Reja: Mehnatni ilmiy tashkil etishning mazmuni va asosiy yo‘nalishlari




Download 43,99 Kb.
Sana22.01.2024
Hajmi43,99 Kb.
#143336
Bog'liq
Mexnatni imiy tashkil etishning mazmuni va asosiy yo;nalishlari


Mexnatni imiy tashkil etishning mazmuni va asosiy yo;nalishlari

REJA:

1.Mehnatni ilmiy tashkil etishning mazmuni va asosiy yo‘nalishlari

2.Mehnatni ilmiy tashkil etish shakllari


3.Ish vaqtini o‘rganish usuli


4.Ish joyiga xizmat ko‘rsatishni tashkil qilish va takomillashtirish


4.Mehnatni ilmiy tashkil etishning iqtisodiy samaradorligi


5.Korxonalarda ish haqi va ishlovchilar mehnatini rag‘batlantirishn tashkil qilish


Mehnatni ilmiy tashkil etishning mazmuni va asosiy yo‘nalishlari


Mehnatni ilmiy tashkil etish hozirgi zamon fanining ilg‘or yutuqlari, tajribasiga tayangan holda material va texnikadan unumli foydalanib mehnat unumdorligini oshirish, ish vaqtidan va dastgohlardan oqilona foydalanish, ishchilarga qulay sharoitlar yaratish, ishlab chiqarishni to‘xtovsiz ishlashiga erishish kabi mukammal chora - tadbirlar majmuasidir.
Mehnatni ilmiy tashkil etishning asosiy elementlariga quyidagilar: mehnatni oqilona taqsimlash natijasida quyidagilarga erishishimiz mumkin, mehnat va material sarflarini kamaytirish, mehnatni mazmunini oshirish, zeriktiriladigan ishlardan xalos qilish, toliqishni kamaytirish va malakani oshirish.
Mehnatni ilmiy tashkil etishning asosiy omillaridan yana biri ishchi jarayonlarni optimallashtirish va ish joylarining xizmat chegarasini aniqlash.
Buning uchun hozirgi paytda har bir korxonada ish joylari tahlil qilinadi, ularni takomillashtirish esa ilg‘or texnika-texnologiya va kompyuterlardan foydalanishga asoslanadi.
Mehnatni ilmiy tashkil etishda mehnatni ilg‘or usullaridan foydalanish, ishni to‘g‘ri tashkil etish va ish vaqtini to‘g‘ri taqsimlash, tajribalarni ommalashtirish va uni o‘rganish asosiy omillardan biridir.
ehnatni tashkil etishning asosiy elementlaridan biri bo‘lg‘usi kadrlarni tayyorlash va ularni malakasini oshirish, mehnatni tashkil etishni takomillashtirishning muhim omillaridan biridir.
Hozirgi kunda Mustaqil O‘zbekistonni har tomonlama mustahkamlanishining asosiy omillaridan biri ham diniy, ham dunyoviy bilimlarni o‘zida mujassamlashtirgan, iqtisodiyotga oid bilimlarni puxta egallagan, jahon andozalariga mos keladigan kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash, malakasini oshirish hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisining 1997 yil 29 avgustida qabul qilingan «Kadrlar tayyorlash Milliy Dasturi» ana shu muammolarni hal qilishga qaratilgan bo‘lib, unda bozor islohoti va demokratik talablarni hisobga olib jamoa, fuqaro, davlatning har tomonlama faoliyati qamrab olingan.

Bundan tashqari mehnatni ilmiy tashkil etishda mehnat sharoitlari, ish joyini yoritish, isitish, shovqin, vibratsiya hamda sanitariya-gigiena, maishiy xizmat muhim ahamiyat kasb etadi.


