Reja: kirish. Asosiy qism




Download 32.29 Kb.
Sana29.05.2023
Hajmi32.29 Kb.
#67018
Bog'liq
Mavzu tog’ jinslari to’G’risida injener-geologik ma`lumotlar va
1111, Tizim va signallarni qayta ishlash O’quv uslubiy majmua

MAVZU: TOG’ JINSLARI TO’G’RISIDA INJENER-GEOLOGIK MA`LUMOTLAR VA ULARNING FIZIK-TEXNIK XUSUSIYATLARI
REJA:
KIRISH.
ASOSIY QISM.

  1. INJENER-GEOLOGIK IZLANISHLAR VA ULARNING VAZIFALARI

  2. Injener-geologik sharoitlar va ularni oʻrganishning ketma-ketligi

  3. Injenerlik izlanishlarida tog' jinslari namunalarini olish

  4. Tog' jinslarining fizik-mexanik xususiyatlarini laboratoriya sharoitlarida o'rganish

XULOSA.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.

KIRISH.
Injenerlik geologiyasi yer haqidagi fan sifatida XX asrning 20- yillarida shakllandi. Keng miqyosda olib borilgan gidrotexnik inshootlar qurilishi, yangi yerlarning o'zlashtirilishi injenerlik geolo- giyasi fanining rivojlanishida muhim o'rin tutib, bu mutaxassisliklar bo'yicha kadrlarga bo'lgan talabni juda kuchaytirdi.


Nisbatan qisqa vaqt ichida injenerlik geologiyasi fani o'z mazmuni va izlanish uslubi bo'yicha katta oʻzgarishlarga erishdi. U qurilish bilan uzviy ravishda bog'liq bo'lgan aniq, nazariy, kompleks fanga aylandi. U qanday o'zgarishlarga, og'ishlarga uchramasin F.P.Savarenskiy va uning hamkasblari, shogirdlari belgilab bergan yo'nalishdan og'gani yo'q. Bu fanning asoschisi F.P.Savarenskiy (1881-1946) hisoblanadi.
Injenerlik geologiyasi fanining oyoqqa turish davrida unga F.P.Savarenskiy (1937) "Injenerlik geologiyasi geologiya fanining tarmog'i boʻlib, geologik masalalarni qurilishga tatbiqi bilan shug'ul- lanadi" deb aniq ta'rif bergan. F.P.Savarenskiy bo'yicha Injenerlik geologiyasining asosiy vazifalari "... inshootlar qurilish sharoitini belgilovchi va tabiiy tog' jinslari turg'unligini ta'minlovchi asosiy tadbirlar yo'nalishlarini aniqlab beruvchi geologik jarayonlarni, tog' jinslarining fizik-texnik xususiyatlarini o'rganishdir".

