• 5. Progressiv soliq stavkasi 6. Aksiz
  • Umumdavlat soliqlarga quyidagilar kiradi
  • Proporsional soliq stavkasi usulida
  • Reja: Soliqlar Mahalliy soliq va yig’imlar




    Download 30 Kb.
    Sana02.02.2022
    Hajmi30 Kb.
    #16930
    Bog'liq
    kichik va xususiy biznes subyektlarrini soliqqa tortish

    Mavzu: Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarini soliqqa tortish, ulardan olinadigan soliq turlari va soliq imtiyozlari


    Reja:
    1. Soliqlar
    2. Mahalliy soliq va yig’imlar
    3. Proporsional soliq stavkasi
    4. Regressiv soliq stavkasi
    5. Progressiv soliq stavkasi
    6. Aksiz

    Mulk shakllaridan qat’iy nazar, barcha korxonalar O’zbekiston Respub- likasining «Korxonalar, birlashma va tashkilotlardan olinadigan soliqlar to’g’risida»gi qonuniga muvofiq davlat va mahalliy byudjetlarga soliqlar to’laydilar.




    Soliqlar byudjetga tushadigan pul va qonun bilan belgilangan majburiy munosabatlardir. Bu munosabatlar soliq to’lovchilar (yuridik va jismoniy shaxslar) bilan davlat o’rtasidagi munosabatlarni ifoda etadi.
    O’zbekiston Respublikasi hududida quyidagi soliq va yig’imlar amal qi- ladi: - umumdavlat soliqlari; - mahalliy soliq va yig’imlar.


    Umumdavlat soliqlarga quyidagilar kiradi: - yuridik shaxslardan oli- nadigan daromad (foyda) solig’i; - jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i; - qo’shilgan qiymat solig’i; - aksiz solig’i; - yer osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq; - suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq.

    Mahalliy soliq va yig’imlarga quyidagilar kiradi:


    • mol-mulk solig’i; - yer solig’i; - avtotransport vositalarini olib sotgan- lik uchun soliq; - savdo-sotiq qilish huquqi uchun yig’im, shu jumladan, ay- rim turlardagi tovarlarni sotish huquqini beruvchi lisenziya yig’imlari; - yuridik shaxslarni, shuningdek tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanuvchi jismoniy shaxslarni ro’yxatga olganlik uchun yig’im; - avtotransport to’xtash joyidan foydalanganlik uchun yig’im; - obodonchilik ishlari uchun yig’im; - ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish uchun yig’im; - boshqa mahalliy ahamiyatga ega bo’lgan yig’imlar.

    Mahalliy soliq va yig’imlar mahalliy byudjetga o’tkaziladi. Soliq nimaga olinsa, o’sha narsa soliq obekti bo’ladi. Soliq obekti 3 guruhga bo’linadi: aylanma, daromad va mulk. Soliq obektining har bir soliq birligi uchun davlat tomonidan belgilab qo’yilgan me’yori soliq stavkasi deb yuritiladi. Bu stavka qat’iy so’mmalarda yoki foizlarda obektga nisbatan qo’llaniladi. Soliq stavkalari proporsional, progressiv va regressiv ko’rinishlarda bo’lishi mum- kin.


    Proporsional soliq stavkasi usulida foyda yoki aylanmaga ega yuridik va jismoniy shaxslar bir xil ulushda soliq to’laydilar. Bu yerda soliq stavkasi qat’iy o’rnatilgan bo’lib, mutanosib ravishda olinadi. Masalan, korxona aso- siy fondlarining o’rtacha yillik qiymati 200 mln so’m bo’lib, undan undiri- ladigan soliq stavkasi 2 foiz belgilanganda, soliq so’mmasi hisobot yili uchun 4 mln. so’mni (200 mln x 2:100) tashkil etadi.
    Daromad yoki foyda ortib borishi bilan soliq stavkasi ham ortib borishi ko’zda tutilgan bo’lsa, bunday stavkalar progressiv soliq stavkalari deyiladi. Buni biz O’zbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo’lmaganlardan olinadigan daromad solig’i stavkasida yaqqol ko’rishimiz mumkin.


    Regressiv soliq stavkasi usulida daromad o’sishi (oshishi) bilan mahsulot ishlab chiqarish hajmi ko’payishi yoki eksportga mahsulot ishlab chiqarish ko’payishi bilan soliq stavkasi kamayib boradi. Demak, bunday korxona byudjetga kam soliq to’lay boshlaydi. Regressiv soliq stavkalari biror faoliyat yoki sohada mahsulot ishlab chiqarishni ko’paytirish yoki o’z foydasidan biror turdagi xarajatni kamaytirishni rag’batlantirish maqsadida qo’llaniladi.
    O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan ayrim mahsulotlar aksiz solig’iga tortiladi.


    Aksiz ba’zi iste’mol tovarlari qiymatiga ustama qo’yiladigan egri soliqdir. Yegri soliq deb atalishining sababi – uning byudjetga to’lovchilari aksiz osti tovarlarini ishlab chiqarib sotuvchilardir. Ammo haqiqiy soliq to’lovchilar mahsulot yetkazuvchilardan tovarlarni sotib oluvchilar, ya’ni iste’molchilardir. Shuning uchun bu soliq ba’zi mamlakatlarda iste’mol solig’i deb ham ataladi.
    Aksiz solig’i stavkasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlanadi. Aksiz solig’i stavkalarini O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilash har yilgi byudjetning asosiy ko’rsatkichlari belgilangan- da ko’rsatiladi. Biroq yil davomida aksiz stavkalariga o’zgartirishlar kiritib borilishi mumkin.
    Aksiz solig’i to’lanadigan tovarlarni ishlab chiqaruvchi korxonalar, mulk shaklidan qat’iy nazar, shu tovarlarni eksportga chiqarsalar, aksiz solig’i to’lashdan ozod bo’ladilar. Qizil Yarimoy jamiyati korxonalari ishlab chiqargan tovarlardan kelgan daromadlarini jamiyatning Ustavida ko’zda tutilgan vazifalarni bajarishga sarflasa, u holda ular ham aksiz solig’i to’lashdan ozod bo’ladi
    Download 30 Kb.




    Download 30 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Reja: Soliqlar Mahalliy soliq va yig’imlar

    Download 30 Kb.