Yuqorida ko‘rsatilgan omillardan tashqari ishchilarni dam olishiga sharoit yaratib berish va ularning sog‘ligiga e’tibor berish ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga ta’sir qiladi.
Yosh ishchilarni o‘z ishlariga sodiqlik bilan qarashi, ishda tartib saqlashi ham mehnatni ilmiy tashkil etishning tashkiliy elementlaridan biridir.
Mehnatni ilmiy tashkil etishning asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:
Tashkil qilish usullarini ishlab chiqishda bozor iqtisodiyotining yangi usullarini, fan va texnikaning, ishlab chiqarishning ilg‘or usullaridan foydala-nish natijasida bir dona mahsulot uchun mehnat sarfini aniqlash tadbirlarini tuzish.
Mehnatni ishchilar orasida taqsimlashda samarali usullardan foydalanish. Har bir ishchini o‘zining sohasi bo‘yicha ish bilan ta’minlash, mehnatni jamoa bilan birgalikda tashkil etish, bir necha kasbni egallash va ularni bir-biriga bog‘lab olib borish.
Mehnatni me’yorlashni takomillashtirish. Agar me’yorlar qo‘llanilmagan bo‘lsa, ishlab chiqarish texnik sharoitlar yaratilmagan bo‘lsa, ishlab chiqarishda tashkil qilish imkoniyatlari hisobga olinmagan bo‘lsa, texnik va iqtisodiy hisobotlar to‘g‘ri bo‘lmasa mehnatni ilmiy tashkil etib bo‘lmaydi.
Mehnat sharoitlarini tubdan yaxshilash uchun quyidagilarni ta’minlash zarur: sanitariya-gigiena va sanoat estetikasi, mehnat sharoitini yaxshilash, dam olishni tashkil etish.
Korxonaning ilg‘or ishchilarini motivatsiyalash natijasida, mehnat intizomi, bir - biriga munosabati yaxshilanadi.
Korxona(birlashma)larda MITning asosiy vazifasi quyidagilardan iborat:
ishlab turgan texnika va texnologiyalardan ratsional ravishda foydalanish;
texnologiya sikli doirasidagi ayrim vazifalarni kombinatsiyalash;

xodimlarni tanlash va malaka darajasiga qarab ish joylariga qo‘yish;


