Reja: Ilmiy axborot bilan ishlash




Download 274.2 Kb.
Pdf ko'rish
Sana20.12.2022
Hajmi274.2 Kb.
#36174
Bog'liq
11-маъруза
Hybrid-renewable energy systems in microgrids integration, developments and control ( PDFDrive ), 1427572, gipermatnlar yaratish va ishlash, 2 5454015403950874988-3[1], Биринчи бет, Astanov Axliddin, Asosiy makroiqtisodiy ko, Additiv va multiplikativ ekonometrik modellarni tuzish, ,,,, Mavzu Erkin savdo va proteksionizm siyosati Reja, Tursunov Murodjon ingliz tilidan mustaqil ishi, Haqidagi fan, 0.В.И. Вешкурцев, Д.Г. Мирошин Практикум по дисциплине Оборудование отрасли, yakka tartibli ishchi reja


11- mavzu. Dissertatsiyani tayyorlash texnologiyalari. 
Reja: 
1. Ilmiy axborot bilan ishlash 
2.Magistrlik dissertatsiyasi ishining tuzilishi. 
3. Tadqiqotning dolzarbligi, yangiligi, amaliy ahamiyatini belgilash va
asoslash. 
4. Ilmiy tadqiqot (magistrlik) ishini rejalashtirish va uning turlari 
5.Dissertatsiya ishini rasmiylashtirish. 
6. Dissertatsiyani himoyaga tayyorlash va uni o‘tkazish tartib-qoidalari. 
7.Avtoreferat. 
8. Rezyume. 
Dissertatsiya (lotinchadan tarjimasi – tadqiqot, mulohaza) - muayyan ilmiy 
(akademik) malakani (darajani) olish maqsadida maxsus tayyorlangan, ommaviy 
muhokamaga va himoyaga qo‘yiladigan asar.
Magistrlik dissertatsiyasi – magistrni tayyorlash bo‘yicha asosiy kasbiy ta’lim 
dasturiga o‘qitishning yakunlovchi bosqichida magistr- magistrant tomonidan 
ilmiy rahbar rahbarligida mustaqil bajariladigan ilmiy yo‘nalishdagi yakuniy 
malaka ishi.
Ilmiy yo‘nalish deb, fanning muayyan tarmog‘ida jamoaviy tarzda bajariladigan 
yirik fundamental, nazariy va amaliy masalalarni hal etishga bag‘ishlangan ilmiy 
tadqiqot sohasiga aytiladi. Ilmiy yo‘nalish kompleks muammolar, mavzular va 
masalalar kabi tizilmaviy birliklarga ega.
Ilmiy yo‘nalish deganda tadqiqot o‘tkazish sohasidagi fan, fanlar yoki ilmiy 
muammolar majmui tushuniladi.
Ilmiy muammo bu ilmiy-tadqiqotchilik ishi mavzuini belgilaydigan murakkab 
nazariy va (yoki) amaliy vazifalar majmuidir. Muammo tarmoq, tarmoqlararo, 
global bo‘lishi mumkin.
Ilmiy bilish muammoni xal qilish bilan bog‘liqdir. Muammolarning bo‘lmasligi 
tadqiqotlarning to‘xtab qolishi va fanning bir joyda qotib qolishiga olib kelgan 
bo‘lar edi.


Muammo deb, tadqiqot etishni talab etadigan murakkab ilmiy masalaga aytiladi. 
Muammo eski bilimlar bilan emperik va nazariy
tadqiqotlar asosida topilgan yangi bilimlar orasida ziddiyat paydo bo‘lganda 
vujudga keladi, ya’ni u muammoviy vaziyatning natijasidir.
Kompleks muammolar deb, bir ilmiy yo‘nalishdagi bir qancha yirik masalalarni 
o‘z ichiga oluvchi muammolar majmuasiga aytiladi.
Ilmiy mavzu deb, tadqiqot etishni talab qiluvchi muammolarning muayyan 
sohasini qamrab oluvchi ilmiy masalaga aytiladi. U muammoning aniq bir sohasiga 
qarashli ancha mayda ilmiy masallarga asoslanadi, unda qo‘yilgan masalani xal 
etishda muayyan tadqiqot vazifasi yechiladi. Masalan, yangi materialni yoki yangi 
konstruktsiyani yaratish, aniq mahsulot ishlab chiqarish uchun ilg‘or texnologiyani 
ishlab chiqish va hakozo.
Ilmiy muammo va mavzuni tanlash murakkab masaladir. U bir nechta bosqichda 
o‘z yechimini topadi.
Muammoviy vaziyatdan kelib chiqqan holda muammo ta’riflanadi va kutilayotgan 
natija belgilanadi.
Muammmoning dolzarbligi, uning fan
va
texnikani 
rivojlantirishdagi 
ahamiyati aniqlanadi.
Muammoning strukturasi tuzilib, undagi mavzular, kichik mavzular, masalalar va 
ular orasidagi bog‘lanish aniqlanadi. Natijada, muammo daraxti yasaladi. SHundan 
so‘ng, tadqiqotchi ilmiy mavzuni tanlashga kirishadi.
Ilmiy mavzuga quyidagi talablar qo‘yiladi:
Mavzu dolzarb bo‘lishi va hozirgi paytda tadqiqot etishni talab qilishi lozim. 
Ma’lumki, tadqiqotlar fundamental va amaliy xarakterda bo‘lishi mumkin.
Fundamental tadqiqotlarning dolzarbligini aniqlash mezoni mavjud emas, chunki 
ularning natijasi kelgusida bo‘lishi mumkin. SHuning uchun fundamental 
mavzularning dolzarbligi haqidagi fikrlarni yirik olimlar yoki ilmiy jamoa belgilab 
beradi.
Amaliy tadqiqotlarning dolzarbligi ishlab chiqarishning muayyan tarmog‘ini 
rivojlanish darajasi va iqtisodiy samaradorlik talablariga ko‘ra belgilanadi.
Mavzu yangi ilmiy masalani yechishga qaratilgan bo‘lib, unda albatta ilmiy 
yangilik bo‘lishi kerak.


