Reja: Kirish Gulning morfologiyasi




Download 32,43 Kb.
Sana18.12.2023
Hajmi32,43 Kb.
#122611
Bog'liq
Dorivor o’simliklarning gullash va mevalash jarayonini o’rganish


Dorivor o’simliklarning gullash va mevalash jarayonini o’rganish
Reja:
Kirish
1.Gulning morfologiyasi.
2. Gullash va changlanish
3. Meva
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar

Kirish
Gulning tu/ilishi. Gul novdaning uchki va barg qo'ltig'idagi mcristemadan hosil bo'lgan reproduktiv organ. Gul gulo'rniga ega bo'lib, unda gulqo'rg‘on, changchilar va urug‘chilar joylashadi. Urug'chi bir yoki bir necha urug'chi barglardan (karpell) tashkil topgan. U tuguncha, ustuncha va tumshuqchadan iborat. Gul changlanib, urug'langandan keyin tuguncha mevaga, urug1 kurtak esa urug'ga aylanadi Gul uchki yoki gul yonbarglarning qo'ltig'idan chiqadi. Ular bandli va bandsiz bo'ladi. Gullar to'g'ri — aktinomorf, qiyshiq — zigomorf yoki assimctrik bo'ladi. Gulqo'rg'onning bo'lishi, bo'lmasligi va tuzilishiga qarab gullar: 1) gomoxlamid — gulqo'rg'oni bir xil rangli oddiy kosachabarglardan yoki tojbarglardan tashkil topgan (lola, piyoz va boshq.); 2) geteroxlamid — gulqo'rg'oni murakkab, kosacha va tojbarglardan iborat (burchoq, na’matak); 3) axlamid — gulqo'rg'oni yo'q yalang'och (tol, shumtol). Gullarda jinslarning joylashishi. Gullarda ham changchi, ham urug'chi bo'lsa, ikki jinsli deyiladi. Bir o'simlikda changchili va urug‘chili gullar bo'lsa, bir uyli (makkajo'xori, ernan), urug'chi va changchi gullar boshqa-boshqa o'simliklarda bo‘lsa, ikki uyli deyiladi. Gul qismlarining joylashishi. Gul qismlari gul o'rnida ma’lum qonuniyat asosida joylashadi. Ko'pchilik gullarda gul qismlari doira shaklida joylashadi: 4 doira bo'lsa — tctratsiklik, 5 doira bo'lsa — pcntatsiklik deyiladi. Bir urug'pallali o'simliklarda uchtadan, ikki urug'pallalilardan to'rt yoki beshtadan gul qismlari joylashgan bo'ladi


(karamguldoshlar).
Gullash va changlanish. Gullash gul ochilgandan to tamom bo'lgungacha davrni o'z ichiga olib, bir-ikki soatdan bir necha haftagacha cho'zilishi mumkin. Changlarning urug'chi tumshuqchasiga tushishi changlanish deyiladi. O 'z-o'zidan changlanish — avtogamiya, chetdan changlanish— allogamiyaga bo'linadi. Avtogamiyada chang shu guldagi urug'chining tumshug'chasiga tushadi va changlantiradi. Geytonogamiyada — bir tup o'simlikdagi gulning changi shu o'simlikdagi boshqa gulning urug'chisiga tushib changlantiradi. Ksenogamiyada — bir o'simlik gulining changi boshqa o'simlik gulining tumshuqchasiga kelib tushadi va uni changlantiradi. O'simliklar chetdan hasharotlar yordamida changlansa, entomofiliya deyiladi. Suvga botib yoki m a’lum qismi suv yuzasidan yuqoriga ko'tarilib turadigan o'simliklarning changlari suv orqali boshqa o'simlik gulining tumshuqchasiga tushib changlatsa, gidrofiliya deyiladi, masalan, shoxbarglarda. 0 ‘rtacha iqlimli o‘rmon zonalarida deyarli 20% o'simliklar shamol yordamida changlanadi. Bu holat anemofiliya deyiladi. Bug'doydoshlar, ziradoshlar, gazandadoshlar vakillari shu yo'l bilan changlanadi.
Urug‘lanish. Urug'chi tumshuqchasiga kelib tushgan changlar o'sib chang naychasini hosil qiladi. Chang naychasi o'sib, uning ichida vegetativ va gencrativ hujayra hosil bo'ladi. Nay ichida generativ hujayra ikkiga bo'linib, ikkita spermiyni hosil qiladi. Chang naychasi o'sib, murtak xaltasiga kiradi va ikki spermdan biri tuxum hujayra bilan, ikkinchisi markaziy hujayraning yadrosi bilan qo'shiladi. Bu jarayon qo‘sh urug'Ianish deyiladi. Qo'sh urug'lanishni 1898- yili rus olimi S.G. Navashin ochgan. Urug'langandan keyin tuxum hujayradan murtak, markaziy hujayradan endosperm rivojlanadi. O'z navbatida, murtakdan dastlabki vegetativ organlar shakllanadi.