INJENER-GEOLOGIK IZLANISHLAR VA ULARNING VAZIFALARI


Injener-geologik izlanishlar qurilish uchun olib boriladigan injenerlik izlanishlarining tarkibiy qismidir. Xalq xoʻjaligidagi har bir texnik yechim inshootlar qurilishi, maydonlardan xo'jalik maqsadlarida foydalanish bilan bog'liq.
Har bir inshootning loyihasi qurilishdan oldin o'tkaziladigan geodezik, injener-geologik, gidrologik izlanishlar natijasiga asoslangan holda tuziladi. Demak, injener-geologik izlanishlar umumiy injenerlik izlanishlarning tarkibiga kirib, u loyihalashga tayyorgarlik ishlarining qismi hisoblanadi.
Injenerlik izlanishlarning asosiy vazifasi texnik jihatdan to'g'ri, iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq yechimlarni qabul qilish uchun tabiiy sharoitni o'rganish, shu jumladan hududning yoki inshoot quriladigan maydonning injener-geologik sharoitini o'rganishdan iborat. Injener-geologik izlanishlar turli masalalarni hal qilish uchun o'tkaziladi. Yirik qurilish obyektlarini loyihalashda injener-geologik izlanishlar quyidagi maqsadlarda o'tkaziladi:
a) birinchi galda quriladigan inshootlar o'mini tanlash uchun (maydonlardan kompleks foydalanish, tabiiy boyliklardan samarali foydalanadigan hududlarda) injener-geologik sharoitini o'rganish, atrof-muhitdan, xususan geologik muhitdan unumli foydalanish, uni asrash, insonning hayotini, uning qo'li bilan yaratilgan bino va inshootlar, sanoat korxonalari, gidrotexnik inshootlar va boshqalar ko'rinishidagi boyliklarni xavfli geologik jarayonlarning zararli ta'siridan muhofaza qilish;
b) qurilish obyektining tanlangan maydondagi o'rniga aniqlik kiritish, qurilish loyihasini, qurilish sharoitini, inshoot turg'unligini, sarf-xarajatlar hajmini va undan foydalanish sharoitini injener-geologik jihatdan mufassal asoslash (shu jumladan, hudud va inshootlarni xavfli geologik jarayonlar ta'siridan muhofaza qilishga mo'ljallanganlarni ham);
d) injener-geologik sharoitning ayrim masalalarini mufassal o'rganish, ya'ni qurilish ishlariga, tog' jinslariga va inshootlar turg'unligiga, undan foydalanish sharoitiga ta'sir qiluvchi omillarni aniqlash va ularni mufassal o'rganish.
Loyihalanayotgan inshootlarning injener-geologik sharoitlari maʼlum ketma-ketlikda, ya'ni umumiydan xususiyga qarab oʻrganiladi. Shunga mos ravishda injener-geologik izlanishlar bosqichlarga bo'linadi. Izlanishdan olingan natijalar inshoot loyihasini u yoki bu bosqichda asoslashga xizmat qiladi.
Loyihalash tashkilotlari tomonidan berilgan texnik topshiriq asosida izlanishlar olib boruvchi korxona injener-geologik izlanishlar dasturini tuzadi va u asosida ish bajaradi.

Injener-geologik sharoitlar va ularni oʻrganishning


ketma-ketligi
Injener-geologik sharoit deganda, V.D.Lomtadze ta'rifi bo' o'yicha, inshoot qurilishi va undan foydalanish sharoitini belgilovchi, ularda har xil qurilish inshootlarini joylashtirishni rejalashtiruvchi, bu hududlardan omilkorlik bilan foydalanish, har xil qurilish inshootlari joylashadigan hudud va uchastkalarni tanlash, ularning turg'unligini va normal foydalanilishini ta'minlash va qurilish hamda tog' ishlarini amalga oshirish sharoitlarini aniqlab beruvchi barcha tabiiy geologik omillar majmuasi tushuniladi.
Injener-geologik sharoitning asosiy omili bo'lib, uning geologik tuzilishida qatnashayotgan, maydon relyefi, geologik jarayonlarning tarqalganligi, yer osti suvlari va foydali qazilmalar tarqalganligini belgilab beruvchi tog' jinslari hisoblanadi. Shu bilan bir paytda tog' jinslari turli inshootlar uchun asos, ular uchun muhit va qurilish materiallari bo'lib xizmat qiladi. Shuning uchun regionlar, viloyatlar, tumanlar, uchastkalar injener-geologik sharoitini tariflashda, birinchi galda turli tarkibga, tuzilishga va fizik-mexanik xususiyatga ega bo'lgan tog' jinslarining tarqalish qonuniyatlari yoritilishi kerak.
Injener-geologik izlanishlarda injener-geologik sharoitni tashkil etuvchi elementlar oʻrganilishida ma'lum ketma-ketlik mavjud boʻladi.