mehnatning ilmiy jihatdan asoslangan uslublarini ishlab chiqish va joriy etish;
ish joylarida ishchilarga maksimal darajadagi ishlar va maksimal darajada ishlash va ularga shart-sharoitlar yaratib berish;
shlab chiqarish jarayonida eng muhim bo‘lgan ichki bo‘g‘in (kollektivlar) faoliyatini yaxshilash va maqbul shakl uslublaridan foydalanishning oqilona ish tartiblarini tatbiq etish asosida yangi uslublardan foydalanish, xo‘jalik ehtiyojlarini qondirish va ulardan foydalanish manfaatdorligini oshirish uchun moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish;
muntazam ravishda xodimlar malakasini oshirish va ilg‘or ish uslublarini tadbiq etish;
ishchilarni normal sharoitda mehnat qilishlari uchun qulay sanitariya-gigiena, psixofiziologik, estetik mehnat muhofazasini ta’minlash kabi tadbirlarni yaratib berish;
oqilona mehnat qilish va dam olish rejalari jadvalini tuzish va joriy etish.
Mehnatni tashkil etish va uning mehnat faoliyatidagi roli.
Mehnat faoliyati deganda insonning biror mehnat turi bilan band bo’lishi tushuniladi. Bunga ilmiy va pedagogik faoliyat, ishlab chiqarish va boshqaruv faoliyati, tadbirkorlik va tijorat faoliyati va boshqalar misol bo’lishi mumkin. Mehnat faoliyatini tashkil etish, bir tomondan, uning asoslarini (huquqiy, ma’naviy-psixologik, iqtisodiy, ijtimoiy) yuzaga kelishga ikkinchi tomondan, mehnat faoliyati mexanizmini shakllantirilishini taqozo etadi. Huquqiy asoslar-ishlab chiqarish munosabatlaridagi mehnat faoliyatini tashkil qilishga xizmat qiladigan huquqiy mezonlar (fuqarolik, ma’muriy, egalik huquqlari, korxona ishlab chiqarish bilan bog’liq huquqiy hujjatlar). Ma’naviy-psixologik asoslar-bu mehnat faoliyatini tashkil qilishda ishlab chiqarish munosabatlarida tomonlar o’rtasidagi o’zaro munosabatlar va ularning shakllanish jarayoni bilan yuzaga keladi (bunda yollanma ishlovchilar o’rtasida o’zaro munosabat, rahbar yoki korxona egasi bilan yollanma ishlovchi o’rtasidagi munosabat yoki jamoa o’rtasidagi o’zaro munosabatlar). Iqtisodiy asoslar-esa mehnat faoliyatini tashkil qilishning asosini tashkil etadi. Bunda mehnat faoliyatini tashkil qilish mezonlari (ya’ni, shaxsning moddiy manfaatdorligi, bu yerda mehnat faoliyatidan qoniqish darajasi ko’zda tutiladi).
Tashkil etish ayni vaqtning o’zida funktsional va nazariy jihatlardan munayyan maqsadga erishish yoki muayyan vazifani hal qilish tizimini yaratish va takomillashtirish sohasidagi ongli faoliyatning jarayoni va natijasidir. Odatda, mehnatni, ishlab chiqarish va boshqarishni tashkil etishi bir-biridan farqlashni taqozo etadi. Bunda ko’p hollarda mehnatni tashkil etishning bir qismi, deb qaraladi, tashkil etishning o’zi esa boshqarish funktsiyasi, deb tushuniladi. Mehnatni tashkil etish, ishlab chiqarish va boshqarishni tashkil etish bilan birgalikda olib borilgan taqdirdagina mehnat samarali bo’lishi mumki. Tashkil etish boshqarishga nisbatan ancha yuqori darajadagi va tartibdagi tushuncha kategoriyasidir, chunki tashkil etish tabiat va jamiyatdagi har qanday jarayon va hodisalarning har ikkala tomoni bo’lgan boshqarish va bajarishga ham singib ketgan bo’ladi. Boshqarishni tashkil etish esa boshqaruv faoliyatini tashkil etishni bildiradi. Bunga tegishli vazifalarni bajarish tizimlari va boshqarish tizimlarini yaratish, hamda boshqarishning tashkiliy tizimlarini yo’lga qo’yish bilan erishiladi.
Shunday qilib, umumiy kategoriya tushunchasi sifatidagi tashkil etishni mehnat ishlab chiqarish va boshqarishni tashkil etishga ajratishga a’anaviy yondashuv eskirib qolgan bo’lib, bu tushunchalarning real mazmuni va mohiyati haqidagi hozirgi tasavvurlarga to’g’ri kelmaydi. Bu tushunchalar mehnat faoliyatiga (shu jumladan chiqarish va boshqaruv faoliyatiga) ma’lum darajada taaaluqli bo’lganligi sababli, bu yerda gap aynan mehnat faoliyatini tashkil etish haqida, aniqrog’i, inson ijodkorligining alohida turi bo’lgan tashkilotchilik faoliyati haqida borishi mumkin.
Mehnat taqsimoti va koooperatsiyasi.
Bozor iqtisodiyoti davrida raqobatni yengib chiqishning asosiy olimlardan biri makroiqtisodiyotga taalluqli, ijtimoiy va shaxsiy sektorlardagi korxonalarda ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga erishishdir. Bu asosan, mavjud ishchi kuchidan oqilona foydalanish evaziga erishiladi. O’z navbatida, ishchi kuchidan samarali foydalanish ko’pincha har xil bajarilishi zarur bo’lgan ishlarning ayrim ijrochilar o’rtasida to’g’ri taqsimlanishicha, ya’i ularning malakasiga, tajribasiga, zukkoligiga yarasha ish bilan bab-baravar ta’lim etilishiga bog’liqdir. Bu masalani maqsadga muvofiq hal etish uchun, birichi navbatda, mehnatni ishchi ishlab chiqarishda puxta o’ylab oqilona taqsimlashi lozim bo’ladi. Bu tashkiliy masala mehnat taqsimoti, deb ataladi.
Mehnat taqsimotining asosiy ustunliklarida biri shundaki, bunda ishchi ishning ma’lum bir turida chuqur ixtisos topadi, shu ish bajarilish texnikasini va tartibni puxta egallab oladi, zarur ko’nikmalarni kasb etadi, ish usul va uslublarini yanada takomillashtiradi.
Ishlab chiqarishda mehnat taqsimotining uchta turi mavjud bo’ladi:
1.Umumiy mehnat taqsimotiga kishilar faoliyatining ishlab chiqarish va noishlab chiqarish sohalari o’rtasidagi mehnat taqsimoti kiritiladi, bu sohalar ichida esa sanoat, qishloq xo’jaligi, transport, aloqa, savdo, xalq ta’limi, fan, davlat boshqaruvi, madaniyat va hokazolar o’rtasidagi mehnat taqsimoti kiritiladi.
2.Xususiy mehnat taqsimoti umumiy mehnat taqsimotining sohalar va tarmoqlar ichidagi taqsimotini nazarda tutadi. Masalan sanoat tarmoqlari kichik sohalar, birlashmalar, ayrim korxonalarga bo’linadi; qishloq xo’jaligi dehqonchilik va chorvachilikka, ular ichida esa ixtisoslashtirilgan tarmoqlarga (g’alla, paxta, kartoshka yetishtirish, bog’dorchilik, go’sht, sut, jun yetishtirish va shu kabilar) bo’linadi.
3.Ayrim mehnat taqsimoti ishlar va mehat funktsiyalarining ayrim korxona yoki alohida tashkilot xodimlari o’rtasida: tsexlar, uchastkalar, brigadalar, zvenolar, ayrim ijro etuvchi xodimlar bo’yicha, shuingdek, ularning kasb-malaka guruhlari o’rtasida taqsimlanishini nazarda tutadi.
Ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish sohalaridagi korxonalarda mehnat taqsimotining quyidagi har xil shakllari qo’llaniladi:

1.Texnologik mehnat taqsimoti ishlab chiqarish jarayonlarining qayta ishlash faza va tsikllariga qarab bo’ladi. Bunda eng muhimi, ularni bajarishning texnologiya jihatidan bir xil bo’lishidir. Qayta ishlash va fazalar ichida ayrim guruh ishlar: chilangar, qizdirilgan yoki sovuq metallni ikki bo’lak qolip orasiga olib urib buyum tayyorlovchi va hokazo bo’ladi.