Meva gul urug'langanidan keyin uning o'zgarishi natijasida hosil bo'ladigan generativ organ. Meva urug'larni tashqi muhit ta ’siridan himoya qiladi va tarqalishiga yordam beradi. Meva asosan urug'chining tugunchasidan hosil bo'ladi. Lekin pastki tugunchaga ega o'simliklarda meva hosil bo'lishida gulo'mi va gulbandi, ba’zida to'pgullar ham qatnashadi. Mevalarning shakli, o'lchami, rangi, tuzilishi va ustki qismi har xil bo'ladi. Meva asosan meva po'sti va uning ichida joylashgan urug'lardan iborat. Meva po'sti tuguncha devorining o'sishi va shakli o'zgarishi natijasida hosil bo'ladi. U tashqi qismi — ekzokarpiy, ichki qismi — endokarpiy va ba’zi mevalardan rivojlanadigan o'rta qismi — mezokarpiydan iborat. Mevalar kelib chiqishi bo'yicha ikki xil: chin va soxta bo'ladi. Agar mevalar faqat tugunchaning o'zidan paydo bo'lsa, chin mevalar deyiladi (o'rik, oleha, shaftoli). Chin mevalar, o'z navbatida ikkiga bo'linadi:


1) agar gulda bitta urug'chi bo'lib, undan bitta meva hosil bo'lsa, oddiy meva deyiladi (don, dukkak, o'rik, oleha);
2) agar meva bitta guldagi bir nechta urug'chidan hosil bo'lsa, murakkab mevalar deyiladi (m alina, m aym unjon, qulupnay, ayiqtovon). Mevalar po'stining tuzilishiga qarab ho‘l va quruq bo'ladi. Quruq mevalar chatnaydigan (qo'zoq, ko'sak, ba’zi dukkaklar) chatnamaydigaAn (don, pista, yantoq mevasi va boshq.), bir urug'li (pista, don, yong'oq va boshq.) va ko'p urug'li (bargak, qo'zoq, ko'sak va boshq.) bo'ladi Don bir urug'li quruq meva, uning po'sti juda yupqa bo'lib, urug'iga mahkam yopishgan va faqat asosi bilangina qo'shilib o'sgan (bug'doy, arpa, suli, sholi va boshq.). Pista bir urug'li quruq meva, lining ctdor qalin po'sti urug'i bilan qo'shilib o'smagan va undan oson ajraladi (kungaboqar, maxsar, pista) (1.39-rasm, 8). Ayrim o'simliklarning mevalarida qanotga o'xshagan o'simtalar paydo bo'ladi va qanotchali mevalar, (zarang, qayrag'och, shumtol) (1.39-rasm, 9, 10) yoki mevalarning uchida bir tutam tuklari bo'lib, uchma mevalar deyiladi (terak, qoqio't, takasoqol). Yong‘oq ochilmaydigan, bir urug'li, qalin yog'ochlangan po'stga ega quruq meva (j°‘ka, nasha va boshq.) (1.39-rasm, 7). Bargak bitta mevabargdan hosil bo'lgan, choklaridan ochiladigan, ko'p urug'li quruq meva (1.39-rasm, /). Dukkak bitta mevabargdan hosil bo'lgan, pallalarining uchki tomonidan boshlab ochiladigan, bir va ko'p urug'li quruq meva (no'xat, mosh, loviya, burchoq) (1.39-rasm, 2). Qo‘zoq orasida (urug'lari joylashgan) yupqa to'sig'i bo'lgan ikki mevabargdan shaklIangan, asosidan boshlab ochiladigan ko'p urug'li quruq meva (karam, turp, rediska). Ko'sak bir ncchta mevabargdan hosil bo'lgan turli tipda ochiladigan Ho'l mevalar quruq mcvalardan meva po'stining scretligi bilan farq qiladi. Ular bir urug'li (danakli mevalar); ko'p urug'li (rezavor mevalar) bo'ladi (1.40-rasm, 1-7). Danakli mevalar bir urug'li, qalin ctli bo'lib, po'sti aniq uch qismdan: tashqi yupqa ck/okarp, o'rta yumshoq mezokarp va ichki qattiq yog'ochlangan danakni hosil qilgan endokarpdan iborat (oleha, o'rik, gilos, yong'oq).
Rezavor mevalarga bir ncchta mevabargdan hosil bo'lgan ko'p urug'li ho'l mevalar kiradi. Ularning meva po'sti tashqi yupqa va ichki urug'lari joylashgan qalin et qismdan iborat (uzum, pomidor, baqlajon). Soxta mevalar shakllanganda urug'chi tugunchasidan tashqari gulning boshqa qismlari ham ishtirok etadi (olma, nok, bchi). Bunday mevalar asosan gul tugunchasi pastki bo'lgan o'simliklarga xos bo'lib, meva eti gulo'rnining o'sishidan, ichki tomoni tugunchadan paydo