Injenerlik izlanishlarida tog' jinslari namunalarini


olish.
Tog jinslarining fizik-mexanik xususiyatlari boshlang'ich bosqichlarda ularning petrografik tarkibiga qarab aniqlansa, keying bosqichlarda maxsus laboratoriya va tajriba ishlari natijasida nafaqat umumlashtirilgan ko'rsatkichlar, balki xususiyatlarining hisobiy qiymatlari ham aniqlanadi. Foydali qazilma konlari, shu jumladan, qurilish materiallari haqidagi ma'lumotlar boshlang'ich bosqichda umumgeologik ma'- lumotlar bo'yicha mavjud fond va adabiy manbalardan olinsa hamda geologik tuzilishni o'rganish asosida belgilansa, keyingi, dastlabki va batafsil, bosqichlarda, katta qurilishlar uchun, qurilish materiallari konlari uchun maxsus izlanishlar, razvedka ishlari olib boriladi, ulaming zaxirasi, sifati, ochib va qazib olish sharoitlari baholanadi.
Aytib o'tish lozimki, agar sanab o'tilgan injener-geologik sharoitni tashkil etuvchi elementlardan birortasi o'rganilmasa, u holda injener-geologik sharoitni to'liq ta'riflab bo'lmaydi va berilgan injenerlik vazifasi to'g'ri bajarilmaydi.
Bu qoidadan faqat bitta chekinish bo'lishi mumkin. Ya'ni shahar yoki yirik sanoat rayonlaridagi katta yalpi qurilishlarda qurilish materiallari konlari oʻrganilmaydi, materiallari bilan asosan markaz- lashtirilgan holda, ilgari o'rganilgan konlardan ta'minlanadi.
Yirik inshootlar qurilishida nafaqat qurilish materiallari, balki boshqa turdagi foydali qazilmalarning ham injener-geologik sharoitlari o'rganiladi, chunki loyihalashtirilayotgan inshoot konning ishlashiga yoki aksincha, kon tog kovlamalarining inshoot turg'unligiga va atrof geologik muhitga ta'siri baholanishi kerak bo'ladi.
Agar tog jinslarining fizik-mexanik xususiyatlari o'rganil-magan va baholanmagan bo'lsa, u holda xoh u katta yoki kichik o'lchamli hudud bo'lsin, xoh tanlangan qurilish uchastkasi bo'lsin, ularning injener-geologik sharoitlari to'liq va uzil-kesil o'rganilgan deb bo'lmaydi. Tog' jinslarining fizik-mexanik xususiyatlari u yoki
bu hududning injener-geologik sharoitini xarakterlovchi tarkibiy elementlardan biridir
Bu xususiyatlarni tavsiflovchi ko'rsatkichlar har xil inshoot- larni, injenerlik ishlarini, geologik muhitdan omilkorlik hilan foydalanish va injenerlik muhofazasini loyihalashda, ulardan tabiiy zamin sifatida, muhit yoki qurilish materiallari sifatida foydalanil- Banda tog jinslari qurilish xususiyatlarini baholash mezoni hisob- lanadi. Shuning uchun tog' jinslarining fizik-mexanik xususiyatlarini, ularning tabiiy va sun'iy omillar natijasida o'zgarishini o'rganish, baholash, bashoratlash har qanday injenerlik izlanishlarining tarkibiy qismi hisoblanadi. Tog' jinslarining injener-geologik xususiyatlari injener-geolo- gik syomka, razvedka va maxsus ishlar jarayonida o'rganiladi. Tog" jinslarining fizik-mexanik xususiyatlarini o'rganish uchun biriamchi namunalar tog kovlamalaridan, burg'u quduqlaridan, tog jinslarining tabiiy ochilmalaridan olinadi. Birlamchi namuna bu tarkibi, tuzilishi va fizik-mexanik xususiyatlarini belgilangan qoidalarga ko'ra, laboratoriya sharoitida o'rganish uchun olingan ma'lum hajmdagi tog' jinsidir. Birlamchi namunani olish yoki geologik amaliyotda aytili- shicha, tog' jinslarini tekshirish, injener-geologik syomka, razvedka va tajriba ishlari jarayonida, injenerlik izlanishlarining har bir bosqichida amalga oshiriladi. Tog' jinslarini namunalash boshqa geologik ishlar