2.Fuktsional mehnat taqsimoti qo’llanilganda birovlar asosiy ishni bajarishda ixtisos topadi, boshqalari yordamchi ishni bajarishda, uchinchilari esa tayyorlash, xizmat ko’rsatish ishini bajarishda ixtisos orttiradi.
3.Malakali mehnat taqsimoti yoki bajarilgan ishlarning murakkabligiga qarab mehnatni taqsim qilish, murakkab ishlar bilan oddiy ishlarni bir-biridan ajratishdan iborat. Shu bilan birga, mahsulot tayyorlashdagi texnologik murakkablik deganimizda tayyorgarlik fuktsiyalarini va mehnat jarayonlarini bajarishdagi, shuningdek, tayyorlangan mahsulot, ko’rsatilgan xizmat sifatii nazorat qilishda gi murakkabliklar nazarga olinadi.
4.Operatsiyalar bo’yicha mehnat taqsimoti ishchilar mehnatii eng to’la taqsimlashdir. Bunda ishlab chiqarishning har bir ayrim jarayoni ishlab chiqarish operatsiyasining tarkibiy qismlariga bo’linadi. Masalan, maxsus sof bolt tayyorlashning texnologik protsessi temirchilik-metall toblash, chilangar-yo’nish, naqsh solish va o’yish, frezerlik-bolt qoshidagi qirralarini frezerlash operatsiyalaridan iborat bo’ladi.
5.Kasbiy mehnat taqsimoti ishchilarning kasbiy ixtisoslariga qarab amalga oshiriladi va ish joyida u yoki bu kasb (ixtisos) bo’yicha ish bajarish nazarda tutiladi. Har bir tur ishning hajmiga qarab ishchilarga bo’lgan talabni-tsex, uchastka, ishlab chiqarish, korxona, birlashma va hokazolar uchun kasblar bo’yicha talab qiliadigan ishchilar sonini belgilash mumkin.
Ijtimoiy va xususiy sektor korxonalarida mehnat taqsimotining eg samarali bo’lishi uchun quyidagi shartlarga rioya qilish lozim: a) malakali ishchilarni yuqori malaka talab qilinmaydigan ishlar bilan bad qilmasdan, unday ishlarni kam malakali ishchilarga topshirish maqsadga muvofiqdir. Shunday qilinganida malakali ishchi kuchlariga bo’lgan talab va ish haqi xarajati kamayadi; b) ko’p stanokda ishlovchi ishchilarni mashinaning to’xtab turishi bilan bog’liq davomli ishlardan (masalan, to’quvchini to’qish jihozlaridagi uzilgan iplarni ulashdan) xolos qilish kerak. Shunday qilinganida mashinalarning to’xtab turishi kamayadi, mehnat samaradorligi oshadi; v) ishlab chiqarish jarayoni qatnashchilarini imkon boricha foydali ish bilan to’la band bo’lishlariga erishish kerak. Buning uchun barcha kasblar yetarli miqdorda mavjud bo’lib, ish o’rinlari ta’minlanishi shart. Zarur paytlarda ishchiga bir necha bir xil mashinada ishlashni topshirib, uni ish bilan band qilish mumki; g) yuqori mehnat samaradorligiga erishish uchun qilinadigan mehnat taqsimotida ishchilarning o’zaro bir-birlariga yordami uyushtiriladi. Ammo, bunda funktsiyalarning bekor qilinishi va mas’uliyatsizlik yuz berishga yo’l qo’ymaslik lozim bo’ladi; d) ijtimoiy va xususiy sektor korxonalarida mehnat taqsimoti ish jarayonida mavjud iqtisodiy (makro va mikroiqtisodiyot darajasidagi korxonalarda mehnat samaradorligini o’stirish, hamda mahsulot sifatini yaxshilash nazarda tutiladi), fiziologik (unda ishdagi bir xillik kishi tanasining turli qismlariga og’irlik (nagruzka) bir tekis bo’lmasligi, uzoq vaqt davomida ishda bir xil harakt natijasida toliqiy yuz bermaydigan bo’lsin) va sotsial (unda ish qiluvchining jismoniy va aqliy ishi navbatlashsin yoki qo’shib olib boriladigan bo’lib, mehnat yoqimli bo’lsin, uning mazmundorligi oshsin, ishning jismoniy qismi kamaysin, jismoniy mehnat bilan aqliy mehnat o’rtasidagi tafovut kamayib borsin) muammolari yechib borishni hisobga olib amalga oshirilishi lozim.