bo'ladi. Soxta mevalarga qovoq, tarvuz, qovun, bodring misol bo'ladi. Ularning tashqi qattiq po'sti gulo'rnining o'sishidan, ichki yumshoq eti tugunchadan rivojlanadi. Qulupnay mevasining yumshoq et qismi
gulo'rnidan, mevalari tugunchadan rivojlangan. So`ta-etam, qalin o`qdan tuzilgan iroidlar oilasiga kiradi. Kalla, makkajo`xori. Soyabonsimon to`pgul tabiatda keng tarqalgan tipik oddiy soyabon navro`zgul, piyozda ko`rish mumkin. Soyabonda asosiy o`q kalta tortib, hamma gullarning gulbandi tepadan chiqqandek bo`lib, ko`rinadi va deyarli bir xil uzunlikda bo`ladi. Asosiy soyabon odatda 7-9 gulli bo`ladi. Yuqorida aytilgandek soyabon shingildan asosiy o`q o`sishdan to`xtashidan hosil bo`ladi. Qoplag`ich barglari va gul bandi razetka hosil qiladi.
O`q tepasi yakka gul bilan tugaydi va bu xildagi soyabon yoriq deyiladi. Yon soyabonlarda gullar oz miqdorda ba`zan ikkitaga bo`ladi va 1 ta o`rama bargi bor. Olmaning soyabonsimon to`pgulini olsak-qisqargan novda, tipik soyabon( ko`pincha simon to`pgulini olsak-qisqargan novda, tipik so) ko`pincha 6 ta gulli, 1-2 gulda qoplovchi barg vegetativ bargga shaklan o`xshaydi. 4-8 chisi esa kichik tangachasimon shaklda. Bulardan tashqari birinchi bo`lib ochiladigan tepa barg ham bo`ladi. Prunus(olxo`ri) avlodida ko`pchilik turlar shingil tipidagi to`pgul hosil qiladilar. Ba`zi turlari soyabonsimon to`pgul hosil qilish bilan bu tiplarning kelib chiqishi bir xilligini isbotlaydi. Masalan: gilos tipik soyabon, cheremuxada shingil olho`rida reduksiyalanib 1-2 ta gul qolgan olmadan farqli Prunus avlodida to`pgul ochiq. Xullas tipik soyabon piyoz, navro`zgul (primula) prolomnik kabilarda bo`ladi.
CHANGLANISH- odatda gullar o`z-o`zidan ya`ni changi bilan yoki chetdan boshqa o`simliklarning changi bilan chetdan changlanishi mumkin. Agar o`simliklar chetdan changlanmasdan qolsagina ko`pincha o`z-o`zidan changlanadi. O`simliklarda chetdan changlanish muhim ahamiyatga egadir. Chunki chetdan changlanganda har xil irsiy belgilari bor gametalar qo`shiladi va yashovchan yangi nasl vujudga keladi. Shuning uchun ham o`simliklarda chetdan changlanishni ta`minlaydigan har xil moslanishlar vujudga kelganligini uchratamiz. Chetdan changlanadigan o`simliklar bir necha gruppaga bo`linadi.
1-shamol bilan changlanadigan - anemofil o`simlik
2-hashoratlar bilan changlanadigan-entomofil
3-qushlar bilan changlanadigan-ornitofil
4-suv yordamida-gidrofiliya deb ataladi.
Chetdan changlanishda anemofil o`simliklar yopiq urug`li o`simliklarning 1 10 qismini terak, qayrog`och, yong`oq, tut, tol, chinor, sho`ralar, zubturum kabilar anemofil o`simliklardir.
Bu o`simliklarning gullari kichik, ko`rimsiz bo`lib, gul qo`rgoni kosachasimon, rangli gultoji yo`q. Chetlari quruq yengil juda ko`plab hosil bo`ladi. M: O`rmon yong`og`ida 4 mln, makkajo`xori shingilda 50 mln chang bo`ladi.
Anemofil o`simliklarda chang xaltasi zarb bilan yorilib chang donachalarini sochib yuboradi. Ko`pchilik gullilarda otalik changdonlar guldan osilib chiqib turadi. Shamolda tebranish natijasida changlar gullardagi chiqib turgan uzun-uzun guldor, patsimon ogizchalarga tushadi. Anemofil o`simliklar barg chikarishdan yoki barg chiqarish bilan gullaydi, natijada changlanishga to`sqinlik kam bo`ladi. Anemofil o`simliklarda bir yoki ikki uyli bo`lish, changchi bilan og`izchalarning baravar yetishmasligi o`zidan changlanishga to`sqinlik qiladi. Anemofil o`simliklarning changi 30-33 km masofalargacha tarqalishi mumkin ekan. Xatto ba`zi misollar borki, yangi yerdan farer orollarida 400 km uzoqlikdagi o`simliklarning changi topilgan.
