Samarqand davlat tibiyyot universiteti stomatologiya fakulteti terapevtik




Download 6.79 Mb.
Pdf ko'rish
Sana18.04.2024
Hajmi6.79 Mb.
#200291
Bog'liq
Qayimov Akram Parodontologiya(1)
623854, 1-mavzu(INF ASOS), 419t, 151113, AXBOROT JARAYONLARINI, AXBOROT JARAYONLARINI, Материалы к экзамену по учебной дисциплине Базы данных, Нигматов Kompyuter tizimlari va tarmoqlari китоб, Ko\'rsatkichlar, Переменную мы определяли как именованную область памяти, Dastuiry vositalar xavfsizligi, Tasviriy san\'at пед амалиёт, Amaliy ish 5 Mavzu Time-Of-Check-To-Time-Of-Use tahdidini amalg, 1-laboratoriya ishi ims tayyorlash texnologiyasi va klassifikats, 7-laboratoriya Mavzu mt da yasalgan kuchaytirgich sxemasini tad-fayllar.org


SAMARQAND DAVLAT TIBIYYOT UNIVERSITETI
STOMATOLOGIYA FAKULTETI TERAPEVTIK
STOMATOLOGIYA KAFEDRASI 405-GURUH TALABASI
Qayimov AkramningTERAPEVTIK PARADONTOLOGIYA
FANIDAN
MUSTAQIL ISHI
Mavzu: Paradont kasalliklarini mahalliy va umumiy davolash
ussullari.Fizioterapevtik davolash usullari.Profilaktika.
Despanserizatsiya.Retseptura
Tekshirdi: Raxmonova .B .Q.



Paradont kasalliklari asosiy davolash
tamoyillari
1. Davolash muolajalari kasallikni stabillashtirishga yo'naltirilgan bo'lib,
parodont to'qimasidagi yallig'lanish-destruktiv jarayonlarni yo'qotish va
kasallik asoratlarini oldini olishga asoslangan bo'ladi. Bu muolajalar
kasallikni nafaqat birlamchi belgilarini yo'qotish va parodontni normal
holatga keltirish, balki bemor organizmiga umumiy va mahalliy ta'sir
etuvchi salbiy holatlarni ham oldini olishga qaratilgan bo'lishi kerak.
2. U o'zida etiotrop, patogenetik va simptomatik davoni
mujassamlashtirgan bo'lishi lozim.
3. Davolash rejasi har bir bemor uchun individual tanlanishi kerak,
chunki parodont kasalligi klinikasi turlicha va har bir organizmni
individual holatidan kelib chiqqan holda belgilanadi.



Parodont qaysi turi bo'lmasin, mahalliy davolash hamma vaqt tish
karashlari, toshlarini olib tashlashdan boshlanadi. Buning uchun
«Ultrastom>> apparati va shunga asoslangan ultratovush vositalari
(masalan, «Ergostar>> markali stomatologik uskunada maxsus skalper
- nakonechnik bor) yordamida ishlash yaxshi samara beradi.
Undan tashqari plomba, ortopedik va ortodontik protezlar,
moslamalarni
kamchiliklarini (plombaning milkka kirgan yoki uni
bosib turgan qismlarini, milkka chuqur kirib turgan sun'iy qoplamalar
va shunga o'xshash salbiy ta'sirotlarni) yo'qotish, prikus patologiyalarini
davolash kabi ishlar bajarilishi kerak
Albatta, og'iz gigienasi (tozaligi) qoidalarini bajarish, mikroblarga qarshi
0,06% xlorgeksidin eritmasi bilan og'iz bo'shligini chayish parodontdagi
yalliglanishni kamaytiradi, karash yig'ilishini to'xtatadi. Yana og'izni turli
antiseptiklar. turli dorivor o'simliklar damlamalari bilan chayish ham
yaxshi foyda beradi.