Mehnat faoliyati jarayonidagi alohida ixtisoslashtirilgan ijrochilar o’rtasidagi aloqalarning o’rnatilishi mehnat kooperatsiyasi deb ataladi va mehnat faoliyatining tashkil etilishidagi eng muhim elementlaridan biri hisoblanadi. Mehnat kooperatsiyasining maqsadga muvofiq tashkiliy shakllari tanlash-mehatni tashkil qilishning mehnat taqsimotida keyingi, ikkinchi muhim masalasidir. Ijtimoiy va xususiy sektor korxonalarida texnikaning rivojlanish darajasiga, ishlab chiqarish jarayonlari tizimining tashkil etilish xarakteri va usullariga qarab, mehnat kooperatsiyasining turli shakllaridan foydalaniladi: 1.Ixtisoslashtirilgan tsexlarning tsexlararo kooperatsiyasi. Bunda korxonadagi bir necha tsex jamoasining bir xil ishlab chiqarish jarayonida yoki turli bo’lsa-da, bir-biri bilan bog’liq ishlab chiqarish jarayonlarida rejali ravishda va birgalikda ishtirok etishi tushuniladi. Tsexlararo mehnat koorparatsiyasi shunga asoslanadiki, tayyorlov tsexlarining jamoalari ishlov berish tsexlarini zarur yarim fabrikatlar bilan ta’minlab turadilar, yarim fabrikatlar bu tsexlarda ishlanib, chiqarish tsexiga o’tkaziladi, chiqarish tsexida esa bu korxona mahsuloti tamomila ishlanib bo’ladi. Mazkur tsexlar o’rtasida mahkam mehnat kooperatsiyasi, bundagi jamoalarning mehnat faoliyatida to’la uyg’unlik bo’lgan taqdirdagina istagan bir korxonad rejali ravishda uzluksiz tayyor mahsulot ishlab chiqarish ta’min etiladi. 2.Ixtisoslashtirilgan uchastkalarning tsex ichidagi mehnat kooperatsiyasi. Bu tsex ichidagi bir necha uchastka kollektivlarining bir xil ishlab chiqarish jarayonlarida rejali va birgalashib ishtirok qilishidir.
Mehnatni tashkil etish, uning muhim qismi bo’lgan mehnat taqsimoti va kooperatsiyasini chuqur tahlil qilish va bir qator chora-tadbirlar belgilash zarur. Bunday tahlil qilishning asosiy bosqichlari quyidagicha bo’lishi mumkin: 1.Korxonada mehnat jarayonini tashkil etishning boshlang’ich omillarini tahlil qilish: ishlab chiqarish tipini, uning ko’lamlarini, texnologik jarayonlar, mashina va asbob-uskunalarning o’ziga xos xususiyatlarini, mehnatni mexanizatsiyalash, tsexlar, uchastkalar, ish o’rinlari va shu kabilarni birlashtirish darajasini aniqlashdan iborat. 2.Ishchilar mehnatining murakkabligini tahlil qilish: kasb-malaka darajasiga qo’yiladigan talablar va uning ishlab chiqarish talablariga muvofiq kelishi. 3.Ishchilar mehnat taqsimoti va kooperatsiyasini tahlil qilish: ishlab chiqarish jarayonining operatsiyalarga bo’linishi; umumiy ishlab chiqarish jarayoni tarkibida alohida operatsiyalarni bajaruvchi ishchilar o’rtasidagi aloqalarni o’rganish; ayrim ishlab chiqarish operatsiyalarini birga qo’shib bajarib turish yoki qismlarga bo’lish. 4.Ish vaqtidan mashinalar, hamda asbob-uskunalar ish vaqtidan foydalanishni tahlil qilish: smena ichida ish vaqtining bekor sarf bo’lishini, hamda ularning sabablarini aniqlash; ishlab chiqarish jarayonidagi «qaltis joylar»ni aniqlash; 5.Korxonada qo’llaniladigan mehnatni tashkil etish shakllarini tahlil qilish: tsexlar, uchastkalar, ish turlari, ayrim operatsiyalar bo’yicha ishchilar soni va kasb-malaka tarkibini o’rganish va bajarilayotgan ishlar, mehnat funktsiyalari va ijrochi–ishchilarning kasb-malaka jihatidan mos kelishini aniqlash; mehnat sharoitlarii yaxshilashning asosiy yo’nalishlarini o’rganish.
Ish o’rinlarini tashkil etish, rejalashtirish va xizmat ko’rsatish.
Mehnat taqsimoti va kooperatsiyasining har qanday shakllarida ijrochilarning samarali, yuqori unum bilan ishlashining zarur sharti ish o’rinlarii tashkil etish va ularga ishlab chiqarish va mehnat jarayonining birinchi bo’g’ini bo’lib, aynan ish o’rnida ishlab chiqarish jarayoni uchta elementining hammasi: mehnat ashyolari, mehnat vositalari va ishchi kuchi, ya’ni ijrochi xodimning jonli mehnati yagona bo’lib, birlashadi, bu hamkorlik natijasida esa yangi iste’mol qiymatlari, mehnat mahsulotlari yaratiladi. Shuning uchun ham ish o’rinlarii tashkil etishga katta e’tibor beriladi. Ish o’rni –bu ishlab chiqarish makonining bir qismi bo’lib, uda barcha asosiy va yordamchi texnologiya uskunalari, moslamalar, asboblar, ish mebellari va maxsus qurilmalar joylashgan bo’ladi va ular muayyan turdagi ishlarni bajarish uchun mo’ljallangan bo’ladi. Bugun ish o’rilari bir qator belgilariga ko’ra tasniflanadi. Ular mexanizatsiya darajasi bo’yicha quyidagi besh guruhga bo’linadi: Qo’l ishida ish o’rinlaridagi barcha mehnat jarayonlari qo’l bilan amalga oshiriladi, qo’l asboblari qo’llaniladi, mehnat