• 1. Rentgen nurlarining va ularning xossalari.
  • Rentgen nurlari




    Download 244.74 Kb.
    bet1/3
    Sana24.11.2022
    Hajmi244.74 Kb.
    #31521
      1   2   3
    Bog'liq
    Olimova Zilola F-1901. ATOM. Mustaqil ish Rentgen nurlari
    KUCHAYTIRGICHLARNI


    O’zbekiston respublikasi
    oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi
    mirzo ulug’bek nomidagi
    O’zbekiston milliy universiteti
    Fizika fakulteti
    3-bosqich F 1901-guruh talabasi
    Olimova Zilolaning
    ATOM FIZIKASI
    fanidan

    RENTGEN NURLARI


    mavzusida bajargan

    mustaqil ishi

    Qabul qildi: POLVONOV
    Reja:


    1. Rentgen nurlarining va ularning xossalari.
    2. Rentgen nurlarning spektrlari
    3. Uzlukli va uzluksiz spektrlar.
    4. Mozli qonuni.
    1. Rentgen nurlarining va ularning xossalari. Rentgen nurlarini 1895-yilda nemis fizigi Vilgelm Rentgen (1845-1923) kashf etgan. U bu kashfiyoti uchun 1901-yilda birinchi bo'lib Nobel mukofotini olishga sazavor bo'lgan. V.Rentgen o'zi kashf etgan nurlarni dastlab X-nurlar deb atagan, keyinchalik bu nurlar uni nomi bilan ataladigan bo'ldi. V.Rentgen bu kashfiyotini katod nurlarini o'rganish vaqtida tasodifan topdi. U tajribalaridan birida katod nayini qora kardon qog’oz bilan yaxshilab o'radi. Xonani qorong’i qilib, katod nayida razryad hosil qilganda xonani boshqa tomonida u qandaydir nurlanishni ko'rdi. Ma'lumki, katod nurlari (elektronlar oqimi) havoda bir necha santimetr masofagacha tarqalishi mumkin xolos. Tajribani takrorlaganda ham, yana bu hol takrorlandi. Xonani yoritib qarasa, nurlanayotgan narsa, qurilma yaqinidagi flyuoressensiyalanuvchi ekran ekan. Shunda rentgen yangi nurlanish turiga duch kelganini tushundi.

    Keyinchalik ma'lum bo'ldiki, rentgen nurlanishi katta tezlikdagi elektronlarni keskin tormozlanishi natijasida hosil bo'lar ekan.

    Rentgen nurlari sxemasi tasvirlangan rentgen trubkasida hosil qilinadi. Maxsus transformatorga ulanadigan volfram sim katod (K) vazifasini o'taydi. Katod va anod (A) orasida hosil qilinadigan elektr maydon katoddan uchib chiqayotgan termoelektronlarni tezligini orttiradi. Yetarlicha katta kinetik energiyaga erishgan elektronlar volfram yoki platinadan qilingan anod mishenni ichiga kirib borish vaqtida keskin tormozlanishi natijasida rentgen nurlari hosil bo'ladi. Bu nurlar to’lqin uzunligi 10-12–10-8 oralig’ida bo'lgan elektromagnit to’lqinlardan iborat. Rentgen nurlarining elektromagnit to’lqin tabiati ularning kristallardan o'tishdagi difraksiyasi orqali isbotlangan.





    Download 244.74 Kb.
      1   2   3




    Download 244.74 Kb.