Rеjа: Ob’ekt texnik holatini aniqlash masalalari




Download 0.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana17.06.2023
Hajmi0.78 Mb.
#73977
  1   2
Bog'liq
TEXNIK DIAGNOSTIKA VA TRANSPORT VOSITALARI.PDF
13-ma�ruza. Akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida kombinato, 0byektivka yangi 26657, 1185 7-Mavzu Ped Nazariya 1, 8-seminar, 1, Ilmiy tadqiqot va axborot texnologiyalari, 11111111, 1403155899 43559, MADINA OPA SHIR2019, Davlat mexanizmi kurs ishi, 3-mavzu. Radiouzatuvchi qurilmaning tuzilish sxemasi, 18201617경제발전경험공유사업KSP산업무역정책자문우즈베키스탄1-101-229


 
Rеjа: 
1. 
Ob’ekt texnik holatini aniqlash masalalari 
2. 
Tuzilmaviy va diagnostik parametrlarning diagnostik matritsalari 
3. Texnik diagnos quyish. 


Ob’ekt texnik holatini aniqlash masalalari Ob’ektning texnik holatini aniqlashdagi 
masalalar quyidagilardan iborat (36 rasm): 
1) texnik diagnostika masalalari; 
2) texnik bashorat (prognoz) - oldindan aytib berish masalalari; 
3) texnik genetika – kelib chiqish masalalari. 
Agar texnik diagnostikaning vazifasi joriy vaqt ichida ob’ekt texnik holatini aniqlash, 
texnik prognozning vazifasi esa kelajakda kutiladigan ob’ekt texnik holatini va 
o‘tkaziladigan texnik ta’sir yoki diagnostika davriyligini oldindan aytib berish bo‘lsa, 
texnik genetikaning vazifasi ob’ektning avvalgi vaqtdagi texnik holatini aniqlashdir 
(masalan, ob’ektning avariya oldi holati
TEXNIK DIAGNOSTIKA VA TRANSPORT VOSITALARI ISHINI OLDINDAN 
AYTIB BERISH 
1) texnik diagnostika masalalari; 
2) texnik bashorat (prognoz) - oldindan aytib berish masalalari; 
3) texnik genetika – kelib chiqish masalalari 
Diagnoz qo‘yish natijasida transport vositasining navbatdagi texnik xizmat 
ko‘rsatishgacha bo‘lgan ishlash qobiliyati aniqlanadi, yani amalda prognoz qilish 
diagnostika davriyligini belgilash va yo‘l qo‘yilgan diagnostik me’yorlarni aniqlashdan 
iborat. Bunda bashorat qilishning asosiy vazifasi – avvaldan tanlangan mezon bo‘yicha 
eng 
yuqori 
samaradorlikka 
erishishdir. 
Diagnoz qo‘yishning maqbul davriyligini bilgan holda (har bir mexanizm, agregat uchun) 
ayrim diagnostik operatsiyalarni texnologik guruhlash va kerakli texnik xizmat ko‘rsatish 
turi bilan birga olib borish mumkin. Bunda texnik xizmat ko‘rsatish hajmlari o‘zgaradi va 


uning 
samaradorligi 
oshadi. 
Diagnoz qo‘yish davriyligi (ld)ni aniqlash asosida, xuddi texnik xizmat ko‘rsatishning 
davriyligi aniqlanishidek, texnik holat o‘zgarishining qonuniyatlari va iqtisodiy 
ko‘rsatkichlar yotadi. Avtomobillar texnik ekspluatatsiyasida ld ni topishning quyidagi 
usullari 
mavjud: 
1. Buzilmasdan ishlash ehtimolligining yo‘l qo‘yilgan miqdori bo‘yicha statistik usul; 
2. Diagnostik parametr (S) ning yurilgan yo‘l (L) ga bog`liqligi bo‘yicha ekstrapolyasiya
usuli 
(konkret 
ob’ekt 
uchun); 
3. Diagnostik parametrning majmuiy miqdorlari bo‘yicha iqtisodiy -ehtimollik usuli 
(ob’ektlar 
guruhi 
uchun); 
4. Diagnostik parametrning uzlukli (diskret) miqdorlari bo‘yicha iqtisodiy – ehtimollik 
usuli 
Diagnoz qo‘yish – mexanizmning texnik holati to‘g`risida xulosa chiqarish - uning
xozirgi vaqtda va navbatdagi texnik xizmat ko‘rsatishgacha bo‘lgan davrda ekspluatatsiya 
uchun yaroqliligini bilishdir. Demak, rejalashtirilgan diagnoz, transport vositasining soz 
ishlashi resursini prognozlash elementlarini ham o‘z ichiga oladi. Diagnoz qo‘yish texnik 
prognoz va texnik genetika uchun asos bo‘lib xizmat qiladi 
Ob’ektning texnik holati diagnostikalash asboblari yordamida aniqlanadi. 
Hozirgi vaqtda tashqi (qo‘zg`almas, ko‘chma), transport vositasiga doimiy o‘rnatilgan va 
unga 
vaqti-vaqti 
bilan 
o‘rnatiladigan 
diagnostika 
tizimlari 
mavjud. 
Qo‘zg`almas diagnostik jihozlarda asosan harakat xavfsizligini ta’minlovchi agregat va 
tizimlarning texnik holati, yonilg`i sarfi, g`ildiraklardagi kuchlar va h.k. aniqlanadi. 
Avtokorxonalarda diagnostikalash-ning umumiy D-1 va chuqurlashtirilgan D-2 usullari 
qo‘llanadi. 
Umumiy diagnostikalash (D-1) 1- nchi texnik xizmat ko‘rsatish davriyligi bilan 
o‘tkaziladi. Uning vazifasi- ikki, ketma-ket keladigan 1- TXK oralig`ida harakat 
xavfsizligini ta’minlovchi mexanizmlarni dastlabki va yakuniy diagnostikalashdir. 

Download 0.78 Mb.
  1   2




Download 0.78 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Rеjа: Ob’ekt texnik holatini aniqlash masalalari

Download 0.78 Mb.
Pdf ko'rish