bilan birgalikda olib boriladi va tegishli laboratoriya tekshirishlari uchun tog' jinslari va suvdan olingan namunalarni olish bilan ifodalanadi. Mazmun jihatidan bu ish dala geologik ishlarini hujjatlash- tirishning tarkibiy qismi bo'lib hisoblanadi va tog' jinslarining tabiiy va sun'iy ochilmalarini hamda burg'u quduqlaridan olingan kemnlarni o'rganish davrida bayonlash, o'lchashlar, rasmini chizish, foto- rasmini olish, namuna olish va boshqa ishlar bilan birgalikda bajariladi. Shu o'rinda tog jinslarini namunalashga dala tajriba ishlari, shu jumladan, dinamik va statik zondlash, pressiometriya va sh.o'. ishlami qo'shish noo'rin. Agar bu ishlar namuna olishga qo'shilsa, u holda unga burg'u quduqlarini kovlash, tog kovlamalarini kovlash kabilami ham qo'shish kerak bo'ladi.
Umuman olganda, namunalar olish va laboratoriya hamda dala sharoitlarida tog jinslarining tarkibi, tuzilishi va fizik-mexanik xususiyatlarini o'rganish bu o'z maqsadiga, mazmuniga, ularni bajarishni tashkil qilish va vaqtiga ko'ra bir-biridan tubdan farq qiluvchi ishlar hisoblanadi. Tog' jinslari fizik-mexanik xususiyatlarini o'rganish mufas- salligi bosqichma-bosqich oshib boradi, demak, olinadigan namuna- lar soni ham ko'payib boradi. Mufassal bosqichda razvedka ishlarining hajmi katta bo'lganligi sababli tog' jinslaridan olinadigan namunalar ham katta hajmda amalga oshiriladi. Bu holda quyidagilarni e'tiborga olish lozim. Qoyatosh va yarim qoyatosh tog jinslari xususiyatlarining namunada aniqlangan ko'rsatkichlari tabiiy holda massivda aniqlangan tog jinslari xususiyatlaridan farq qiladi. Massivda ular tarkibi, tuzilishiga ko'ra turli xil bo'lishi, anizotrop xususiyatlarga, zaif yuza va zonalarga ega bo'lishi, notekis va katta darzliklari va nuragan bo'lishi, yaqqol ko'rinadigan teksturaviy belgilariga ega bo'lishi (qatlamlar, slanets- lilik, yo'l-yo'llik va b.), geologik tuzilish holatiga bog'liq ravishda tektonik kuchlar ta'sirida buzilgan bo'lishi va har xil zo'riqish holatida bo'lishi mumkin. Shuning uchun bu tog jinslarining dala sharoitida aniqlangan ko'rsatkichlari ularning xususiyatlarini baholashda asosiy-hal qiluv chi hisoblanadi. Bunda o'rganishning asosi bo'lib strukturaviy-pet- rografik, strukturaviy-tektonik o'rganish usullari hisoblanishi kerak. Tog jinslarini o'rganishning bu usullari qurilish sharoitlarini, ularda har xil bino va inshootlar qurish va mustahkamlashni injener- geologik jihatdan baholashda hal qiluvchi rol o'ynaydi. Xuddi mana shunda qoyatosh va yarim qoyatosh tog' jinslarini injener-geologik jihatdan o'rganishning muhim xususiyatlari va murakkabligi ko'rinadi. Bu tog' jinslarining fizik-mexanik xususiyatlarini laboratoriya sharoitida o'rganish ular tavsifini kengaytirish, dala sharoitida olingan ba'zi ma'lumotlarga aniqlik kiritishga imkon beradi, lekin ular bino va inshootlar joylashgan joy, dala sharoitida baholangan natijalariga, ularning qurilish sharoitlariga va mustahkamligiga o'zgartirish kiritaolmaydi. Demak, laboratoriya sharoitida qoyatosh va yarim qoyatosh tog jinslarining aniqlangan fizik mexanik xususiyatlari muhim ahamiyat- ga ega bo'lsa ham, hal qiluvchi hisoblanmaydi. Qoyatosh tog jinslaridan farqli o'laroq, yarim qoyatosh tog' jinslari (argillit, mer- gel, gilli ohaktosh, qumtosh va b.) uchun hamda boshqa turdagi tog" jinslari guruhlari uchun: zarrachalari bog'langan (gilli), zarrachalari bog'lanmagan tog