Entomofil o`simliklar-o`zlarining gulqo`rg`onlari-ning rang-barang bo`lishi bilan ajralib turadi. Gullari yirik bo`lsa, alohida-alohida, mayda (gullarni) bo`lsa, yirik ko`zga tashlanadigan yirik to`pgullarni hosil qiladi. Ko`pgina murakkab to`pgullilarda (m: dostorgul, ramashka, butakuz kabi) to`pgullarning chetida turgan gullarning yiriqroq ekanligini ko`rish mumkin. Bunday gullarda otaliklar va onaliklar bo`ladi yoki bo`lmaydi, hosilsiz gullar hisoblanadi. Bu gullar hashoratlarni talab qilish uchun xizmat qiladi. Ko`pgina soyabon gullarda, to`pgulning tashqari tomonidan turgan gullarning gultoji barglari kuchli rivojlangan bo`ladi va hashoratlarn jalb qilishga xizmat qiladi. Ko`pgina o`simliklarda gultojbarglari bir xil rangda bo`lmasdan, ularda xar xil chiziqlar, dog`lar, nakshlar bo`ladi. Bular ham gulning hashoratlarni jalb qilishga moslashganligidan dalolatdir. Ba`zi bir oilaga kiruvchi o`simliklarda to`pgullarni qoplovchi barglar ham rangli bo`ladi. M: shalfey-marmarak o`simligida-gullari rangdor bo`lishidan tashqari, o`zlaridan har xil efir moylarining hidini tarqatish bilan ham hashoratlarni jalb etadi. M: botqoqda o`sadigan o`simliklar pashsha va qo`ng`izlarni jalb etish uchun badbo`y hidlar tarqatadi hashoratlar o`simliklardan gulning shirasi-shirin nektor va changchi uchun qo`nadi. Juda ko`p o`simliklarda shira nektar ishlab chiqaradigan bezsimon organlar-nektardonlar bor. Nektardonlar gulning gulqo`rg`on, kosacha, gultoji otalik iplarida, staminadiyalarda, gul tugunida, ustuncha tagida, gul o`rnida joylashgan bo`ladi. Bunday nektardonlar gul nektardonlari deb ataladi. Nektardonlarni ba`zan o`simlikning bargida, barg bandida va boshqa vegetativ organlarida ham uchratamiz. Bunday nektardnlar guldan tashqari nektardonlar deb ataladi. Nektardonlarning shakli va soni, joylashishi har bir o`simlik turiga xos bo`lgan sistematik birlik bo`lib, nasldan-naslga beriladi. Nektardonlargulda shunday joylashgan bo`ladiki, hashoratlar nektar olayotganlarida albatta changni o`zlariga izlashtirib oladilar va ikkinchi gulga olib borib, uni changlantiradilar. Ba`zi o`simliklarda nektar gulning pixyaa deb ataladigan qismida to`planib turadi. M: isfarak, binafsha, botrik.
To`pgullar: shingil, boshoq, so`ta, soyabon, boshcha, savatcha va qalqoncha shaklida bo`ladi. Simoz to`pgullarda simmodial yoki soxta dixotomik tipda shakllanadi. Ularga: monoxaziy, dixaziy pleyoxaziy to`pgullar kiradi.
URUG`LANISH-changlanish biron urug`lanish orasida ma`lum vaqt o`tadi ( bir necha minutdan soatgacha). Og`izchaga tushgan chang o`sa boshlaydi va chang naychasini hosil qiladi. Chang naychasi to`pgul x-a tomon o`sadi. Chang qismi ya`ni vegetativ yadrosi protoplazma bilan generativ holatidachang naychasining o`suvchi qismiga o`tadi. Generativ hodisa 2 ga bo`linadi. Chang naychasining protoplazmasida uning uchida yemirilayotgan vegetativ yadrosi, uning orkasida 2 ta sneriyani kursa bo`ladi. Chang naychasi chang yo`li orqali urug` kurtakka kiradi. Bunda embrion xaltasining chang xaltasi qadalib, turgan padasi erib ketadi. Chang naychasi yirtilib 2 ta sneriya chiqadi. Ularning biri tukun xaltacha yadrosiga qo`shiladi, ikkinchisi embrion xaltasidan markaziy xasidagi ikkilamchi yadroga karab yo`naladi va unga qo`shiladi. Shunday qilib qo`sh urug`lanish sodir bo`ladi. Urug`langan tuxum haltachada embrion, embrion haltasining markaziy hodisasidan endosperma hosil bo`ladi.
