat umumiy transport tarmogʻidagi ahamiyati va hisobiy harakat jadalli-giga koʻra besh toifaga boʻlinadi. Eng yuqori (I) toifadagi avtomobil yoʻlida har ikkala yoʻnalishda oʻrtacha sutkalik harakat jadalligi 7000 dan koʻproq avtomobilga, hisobiy tezlik 150 km/so-atga, eng past toifadagi yoʻlda harakat jadalligi sutkasiga 100 ga yaqin avtomobilga va hisobiy tezlik 60 km/so-atga moʻljallanadi. Xalq xoʻjaligida avtomagistrallarning ahamiyati katta. Jahondagi Avtomobil yoʻlilarining umumiy uz. 20,8 mln. km (qattiq qoplamalilari 14 mln. km dan ortiq, 1990). Qattiq qoplamali Avtomobil yoʻli uzunligi (ming km) AQShda 6243 (1986), Buyuk Britaniyada 356, Fransiyada 741, Germaniyada 496, Yaponiyada 782, Hindistonda 759 (1990). 20-asr boshida Oʻzbekistonda 27 ming km yoʻl boʻlib, asosan ot-arava, karvon va yoʻlovchilarga moʻljallangan, shundan faqat 2 ming km ga shagʻal yotqizilgan edi. 1920-yilga qadar yoʻl ishlari bilan munta-zam shugʻullanadigan davlat tashkiloti boʻlmagan. 1922-yil noyabrda Turkiston mahalliy transport boshqarmasi, 1925-yil iyunda viloyat yoʻl boshqarmalari tashkil etildi. Boshqarmalar viloyat yoʻl qurilishi va ulardan foydalanishga oid masalalar bilan shugʻullangan. 1932-yildan yoʻl qurilishida bitum va shagʻal aralashmasi keng qoʻllanildi. 1928 – 32 yillarda respublikada birinchi boʻlib uz. 62 km boʻlgan qora qoplamali Buxoro – Gʻijduvon – Qiziltepa yoʻli, soʻngra Samarqand – Panjakent, Toshkent – Pskent – Murotali, Qoʻqon – Shoʻrsuv – Andijon – Kuyganyor va boshqa yoʻllar qurildi.1929-yilda Respublika XKS huzurida yoʻllar va avtomobil trans-porti bosh boshqarmasi, 1930-yilda "Oʻzyoʻlqurilishtrest" aksiyadorlik jamiyati tashkil etildi. 1941-yil gacha uz. 708 km boʻlgan Katta Oʻzbekiston trakti, hashar yoʻli bilan Toʻytepa – Angren, Samarqand – Jizzax – Navoiy, Fargʻona – Gorchakova kabi qoplamasi yaxshilangan yoʻllar qurildi. 1953-yil Oʻzbekiston Avtomobil transporti vazirligi hamda OʻzSSR MS huzuridagi yoʻllar bosh boshqarmasi negizida Oʻzbekiston Avtomobil transporti va tosh yoʻllar vazirligi tashkil etildi. 1950 – 55 yillarda Zarafshon Avtomobil yoʻli, 1957-yil Toshkent – Qoʻqon (Qamchiq dovoni orqali) Avtomobil yoʻli foydalanishga topshirildi (uz. 240 km). 1957-yil respublika avtomobil yoʻllari tarmoqlari roʻyxati oʻtkazildi.60-80-yillarda Toshkent – Chinoz, Toshkent avtomobil halqa yoʻli, Samarqand halqa yoʻlining 1-navbati, Nurota – Boymurot – Oqtov, Qoʻqon ay-lanma yoʻllari va boshqa foydalanishga top-shirildi. Yoʻl qurilishida yangi mashina va mexanizmlarni qoʻllash kengaydi, yoʻl qurish industriyasining asfalt-beton, 134koʻpriklar qurish uchun yigʻma temir-beton konstruksiyalar ishlab chiqaruvchi korxonalari ishga tushirildi. 