Jinslari (qumli), shuningdek maxsus tarkib va xususiyatga ega bo'lgan tog' jinslari uchun laboratoriya sharoitida aniqlangan ko'rsatkichlar juda katta ahamiyatga ega va ko'pincha hal qiluvchi hisoblanadi. Bunday holatlar hamisha ham injener-geologik izlanishlarda to'liq hisobga olinmaydi. Shunday qilib, birlamchi namuna olinganda, shunday tog' jinslaridan namuna olinishi kerakki, uning laboratoriya sharoitida aniqlangan ko'rsatkichlari asosiy bo'lishi lozim va u ko'rsatkichlar asosida tog jinslarini baholash imkoni bo'lishi kerak. Shuning uchun qoyatosh tog jinslaridan namunalar ulaming petrografik tarkibini o'rganish va fizik-mexanik xususiyatlarini (zichlik, g'ovaklik, suv o'tkazuvchanlik, suvga to'yinganlik, zichlanishga ko'rsatadigan vaqtincha qarshiligi) qiyosiy baholash uchun yoki qurilish materiali (xomashyosi), qoplama materiallar, beton uchun shag'al, ballast va b. sifatida o'rganish uchun olinadi. Ularning to'liq xususiyatlarini va mustahkamligini, deformatsiyalanishini, suv o'tkazuvchanligini va barqarorligini baholash maxsus dala tajriba ishlari ma'lumotlari asosida amalga oshiriladi. Namunalashda, olingan namuna o'rganilayotgan tog jinsi qatlamining tarkibini, tuzilishini, fizik holatini o'zida aks etirishiga erishish zarur. Tajriba shuni ko'rsatadiki, yakka tarzda olingan namuna bo'yicha tog' jinsi xususiyatini baholash mumkin emas. Bunga sabab tog' jinslarining tarkibi, tuzilishi va xususiyati o'z tabiatiga ko'ra nuqtadan nuqtaga qarab o'zgarib turadi. Ko'p hollarda ular anizotrop, turli yo'nalishlarda turlicha xususiyatga ega bo'ladi. Shuning uchun bitta yoki kam sonli namuna olib o'rganilayotgan tog" jinslari turlarining to'liqligini ta'minlash mumkin emas. Tog Jinsi qatlamining xususiyatini baholash uchun ma'lum miqdorda namunalar olingan bo'lishi, ulardan tog' jinsi xususiyatlari aniqlanishi kerak. Olingan natijalarni tahlil qilish, umumlashtirish natijasida ma'lum darajadagi aniqlikda ularning xususiyatlarini baholash imkoni yaratiladi. Tog' jinsi xususiyati ko'rsatkichlarini aniqlik darajasi o'tkazilayotgan izlanishlar bosqichiga, loyihalash- tirilayotgan inshoot turiga, sinfiga, bog'liq bo'ladi. Rekognossirovka va dastlabki izlanish bosqichlarida umum- lashtirilgan, O'zDSt 20522-96 talablari bo'yicha aniqlangan me'yo- riy ko'rsatkichlarni aniqlashning o'zi yetarli bo'ladi. Tog' jinslarining me'yoriy (umumlashtirilgan) ko'rsatkichlari-
ning miqdori o'rtacha arifmetik qiymatga teng bo'ladi. Shuning uchun ularni aniqlashlar soni statistik tahlil qilish uchun yetarli bo'lishi kerak.
Me'yoriy ko'rsatkichlar qurilish maydonlaridagi tog' jinslari xususiyatlarining dastlabki tavsifini va ularda bino va inshootlar qurish sharoitlarini baholash imkoniyatini beradi. Bu ko'rsatkich- lardan dastlabki injener-geologik hisoblashlarni bajarish uchun foydalanish mumkin. Me'yoriy ko'rsatkichlarni aniqlashda asos bo'lib, tog jinslarining fizik-mexanik xususiyatlarini ommaviy ravishda aniqlash natijasida olingan ma'lumotlar va ularning makonda o'zgaruvchanligini tahlil qilish bo'ladi. Mufassal va qo'shimcha izlanishlarda me'yoriy ko'rsatkich- Jardan tashqari alohida hisoblangan hisobiy ko'rsatkichlar aniqlanadi va ular asosida uzil-kesil hisoblashlar bajariladi. Ba'zi hollarda injenerlik hisoblashlari uchun, agar mas'uliyat darajasi kichik (III) bo'lgan bino va inshootlar bo'lsa, me'yoriy ko'rsatkichlardan foydalaniladi.