Iqtisodiy samaradorlilik va ahamiyatlilik darajasi. Bunda amaliy tadqiqotlar uchun 
taxminiy iqtisodiy samaradorlikning miqdori aniqlanadi, fundamental tadqiqotlar 
uchun esa ushbu mezon ahamiyatlilik mezoni bilan almashtiriladi.
Mavzu jamoa bajarayotgan ilmiy yo‘nalishga mos tushushi kerak, shundagina 
ilmiy jamoa malakasi va vakolatidan to‘liq ravishda foydalanish imkoniyati 
tug‘iladi, uni sifatli va yuqori nazariy darajada bajarilishi uchun zamin yaratiladi, 
bajarilish muddati kamayadi.
Mavzuni tanlash jarayonida mamlakatimiz va xorijiy davlatlardagi adabiyot 
manbalarini o‘rganish, yaъni axborot izlash vazifasi ham bajariladi.
Keyingi yillarda mavzuni tanlashda eksperiment baholash usuli keng 
qo‘llanilmoqda. Bu usul bo‘yicha rejalashtirilayotgan mavzu mutaxassis - 
ekspertlar tomonidan baholanadi. Har bir ekspert mavzuni tegishli talablar asosida 
baholaydi, bunda eng ko‘p ball to‘plagan mavzu maqbul deb topiladi.
Ilmiy mavzu bu yechimini talab qiladigan murakkab vazifadir. Ilmiy-tadqiqotchilik 
ishi mavzui mauyyan ilmiy yo‘nalishga yoki ilmiy muammoga tegishli bo‘lishi 
mumkin.
Mavzular turlari:
Nazariy mavzular - asosan adabiyotlar manbalaridan foydalanib
ishlab chiqiladi
Amaliy mavzular - xo‘jalik amaliyotini o‘rganish, umumlashtirish va tahlil etish 
asosida ishlab chiqiladi
Aralash mavzular - tadqiqotning nazariy va amaliy jihatlarini o‘z ichiga oladi
Mavzuning tanlanishini belgilovchi omillar:
Magistrlik dissertatsiyalari mavzuini kafedralar belgilaydi.
Mavzu bu tadqiqotning funktsional yo‘nalishi aksidir .
Mavzu magistrantning qobiliyati, bilimlari, qiziqishlarining
ochilishiga imkon berishi kerak
6.3.Ilmiy tadqiqot yo‘nalishlarini tanlash.
Tadqiqot xarakteri:
1) Nazariy tadqiqot bu sof ilmiy, lekin ko‘p yillar uchun ilmiy


izlanishlarning istiqbolli va samarali nazariy-strategik yo‘nalishidir;
2) Amaliy tadqiqot kasbiy faoliyatning muayyan sohasida keyinchalik 
muvaffaqiyatli ishlash uchun uning qandaydir yirik muammosini chuqurroq 
o‘rganishga imkon beradi.
Dissertatsiya ishi maqsadlariga qarab tadqiqotlar tiplari
1. Umumlashtiruvchi – iqtisodiyot va ishlab chiqarishni tashkil etish sohasida 
to‘plangan tajribani o‘rganish va ilg‘or amaliyotni umumlashtirish, o‘rganilayotgan 
hodisalarning rivojlanish an’analarini aniqlash va turli iqtisodiy jarayonlarning 
ilmiy bashoratlarini ilgari surish.
O‘ziga xos xususiyatlari: tadqiqotning ko‘p tarqalgan va murakkab bo‘lmagan turi, 
tadqiqotning turli ob’ektlaridan foydalanib, bir mavzu doirasida ko‘plab variantlar 
tuzish mumkin.
2. Ommalashtiruvchi xarakteridagi – ayrim tashkilotlar (kichik tarmoqlar, 
tarmoqlar, milliy iqtisodiyotlar va hokazo) tajribasini boshqa tashkilotlarda (kichik 
tarmoqlar, tarmoqlar, milliy iqtisodiyotlar va hokazo) foydalanish imkoniyatlarini 
va maqsadga muvofiqligini ko‘rsatish. O‘ziga xos xususiyatlari: sifatli bajarish 
sharti – amaliyotni yaxshi bilish.
3. Novatorlik – amaliyotga tegishli tavsiyalarni berish maqsadida yangi yoki 
nisbatan yangi iqtisodiy muammolarning ilmiy ishlab chiqilishi.
O‘ziga xos xususiyatlari: qo‘yilgan savollarga javoblar adabiyotlarda yo‘q, 
amaliyot esa zarur tajribani endi orttirayapti, bu tadqiqotchidan yuksak nazariy 
tayyorgarlik, amaliyotni yaxshi bilish, yangi g‘oyalarni ilgari surishda jasorat talab 
qiladi.
4. Chuqurlashtiruvchi xarakteridagi - aniq ijtimoiy-iqtisodiy va xo‘jalik 
kategoriyalari va jarayonlari haqidagi tasavvurlarni chuqurlashtirish.
O‘ziga xos xususiyatlari: iqtisodiy kategoriyalar va jarayonlarning adabiyotlarda 
yetarlicha to‘la yoritilmagan va amaliyotda lozim darajada rivojlantirilmagan 
ayrim jihatlarini ishlab chiqish. Ko‘rib chiqilayotgan muammo xarakteri ishning 
murakkablik darajani belgilaydi.
Nazariy-metodologik tusdagi – umumiy nazariy kontseptsiyalar, metodologik 
muammolarning ishlab chiqilishi.
O‘ziga xos xususiyatlari: magistrlik tadqiqoti darajasida kam ommalashgan, chunki 
tadqiqotchi rivojlangan nazariy tafakkurga ega bo‘lishi kerak.


6. Empirik tusdagi - muayyan korxonalar, firmalar, tashkilotlarning muayyan 
tajribasining tadqiqi, tahlili.
O‘ziga xos xususiyatlari: tashkilotning ilg‘or tajribasi, amaliyoti markaziy o‘rinni 
egallaydi, unga bu tajribadan milliy iqtisodiyotda foydalanish bo‘yicha nazariy 
dalillar va mulohazalar qo‘shimcha qilinadi.
Ilmiy tadqiqot ishlarining turlari.
Ilmiy tadqiqot ishlari (ITI) o‘z maqsadiga, tabiat yoki sanoat bilan bog‘liqlik 
darajasi va ilmiy chuqurligiga ko‘ra uchta asosiy turga ajratiladi: fundamental 
(nazariy), amaliy va ishlanma.
Fundamental (nazariy) tadqiqotlar atrof borliqdagi yangi qonunlarni ochishga, 
hodisalararo aloqalarni aniqlashga, yangi nazariya va tamoyillar yaratishga 
yo‘naltiriladi. Ular ijtimoiy bilimni kengaytirishga, tabiat qonunlarini yanada 
chuqurroq anglashga imkon beradi. Bu tadqiqotlar fanning ichida ham, ijtimoiy 
ishlab chiqarishda poydevor va asos (fundament) hisoblanadi.
Amaliy tadqiqotlarning ilmiy negizi (bazasi) ishlab chiqishga yo‘naltiriladi. 
Mazkur negiz ishlab chiqarishning yangi vositalari (uskunalar, mashinalar, 
materiallar va texnologiyasi)ni yaratish yoki mavjudlarini takomillashtirish bilan 
bevosita bog‘liq. Bu tadqiqotlar jamiyatning ishlab chiqarish muayyan tarmoqlarini 
rivojlantirishga bo‘lgan talablarini qondirish maqsadida bajariladi.
Ishlanmalar yoki tajriba konstruktorlik ishlari (TKI)dan maqsad amaliy (yoki 
fundamental) 
tadqiqotlarning 
natijalaridan 
texnika 
va 
ishlab 
chiqarish 
texnologiyasining yangi xillarini barpo qilish hamda o‘zlashtirish yoki mavjud 
namunalarni takomillashtirish maqsadida foydalanishdan iboratdir. TKI jarayonida 
ilmiy-tadqiqotlar texnikaviy takliflarga aylanadi.
Fundamental va amaliy ITIlarni bajarish jarayoni bir qator asosiy bosqichlarni o‘z 
ichiga oladi. Ular muayyan mantiqiy ketma-ketlikda joylashadi. Mavzuning 
dolzarblashtirilishi uning muhim ilmiy va amaliy vazifalar bilan bog‘lanishini 
nazarda tutadi.
Ilmiy jihatdan dolzarblik – bu mavzuning fanni rivojlantirish yo‘nalishlari va 
fundamental hamda amaliy tadqiqotlar vazifalariga muvofiq ishlab chiqilishi 
zarurligi. Fundamental fanlar vazifalari bu mavzuning yangi faktlarni izohlash 
uchun ishlab chiqilishini talab qiladi.
• Dissertatsiya muammosining aniqlashtirilishi, rivojlanishi va hal etilishi hozirgi 
sharoitda mumkin va juda zarur.