Azotli o`g`itlarni ko`plab o`simliklarga berish esa gullashni kechiktiradi. Obi-havoning qulay kelishi, quyoshli kunlar, havo va tuproqning yuqori temperaturasi, tuproq namligi va ozuqa moddalarining yetarli bo`lishi, o`simlik tanasida to`planadigan ozuqa moddalar (uglevod) ning yetarli bo`lishi xam gullashni tezlashtiradi, Demak gullashning normal kechishi uchun muayyan ichki va tashqi sharoit kompleksi bo`lishi shart. Ushbu sharoitni o`zgartirish yo`li bilan gullash jarayoniga ma`lum darajada ta`sir ko`rsatadi.
Bir yillik o`simliklar hayotining birinchi yilida, (bug`doy, zig`ir,g`o`za) ikki yillik o`simliklar esa hayotining ikkinchi yo`lida gullaydi. (karam, sabzi, lavlagi) va so`ng urug`lab quriydi. Hayotda bir marta gullab, bir marta urug`laydigan o`simliklar monokarpik o`simliklar deb ataladi.
Ko`p marta gullab urug` beradigan ko`p yillik o`simliklar esa polikarpik o`simliklar deb ataladi. Bular ko`p yillik o`simliklardir. Kamdan-kam o`simliklar ko`p yillik bo`lsalarda monokarpdir. Masalan: ba`zi agavalar, bambuklar, ba`zi xurmo turlari O`rta Osiyo kavraklari shulargaa misol buladi. Gullar gul kurtagidan rivojlanadi. Ba`zi tropik o`simliklar kakoa, kolos, palmasi va boshqalar bir gulga kirganidan so`ng bir umr gullaydi. Ko`pchilik o`simliklarda esa ma`lum fasllarda bahor, yoz va kuzda gullaydilar. O`simliklarda gullash vaqti ham turli o`simliklarda farq qiladi: bir necha soatdan bir necha haftagacha davom etadi. Masalan: Amazeno kO`zachaguli 20-30 minut, tropik orxesgullari 70-80 kungacha (toki changlanganicha) ochilib turadi. Ba`zi o`simliklar borki 1-2 tasini gul hosil qiladi xolos. Toki changlanganicha ochilib so`limasdan turadi. Yoki soxta qashtanda esa changlangandan so`ng ham uzoq vaqt gulqo`rg`onini tirik saqlab turadi.
Gullarning ochilishiga ko`p, tup o`zgarish ham ta`sir etadi. Masalan: nomozshomgul. Gullarning ochilishiga ko`ra 4 ta gruppaga ajratiladi. Ertalab, kunduzi, kuch va tunda ochiladigan gullar. Xullas gullash natijasida gul changlanishiga tayyor hisob bo`ladi. Ikki jinsli gullarda: proterandrik va proteroginik gullarda erkaklik yoki urg`ochilik fazalari ancha uzoq davom etadi. Masalan: Ranga (qorabosh)-da urug`chi 3-4 sutka davomida changlanishga tayyor bo`lib tursada, chang donda shunga mikrospora vaqtda so`ng chang yetiladi va yorilib sochiladi.
GULLASH BIOLOGIYASINI O`RGANISH USLUBIYATI. O`rta Osiyo, xususan O`zbekiston territoriyasi tuzilishi, relyefi juda xilma-xildir. Yer tuzilishi, xususiyatlari yorug`lik va ёg`ingarchilikning tushish joylarda to`proq-iqlim omillariga va shu orqali o`simlik qoplamining tarkibiga va tuzilishiga ta`sir ko`rsatadi. Bu regiondagi o`simliklar qoplamining o`zgarishi yer yuzasining o`ziga xos tuzilganligi bilan bog`liqdir. Shu boisdan ak.K.Z.Zokirov (1955) bu tuzilishini hisobga olib o`simliklar qoplamlarini o`rganishda 4 ta vertikal zonasini taqsimlanishi joriy etdi. Mahalliy atamalardan foydalanib cho`li adir, tog`, yaylov terminlarini qo`llashni taklif etdi.