ashyolarini o’zlashtirishning asosiy energiya manbai odamning jismoniy kuchi hisoblanadi. Mashina-qo’lda ish bajariladigan ish o’rinlarida mehnat buyumlariga mexanizmlar bilan ishlov berish (o’zgartirish) va tashqi energiya (elektr, issiqlik, kinetik) hisobicha, leki bevosita xodimning ishtiroki bilan ishlov berish kiradi. Mexanizatsiyalashgan ish o’rinlari qo’l va mashina-qo’lda ish bajariladigan ish o’rilaridan shu bilan farq qiladiki, asosiy texnologik jarayonlar to’la-to’kis mashialar va mexanizmlar bilan amalga oshiriladi, xodim zimmasida esa faqat mashinalarni boshqarish qoladi, ya’ni insonning quvvati boshqaruvga sarf etiladi. Mexanizatsiyalashtirilgan ish o’rinlariga yarim avtomatlarda ishlaydigan stanokchilar, avtotransport haydovchilari, ekskovator yoki buldozer mashinistlari, quduqlar qaziydigan parmalovchi ustalar va boshqa ko’pgina kasblar va ish turlarii bajaradigan xodimlarning ish o’rilari kiradi. Bu yerda mashina avtomat tarzida emas, balki insonning doimiy boshqaruvida ishlaydi. Avtomatlashtirilgan ish o’rinlarida butun texnologiya jarayoni stanok, mashina yoki avtomat tarzida harakat qiladigan agregat yordamida inson ishtirokisiz amalga oshiriladi, xodim zimmasida, faqat avtomatni ishga tushurish va to’xtatish, uning ishini nazorat qilish va zarur bo’lganda sozlash va yarim sozlash ishlari qoladi, Xodimning anchagina vaqti bo’lib qoladi, bu vaqtdan ko’p stanokli xizmat ko’rsatishda va mehnat unumdorligini bir muncha oshirishda foydalanish mumkin bo’ladi. Apparaturali ish o’rinlari turli apparatlar bilan jihozlangan bo’lib, ular yordamida issiqlik, elektr, kimyoviy va biologik energiya hisobiga mehnat buyumiga ta’sir ko’rsatiladi. Avtomatlashgan jarayonlarda bo’lgani kabi xodim, faqat apparaturalar bajaradigan jarayonlarni kuzatadi va nazorat qiladi, zarurat tug’ilganda ularni tartibga soladi.
Ixtisoslashuv belgisi bo’yicha barcha ish o’rinlari ixtisoslashgan va universal ish o’rinlariga bo’linadi. Ixtisoslashgan ish o’rinlarida bir xil yoki operatsiyaning mazmuni va ishlar turi bo’yicha bir-biriga yaqin vazifalar bajarilishi mumki (qoliplovchi, termist, burg’ulovchi, hisoblash mashinasi operatori va hokazolarning ish o’rinlari). Universal ish o’rinlarida xilma-xil ishlar bajariladi. Bunday ish o’rinlari, odatda, asbob-uskunalar kichik seriyali va bir xil ishlab chiqarish sharoitida bir ish turidan boshqasiga tezda o’tib ishlash imkonini beradigan bir qator stanoklar va mexanizmlar bo’ladi (masalan, ta’mirlash-texnika ustaxonalari, aholiga maishiy xizmat ko’rsatish va shu kabi sharoitlarda).
Mehnat taqsimoti belgisi bo’yicha ish o’rinlarining ikki turi-yakka tartibdagi va jamoa ish o’rinlariga ajratiladi. Yakka tartibdagi ish o’rnida har doim bitta ijrochi xodim band bo’ladi. Jamoa ish o’rinlarida mehnat jarayonlari bir guruh xodimlari tomonidan amalga oshiriladi (masalan, mehnatni brigada tarzida tashkil etganda, yirik mashina agregatlariga va apparatura tizimlariga va shu kabilarga xizmat ko’rsatganda).
Xizmat ko’rsatiladigan asbob-uskunalar soniga qarab, ish o’rinlari bir stanokli yoki ko’p stanokli bo’lishi mumkin. Ish o’rinlari barqarorlik belgisiga qarab tasniflanishi mumkin: ular bitta ish o’rnida joylashgan va jihozlangan muhim ish o’rinlariga (masalan, stanokchilar, yig’uvchilar, apparatchilarning ish o’rinlari) makoda doimo joyini almashtirib turadiga ko’chma ish o’rinlari (quruvchilar, kon ishchilari, avbatchi yoki ta’sirlovchi xodimlarning ish o’rinlari).