80-yillarning 2-yarmidan xalq xoʻjaligida yuklarning 90% dan koʻprogʻi avtomobil transportida tashildi.Sobiq Ittifoq davrida Oʻzbekistonda qurilgan Avtomobil yoʻlilari xalqaro andozalar ta-lablariga toʻliq javob bermagan.Respublika mustaqillikka erishganidan keyin Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Islom Karimovning ichki va tashqi transport kommunikatsiyasi, jum-ladan avtomobil yoʻllarini zamonaviy asosda rivojlantirish konsepsiyasiga binoan Koʻshni davlatlar va Jahon okea-niga chiqishni ta’minlaydigai eng qisqa va ishonchli transport yoʻllarini bar-po etish, mavjud avtomobil yoʻllarini xalqaro andozalarga moslash. yoʻllarni saqlash va ta’mirlash, yangi barpo eti-layotgan sanoat markazlarini xalqaro magistrallar bilan bogʻlaydigan yoʻllar qurilishi masalalariga e’tibor kuchaydi. 1992-yil 3-iyulda "Avtomobil yoʻllari toʻgʻrisida" Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilindi. 1993-yil fevralda Oʻzbekiston avtomobil yoʻllarini qurish va undan foydalanish davlat-aksiyadorlik konserni ("Oʻzavtoyoʻl") ish boshladi (1969 – 1993-yillarda vazirlik). Konsern tarkibida Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar avtomobil yoʻllari boshqarmalari, 154 tuman avtomobil yoʻllari boshqarmalari, 512 yoʻllarni asrash va ulardan foydalanish boʻlimlari, "Oʻzyoʻlloyiha" yoʻl va inshootlar qurish, qayta qurish va ta’mirlash loyiha-qidiruv instituti, koʻprik temir-be-ton qurilmalari zavodi va boshqa korxonalar bor.Oʻzbekiston Xitoy va Pokistonga chiqish imkoniyatini beruvchi Andijon – Oʻsh – Ergashtom – Kashqar avtomobil yoʻlini ishga tushirishda qatnashmoqda (2000). Respublikaning oʻzida Fargʻona vodiysi bilan Toshkent vohasini Qamchiq dovoni (tonnel) orqali bogʻlaydigan yirik Avtomobil yoʻli hamda Qoʻngʻirot – Beynov avtomagistrali qurilishi jadal olib borilmoqda, umumiy uzunligi 1250 km dan ortiq boʻlgan Andijon–Toshkent–Nukus–Qoʻngʻirot avtomagistrali qurilishi loyihalashtirilmoqda (2000). Respublika rivojlangan yoʻl xoʻjaligi va zamonaviy talablarga javob beradigan xalqaro, respublika, mahalliy ahamiyatga ega boʻlgan avtomobil yoʻllariga ega. Mamlakatdagi avto-mobil yoʻllarining jami uz. 146,4 ming kmdan ortiq. Umumiy foydalaniladigan avtomobil yoʻllarining uz. 43,4 ming km, jumladan 3237 km xalqaro, 18767 km davlat (respublika), 21459 km mahalliy (viloyat) ahamiyatiga ega boʻlgan yoʻldir. Shuningdek respublika idoralar (korxo-na, jamoa xoʻjaliklari, xoʻjalik tashkilotlari)ga qarashli yoʻllar ham mavjud.Oʻzbekistonda umumiy foydalanuvdagi jami yoʻllarning 95,6% iga qattiq qoplamalar yotqizilgan, jumladan se-ment-beton qoplamali yoʻllar 0,8% (336 km), asfalt-beton qoplamali yoʻllar 49,6% (21819 km), qora shagʻalli va qora qoplamali yoʻllar 40,6% (17796 km)ni tashkil etadi (1999). Respublikada 1864 km Avtomobil yoʻli 1-toifali yoʻlga kiradi.Murodullo Abdullayev, Vohid A’za-mov.

Download 23.83 Kb.
  1   2   3




Download 23.83 Kb.