Reja: Kirish




Download 20.26 Kb.
Sana26.05.2022
Hajmi20.26 Kb.
#21961
Bog'liq
Sabo diplom ishi mavzu
5 10 sinf geografiya va 6 sinf Tabiiy fan taqvim reja 2023 2024

Mavzu:Komyuterning dasturiy ta’minoti
Reja:
1.Kirish

2.Nazariy qism:


2.1.Dasturiy ta’minot turlari
2.2 Sistemaviy dasturiy ta’minot
2.3. .Amaliy dasturiy ta’minot

3.Texnologik qism:


3.1.Dasturiy ta’minotni tashkil etuvchi guruhlar
3.2.Amaliy dasturlar
3.3.Dasturlash tili

4.Mehnat muhofazasi

5.Xulosa

6.Foydalanilgan adabiyotlar va internet saytlar



Kirish

2.Nazariy qism


Sistemaviy dasturiy ta’minot (SDТ) quyidagilarni bajarishga qaratilgan:
— kompyuterning va kompyuterlar tarmog’ining ishonchli va samarali ishlashini ta’minlash; — kompyuter va kompyuterlar tarmog‘i apparat qismining ishini tashkil qilish va profilaktika ishlarini bajarish. Sistemaviy dasturiy ta’minot ikkita tarkibiy qism­dan — asosiy (bazaviy) dasturiy ta’minot va yordamchi(xiz­mat ko’rsatuvchi) dasturiy ta’minotdan iborat. Asosiy dasturiy ta’minot kompyuter bilan birgalikda yetkazib berilsa, xizmat ko‘rsatuvchi dasturiy ta’minot aloxida, qo‘shimcha tarzda olinishi mumkin. Asosiy dasturiy ta’minot (baze software) — bu, kompyuter ishini ta’minlovchi dasturlarining minimal to‘plamidan iborat. 4.2. SISТEMAVIY DASТURIY ТA’MINOТ
Ularga quyidagilar kiradi:
— operatsion tizim (OТ);
— tarmoq operatsion tizimi.
Yordamchi(xizmat kursatuvchi) dasturiy ta’minotga asosiy dasturiy ta’minot imkoniyatlarini kengaytiruvchi va foydalanuvchining ish muxitini (interfeysni) qulayroq tashkil etuvchi dasturlar kiradi. Bular tashxis qiluvchi, kompyuterning ishchanligini oshiruvchi, antivirus, tarmoq ishini ta’minlovchi va boshqa dasturlardir. Shunday qilib, sistemaviy dasturiy ta’minotni sxematik ravishda quyidagicha tasvirlash mumkin.
Kompyuterning yoqilishi bilan ishga tushuvchi ushbu dastur kompyuterni va uning resurslarini (tezkor xotira, diskdagi qrinlar va xokazo) boshqaradi, foydalanuvchi bilan muloqotni tashkil etadi, bajarish uchun boshqa dasturlarni (amaliy dasturlarni) ishga tushiradi. OТ foydalanuvchi va amaliy dasturlar uchun kompyuter qurilmalari bilan qulay mulokotni (interfeysni) ta’minlaydi. Drayverlar. Ular OТ imkoniyatlarini kengaytiradi. Jumladan, kompyuterning kiritish — chiqarish qurilmalari (klaviatura, sichqoncha, printerlar va boshqalar)ni boshqarishda yordam beradi. Drayverlar yordamida kompyuterga yangi qurilmalarni ulash yoki mavjud qurilmalardan nostandart ravishda foydalanish mumkin.
Hozirgi davrda ko‘plab OТlar mavjud:
— UNIX;
— MS DOS;
— OS/2;
— WINDOWS 95;
— WINDOWS 98;
— WINDOWS 2000;
— WINDOWS XP;
Birinchi shaxsiy kompyuterlar OТ ga ega emas edilar. Kompyuter tarmoqqa ulanishi bilan protsessor doimiy xotiraga murojaat etar edi. Ularda murakkab bo‘’lmagan das­turlash tili, masalan, Beysik yoki shunga o‘xshash tilni qo‘llovchi, ya’ni uni tushunib, unda yozilgan dastur bilan ishlay oluvchi maxsus dastur yozilgan bo‘lar edi.
Ushbu til buyruqlarini o‘rganish uchun bir necha soat kifoya qilar, so‘ngra kompyuterga uncha murakkab bo‘lmagan dasturlarni kiritish va ular bilan ishlash mumkin bular edi. Kompyuterga magnitofon ulangach, chet dasturni ham yuklash imkoniyati yaratildi. Buning uchun bitta, LOAD buyrug‘i kifoya edi, xolos. Kompyuterga disk yurituvchilar ulanishi bilan OТga bulgan zaruriyat paydo bo‘ldi. Disk yurituvchi magnitofondan shunisi bilan farq qiladiki, bu qurilmaga erkin murojaat etish mumkin. Diskdagi dasturlarni faqat nomi orqali yuklash imkonini beruvchi operatsion tizim ishlab chiqildi va u disk operatsion tizimi (DOТ) deb nom oldi.
DOТ nafaqat diskdagi fayllarni yuklash, balki xotiradagi fayllarni diskka yozish, ikkita faylni bitta sektorga tushishining oldini olish, kerak bo‘lgan paytda fayl­larni o‘chirib tashlash, fayllarni bir diskdan ikkinchisiga ko‘chirish (nusxa olish) kabi ishlarni ham bajara oladi. Umuman olganda, DOТ foydalanuvchini aloxida qog‘ozlarda ko‘plab yozuvlarni saqlashdan halos etdi, disk yurituvchilar bilan ishlashni soddalashtirdi va hatolar sonini sezilarli darajada kamaytirdi. OТlarning keyingi rivojlanishi apparat ta’minotining rivojlanishi bilan parallel bordi. Egiluvchan disklar uchun yangi disk yurituvchilar paydo bo‘lishi bilan OТlar ham o‘zgardi. Qattiq disklarning yaratilishi bilan, ularda o‘nlab emas, balki yuzlab, hatto minglab fayllarni saqlash imkoniyati yaratildi.
