• Ishlab chiqarish sanitariyasi , mehnat gigiyenasi
  • Ishlab chiqarish sanitariyasi
  • Reja: Ishlab chiqarish sanitariyasi, mehnat gigiyenasi va uning vazifalari




    Download 75.5 Kb.
    bet1/6
    Sana03.03.2023
    Hajmi75.5 Kb.
    #44099
      1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    3-ma’ruza. Mavzu. Ishlab chiqarish jarayonlari sanitariyasi va gigiyenasi.
    1 Mavzu Media savodxonlik va axborot madaniyati evolutliyasi hamda, 1-mavzu, 1 SEMINAR, pedagogik metod, , 3-amaliy mashg\'ulot, Тема 8 (2), Motivation letter, 4-машгулот , Hammaga omad) Moddalar almashinuvi bosqichlari-fayllar.org, 7-mavzu Ikki urug‘pallali o‘simliklar sinfi Reja-fayllar.org, Obyektga mo\'ljallangan dasturlash. Web-sahifalarni dasturlash, 2-m, 7-m

    3-ma’ruza. Mavzu. Ishlab chiqarish jarayonlari sanitariyasi va gigiyenasi.
    Reja:
    1. Ishlab chiqarish sanitariyasi, mehnat gigiyenasi va uning vazifalari.
    2. Ishlab chiqarishda mikroiqlim omillari va ularning gigiyenik me’yorlari

    Tayanch so‘z va iboralar: Ishlab chiqarish sanitariyasi, mehnat gigiyenasi,




    1. Ishlab chiqarish sanitariyasi, mehnat gigiyenasi va uning vazifalari.

    Mehnat gigiyenasi - ishlab chiqarish muhitini va mehnat jarayonini kishi organizmiga ta’sirini o‘rganadi va ularning sanitariya-gigiyena holatlarini yaxshilash bo‘yicha tavsiyanomalarni ishlab chiqadi, bularning hammasi ishchilarning sog‘lig‘ini va ish qobiliyatini saqlab qolishga yordam beradi.
    Ishlab chiqarish sanitariyasi - ishlab chiqarish korxonalari hududlarining tozalik holatini yaxshi saqlash, obodonlashtirish, ishlab chiqarish binolarini va xonalarini, sanitariya-texnik qurilmalari (ventilyatsiya, isitish, yoritish), sanitariya-maishiy xonalar qurilmalari, shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish, mehnat sharoitlarini yaxshilash, ishlab chiqarishdagi zaharlanishlarni hamda kasb kasalliklarini oldini olish, xizmatchilar sog‘lig‘ini muhofaza qilish, shuningdek mehnatni ilmiy tashkil qilish va ishlab chiqarish estetikasi bilan bog‘liq bo‘lgan gigiyena chora-tadbirlarini ishlab chiqish masalalarini hal qiladi.
    Vujudga kelishi mumkin bo‘lgan kasalliklarni oldini olish va ulardan himoyalashda avvalambor ish joyidagi shaxsiy gigiyena masalalari asosiy rol o‘ynaydi. Shaxsiy gigiyena tushunchasiga kiradigan masalalar doirasi juda keng. Bu badanni toza tutish, ishlaganda, ovqatlanganda shaxsiy gigiyenaga rioya qilish, ya’ni yashaydigan joyni ozoda tutish va boshqalar. Shaxsiy gigiyena qoidalarini bajarish faqat individual emas, balki ijtimoiy ahamiyatga ham molik bo‘ladi. Agar bir kishi shaxsiy gigiyena qoidalariga amal qilmasa, u o‘z oilasida va ishlaydigan jamoada yuqumli kasalliklarning tarqalishiga sababchi bo‘lishi mumkin.
    Sog‘lom ish sharoitlarini yaratilishining negizida sanitariya me’yorlari va qoidalari yotadi, ya’ni kishilar organizmini turli sharoit va muhitlarda qobiliyati va chidamlilik chegarasi aniqlanilib ishlab chiqrish joylarida muhitning MRK (me’yoriy ruxsat etilgan kontsentratsiya), MRM (me’yoriy ruxsat etilgan miqdor), MRD (me’yoriy ruxsat etilgan daraja)lari ishlab chiqilgan va joriy qilingan.
    Bularning me’yoriy darajasini ta’minlab turish sog‘lom mehnat sharoitlariga kafolat beradi. Amaldagi sanitariya me’yorlaridan SM 245-71 korxonalarni joylashishiga hamda ularning hududini rejalashtirish, ishlab chiqarish maqsadida qurilgan binolarga umumiy talablarni belgilaydi.

    Download 75.5 Kb.
      1   2   3   4   5   6




    Download 75.5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Reja: Ishlab chiqarish sanitariyasi, mehnat gigiyenasi va uning vazifalari

    Download 75.5 Kb.