• Dissertatsiyaning nazariy qoidalari jarayon yoki hodisani tushunishdagi mavjud 
ziddiyatlarni olib tashlashga imkon beradi.
• Dissertatsiya ishida ilgari surilgan farazlar va qonuniyatlar ilgaridan ma’lum 
bo‘lgan va talabgor olgan empirik maъlumotlarni umumlashtirishga imkon beradi.
Amaliy jihatdan dolzarbligi - bu mavzuning xo‘jalik amaliyoti, bo‘lg‘usi 
dissertatsiyaning qoidalari va xulosalarini amalga oshirish hisobiga kadrlarni 
iqtisodiy tayyorlash ehtiyojlariga muvofiq ishlab chiqilishi zarurligi. Amaliy 
tadqiqotlar vazifalari shu mavzuga doir masalalarning ishlab chiqilishini talab 
etadi. Jamiyat, amaliyot va ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun dissertatsiya 
vazifalarini hal etish bo‘yicha katta ehtiyoj bor. Bu mavzudagi dissertatsiya 
ilmning muayyan tarmog‘idagi ijodiy, ilmiy jamoalarning ishlanmalari sifatini 
jiddiy oshiradi; Dissertatsiya ishida olingan yangi bilimlar kadrlar malakasini 
oshirishga yordam beradi yoki magistrlarni o‘qitish bo‘yicha o‘quv dasturlariga 
kiritilishi mumkin. 
Ilmiy tadqiqot mavzuini tanlash asoslari. Ilmiy mavzu bu yechimini talab qiladigan 
murakkab vazifadir. Ilmiy-tadqiqotchilik ishi mavzui mauyyan ilmiy yo‘nalishga 
yoki ilmiy muammoga tegishli bo‘lishi mumkin. Ilmiy yo‘nalish deganda tadqiqot 
o‘tkazish sohasidagi fan, fanlar
yoki ilmiy muammolar majmui tushuniladi. Ilmiy muammo bu ilmiy- 
tadqiqotchilik ishi mavzuini belgilaydigan murakkab nazariy va(yoki) amaliy 
vazifalar majmuidir. Muammo tarmoq, tarmoqlararo, global bo‘lishi mumkin. 
Mavzular turlari:
Nazariy mavzular asosan adabiyotlar manbalaridan foydalanib ishlab chiqiladi;
Amaliy mavzular xo‘jalik amaliyotini o‘rganish, umumlashtirish va tahlil etish 
asosida ishlab chiqiladi;
Aralash mavzular tadqiqotning nazariy va amaliy jihatlarini o‘z ichiga oladi.
Tadqiqot mavzui quyidagicha bo‘lishi kerak:
Fan yoki amaliyotning shu yo‘nalishiga yangilik olib kirishi kerak
SHu soha muammosini qo‘yishi kerak
Tadqiqotning qaysi aniq tashkilot misolida o‘tkazilganligini imkoni boricha 
ko‘rsatishi kerak.
Mavzuni tanlash–dissertatsiya tadqiqoti ustidagi ishning birinchi


bosqichi.
Mavzuning tanlanishini belgilovchi omillar:
Magistrlik dissertatsiyalari mavzuini kafedralar belgilaydi;
Mavzu bu tadqiqotning funktsional yo‘nalishi aksidir;
Mavzu magistrantning qobiliyati, bilimlari, qiziqishlarining
ochilishiga imkon berishi kerak.
Tadqiqot xarakteri:
1) Nazariy tadqiqot bu sof ilmiy, lekin ko‘p yillar uchun ilmiy
izlanishlarning istiqbolli va samarali nazariy-strategik yo‘nalishidir; 2) Amaliy 
tadqiqot kasbiy faoliyatning muayyan sohasida keyinchalik muvaffaqiyatli ishlash 
chun uning qandaydir yirik muammosini chuqurroq o‘rganishga imkon beradi.
Dissertatsiya ishi natijalarining xarakteri:
1) Bilimning tegishli tarmog‘i uchun muhim ahamiyatga ega vazifaning yangicha 
yechimi berilgan;
2) Muallif bajargan ilmiy asoslangan, muhim amaliy vazifalar yechimini 
ta’minlaydigan iqtisodiy ishlanmalar bayon qilingan.
Dissertatsiya ishi maqsadlariga qarab tadqiqotlar tiplari:
1. Umumlashtiruvchi– iqtisodiyot va ishlab chiqarishni tashkil etish sohasida 
to‘plangan tajribani o‘rganish va ilg‘or amaliyotni umumlashtirish, o‘rganilayotgan 
hodisalarning rivojlanish anъanalarini aniqlash va turli iqtisodiy jarayonlarning 
ilmiy bashoratlarini ilgari surish.
O‘ziga xos xususiyatlari: tadqiqotning ko‘p tarqalgan va murakkab bo‘lmagan turi, 
tadqiqotning turli obъektlaridan foydalanib, bir mavzu doirasida ko‘plab variantlar 
tuzish mumkin.
2. Ommalashtiruvchi xarakteridagi– ayrim tashkilotlar(kichik tarmoqlar, tarmoqlar, 
milliy iqtisodiyotlar va hokazo) tajribasini boshqa tashkilotlarda (kichik tarmoqlar, 
tarmoqlar, milliy iqtisodiyotlar va hokazo) foydalanish imkoniyatlarini va 
maqsadga muvofiqligini ko‘rsatish.
O‘ziga xos xususiyatlari: sifatli bajarish sharti– amaliyotni yaxshi bilish.