Shu sababli fayllar nomida ham anglashilmovchiliklar paydo bo‘la boshladi. Ana shunda DOТlar ham ancha murakkablashdi. Ularga disklarni kataloglarga bo‘luvchi va ushbu kataloglarga xizmat ko‘rsatuvchi vositalar (kataloglar orasida fayllarni ko‘chirish va nusxa olish, fayllarni saralash va boshqalar) kiritildi. Shunday qilib, disklarda faylli struktura paydo bo‘ldi. Uni tashkil etish va unga xizmat ko‘rsatish vazifasi esa OТga yuklanadi. Qattiq disklar yanada katta o‘lchamlarga ega bo‘lishi bilan OТ ularni bir nechta mantiqiy disklarga bo’lishni ham «o’rganib» oldi. Har bir yangi paydo bo‘layotgan OТ kompyuterning tezkor xotirasidan yanada yaxshi, unumlirok foydalana oladi va yanada quvvatli protsessorlar bilan ishlay oladi.
1981 yildan 1995 yilgacha IBM PC kompyuterlarni asosiy operatsion tizimi MS DOS edi. Shu yillar ichida u MS DOS 22 versiyasigacha bo‘lgan rivojlanish bosqichlarini bosib o‘tdi. MS DOS foydalanuvchi bilan kompyuterning apparat ta’minoti o‘rtasidagi «vositachi» bo‘lib xizmat qildi. Shuning bilan birga u insonga qaraganda kompyuterga yaqinroqdir. Kompyuterni ta’mirlash va unga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha ko‘pgina ishlar ham MS DOSda bajarilar edi. WINDOWS operatsion tizimi grafik interfeysli OТlar hisoblanadi, chunki ular foydalanuvchi bilan grafik tasvirlar (yorliqlar, belgilar) yordamida muloqot qilish imkonini beradilar.
Тarmoqqa ulangan kompyuterlarni yakkahol va birgalikda ishlashini ta’minlovchi maxsus dasturlar majmuasidan iborat OТ— tarmoq operatsion tizimi deb ataladi. Ushbu OТ, jumladan, tarmoq ichra ma’lumotlarni ayirboshlash, saqlash, qayta ishlash, uzatish kabi xizmatlarni ko‘rsatadi. Asosiy dasturiy ta’minotni qo‘shimcha ravishda o‘rnatiladigan xizmat ko‘rsatuvchi dasturlar to‘plami to‘ldirib turadi. Bunday dasturlarni ko‘pincha utilitlar deb atashadi. Utilitlar — bu, ma’lumotlarni qayta ishlashda qo‘shimcha operatsiyalarni bajarishga yoki kompyuterga xizmat ko‘rsatishga (tashxis, apparat va dasturiy vositalarni testlash, diskdan foydalanishni optimallashtirish va boshqalar) mo‘ljallangan dasturlardir.
Shaxsiy kompyuter ikkita tashkiliy qismlardan iboratligini biz oldingi bobda aytib o‘tgan edik. Bular apparat ta’minot (hardware) va dasturiy ta’minot (soft­ware)lardir. Apparat ta’minoti — bu, birinchi navbatda kompyuterning asosiy texnik qismlari va qo‘shimcha (atrof) qurilmalaridir. Dasturiy ta’minot kompyuterning ikkinchi muhim qismi bo‘lib, u ma’lumotlarga ishlov beruvchi dasturlar majmuasini va kompyuterni ishlatish uchun zarur bo‘lgan xujjatlarni o‘z ichiga oladi. Dasturiy ta’minotsiz xar qanday kompyuter bamisoli bir parcha temirga aylanib qoladi. Kompyuterning apparat va dasturiy ta’minoti orasida bog‘lanish qanday amalga oshiriladi?
Avvalo ular orasidagi bog’lanish interfeys deb atalishini bilib olishimiz lozim. Kompyuterning turli texnik qismlari orasidagi o‘zaro bog’lanish — bu, apparat interfeysi, dasturlar orasidagi o‘zaro bog’lanish esa — dasturiy interfeys, apparat qismlari va dasturlar orasidagi o‘zaro bog’lanish — apparat — dasturiy interfeys deyiladi. Shaxsiy kompyuterlar haqida gap ketganda kompyuter tizimi bilan ishlashda uchinchi ishtirokchini, ya’ni insonni (foydalanuvchini) ham nazarda tutish lozim. Inson kompyuterning ham apparat, ham dasturiy vositalari bilan muloqotda bo‘ladi. Insonning dastur bilan va dasturni inson bilan o‘zaro mulokoti — foydalanuvchi interfeysi deyiladi.
Endi kompyuterning dasturiy ta’minoti bilan tanishib chikaylik. Barcha dasturiy ta’minotlarni uchta kategoriya bo‘yicha tasniflash mumkin:
— sistemaviy dasturiy ta’minot;
— amaliy dasturiy ta’minot;
— dasturlash texnologiyasining uskunaviy vositalari.
Sistemaviy dasturiy ta’minot (Sistem software) — kompyuterning va kompyuter tarmoqlarining ishini ta’minlovchi dasturlar majmuasidir. Amaliy dasturiy ta’minot (Aplication program paskage) — bu aniq bir predmet sohasi bo‘yicha ma’lum bir masalalar sinfini yechishga mo‘ljallangan dasturlar majmuasidir.
Download 20.26 Kb.




Download 20.26 Kb.