Tog' jinslarining fizik-mexanik xususiyatlarini laboratoriya sharoitlarida o'rganish


Tog jinslarini injener-geologik jihatdan o'rganish nafaqat injener-geologik syomka, balki injener-geologik razvedka, tajriba ishlari va statsionar rejim kuzatishlar davomida ham olib boriladi. Bu injener-geologik izlanishlarning tog' jinslarini o'rganishdagi o'ziga xos xususiyatidir. Ularni dala sharoitida o'rganish doimo laboratoriya izlanishlari bilan birga olib boriladi. Bu izlanishlardan olingan materiallar tog jinslarining tavsifini, tasnifini va baholanishini to'ldiradi va ularga aniqlik kiritadi, buning natijasida hududlar injener- geologik sharoitlarini, bino va inshootlar qurilishida geologik sharoitlarlarni hamda jarayon va hodisalar rivojlanishi sharoitlarini o'rganish mukammalligi va ishonchliligi oshadi. Shuni ta'kidlash joizki, tog' jinslarining har xil guruhlarini tavsiflash va baholash uchun fizik-mexanik xususiyatlarni aniqlash bir xil ahamiyatga ega emas. Masalan, qoyatosh, ba'zida yarim qoyatosh tog' jinslarini baholashda bu ko'rsatkichlar muhim bo'lsa ham asosiy hisoblanmaydi. Bu ko'rsatkichlar ular xususiyatlari haqidagi ma'lumotlarni kengaytiradi va dala sharoitlarida baholashlarga aniqlik kiritishi mumkin, lekin dala sharoitlarida baholanishlariga sezilarli darajada ta'sir ko'rsatolmaydi. Demak, bino va inshootlar joylashish joyini, ularni qurish va barqarorligini baholashga katta ta'sir ko'rsatmaydi.
Qoyatosh tog' jinslaridan farqli ravishda yarim qoyatosh tog jinslari (argillit, mergel, gilli ohaktosh, qumtosh va b.) hamda zarrachalari bog'langan gilli, zarrachalari bog'lanmagan qumli, o'ziga xos tarkibga va xususiyatlarga ega tog' jinslari uchun ularning fizik- mexanik xususiyatlarini laboratoriya sharoitlarida aniqlash juda katta, ko'p hollarda uzil-kesil qarorlar qabul qilish darajasidagi ahamiyatga ega.
Laboratoriya sharoitida tekshirishlarda tog jinslarining fizik- mexanik xususiyatlari haqida tegishli usullarda olingan birlamchi namunalarni o'rganish va sinash orqali fikr yuritiladi. Tog' jinslarining xususiyatlarini baholash va ular to'g'risida muhim xulosalar chiqarish bir-ikkita o'lchash va tekshirishlar asosida amalga oshirilishi mumkin emas. Buning uchun tog' jinslarining har bir qatlamlari, qatlamchalari, pachkasi, zonasi va turlarini to'liq tavsiflanishini ta'minlash uchun yetarli bo'lgan eng kam tekshirishlar va ular uchun olingan o'rtacha qiymatlar soni zarur. Bu o'rtacha qiymatlar Shaharsozlik normalari va qoidalarida me'yoriy ko'rsat- kichlar deyiladi.
Shunday qilib, injener-geologik izlanishlarda, shu jumladan, laboratoriya izlanishlarida, tog' jinslarining fizik-mexanik xususi- yatlarini aniqlashning bosh va asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
1) o'rganilayotgan hududdagi geologik qirqimda ochilgan tog' jinslari har bir qatlami, zonasi, pachkasi, qatlamchasi, turlarini toʻliq va mufassal tavsiflash, ta'riflash va tasniflash, ularning turdoshlik daraja. sini, chuqurlik va bo'ylama sath bo'yicha oʻzgarishlarini aniqlash;
2) tog' jinslari fizik xususiyatlari va holatini dastlabki baholash uchun umumlashtirilgan - me'yoriy ko'rsatkichlarni aniqlash;
3) qurilish sharoitlarini va hududlar, bino va inshootlar barqaror-ligini uzil-kesil baholash uchun tog' jinslarining asosiy xususiyatlari, ya'ni zichlik, suv o'tkazuvchanlik, mustahkamlik, deformatsiy alanuvchanlik xususiyatlarining hisobiy ko'rsatkichlarini aniqlash.