3. Novatorlik– amaliyotga tegishli tavsiyalarni berish maqsadida yangi yoki 
nisbatan yangi iqtisodiy muammolarning ilmiy ishlab chiqilishi.
O‘ziga xos xususiyatlari: qo‘yilgan savollarga javoblar adabiyotlarda yo‘q, 
amaliyot esa zarur tajribani endi orttirayapti, bu tadqiqotchidan yuksak nazariy 
tayyorgarlik, amaliyotni yaxshi bilish, yangi g‘oyalarni ilgari surishda jasorat talab 
qiladi.
4. Chuqurlashtiruvchi xarakteridagi- aniq ijtimoiy-iqtisodiy va xo‘jalik 
kategoriyalari va jarayonlari haqidagi tasavvurlarni chuqurlashtirish.
O‘ziga xos xususiyatlari: iqtisodiy kategoriyalar va jarayonlarning adabiyotlarda 
yetarlicha to‘la yoritilmagan va amaliyotda lozim darajada rivojlantirilmagan 
ayrim jihatlarini ishlab chiqish. Ko‘rib chiqilayotgan muammo xarakteri ishning 
murakkablik darajani belgilaydi.
1. Nazariy-metodologik tusdagi– umumiy nazariy kontseptsiyalar, metodologik 
muammolarning ishlab chiqilishi.
O‘ziga xos xususiyatlari: magistrlik tadqiqoti darajasida kam ommalashgan, chunki 
tadqiqotchi rivojlangan nazariy tafakkurga ega bo‘lishi kerak.
6. Empirik tusdagi- muayyan korxonalar, firmalar, tashkilotlarning
muayyan tajribasining tadqiqi, tahlili.
O‘ziga xos xususiyatlari: tashkilotning ilg‘or tajribasi, amaliyoti markaziy o‘rinni 
egallaydi, unga bu tajribadan milliy iqtisodiyotda foydalanish bo‘yicha nazariy 
dalillar va mulohazalar qo‘shimcha qilinadi.
Mavzuni «tabiiy» sharoitlarda, ijodiy muloqot jarayonida ham topish mumkin.
Mavzuni tanlashdagi amallar: Mavzuni tanlashdayordam berishi lozim bo‘lgan 
ilmiy rahbar bilan maslahatlashish.
Himoya qilingan dissertatsiyalarning ilmiy kutubxonadagi yoki maъlumotlar 
bazasidagi katalogini qayta ko‘rib chiqish (dissertatsiya ishlari kutubxonasi).
Fan va texnikaning o‘xshash, qo‘shni sohalaridagi tadqiqotlarning eng yangi 
natijalari bilan tanishish: baъzan ikkita ilmiy fan tutashgan joyda mavzu chiqib 
qolishi mumkin.
Muammoni ko‘rib chiqishning metodologik rakursini almashlash. Baъzan 
yangicha nuqtai nazar bu birinchi ilmiy ishlanma mavzuidir.


O‘z ilmiy ixtisosligi bo‘yicha adabiyotlarni o‘rganish: ilmiy matbuotni, maxsus 
nashrlarni, Internet saytlarini ko‘rib chiqish, fan klassiklari asarlari ustida 
mushohada yuritish («sho‘ng‘ib ketish» uslubi).
Magistrlik dissertatsiyasi mavzusining dolzarbligi, yangiligi va amaliy ahamiyatini 
belgilash.
Dissertatsiya mavzuining dolzarbligi – bu uning ijtimoiy nazariya va amaliyot 
uchun kerakli ekanligi bo‘lib, fanda ko‘pincha oldingi nazariy tasavvurlar 
doirasiga yaqqol joylashmaydigan yangi faktlarning kashf qilinishi natijasida 
vujudga keladigan vaziyatning mavjudligi bilan belgilanadi.
Mavzuning dolzarbligi dissertatsiya tadqiqoti sifatidagi ilmiy tadqiqotga nisbatan 
asosiy talabdir.
Dolzarblik Yangilik, jamiyat hayoti bilan bog‘liqlik, yetilgan ziddiyat.
Aniqlik Tipik kamchiliklari: mavzuning asossiz kengligi, global tusdagi mavzu 
ifodalanishida mavhumlik. Masalan, agar «Davlat boshqaruvi» mavzui 
tanlanadigan bo‘lsa, unda bunday mavzu ilmiy ish uchun yaramaydi, haddan ortiq 
mavhum bo‘ladi. Birmuncha torroq mavzuni tanlagan ma’qulroq.
Muammolilik «O‘zbekistonning soliq siyosati» mavzui o‘quv ishi (referat, kurs 
yoki diplom ishi) uchun bo‘lishi mumkin, lekin uning nomida muammo yo‘q. 
Hatto o‘quv maqsadlari uchun ham qandaydir aniq bir jihatni olgan yaxshi: 
«O‘zbekistonning soliq siyosati davlat boshqaruvi Mavzuni tanlashdagi amallar 
vositasi sifatida». Bunda muammo yaqqol ko‘rinib turibdi: davlatning soliqlarni 
o‘zgartirish yordamida ijtimoiy jarayonlarni boshqarishi qanday amalga 
oshirilmoqda. Ilmiy ish uchun undan ham aniqrok mavzuni tanlagan ma’qul: 
«Soliq siyosati yordamida kichik va o‘rta biznesni rag‘batlantirish». Aniqlangan 
mavzuga muvofiq ravishda aniq-ravshan ifodalangan maqsad shakllantiriladi.
Tushunchalarning aniqligi - Masalan, «rivojlanishning o‘sishi», «maъnoning 
pasayishi», «muammo falsafasi «jozibadorlik jozibasi» kabi va boshqa ikki xil 
ma’noli va noaniq ifodalarni ishlatmaslik kerak.
Lo‘ndalik «Qoraqalpog‘iston Respublikasida transport infratuzilmasining 
rivojlanishi va mintaqada bozor iqtisodiyoti sharoitida turizmni rivojlantirish 
istiqbollari». Bunday nom to‘g‘ri va ishlatish mumkin, lekin juda uzun. Uni 
qisqaroq ifodalagan ma’qul:
«Qoraqalpog‘istonda transport va turizmning rivojlanishi». Birinchi nom ancha 
aniqroq, lekin idrok etish qiyinroq. Darvoqe, qisqa nomning ham o‘z kamchiliklari 


bo‘ladi, ularni keyin Ma’ruzada izohlashga to‘g‘ri keladi, shuning uchun muallif 
aniqlik yoki qisqalikni tanlashi kerak bo‘ladi, yaxshisi esa har ikkalasini ham o‘z 
joyida qo‘llagan yaxshi.
Mavzu nomida odatda quyidagilar bo‘ladi:
«tadqiqot burchagi» - ishning yo‘nalishi;
tadqiqot ob’ekti;
tadqiqot predmeti (tadqiqot ob’ekti haqidagi yangi bilim va magistrantning ana 
shu bilimni aniqlashga qaratilgan ishi bo‘lib, u yangi amal usulini, hisob-kitob 
modeli, tadqiqot uslubi, o‘rganish yokiqurish Metodologiyasi, kontseptsiyasini 
ishlab chiqishdan iborat bo‘ladi);
dissertatsiya ishining dissertatsiya natijalari tusini belgilaydigan malakaviy 
belgisi jihati.
Magistrlik dissertatsiyasining maqsadi, vazifalari, tadqiqot ob’ekti va predmetini 
asoslash.
Tadqiqotning ob’ektli sohasi – bu fan va amaliyotning tadqiqot ob’ekti joylashgan 
sohasi bo‘lib, amaliyotda u, masalan,matematika, biologiya, iqtisodiyotning u yoki 
boshqa ilmiy ixtisosligiga muvofiq bo‘lishi mumkin.
Tadqiqot ob’ekti – bu muammoli vaziyatni yuzaga keltiradigan muayyan jarayon 
yoki hodisa, bu muammoning o‘ziga xos tashuvchisi, tadqiqotchilik faoliyati 
yo‘naltirilgan narsa.
Tadqiqot predmeti obъektning aniq bir qismi bo‘lib, uning ichidaizlanish olib 
boriladi. Hodisalar, ularning ayrim tomonlari tadqiqot predmeti bo‘lishi mumkin.
Tadqiqot predmetini tadqiqotchi ilmiy izlanishlar natijasida tadqiqot ob’ekti haqida 
oladigan yangi ilmiy bilim sifatida belgilash mumkin. Agar tadqiqot ob’ekti 
haqidagi yangi ilmiy bilimni olish vositasi ham yangilikning muhim belgilariga 
ega bo‘lsa, unda ana shu vosita ham tadqiqot predmeti tarkibiga kirishi mumkin.
Tadqiqot predmeti bu magistrant tadqiqot obъektiga qarashuchun asos qilib 
oladigan nuqtai nazardir. Tadqiqotning ob’ektli sohasi – bu fan va amaliyotning 
tadqiqot obъekti joylashgan sohasi bo‘lib, amaliyotda u, masalan, matematika, 
biologiya, iqtisodiyotning u yoki boshqa ilmiy ixtisosligiga muvofiq bo‘lishi 
mumkin.


