• ANTARKTIDA MATERIGI
  • Reja: reja: Antarktidaga oid umumiy ma’lumotlar. Geografik o’rni va tekshirilish tarixi. Iqlim mintaqalari,iqlim zonalari. Geologik tuzilishi va relyefi. Muz qoplami. Antarktidani tadqiq etishning amaliy va ilmiy ahamiyati




    Download 218.56 Kb.
    bet1/7
    Sana26.04.2022
    Hajmi218.56 Kb.
    #20301
      1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    Antarktda
    7-maruza, Asal, 2021 Itimoiy ish 16 aIshchi Dastur — копия 10 — копия, 17-Amaliy mashgulot, 6-ma\'ruza. Furyе qatоrining yaqinlashishi, Magnitomexanik hodisalar, 1.8, Abdulahad Muhammadjonov. Qadimgi Buxoro (2001), yillik hisobot rasmsiz, Oqsillar, Stajirovka rejasi 2-илова, file (2)

    REJA:

    REJA:

    • Antarktidaga oid umumiy ma’lumotlar.
    • Geografik o’rni va tekshirilish tarixi.
    • Iqlim mintaqalari ,iqlim zonalari.
    • Geologik tuzilishi va relyefi.
    • Muz qoplami.
    • Antarktidani tadqiq etishning amaliy va ilmiy ahamiyati.

    ANTARKTIDA.ANTARKTIDANING GEOGRAFIK O’RNI.MUZ USTI VA OSTI RELYEFI

    ANTARKTIDA MATERIGI


    Antarktida deganda Janubiy qutb o‘lkasining markaziy qismini egallab yotgan materikni tushuniladi. Antarktida tabiati Tinch, Atlantika va Xind okeanlarining janubiy qismlari tabiati bilan chambarchas bog‘langan xamda ular bilan birga bir butun suv-quruqlik paradinamik landshaft komplekslarini tashkil etadi. Materikka yaqin joylashgan dengizlarning katta maydonlari shelf muzliklari bilan qoplangan. Ular materik muz qoplamining davomi xisoblanadi.
    Antarktika deganda Janubiy qutbiy o‘lka tushiniladi. Antarktika grekcha “anti” qarama-qarshi degan so‘zdan olingan bo‘lib, Er kurrasining SHimoliy qutbiy o‘lkasi - Arktikaga qarama-qarshi tomonda degan ma’noni anglatadi. Antarktikaga Antarktida materigi, Tinch, Xind va Atlantika okeanining shu materikka tutash qismlari, shuningdek Antarktida yaqinidagi orollar kiradi
    Antarktida Janubiy yarimshardagi materik bo‘lib, Janubiy qutbning markaziy qismida joylashgan. Uning xamma tomoni Atlantika, Xind va Tinch okeanlarining janubiy qismlari bilan o‘ralgan. Antarktida boshqa materiklardan keng okean suvlari orqali ajralib turadi. Uning maydoni 13,2 mln. km2, orollari va shelf muzliklari bilan birgalikda 14,1 mln. km2 ni tashkil etadi. Materikning qirg‘oq chizig‘i ancha tekis va kam kisilgan. Ko‘pchilik joylarda qirg‘oqlar bir necha o‘n metr keladigan tik muz jarliklaridan iborat. Faqat Ross va Ueddell dengizlari materik ichkarisiga ancha kirib borgan. Qirg‘oq chizig‘ining umumiy uzunligi 30 ming km ga etadi.
    Antarktida sayyoramizda tabiatining betakrorligi bilan ajralib turadigan yagona va doimiy maxalliy axoli yashamaydigan o‘ziga xos materikdir. Qutb tadqiqotchilari bu materikni muz materigi, muz saxrolari materigi, sirli materik, oq materik deb atashganlar. Antarktidada qishda doimiy tun-qorong‘ulik, yozda esa doimiy kun - yorug‘lik xukmronlik qiladi
    Janubiy qutbda Quyoshning chiqishi va botishini bir yilda faqat bir martagina kuzatish mumkin. Bu materik dunyodagi eng sovuq va chuchuk suvga boy materikdir. Yer yuzidagi eng kuchli shamollar ham shu materikda kuzatiladi.
    Materikning o‘ziga xos xususiyatlaridan yana biri shundan iboratki, u qutb markazida joylashganligi tufayli unda o‘rtacha qalinligi 2000 m gacha yetadigan muz qoplami xosil bo‘lgan. Antarktida muz qoplami hisobiga sayyoramizdagi eng baland materik hisoblanadi. Antarktidaning geografik o‘rni va juda katta qalinlikdagi muz qoplamining mavjudligi bu yerda yer yuzining sovuqlik qutbini joylashishiga ham sabab bo‘lgan.
    Antarktidani tadqiq qilish boshqa materiklarga qaraganda ancha kech boshlandi. Qadimgi zamon olimlari janubiy yarim sharning yuqori gegrafik kengliklarida materik borligi to‘g‘risidagi g‘oyani ilgari surishgan. Shunga qaramasdan oltinchi materikning mavjudligi to‘g‘risidagi g‘oya ancha kech isbot qilindi.
    XVII asrning ikkinchi yarmida mashhur ingliz dengizchisi Jeyms Kuk raxbarligidagi ilmiy safar Janubiy materikni qidirib yo‘lga chiqdi. Ilmiy safar davrida J.Kuk Janubiy qutb doirasini bir necha marta kesib o‘tdi, lekin qalin muz qalqonlaridan o‘tib, materikka bora olmadi. Natijada J.Kuk janubdagi yerlarni tabiat mumkin emas degan xulosaga keldi.

    Download 218.56 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7




    Download 218.56 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Reja: reja: Antarktidaga oid umumiy ma’lumotlar. Geografik o’rni va tekshirilish tarixi. Iqlim mintaqalari,iqlim zonalari. Geologik tuzilishi va relyefi. Muz qoplami. Antarktidani tadqiq etishning amaliy va ilmiy ahamiyati

    Download 218.56 Kb.