Hududdan samarali foydalanish, ularni yaxshilash bo'yicha ishlar har xil bino va inshootlarni loyihalash va qurish bilan bog'liq bo'lgan turli injener-geologik masalalarni hal qilishda, tog' jinslari to'g'risidagi umumiy ma'lumotlar (injener-geologik tasniflash bo'yicha ularning qaysi guruhga mansubligi to'g'risida, yotish sharoitlari va shakli, zo'riqish holati, ularning bir turli emasligini va anizotropligini ko'rsatuvchi xususiyatlari, bo'shoq sathlar va zonalar joylashishi va yo'nalishlari, bo'shanish, nurash va darzliklar zonalari)dan tashqari ularning quyidagi aniq xususiyatlari katta ahamiyatga ega:
1) tog jinslarining moddiy (mineralogik, granulometrik, kimyoviy) tarkibi,
2) tog' jinslarining tuzilish xususiyatlari (struktura, teksturasi va tuzilishi);
3) fizik xususiyatlari (zichlik, g'ovaklik, namlik, gilli tog' jinslarining konsistensiyasi, qumli tog' jinslarining nisbiy zichligi)
4) suvlilik xususiyatlari (suv sig'imi, suvga nisbatan turg'unligi, kapillarligi va suv o'tkazuvchanligi);
5) mexanik xususiyatlari (uzilish va zichlanishga mustahkamlik, mustahkamlik);
6) maxsus xususiyatlar (qattiqlik, mahkamlik-pishiqlik, eyiluv- chanlik-yemiriluvchanlik, abrazivlik, kesishga qarshilik, muzlashga siljish va tik zarblarga qarshiligi, umumiy deformatsiyalanish, zichlanish va cho'kuvchanlik, sudraluvchanlik va davomiy bardoshlilik).
Yuqorida qayd etilgan xususiyatlarni aniqlash uchun zarur bo'lgan tog' jinslari namunalarining o'lchami va holati 34-jadvalda berilgan.
Har qanday tog jinslarining fizik-mexanik xususiyatlarini laboratoriya sharoitida o'rganishdan oldin ularning tarkibi, tuzilishi (struktura va tekstura), fizik holati va xususiyatlarini aniqlash imkonini beruvchi oddiy usullar yordamida mufassal makroskopik o'rganilishi va yozib chiqilishi kerak. Tog' jinslari makroskopik o'rganilgandan so'ng turli maxsus usullar bilan ularning fizik-mexanik xususiyatlarini laboratoriya sharoitlarida o'rganish boshlanadi.
Yechilayotgan masalaga va texnik imkoniyatlardan kelib chiqqan holda izlanishlar dasturiga tog' jinslari xususiyatlarining to'liq kompleksini (tarkibi, tuzilishi, fizik, suvli va mexanik xususiyatlari) o'rganish kiritilishi mumkin yoki qisqartirilgan dastur bo'yicha, ya'ni faqat moddiy tarkibi, tuzilishi va fizik xususiyatlari o'rganilishi mumkin. Ikkala holatda ham tog' jinslari haqida to'liq ma'lumotga, ya'ni tog' jinslarining tarixi va ularning paydo bo'lishining qonuniy oqibati sifatida gavdalanuvchi, moddiy tarkibi, tuzilishi haqida to'liq ma'lumotlarga ega bo'lish zarur.

XULOSA
Men ushbu mustaqil ish mavzusida tabiiy tog' jinslari turg'unligini ta'minlovchi asosiy tadbirlar yo'nalishlarini aniqlab beruvchi geologik jarayonlarni, tog' jinslarining fizik-texnik xususiyatlarini o'rganishInjenerlik izlanishlarning asosiy vazifasi texnik jihatdan to'g'ri, iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq yechimlarni qabul qilish uchun tabiiy sharoitni o'rganish, shu jumladan hududning yoki inshoot quriladigan maydonning injener-geologik sharoitini o'rganishdan iborat ekanligini bilib oldim



FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

  1. Injener-geologik tadqiqotlar (Toshkent-2020) A.A.ADILOV N.R.NORMATOVA, A.SAPAROV, D.Q.BEGIMQULOV

  2. INJENERLIK GEOLOGIYASI ASOSLARI (TOSHKENT-2005) M.SH.SHERMATOV

Download 32.29 Kb.




Download 32.29 Kb.