Lekin, ish o’rinlari qanchalik xilma-xil bo’lmasin, ular qanday turkum va guruhlarga bo’linmasin, ish o’rinlarini tashkil etish uchun umumiy, majburiy talablar ham mavjud. Bu talablarni aynan uchta ibora: ta’minlash, rejalashtirish va xizmat ko’rsatish degan ibora bilan ifodalash mumkin. Ish o’rnini ta’minlash deganda unda jamlangan mehnat vositalari: asosiy texnologik va yordamchi asbob-uskunalar texnologik va tashkiliy jihozlar bilan aloqa va signal berish vositalari, mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik texnikasini jami tushuniladi. Ish o’rnini rejalashtirish deganda ishlab chiqarishning o’zaro bir-biri bilan funktsional jihatdan bog’langan barcha vositalari, mehnat buyumlari va xodimning o’zi uch o’lchovli makonda maqsadga muvofiq joylashuvi tushuniladi. Xizmat ko’rsatish tizimi-bu asosiy ishchilarning ish o’rinlarini uzoq vaqt mobaynida-bir smenadan tortib to bir haftagacha, hatto bir yilgacha yuqori unumli, bir maromda ishlash uchun zarur bo’lgan barcha kerakli narsalar bilan ta’minlaydigan yordamchi ishlarni bajarish sohasidagi butun bir tadbirlar majmuidir. Rivojlangan yirik va yaxshi tashkil etilgan ishlab chiqarishda xizmat ko’rsatishning o’nta funktsiyasi mavjuddir: 1.Ishlab chiqarish–tayyorlash funktsiyasi. Unga ishlarni ish o’rinlari bo’yicha taqsimlash, xom-ashyo va materiallarni butlash texnik va iqtisodiy hujjatlar bilan (chizmalar, sxemalar, naryad-topshiriqlar va shu kabilar) bilan ta’minlash, shuningdek, turli yordamchi materiallar ishlab chiqarish kiradi. 2.Asboblar funktsiyasi. Uning asosiy vazifasi-asosiy ishlab chiqarishni asbob va moslamalar bilan ta’minlashdir. 3.Sozlash funktsiyasi. Dastlabki sozlash yangi yoki tuzatilgan jihozni o’rnatish, moslash, to’g’rilash, ishlashini nazorat qilishdan iborat. Qayta sozlash-yangi texnologiyaga va yangi mahsulot ishlab chiqarishga o’tishda jihozlarni almashtirish va tartibga solishdan iborat. Qisman sozlash-asbob-uskunalar ishida paydo bo’lgan kamchiliklarni, moslamalar va jihozlardagi ayrim nosozliklarni tugatishni bildiradi. 4.Energetik funktsiya. Tsexlar, uchastkalar va ish o’rinlarini energiya bilan ta’minlash borasida energetika qurilmalari va moslamalari bilan ta’minlashda xizmat ko’rsatishdir. 5.Ta’mirlash funktsiyasi. Asbob-uskunalarni joriy ta’mirdan chiqarish va profilaktik xizmat ko’rsatishdan, shuningdek, tayyor holda olinmaydigan ehtiyot qismlarni tayyorlash yoki tiklashdan iborat. 6.Nazorat funktsiyasi. Mahsulot yoki ishlar sifatini muntazam ravishda nazorat qilib borishni, shuningdek, chetdan olinadigan xom-ashyo, materiallar va chala mahsulotlar yoki butlovchi buyumlarni qabul qilish, sinab ko’rish va tahlil etishni ta’minlaydi. Uning muhim vazifasi hisobga olish, tahlil etish, mahsulotning yaroqsizligini oldini olishdir. 7.Transport funktsiyasi. Uning asosiy vazifasi-xom-ashyo, material chala mahsulot va butlovchi buyumlarni ish o’rinlariga yetkazib berish, mehnat buyumlarni ish o’rinlari, uchastkalar va tsexlar o’rtasida tashish, tayyor mahsulotni ombor yoki iste’molchilarga yetkazish, shuningdek, ishlab chiqarish chiqindilarini tashishdir. Bundan tashqarii, transport funktsiyasiga ortish-tushirish ishlari va omborlardagi ishlar ham kiradi. 8.Ta’mirlash-qurilish funktsiyasi. Uning vazifasi binolar, inshootlarni ishchi holatida saqlash, ularni joriy va ba’zi hollarda esa o’rtacha ta’mirlashni amalga oshirish, avariyalar va tabiiy ofatlar oqibatlarini tugatish, mayda yordamchi inshootlarni qurish, yo’llar va kirish yo’laklarini ta’mirlash kiradi. 9.Xo’jalik maishiy funktsiya. Ishlab chiqarish va maishiy binolarda tozalik va tartibni saqlashga xizmat qiladi, ishlovchilarni ichimlik suvi, maxsus ovqat (sut, koloriyali nonushta, sharbatlar) Bilan, shuningdek, ishlab chiqarishdagi maishiy xizmatning barcha turlari Bilan ta’minlaydi. 10.Ombor funktsiyasi. Agar korxonada yuklar oqimi katta bo’lsa, murakkab va keneg tarmoqli ombor xo’jaligi mavjud bo’lsa, transport funktsiyasidan ajralib chiqadi.
Xizmat ko’rsatishni boshqarish markazlashgan va markazlashmagan usullar bilan amalga oshirimlishi mumkin. Markazlashgan usulda barcha funktsiyalar korxonaning yagona markazlashgan xizmatlari tomonmdan bajariladi. Funktsiyasi markazlashmagan usulda xizmat ko’rsatishning barcha funktsiyalari korxonaning boshlang’ich bo’limlariga (tsexlar, uchastkalar) topshiriladi.
Mehnat intizomi va uni rag’batlantirish.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:


1.Abdurahmonov Q., Bozorov N., Volgin N. va boshqalar. «Mehnat iqtisodiyoti va satsiologiyasi». Toshkent: «O’qituvchi»-2001 yil, 28-65 betlar.


2.Abdurahmonov Q. H., Holmo’minov Sh.R. «Mehnat iqtisodiyoti va satsiologiyasi». Toshkent: 2004yil, 17-32 betlar.
3.Bekmurodov M.B. va boshqalar «Sotsiologiya». Toshkent-2002 yil 142-148 betlar.
4.Dodboev Yu.T., Xudoyberdiev A. «Mehnat iqtisodiyoti va satsiologiyasi». Farg’ona-2001yil, 96-105, 111-128, 152-168, 187-198 betlar.
5.Karimova O., G’afforov Z. «Davlat va huquq asoslari» Toshkent: «O’qituvchi »-1995yil, 433-435 betlar.
6.Usmonov S.N., Dodboev Yu.T. «Bozor iqtisodiyoti asoslari» Toshkent: «Fan» -1999 yil, 86 bet.
7.O’zbekiston Respublikasining Mehnat Kodeksi. Toshkent: «Adolat»-1996 yil, 80-84 betlar.
8.O’zbekiston Respublikasi mehnat qonunchiligi bo’yicha me’yoriy-huquqIy hujjatlar to’plami. Toshkent: «Adolat»- 2006 yil, 88-92 betlar.
Download 43,99 Kb.




Download 43,99 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Reja: Mehnatni ilmiy tashkil etishning mazmuni va asosiy yo‘nalishlari

Download 43,99 Kb.