Tadqiqot ob’ekti – bu muammoli vaziyatni yuzaga keltiradigan muayyan jarayon 
yoki hodisa, bu muammoning o‘ziga xos tashuvchisi, tadqiqotchilik faoliyati 
yo‘naltirilgan narsa.
Tadqiqot predmeti ob’ektning aniq bir qismi bo‘lib, uning ichidaizlanish olib 
boriladi. Hodisalar, ularning ayrim tomonlari tadqiqot predmeti bo‘lishi mumkin.
Tadqiqot predmetini tadqiqotchi ilmiy izlanishlar natijasida tadqiqot ob’ekti haqida 
oladigan yangi ilmiy bilim sifatida belgilash mumkin.
Agar tadqiqot ob’ekti haqidagi yangi ilmiy bilimni olish vositasi ham yangilikning 
muhim belgilariga ega bo‘lsa, unda ana shu vosita ham tadqiqot predmeti tarkibiga 
kirishi mumkin.
Tadqiqot predmeti bu magistrant tadqiqot ob’ektiga qarashuchun asos qilib 
oladigan nuqtai nazardir.
Tadqiqot ob’ekti va predmeti o‘zaro bir-biri bilan umumiy vaxususiy sifatida 
munosabatda bo‘ladi. Tadqiqot predmeti, odatda, tadqiqot ob’ekti doirasida 
bo‘ladi. Boshqacha aytganda, magistrant ish mavzusi tadqiqot predmetini tadqiqot 
ob’ekti orqali belgilashi, uning ajralib turuvchi belgilarini ajratib ko‘rsatishi kerak.
Tadqiqotning dolzarbligini belgilash va asoslash
Mavzuning ta’rifi fanda hozirda maъlum bo‘lgan va hali tadqiq qilinmagan 
hollarning birgalikda amal qilishini, ya’ni ilmiy bilishning rivojlanish jarayonini 
aks ettiradi. Shu sababga ko‘ra mavzuning dolzarbligini asoslash tadqiqotni 
tayyorlashdagi juda mas’uliyatli bosqich hisoblanadi.
Dissertatsiyaning dolzarbligi asoslanishiva isbotlanishi kerak
Dissertatsiya mavzuining dolzarbligi – bu uning ijtimoiy nazariya va amaliyot 
uchun kerakli ekanligi bo‘lib, fanda ko‘pincha oldingi nazariy tasavvurlar 
doirasiga yaqqol joylashmaydigan yangi faktlarning kashf qilinishi natijasida 
vujudga keladigan vaziyatning mavjudligi bilan belgilanadi.
Mavzuning dolzarbligi dissertatsiya tadqiqoti sifatidagi ilmiy tadqiqotga nisbatan 
asosiy talabdir.
Tadqiqot dolzarbligining funktsional tavsifnomalari:
iqtisodiy fandagi qandaydir bo‘sh o‘rinlarning to‘ldirilishi;
muammoning zamonaviy shart-sharoitlarga nisbat berib yanada rivojlantirilishi;


fikrlar birligi bo‘lmagan masaladagi fikr;
to‘plangan tajribaning umumlashtirilishi;
yirik masalaga oid bilimning jamlanishi va ayni bir vaqtda olg‘a
surilishi;
olimlar va amaliyotchilar eъtiborini jalb etish maqsadida yangi
muammolarning qo‘yilishi.
Dolzarblikni asoslash – ilmiy bilishning umumiy jarayoni sohasida mazkur 
mavzuni o‘rganish zaruratini izohlashni bildiradi.
Dissertatsiya ishining muayyan kompozitsion tuzilishi an’anaviy tarzda qaror 
topgan, uning asosiy elementlari quyidagi tartibda joylashgan bo‘ladi:
1. Titul varag‘i
2. Mundarija
3. Kirish
4. Asosiy qism (3 bob)
5. Xulosa
6. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
7. Ilovalar.
(Qarang: Magistrlik dissertatsiya ishining tuzilmaviy-mantiqiy sxemasi)
Titul varag‘i va mundarija: Titul varag‘idissertatsiya ishining birinchi sahifasi 
hisoblanadi va qat’iy belgilangan qoidalar bo‘yicha to‘ldiriladi.
Titul varag‘idan keyin mundarija joylashtiriladi. Boblar va paragraflarning shu 
yerda ko‘rsatilgan nomlari, shuningdek, ularning izchilligi dissertatsiya matni va 
dissertatsiyaning mantiqiy sxemasiga mutlaqo mos bo‘lishi kerak.
Kirishda dissertatsiya tadqiqotining metodologik apparati o‘z aksini topadi. U 
himoyaga tayyorlangan dissertatsiya ishining keng annotatsiyasi shaklida 
rasmiylashtiriladi.
Kirish odatda dissertatsiya umumiy hajmining 10-15% ni tashkil etadi.
Kirishda quyidagilar aks ettiriladi:


Tadqiqot mavzuining dolzarbligi. Dissertatsiyaning kompozitsion tuzilishi 
nuqtai nazaridan olganda mavzu dolzarbligining asoslanishi kirish qismining 
taxminan birsahifasini egallashi va ushbu mavzuga nima uchun ayni hozir 
murojaat qilishning maqsadga muvofiqligi, ilmiy va amaliy zarurat nimadan 
iboratligi, tadqiqot predmeti haqidagi hozirgi ilmiy tasavvurlarning qanday 
holatda ekanligi izohlab berilishi kerak.
Tadqiqot maqsadlari va vazifalari. Bu dissertatsiya tadqiqotining strategiyasi va 
taktikasidir. Dissertatsiya tadqiqotining maqsadini ifodalashda shuni nazarda 
tutish kerakki, dissertatsiya uchinchi bobining nomi va mazmuni maqsadni ochib 
berishi lozim. Vazifalarning sanab o‘tilishi implitsit ravishda butun ish matnining 
rejasi va ichki mantiqini beradi.
Muammoning ishlab chiqilganlik darajasi. Bu yerda ushbu muammoning turli 
jihatlari bilan shug‘ullangan mamlakatdagi va chet ellardagi olimlarni sanab 
o‘tish, yetarli darajada yoritilmagan masalalarni qayd qilish kerak. Muallif 
mavzuni yaxshi o‘zlashtirganligi, ilmiy matnlar va bibliografik material bilan 
ishlash uslubini egallaganligini namoyish etishi, bundan oldingi tadqiqotchilar va 
zamondoshlarning bu muammo yechimiga qo‘shgan hissasini to‘g‘ri baholay 
olishini tasdiqlashi lozim.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi. Bu yerda tadqiqot jarayonida asosiy xulosa 
sifatida olingan, to‘g‘ri qo‘yilgan masaladan va bu masalaga javob beradigan 
tadqiq etilgan zaruriy va yetarli holatlardan mantiqan kelib chiqadigan fikrlar 
qisqacha bayon qilinadi. Bu aniqlangan yangi fakt, qo‘yilgan vazifaning asosli 
yechimi, yangi maъlumotlarning ilmiy muomalaga olib kirilishi, maъlum faktning 
yangicha sharoitlar uchun tasdiqlashi bo‘lishi mumkin. Yangilikni olingan 
natijani ma’lum bo‘lgan natijalar bilan solishtirish orqali ko‘rgazmali tarzda 
ko‘rsatish ham mumkin.
Tadqiqot ob’ekti va predmeti. Tadqiqot ob’ekti va predmeti o‘zaro bir-biri bilan 
umumiy va xususiy sifatida o‘zaro nisbatda bo‘ladi. Ob’ektda uning tadqiqot 
predmeti bo‘lib xizmat qiladigan qismi ajratib ko‘rsatiladi.
Dissertantning asosiy e’tibori ayni shu narsaga qaratiladi, aynan tadqiqot predmeti 
dissertatsiya ishining titul varag‘ida sarlavha sifatida ifodalangan mavzuini 
belgilaydi.
Amaliy ahamiyati. Dissertatsiyada tadqiqotning amaliy ahamiyati quyidagi 
shakllarda ifodalanishi mumkin:


1) Ishning tuzilishi. Dissertatsiya ishining kirish, …. (soni) bob, … (soni) 
paragraflar, shuningdek, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati, …(soni) 
manbalar, ... (soni) ilovalardan iborat ekanligi ko‘rsatiladi.
Asosiy qism: Dissertatsiya asosiy qismining boblarida o‘rganiladigan hodisalar va 
faktlar batafsil ko‘rib chiqiladi va tahlil qilinadi. Asosiy qism boblari va 
paragraflari matnida sarlavhalar imkoni boricha asosiy so‘zlardan (ya’ni asosiy 
ma’no yukini tashuvchi) iborat bo‘lishi kerak. Bunday so‘zlar so‘zyuritilayotgan 
predmetni aks ettiradi yoki bu predmetning umumiy tavsifnomasini beradi. Ushbu 
sarlavhalar aniq, lo‘nda bo‘lishi va paragraf mazmunini aniq aks ettirishi kerak.
1 bob.Mavzuning umumiy nazariy muammolari, shunga o‘xshash vazifalarni hal 
etish nazariyasi va amaliyoti holatining tahlilini, ma’qul bo‘ladigan yechimlarning 
ko‘niktirilishi ehtimoli uchun xorijiy mamlakatlar tajribasini o‘rganish natijalarini 
o‘z ichiga oladi. Bu bobda dissertant deduktsiyadan foydalanib, umumiydan 
xususiyga qarab ilmiy tadqiqot o‘tkazadi, bunda xususiy hollarning butun bir 
turkumidan bunday hollarning butun jami uchun umumlashtirilgan xulosa 
chiqariladi.
2 bob.Dissertant bu yerda magistrlik dissertatsiyasini ishlab chiqish uchun asos 
qilib olingan korxona, tashkilot va birlash maning qisqacha tavsifnomasini beradi, 
nima yuz berganligi, nima uchun boshqacha emas, aynan shunday bo‘lganligi, 
qaysi omillar qanday ta’sir qilganligini anglab olishga harakat qiladi.
Umumlashmalar, xulosalarni tahlil, dalillarni ishlab chiqish jarayonidan ajratish 
amalda mumkin bo‘lmaydi. SHunga qaramasdan, tahlil bilan umumlashma ajralib 
turadi.
Bobning har bir paragrafi bayon qilingan material yuzasidan umumlashmalar bilan 
yakunlanishi lozim.
3 bob.O‘rganilgan tizim va o‘tkazilgan tahlil asosida qo‘yilgan tadqiqot maqsadiga 
muvofiq, tegishlicha sxema bo‘yicha ifodalash bilan tadqiqot ob’ektini 
rivojlantirishning eng oqilona, samarali yo‘llarini taklif etish va iqtisodiy jihatdan 
asoslab berish, iqtisodiy samarani belgilash kerak bo‘ladi.Ushbu bobda o‘tkazilgan 
tahlil asosida takliflarni iqtisodiy jihatdan asoslash lozim.
Asosiy qism qo‘yilgan vazifalarga muvofiq bo‘lishi kerak. Hatto asosiy qismni 
qo‘yilgan vazifalar soniga teng paragraflar (kichik bo‘limlar) soniga bo‘lish ham 
mumkin.
Xulosalar qo‘yilgan vazifalarga bevosita mos kelishi kerak. Agar bunday 
muvofiqlik bo‘lmasa, unda ana shunday muvofiqlikka erishish uchun kirishga 


yana qaytish va vazifalarni qaytadan ifodalash lozim. Ba’zan ish nomini 
o‘zgartirishga ham to‘g‘ri keladi, lekin bunday holda uni (yangi nomni) rahbar 
bilan kelishib olish zarur.
Xulosa: Dissertatsiya ishi o‘tkazilgan tadqiqot natijasi aks ettiriladigan xulosa 
bilan yakunlanadi. Magistrlik dissertatsiyasining bu bo‘limi odatda umumiy ish 
hajmining 10-15% ni tashkil etadi. Dissertatsiya ishida uning ayrim boblari ham 
xulosalar va takliflar bilan yakunlanishi mumkin, lekin ularning eng muhimlari 
butun ishning oxirida, «Xulosa» bo‘limida aks ettirilishi kerak.
Olingan natija bu xulosalar sifatida ifodalanadigan vazifalar yechimidir.
Xulosa o‘tkazilgan tadqiqot mantiqi bilan bog‘liq bo‘lgan xotima rolini bajarib, u 
asosiy qismda to‘plangan ilmiy axborotlar sintezi shaklida bo‘ladi. Bunday sintez 
olingan yakunlarning izchil, mantiqiy tekis bayoni va ularning kirishda qo‘yilgan 
va ifodalangan umumiy maqsad va aniq vazifalar bilan o‘zaro nisbatidir.
Shunday qilib, dissertatsiyaning yakunlovchi qismi o‘tkazilgan tadqiqotdan 
olingan natijalarning oddiy bir ro‘yxati emas, balki ularning yakuniy sintezidir, 
ya’ni ish muallifining muammoni o‘rganish va hal etishga kiritgan yangilikning 
ifodasidir.
Foydalanilgan adabiyotlar: Ushbu ro‘yxat dissertatsiyaning amaldagi qismlaridan 
birini tashkil etadi va dissertantning mustaqil ijodiy ishini aks ettiradi. Bunday 
ro‘yxatga kiritilgan har bir adabiy manba dissertatsiya qo‘lyozmasida aks 
ettirilishi kerak. Agar ish muallifi o‘zlashtirilgan qandaydir faktlarni qayd qilsa 
yoki boshqa mualliflar asarlaridan parcha keltirsa, unda u albatta keltirilgan 
materiallarning qaerdan olinganligini satr ostida ko‘rsatib o‘tishi kerak.
Dissertatsiya matnida qayd qilinmagan va amalda ishlatilmagan ishlarni 
bibliografik ro‘yxatga kiritmaslik kerak. Bunday ro‘yhatga entsiklopediyalar, 
bildirgichlar, ilmiy-ommaviy kitoblar va gazetalarni kiritish ham tavsiya 
qilinmaydi. Bunday nashrlardan foydalanishga zarurat bo‘lsa, unda ularni 
dissertatsiya ishining matnida satrlar ostidagi ko‘chirmalarda ko‘rsatish kerak.
Ilovalar.Dissertatsiya asosiy qismi matnini shishirib yuboradigan yordamchi yoki 
qo‘shimcha materiallarni o‘z ichiga oladi.
Dissertatsiyani yozish va rasmiylashtirishning asosiy qoidalari
Magistrlik dissertatsiyasiga qo‘yiladigan asosiy talablardan biri- bu uning to‘g‘ri 
rasmiylashtirilishi bo‘lib, bu nafaqat ish sifatini yaxshilaydi, shu bilan birga uning 
muvaffaqiyatini ham ta’minlaydi.


