• Islom Karimov
  • Reja: Bank elektiron tizimlarini ximoya qilish muhiligi




    Download 44.79 Kb.
    bet2/2
    Sana21.03.2017
    Hajmi44.79 Kb.
    1   2
    Koreya Respublikasi, Hindiston, Qozog‘iston va AQSH kabi mamlakatlardan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) sohasida faoliyat yurituvchi besh yuzga yaqin yetakchi ekspertlar, davlat, jamoat va xalqaro tashkilotlar, mamlakatimiz va xorijdagi IT-kompaniyalar rahbar va vakillari hamda soha mutaxassislari ishtirok etdi.
    Hindiston (hindcha Bharat), Hindiston Respublikasi - Jan. Osiyolagi davlat. Hududi shim.dan jan.ga 3214 km, garbdan sharqqa 2933 km ga choʻzilgan. Shim.da Himolay togʻlari, garbda Arabiston dengizi, sharqda Bengaliya qoʻltig'i bilan oʻralgan. H.
    Koreya Respublikasi Koreya Respublikasi, norasmiy nomlari: Janubiy Koreya, Koreya (hangul: 대한민국, hanja: 大韓民國, tɛː.han.min.ɡuk̚), tinglang (yordam·maʼlumot)) Sharqiy Osiyoda, Koreys yarimorolida joylashgan mamlakatdir. Shimoldan Koreya Xalq Demokratik Respublikasi bilan chegaradosh.

    Sammit ochilishida O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bosh direktorining birinchi o‘rinbosari H.Muhiddinov mamlakatimizda Prezident Islom Karimov rahnamoligida barcha sohalarda, jumladan, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida ham amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar yuksak samaralar berayotganini alohida ta’kidladi.

    Islom Karimov Islom Abdugʻaniyevich Karimov (1938-yil 30-yanvar, Samarqand shahri - 2016-yil 2-sentabr, Toshkent shahri) - davlat va siyosat arbobi, Oʻzbekiston Respublikasining birinchi prezidenti. Oʻzbekiston Qahramoni (1994).
    Bu borada davlatimiz rahbarining 2002 yil 30 mayda qabul qilingan “Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish to‘g‘risida”gi farmoni muhim dasturilamal bo‘layotir. Hujjatga muvofiq 2002-2010 yillarda kompyuterlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish dasturi ishlab chiqilib, bosqichma-bosqich hayotga tatbiq etilmoqda.

    Bugungi kunda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari barcha sohalar rivojida muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shu bois mamlakatimizda mazkur sohaga oid milliy qonunchilikni takomillashtirishga alohida e’tibor qaratilayotir. Bunday huquqiy-me’yoriy hujjatlar bilan mualliflik va boshqa turdosh huquqlar, elektron imzo, tijorat, to‘lovlar, hujjat aylanishi sohasidagi munosabatlar tartibga solinmoqda.

    O‘zbekistonda IT-texnologiyalar jadal rivojlanayotgani tufayli korxonalarning ishlab chiqarish quvvati ham tobora oshmoqda. AKT mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, xalq farovonligini oshirishning muhim omillaridan biriga aylandi. Barcha viloyat markazlarida raqamli aloqa stansiyalari o‘rnatildi, yangi optik-tolali va raqamli magistral liniyalar ochildi, besh yuzga yaqin televizion va yuzdan ziyod radio uzatish moslamalari o‘rnatildi hamda modernizatsiya qilindi, butun mamlakatimiz bo‘ylab CDMA standartidagi radioto‘lqin uzatish tizimi joriy etildi.

    AKTni jadal rivojlantirish uchun davlat va xususiy sektor sa’y-harakatlarini birlashtirish maqsadida 2006 yilda O‘zbekiston axborot texnologiyalari korxona va tashkilotlari uyushmasi tashkil etildi. Hozirgi kunda u O‘zbekiston IT-bozorining ellikdan ortiq yetakchi kompaniyasini o‘ziga birlashtirgan.

    Mamlakatimizda mobil aloqa abonentlari soni ko‘payayotgani uyali aloqa xizmati jadal rivojlanayotganidan dalolat. Bundan tashqari, internet xizmati taqdim etadigan operator va provayderlar soni ham oshib borayotir. Shuningdek, raqamli imzo qo‘llash imkonini beradigan me’yoriy-huquqiy asos va ochiq elektron kalitlar infratuzilmasi yaratildi.

    O‘quv-ta’lim va ilmiy muassasalar uchun axborot resurslarini birlashtiradigan, zamonaviy veb-texnologiyalar yordamida ushbu ma’lumotlar bazasidan keng ko‘lamda hamda xavfsiz foydalanishni ta’minlaydigan “ZiyoNET” jamoat ta’limi axborot tarmog‘i muvaffaqiyatli faoliyat yuritayotgani mamlakatimizda AKT sohasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar berayotgan samaralarning yana bir namunasidir.

    Mamlakatimizda AKTni rivojlantirish yo‘lida xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik kengaymoqda. O‘zbekiston vaBMT Taraqqiyot dasturining “AKT siyosati” qo‘shma loyihasi muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda.

    Yurtimizda an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan ushbu forumni tashkil etishdan asosiy maqsad jahon AKTbozori ahvolini tahlil qilish, sohadagi yangi yutuqlar bilan yaqindan tanishish, mavjud muammolarga yechim topishda hamkorlik, o‘zaro tajriba almashish hamda bu borada xalqaro aloqalarni yanada kengaytirish va mustahkamlashdan iborat.



    Sammitda milliy AKT salohiyatini oshirish, zamonaviy dasturiy ta’minotni tatbiq etishni kengaytirish, simsiz foydalanish va ma’lumotlarni yuqori tezlik bilan uzatish tizimlarini qo‘llash, sohaga innovatsion g‘oyalarni joriy etish va sarmoya jalb qilish, xalqaro va mintaqaviy hamkorlikni kengaytirish, shuningdek, globallashuv sharoitida axborot xavfsizligini mustahkamlash uchun qulay muhit yaratish masalalari yuzasidan atroflicha fikr almashildi.

    Download 44.79 Kb.
    1   2




    Download 44.79 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Reja: Bank elektiron tizimlarini ximoya qilish muhiligi

    Download 44.79 Kb.