Parodont kasalliklarida tish eleksirlari. pastalarini tanlashga vrach
yordam berishi, ko'rsatma tavsiyalar berishi zarur. Tish kukunlari
bilan parodont yallig'lanishida tish tozalash maqsadga muvofiq
kelmaydi. Davolanadigan tishlar davolanishi, olib
tashlanadiganlari olib tashlanishi kerak.
Mahalliy salbiy ta'sirotlar yuqolgach, parodont to'qimalarida
kechadigan turli patologik o'zgarishlarga ta'sir etadigan
patogenetik kompleks davolash usullari qo'llanadi.
Bu usullar milk. suyak to'qimalari. mikrocirkulyaciya qon tomirlari,
asab tolalariga ta'sir etadigan va shu bilan parodontdagi buzilgan,
izdan chiqqan modda almashinuv jarayonini yaxshilashga
qaratilgan bo'lishi kerak.



Patogenetik bo'g'inlarga ta'sir etuvchi kompleks davolash usullariga dori-darmonlar
(asosan yallig'lanishga qarshi), ortopedik. jarroxlik hamda fizioterapevtik davolash
omillari kiradi. Yallig'lanishga ta'sir etuvchi dorilardan 3%-li acetilsalicilli malham
(maz) applikaciya yoki davolash boylami sifatida, 3%-li salicilat natriy malhami,
butadion malhami kabilar, dorivor o'simliklar damlamalari -1:10 tukli xandeliya, 1:20
dag'al dala choyi va boshqalar qo'llaniladi.
Tomir-to'qima o'tkazuvchanligini me'yorlash uchun geparin malhami (applikaciya), 5%-
li aminakapron kislotasi bilan og'izni chayish yoki milk elektroforez usulida yuborish
yaxshi natija beradi.
shuningdek, elektroforez, antibiotiklar, sulfanilamid preparatlari, fermentlar,
kortikosteroidlar (faqat immunologik holatga karab), immunomodulyatorlar
qo'llanilishi mumkin.



Gingivitlarni davolash
Gingivitlarni davolash etiologik faktorni yo'qotish, epiteliyni barer vazifasini tiklash, yallig'lanish
jarayoniga ta'sir etish, milkda modda almashinuvini me'yorlashtirishdan iborat.
Bemorga og'iz bo'shlig'i gigienasini o'rgatish, indikator orqali tish tozalangandan keyin, og'iz
bo'shlig'ini tekshirish, og'iz bo'shlig'i shaxsiy gigienasi vositalarini individual tanlash (tish cho'tkasi,
pastasi, floslar).
- Mahalliy qo'zg'atuvchi omillarni bartaraf etish, milk usti va milk osti tish toshlarini tozalash, kariesli
tishlarni kontakt nuqtalarni tiklash orqali plombalash.
Antiseptik dorilar vositasida mahalliy yallig'lanishga qarshi muolaja o'tkazish.
Fizioterapevtik davolash o'tkazish (dorilarni elektroforez qilish. darsenval, fotoforez, gidromassaj).
- Tish qatorlari va prikus anomaliyalarini bartaraf etish.
- Yumshoq to'qimalarda rivojlanayotgan anomal xolatlarni bartaraf etish



Yarali-nekrotik gingvit davolash
Yarali gingivitni davolash uchun, uning kelib chiqishida mikroblar ta'sirining
muhimligini hisobga olib, og'iz bo'shlig'ida antibakterial dorilar qo'llashdan, bemor
kelishi bilan darrov boshlash zarur. Milklar 3%-li vodorod peroksidi, 0,05%-li laktat
etakrid eritmasi, antiseptik, dorivor o'simliklar damlamalari va shunga o'xshash
antiseptiklar yordamida yuviladi, tozalanadi. O'tkir yarali yallig'lanish biroz
bosilgach, tish karashlari, toshlari olinadi, buning uchun oldin piromikain, 10%-li
lidokain kabi og'riksizlantiruvchi dorilar milkka shimdiriladi yoki ular aerozol
sifatida sepiladi. Antibiotiklar (ularga bemor og'zidagi - milklardagi
mikroorganizmlarning sezgirligini mikrobiologik usulda aniqlash maqsadga
muvofiqdir) yoki ular bilan birga glyukokartikoidlar shimdirish (applikaciya)
yaxshi natija beradi. shuningdsk. «Fastin-1». «Fastin-2» (ularning tarkibida
furacilin, sintomicin, anestezinlar bor) malhamlari. 3%-li oktation malhami
qo'llash ham foydali hisoblanadi.