Magistrlik dissertatsiyasi o‘zbek, rus va ingliz tillarida tayyorlanishi mumkin.
Magistrlik dissertatsiyasi ilmiy ish hisoblanadi, shuning uchun uning yozilishi va 
rasmiylashtirilishiga asosiy talablari nomzodlik dissertatsiyasiga talablarga 
yaqinlashtirilishi kerak.
Materialning aniq va izchil bayon qilinishi dissertatsiyani yozishning asosiy 
tamoyilidir.
Yangi fikrni boshlaydigan iboralar xat boshidan boshlab yoziladi.
Matnning tugallanmagan qismlarini boshqa sahifalarga o‘tkazishga yo‘l 
qo‘yilmaydi.
Agar matnda boshqa manbalardan olingan materiallar ishlatilsa,
unda ko‘chirmachilikda ayblanmaslik uchun ular manbaini albatta matnda qayd 
qilish kerak.
Ko‘chirmalar sahifa tagida xat boshi bilan yoki qizil satr bilan teriladi. Agar bir 
necha manba qayd qilinsa, unda ular izchil tartibda raqamlanadi.
Magistrlik dissertatsiyasining umumiy hajmi komp’yuterda 1,5 interval bilan 
terilgan, oq qog‘ozga (A4, 210-297 mm) tushirilgan 60 dan 80 sahifagacha 
(kamida 10000 so‘z) bo‘lishi kerak.
Dissertatsiya tadqiqoti matni hoshiyalari o‘lchamlari:
yuqorisi - 20 mm,
pastkisi - 20 mm,
o‘ng - 10 mm,
chap - 25 mm.
Sahifaning tartib raqami yuqoridagi o‘ng burchakda qo‘yiladi.
Magistrlik dissertatsiyasi standartlarga muvofiq keladigan
bosmaxona usulida muqovalangan bo‘lishi kerak.
Boblar va sarlavhalar nomlarining rasmiylashtirilishi:
Dissertatsiya tadqiqotining har bir bobi yangi sahifadan boshlabyoziladi.
Bobning nomidan keyin paragrafning sarlavhasi qo‘yiladi.


Bob yoki sarlavhalarning nomi asosiy matndan qo‘shimcha interval bilan ajratib 
yoziladi.
Boblar va paragraflar nomlari xatboshisidan yoziladi, nuqta qo‘yilmaydi, tagiga 
chizib, ta’kidlanmaydi va boshqa betga ko‘chirilmaydi. Agar bunday nomlar ikki 
yoki undan ko‘proq gaplardan iborat bo‘lsa, unda ularning o‘rtasiga nuqta 
qo‘yiladi.
Bob nomi bilan matn o‘rtasidagi interval 15 mm bo‘lishi kerak, bob bilan paragraf 
nomlari o‘rtasidagi interval - 8 mm bo‘ladi.
Paragraflar arabcha raqamlar bilan raqamlanadi. Paragraf raqami oldidan bob 
raqami yoziladi, so‘ngra paragraf raqami va nomi qo‘yiladi.
Raqamlar oxirida nuqta qo‘yilmaydi (1.1).
Titul varag‘ini rasmiylashtirish: Dissertatsiya titul varag‘ini rasmiylashtirish 
quyidagi talablarga muvofiq bo‘lishi kerak:
• dissertatsiya nomi - shrift 16;
• muallifning familiyasi, ismi - shrift 14;
• malaka - shrift 14.
Dissertatsiya ishi mavzuining nomi, magistrantning familiyasi, ismi, otasining 
ismi, «magistrlik dissertatsiyasi» iborasi va yil katta harflar bilan yoziladi.
Shriftni tanlashda faqat Times New Roman yoki Arial shriftlaridan foydalanish 
maqbuldir.
Matndagi qaydlar, ko‘chirmalar va o‘zlashtirilgan parchalarni rasmiylashtirish: 
Ishning bayoni jarayonida magistrant mazmun shartlariga muvofiq joylashtirilgan 
jadvallar, rasmlar, misollar, sxemalar, formulalar va boshqa elementlarni qayd 
qilib o‘tishi mumkin, bunday qismlar o‘zlari tegishli bo‘lgan matn bilan yonma-
yon qo‘yilmasligi ham mumkin.
Boshqa manbalardan o‘zlashtirilgan ma’lumotlar sahifa ostida izoh tarzida 
ko‘rsatib o‘tiladi. Izoh asosiy matndan uzun chiziq bilan ajratiladi va arabcha 1'2'3 
raqamlari bilan raqamlanadi yoki *** kabi yulduzchalar bilan qayd qilinadi.
Dissertatsiya matnida ko‘pincha boshqa mualliflar aniqlagan faktlarni qayd qilish 
yoki o‘zlashtirilgan materialni matnga kiritishga to‘g‘ri keladi. O‘zlashtirilgan 
parchalarni bayon ichida rasmiylashtirish shakllari xilma- xil, lekin nutqdagi 
akademik etiket bir qator barqaror nutq shtamplarini ishlab chiqqanki, ular 