Cho`l zonasi qurg`oqchil, issiq, yorug`lik kuchli bo`lishi, iqlimning kesishi kontinentalligi bilan ajratiladi. Iqlim quruq bulutli kunlar kam, yozi issiq va quruq, qishda ёg`ingarchilik bo`ladi ammo qishki iliq kunlar ko`proq bo`ladi. Eng sovuq 4 chnvar-00S- Q40S gacha, o`rtacha, ko`p yillik iyulning o`rtacha temperaturasi 31 S ni tashkil etadi. Yillik ёg`in 100-120 mm dan oshmaydi.
Adir zonasi pastki va yuqori qismlarga bo`linadi, tuproq va o`simliklar qoplami pastki adirda kamchil, asosan o`simliklar qoplamida gipsafil, galofit, psammofit turlar keng tarqalgandir. Yuqori adir toqqa yaqinligi tufayli iqlim bir muncha yumshoq namlik darajasi oshib borishidan o`simlik turlar jihatidan rang-barang bo`la boshlaydi. Adir zonasi dengiz sathidan 400-500 m balandlikda (1300 km) joylashgan, ёg`ingarchilikni yillik miqdori 200-400 mm ni tashkil etadi.
Gullash va changlanish A.N.Pokamareva metodikasi bo`yicha (1960, 1968, 1970) o`rganiladi. O`rganilayotgan turning hayotiy shakllari, geografik tarqalishi hisobga olinadi. Bunda 10 ta model o`simlik ajratib olinadi. Gul va to`pgulning ochilishi tartibi, bitta o`simlikda gulning morfologiyasi ochilishi mexanizmi, changchilarning sochilishining sutkalik dinamikasi, chang sifati, changlanishga va uning tiplari, urug`chi tumshuqchasining changchi qabul qilib olishga tayyorligi va uning yashash muddati, changlantiruvchi hasharotlarning turlari va ularni changlantirish faoliyati hisobga olinadi.
Gullashning sutkalik dinamikasini hisobga olishda to`pguldagi birinchi gullarni ochilishidan boshlanadi. Bunda gullash 70-90% ni tashkil qilgan (yalpigullash) bo`lishi shart. Bundan tashqari bunday hisoblash gullashning oxirida ham bajariladi. Ochilgan gullarni har ikki soatda hisobga olinadi va yozib borildi. Bir vaqtning o`zida Assman psixrometri yordamida havo temperaturasi va namligi o`lchanadi. Sanalgan gullar to`pgullar olib tashlanadi. Gulning gullash biologiyasi, gulning ochilishi mexanizm va gullashning davomiyligi model o`simlik to`plari, to`p gullari bir kun oldin belgilab qo`yiladi. Bunda belgilangan o`simlik kamida 10 tup bo`lishi shart. Gullash jarayonini o`rganishda qo`yidagi ko`rsatkichlar hisobga olinadi: gul qismlarining joylashishi xususiyatlari va rivojlanishi, gul qo`rg`onini shakli va rangi, gul qo`rg`oni rangining turli rivojlanish fazalarning bir-biriga nisbatan joylashuvi, ularning tuzilishi va yetilishi.
Changchi va chang morfologiyasi va shakllari katta-kichikligi vaqtinchalik va doimiy preparatlarda Shardonov (1940), Diakon (19680 usullarida o`rganiladi. Bo`yalgan preparatni mikroskopda va steril 10 xil turli joylardan 5 m ma`lumot yig`iladi. Changdonachalarining diametri okulyarmikrometr yordamida o`lchanadi. Changning yashovchanligi esa ozuqa muhitida o`stirilgan chang donalarini hisoblash yo`li bilan aniqlanadi. Bunda saxaroza 5, 10, 15, 20% eritmasi yoki agar agerni 1, 15%, 2% eritmasidan foydalaniladi. Ba`zan ozuqa muhitiga bor kislotasi qo`shilganda chang naychasining o`sishi tezlashuvi kuzatilgan. O`sgan chang donachalarini 2 soatdan so`ng hisoblana boshlaydi.
Urug`chining changni qabul qilib olishga tayyorligini aniqlash, uning yashash muddatini uchun model o`simliklar tanlab olinadi. Bir vaqtning o`zida yangi ochilgan gullar belgilab olinadi va pergament paketchalar kiydirib izolyasiya qilinadi.
CHANGLANISH. Changlanish o`zi nima ? Yetilgan chang mikrosporaning urug`chi tumshuqchasiga tushishi changlanishdir. O`simliklar changlanish usullari bilan farq qiladilar.

