Reja: Xo`l usulda chang ushlovchi qurilmalar klassifikatsiyasi




Download 498.5 Kb.
bet1/2
Sana26.05.2022
Hajmi498.5 Kb.
#21936
  1   2
Bog'liq
Changlarni yuvib tozalash
Chelove na vse rynki — копия — копия, 371243c8-1b59-d4b3-bf81-0e7148bc90c3 media (4), strategik rejalashtirish, 88 (144), Mamasaidov A.B 712-20 gurux tizimlar va signalar fanidan Mustaqil ish.

Changlarni yuvib tozalash

Reja:
1. Xo`l usulda chang ushlovchi qurilmalar klassifikatsiyasi


2. Laminar va turbulent oqim rejimida chang zarrachalarini suyuqlik tomchisiga cho`kishi
3. Ichi bo`sh, nasadkali va markazdan qochma skrubberlar konstruktsiyasi va hisobi
Gazlarni yuvish yo`li bilan changdan tozalash usulidan foydalanilganda changli oqim tomchi yoki plyonka holatdagi suyuqlik bilan kontaktda bo`ladi. Gidrofill xossali chang suyuqlik yuzasiga yopishib, u bilan birga qurilmadan tashqariga chiqariladi. Chang yuvishning kamchiligi – ifloslangan oqindi suyuqliklarning xosil bo`lishidir. Bunday okindi suvlar tozalashni talab qiladi. Gaz yuvish yordamida juda kichik zarrachalar (0,1 mkm gacha) ni tutib qolish imkoniyati mavjud va juda yuqori (99%gacha) tozalash darajasiga erishish mumkin. Gaz yuvuvchi qurilmalarni chang tutishidan tashqari bir vaqtning O`zida quyidagi vazifalarni xal qilish maqsadida ishlatish mumkin: gazlarni sovutish yoki namlash; chang bilan birgalikda tomchi va tumanlarni tutib qolish; gaz qO`shimchalarini absorblash.
Gazyuvuvchi qurilmalar kamchiliklardan holi emas: a) qurilma va trubaprovodlarni yuzalariga chang zarrachalarining yopishib qolishi; b) suyuqlik (odatda suv) ning sarfi ancha katta; v) gazlarni, ayniqsa agressiv gazlarni, tozalash uchun qurilma va trubaprovodlarni korraziyadan ximoya qilish talab qilinadi; g) past temperaturada (OoS dan kam) ishlatish mumkin emas, chunki suv muzlab koladi; d) katta tezlik bilan ishlaydigan qurilmalar uchun qO`shimcha tomchi ushlagichni O`rnatish talab qilinadi.
Gazyuvuvchi qurilmalar quyidagicha sinflarga bo`linadi: 1) fazalar kontakt yuzasining turiga kO`ra; suyuqlikni sochib beruvchi, qO`zg`almas va qO`zg`aluvchan nasadkali, tarelkali (barbotajli va kO`prikli) plyonkali (suv plyonkali tsiklonlar va uyurmali chang ushlagichlar); 2) ish printsipiga kO`ra: gravitatsion, markazdan qochma, zarba-inertsion, oqimchali va mexanik gazyuvuvchi qurilmalar; 3) energiya sarfiga kO`ra uch guruhga bO`linadi: past bosimli chang ushlagichlar – gidravlik qarshiligi 1500 Pa gacha (suyuqlikni sochib beruvchi, tarelkali, markazdan qochma va xokazo), O`rta bosimli chang ushlagichlar – qarshiligi 1500 dan 3000 Pa gacha (nasadkali, mexanik, zarba-inertsion va xokazo), yuqori bosimli qurilmalar (Venturi trubasi, dezintegratorlar va xokazo).
Gazyuvuvchi qurilmalarda mexanik (markazdan qochma, ulptratovushli), pnevmatik (suyuqlikni sochilishi gaz yordamida amalga oshiriladi) va elektr forsunkalar ishlatiladi (forsunka – suyuqliklanni purkab beruvchi asbob). Mexanik forsunkalar eng kO`p tarkalgan bO`lib, tuzilishi sodda, narxi arzon, ishlatish qulay. 1 tonna suyuqlikni O`lchami 0,001 dan 3,5 mm gacha bO`lgan tomchilar holatida sochish uchun 2-20 kVt energiya sarf bo`ladi.
Muallaq zarrachalarning suyuqlik tomchisi yordamida ushlab qolishi chO`ktirishning deyarli barcha usullari hisobiga amalga oshiriladi. Bunday tomchilar qattiq sharlar hisobida quriladi. Tekshirishlardan shu narsa aniqlandiki, tomchilar formasi va ularning bO`shliqda mumkin bO`lgan tebranishini chO`ktirish samaradorligiga taosirini hisobga olmasa ham bO`ladi. ChO`ktirishning turli usullari bo`yicha taqqoslash, ularni chang ushlash samaradorligiga taosirini bir xilda bO`lmasligini kO`rsatdi.
Bunday qurilmalar (skrubberlar) ichi bO`sh qobiqdan iborat bO`lib, ularning pastki qismiga changli gaz berladi, yuqorigi qismida forsunkalar yordamida suv sochib beriladi. Gaz yuqoridan pastga yO`nalgan suv tomchilariga nisbatan qarama-qarshi harakat qiladi (6.1-rasm). Tomchilarning tozalangan gaz bilan chiqib ketmasligi uchun ularning O`lchami ancha katta bO`lishi kerak. Forsunkalar 0,3-0,4 mPa bosimbilan ishlaydi. Agar gazningtezligi 5 m/s dan kO`p bO`lsa skrubberdan sO`ng tomchi ushlagich O`rnatiladi. Zarrachaning O`lchami 10 mkm dan katta bO`lganda qurilmaning tozalash darajasi 99% ni tashkil etadi, zarrachalarning O`lchami kichiklashishi bilan chang tutgichning tozalash darajasi birdaniga kamayib ketadi. Suyuqlikni sochib beruvchi skrubberlar katta o`lchamli changlarni ushlash, gazlarni sovutish va kondensatsiyalash uchun ishlatiladi. Qurilmaning balandligi diametriga nisbatan odatda 2,5 marta katta bO`ladi. Suvning solishtirma sarfi 0,5 dan 8 l/m3 gacha boradi.


Download 498.5 Kb.
  1   2




Download 498.5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Reja: Xo`l usulda chang ushlovchi qurilmalar klassifikatsiyasi

Download 498.5 Kb.