o‘zlashtirilgan material manbaini aniqroq va qisqaroq tarzda ko‘rsatishga yordam 
beradi. Boshqa manbalardan olingan barcha materiallarni izohda ko‘rsatish kerak. 
Masalan: (5. 42-bet).
Statistik materiallar, tahliliy va ishchi jadvallarini rasmiylashtirish: Magistrlik 
dissertatsiyasida statistik materiallar, tahliliy va ishchi jadvallari beriladi.
Statistik materiallar matnda bayon qilingan axborotni qayd qilish uchun ishlatiladi. 
Tahliliy jadvallar umumlashtiruvchi xulosalar va izohlarni talab qiladi. 
Maъlumotlari ilgari matbuotda eъlon qilingan jadvallardan foydalanishda ushbu 
o‘zlashtirilgan materialning ayni qaysi manbaida keltirilganligini izohda albatta 
ko‘rsatish kerak. Agar matnda xorijiy tillardagi takliflar, qo‘shimchalar yoki 
so‘zlar mavjud bo‘lsa, unda ular to‘liq yozilishi kerak. Ishlatilgan grafiklar, 
sxemalar, diagrammalar, rasmlar rasm ostidagi yozuv bilan to‘ldirilishi lozim 
(Masalan. 2.3-rasm. Uyali aloqa operatorlari bozorining Toshkentdagi ulushi. 
Manba: http://www.cer.uz.).
Agar jadval juda katta bo‘lsa, unda u navbatdagi sahifaga ko‘chiriladi, bunda 
jadval sarlavhasi takror yozilmaydi, o‘ngdagi yuqori burchagida «Jadvalning 
davomi» degan yozuv yoziladi. Jadvallar nomi faqat birinchi qismida yoziladi. 
Jadval sarlavhasi navbatdagi sahifada ham takrorlanadi va raqamlanadi.
Agar jadvalda keltirilgan sonlar bir xildagi ko‘rsatkichga ega bo‘lsa, unda bunday 
ko‘rsatkich jadvalning o‘ngdagi yuqori burchagida qo‘yiladi, asalan, %. Agar 
bunday sonlar turlicha ko‘rsatkichlarga ega bo‘lsa, unda jadvalning har bir 
ustunida ko‘rsatiladi.
Jadvaldan keyin albatta tahlil beriladi.
Ishda keltirilgan formulalar alohida satrdan yoziladi va o‘ng tomonidan qavs ichida 
arabcha raqamlar bilan raqamlanadi. Formulaning pastida “bunda” degan so‘z 
bilan boshlanadigan belgilar ifodasi yoziladi. Sxemalar va grafiklar arabcha 
raqamlar bilan ifodalanadi. Qo‘shimcha tusdagi rasmlar, sxemalar va grafiklar 
ilovada keltiriladi. Har bir ilova yangi sahifadan boshlanadi va 1-ilova, 2- ilova va 
shu kabi tarzda ifodalanadi. So‘ngra ilova nomi yoziladi.
Ilovalarni A, B, V,... harflari bilan ham ifodalash mumkin.
Ilovalarni rasmiylashtirish: Ilovalar dissertatsiyaning oxirida bibliografik izohdan 
keyin aks ettiriladi, axborot manbalari albatta jadvallar va suratlar tagida 
ko‘rsatiladi, varaqlarda sahifalar raqamlari qo‘yilmaydi.


Foydalanilgan 
manbalarni 
bayon 
qilish 
qoidalari: 
Ishda 
foydalanilgan 
adabiyotlarning bibliografik ro‘yxati ishning oxirida joylashtiriladi. Adabiyotlar 
bibliografik bayonda quyidagi izchillikda joylashtiriladi:
• qonunlar, me’yoriy-uslubiy hujjatlar va materiallar;
• mamlakatimizda va chet ellarda bosilgan ilmiy adabiyotlar
(darsliklar, o‘quv qo‘llanmalari, monografiyalar, ilmiy maqolalar, ilmiy
broshyuralar va hokazo);
• statistik, yo‘riqnomaviy materiallar va tashkilotlar va korxonalar hisobotlari;
• internet – resurslar.
Har bir boshlang‘ich manbalar bo‘yicha quyidagilar ko‘rsatiladi:
• muallif familiyasi, so‘ngra uning ismi-sharifi;
• kitob nomi;
• shahar nomi;
• nashriyot nomi;
• bosilgan yili.
Agar kitob mualliflari uch va undan ortiq kishilardan iborat bo‘lsa, unda birinchi 
muallifning familiyasi, ismi-sharifini ko‘rsatib, so‘ngra “va boshqalar” deb 
qo‘yish ham mumkin.
SHaharlar nomlari qisqartirmasdan bosh kelishikda yoziladi. Moskva, Leningrad, 
Sankt-Peterburg va Toshkent kabi shaharlar nomlarini qisqartirib yozish mumkin: 
Moskva - M., Leningrad - L., Sankt- Peterburg - SP., Toshkent - T. Agar kitob ikki 
shaharda bosilgan bo‘lsa, unda ikkalasi ham yoziladi, masalan, M., L.
Agar kitobni ikki nashriyot chiqargan bo‘lsa, unda har ikkala nashriyot nomi ham 
yoziladi, masalan: T.: «Fan», «Ekonomika».
Davriy matbuot haqidagi ma’lumotlarda quyidagilar
ko‘rsatiladi:
• muallifning familiyasi, ismi-sharifi;
• maqola nomi;
• jurnal yoki gazeta nomi;


• seriya nomi;
• jurnal yoki gazetaning bosilgan yili;
• jurnal yoki gazeta jildi va raqami;
• sahifa raqami.
Ilmiy izlanish hisobotlarini bayon qilishda quyidagilar ko‘rsatiladi: hisobot nomi 
(so‘ngra, qavs ichida «hisobot» so‘zi yoziladi);
hisobotni chiqargan tashkilotning shifri, inventar raqami, nomi, ilmiy rahbarning 
familiyasi, ismi-sharifi, hisobotning chiqarilgan joyi, yili va sahifalari soni.
Magistrlik dissertatsiyasini himoyaga tayyorlash tartibi va himoya qilish
Dissertatsiyani texnik rasmiylashtirish ishi tugallanganidan keyin magistrant 
magistraturadagi ta’lim olishning oxirgi va hal qiluvchi bosqichi - magistrlik 
dissertatsiyasini himoyaga tayyorlashga lozim darajada e’tibor berishi kerak. 
Bunday tayyorgarlik, avvalo, himoya bilan bog‘liq hujjatlar va materiallarning 
rasmiylashtirilishini o‘z ichiga oladi.
Mualliflik annotatsiyasi.
Taqrizlar va baholarning olinishi.
Magistrlik dissertatsiyasini himoya qilishga kafedra mudirining
ruxsatini olish.
10-15 minutlik Ma’ruzaning tayyorlanishi.
Magistrlik dissertatsiyasiga ilmiy rahbarning taqrizi va
opponentning tashqi taqrizi beriladi.
Ilmiy rahbar va opponentning taqrizlarida bir qator masalalarning majburiy 
tartibda yoritilishi nazarda tutiladi.
Ilmiy rahbar taqrizining mazmuni:
Dissertatsiya mavzuining dolzarbligi.
Magistrlik dissertatsiyasi mavzuining magistrantning asosiy ishi bilan 
bog‘liqligi darajasi.
Muallifning magistrlik dissertatsiyasi maqsadlari va
vazifalarini yoritishi darajasi.


 Dissertatsiya tadqiqotining ilmiy yangiligi.
O‘tkazilgan tadqiqot natijalarining asoslanganligi.
Tadqiqotchining ilmiy tahlil qilish qobiliyatining qisqacha
Tavsifnomasi.
Magistrant xulosalari va tavsiyalarining sifati.
Dissertatsiyaning magistrlik dissertatsiyasiga qo‘yiladigan
talablarga muvofiqligi.
Ma’ruza tadqiqotning metodologik bazasini, qo‘yilgan vazifalar echimi natijalari 
va dissertatsiya mavzui bo‘yicha tavsiyalarni o‘z ichiga oladi. Magistrant asosiy 
diqqat-e’tiborini o‘tkazilgan tadqiqotning asosiy yakunlari, o‘zi shaxsan ishlab 
chiqqan yangi nazariy va amaliy qoidalarga qaratadi. Zarur bo‘lganida 
tayyorlangan slaydlar, jadvallar va grafiklar namoyish qilinishi mumkinligini 
o‘rgatadi.

Download 274.2 Kb.




Download 274.2 Kb.
Pdf ko'rish