  1. O`z-o`zidan changlanish- (avtogami).

  2. Chetdan changlanish- (allogamiya).

O`z-o`zidan changlanishda tur belgilarini saqlash toza liniyalarining, novlarni hosil bo`lishi katta ahamiyatga ega.
CHETDAN CHANGLANISH.
Chetdan changlanish allogamiya deb ataladi. Allo-grekcha chetdan gamiyaning nikohlanish ma`nosini bildiradi. Chetdan changlanish quyidagicha farqlanadi.

  1. Bitta o`simlikning o`ziga boshqa guldan changlanish geytopogamiya deb ataladi. Geyton-qo`shni o`simlik gulidan changlanadi.

  2. Bir o`simlik guliga, ikkinchi o`simlik gul changi tushishiksepogamiya deb ataladi. «Ksenos»-begona ma`nosini bildiradi.

Chetdan changlanishda ksenogamiya usuli biologik jihatidan katta ahamiyatga ega. Chunki hosil bo`ladigan naslda irsiy belgilar yangilanishi kuzatiladi.
GEYTONOGAMIYA-ko`pincha to`pgullarda ketadi. Masalan: murakkabguldoshlar to`pgullarida bu xildagi changlanish ketadi. Ko`pchilik o`simliklar chetdan changlanishga moslangandir. Chetdan changlanish natijasida o`simliklarda nasl yangilanishi, populyasiyalarda geterozigotalarning hosil bo`lishi ta`minlaydi. O`simliklarda chetdan changlanish uchun bir qancha moslanishlar mavjud.
Ayrim jinsli gullarning: ikki uylilik, o`z changini qabul qilmaslik kabilar xam shular jumlasidandir. Gullarning ko`rkam bo`lishi, xushbuy xidliligi, nektar suyuqligini ajratish hashoratlarni jalb etishi va chetdan changlanish uchun moslanishlardandir.
DIXOGAMIYA- deb urug`chi va changchilarning turli muddatlarda yetilishiga aytiladi. Bunda o`simlik o`z changidan changlanmaslik uchun harakat qiladi. Agar changchi oldin yetilib urug`chi so`ng yetilsa, proterandriya deb ataladi. Urug`chining oldin yetilib changining yetilmaslik holatiga proterogamiya deb ataladi.
PROTERANDRIYA-chinniguldoshlar, yorondoshlar, gulxayridoshlar, murakkabguldoshlar, gavzabondoshlar, piyozguldoshlarda kengn tarqalgan.
PROTEROGENIYA esa-karamguldoshlar, ra`noguldoshlar, xiloldoshlarda ko`p uchraydi. Tabiatda proterandlar hodisasi nisbatan ko`p uchraydi. Masalan: gazabondoshlar oilasiga mansub bo`lgan o`simliklar gul ochilishi kuzatilishida, proterandriya hodisasi ko`pgina o`simlik turlarida uchraydi.
GETEROSTILIYA-bu hodisa boshqacha har xil ustunchalilik deb ataladi. Bir o`simlik gulida uzun ustunchali va uzun ipchali changchi joylashishi kuzatiladi. Bu ham o`z changidan himoyalanish hisoblanadi. Masalan: navro`zgul, grechexa kabilar. Geterostiliya hodisasi viloyat sharoitida deyarli o`rganilmagan.
ENTOMOFILIYA- entomofill o`simliklarning gullari yuqorida aytib o`tganimizdek ko`rkam gulqo`rg`oniga ega, yoki turli to`pgullarning bo`lishi ham hashoratlarga uzoqdan yaxshi ko`zga tashlanadi. Yoki murakkabguldoshlar chetki tilsimon gullarning hosil bo`lishini misol hilish mumkin. Bu chetki gullar hosilsizdirlar. Markazdan mayda gullargina urug` hosil qilish mumkin. Masalan: kungaboqar.
Ba`zi o`simliklarning gultojibarglari rang-barang chiziqli dog`li, naqshdordir. Ba`zi o`simliklarda esa gulqo`rg`onidan tashqari to`pgullarning qoplovchi barglari ham ranglidir. (m: mavrak). Gul rangidan tashqari uning xushbuy efir moylarini ajratish ham katta ahamiyatga ega. O`simliklar ajratgan efir moylari o`ziga xos hidlar tarkatib ma`lum hashoratni jalb kilishga moslashgan. Hashoratlar nafaqat gul evolyusiyasida, uning kelib chiqishida katta rol o`ynagan. Evolyusiyada dastlabki paydo bo`lgan turlar ikki jinsli bo`lib, avtogamiyaga moyli bo`lganlar. Ayrim jinslilik va shamol yordamida changlanish ikkilamchi harakatga ega.
Xulosa
Gul novdaning uchki va barg qo'ltig'idagi mcristemadan hosil bo'lgan reproduktiv organ. Gul changlanib, urug'langandan keyin tuguncha mevaga, urug1 kurtak esa urug'ga aylanadi.Gul uchki yoki gul yonbarglarning qo'ltig'idan chiqadi. Gullash gul ochilgandan to tamom bo'lgungacha davrni o'z ichiga olib, bir-ikki soatdan bir necha haftagacha cho'zilishi mumkin. Changlarning urug'chi tumshuqchasiga tushishi changlanish deyiladi. Urug'chi tumshuqchasiga kelib tushgan changlar o'sib chang naychasini hosil qiladi. Chang naychasi o'sib, uning ichida vegetativ va gencrativ hujayra hosil bo'ladi. Nay ichida generativ
hujayra ikkiga bo'linib, ikkita spermiyni hosil qiladi. Chang naychasi o'sib, murtak xaltasiga kiradi va ikki spermdan biri tuxum hujayra bilan, ikkinchisi markaziy hujayraning yadrosi bilan qo'shiladi. Bu jarayon qo‘sh urug'Ianish deyiladi. Meva gul urug'langanidan keyin uning o'zgarishi natijasida hosil bo'ladigan generativ organ. Meva urug'larni tashqi muhit ta ’siridan himoya qiladi va tarqalishiga yordam beradi. Meva asosan urug'chining tugunchasidan hosil bo'ladi.

Foydalanilgan adabiyotlar


BOTANIKA (MORFOLOGIYA, ANATOMIYA, SISTEMATIKA, GEOBOTANIKA) 0 ‘. PRATOV, L. SIIAMSUVALIYEVA, E. SULAYMONOV, X. AXUNOV, K. IBODOV, V. MAHMUDOV
Zokirov Q.Z., Jamolxonov X.A. O'zbek botanika terminologiyasi masalalari. — Т.: „Fan", 1966.
Download 32,43 Kb.




Download 32,43 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Reja: Kirish Gulning morfologiyasi

Download 32,43 Kb.