Yarali gingivitni davolashda polivitaminlar va
desenbilizaciyalovchi dorilar (kalciy xlorid, triosulfat natriy,
dimedrol, diazolin, tavegil kabilar) qo'llaniladi. Tana quvvatini
ko'taradigan. keratoplastik dorilar (fitodont, poliminerol.
kalanxoe malhami, oblepixa, na'matak, karantomin, ingalipt,
solkoseril, 10% li metiluracil malhami va shunga o'xshashlar)
ham qo'llaniladi. O'z tarkibida norsulfazol, streptocid, timol,
evkalipt moyi, spirt, qand, glicerin kabilar bo'lgan ingalipt aerozoli
ancha foydalidir. YArali nekrotik gingivitda lizocim (chayish,
shimdirish) va antibiotiklardan foydalanish maqsadga
muvofiqdir
.


Gipertrofik gingivitni davolash. Davolash etiologik faktorni aniqlash boshlanadi. va
milkdagi proliferativ o'choqqa ta'sir ko'rsatishdan.Kompleks davolash o'tkaziladi, bunda
mahalliy davoni umumiy davo bilan birgalikda olib borish, unda milk gipertrofiya
darajasini, yallig'lanish turi va sababchi omillarni inobatga olish tavsiya etiladi.
Konservativ davolash:
Bemorni shaxsiy gigiena buyumlari bilan og'iz bo'shlig'i gigienasiga o'rgatish (tish
cho'tkasi, pasta, floslar).
Kariesli tishlarni plombalash, tish qirg'oqlaridan osilib turgan plombalarini almashtirish.
Milk usti tish toshlarini olib tashlash (mikrobli karash va tish toshlarini)
Yallig'lanishga qarshi dori darmonlarni qo'llash.
Fizioterapevtik muolajalarni qo'llash (elektroforez, milkni gidromassaji, darsenval,
fonoforez va boshqalar).
Vitaminoterapiya, umumiy va mahalliy immunitetni tiklash, somatik kasalliklarni
davolash tavsiya etiladi



Gipertrofik gingivitda og'iz bo'shlig'ini sog'lomlashtirilgandan keyin
sklerozga olib keladigan 50-60% glyukoza, glyukokortikoidlar
(gidrokartizon) larni in'ekciya yo'li bilan milk so'rg'ichlariga yuborish,
geparinni milk elektroforezi milklardagi shishlarni, milk hajmini
pasaytiradi, qotiradi, Ular yordam bermasa, 20%-30% li rezorcin
eritmasini turunda yordamida cho'ntaklarga kirgizib qo'yish, shuningdek,
prospidin malhami (30-50% li), xlorid cink (10-25% li eritmasi)
keratoplastik ta'sir etib, patologik holatni ancha tuzatadi.
L. R. Rubin milkdagi gipertrofiyani davolash uchun, uchqunli darsonval
toki yordamida, har bir milk so'rg'ichiga 1-3 sekund mobaynida uchqun
yuborib ularning uchki qismlarini kuydirishni (muolaja o'tkazilgach, milk
so'rg'ichlarida 2-4 nuqtada oq dog'chalar- kuygan epiteliy yuzalari hosil
bo'ladi) tavsiya etgan va u yaxshi natija beradi. Albatta, gipertrofik
gingivitni keltirib chiqargan sabablarni iloji boricha aniqlash zarur.
Masalan, gipertrofik gingivit tutqanoq epilepsiya kasalligida juda kuchli,
rivojlangan holda bo'ladi.



Gipertrofik gingivit ko'pincha xomilador ayollarda uchraydi, xomila bola tug'ilguncha og'iz
bo'shlig'i gigienasi qoidalariga muvofik parvarishlar o'tkaziladi, gipertrofik xolat bola
tug'ilgach ancha engillashuvi mumkin. Agar davom etib, ovqat chaynash, gapirishga
xalaqit beradigan darajada milk so'rg'ichlari, alveola milkka o'ssa, unda bola tug'ilgach
ma'lum bir muddatda jarroxlik davolash qo'llaniladi - gingiektomiya o'tkaziladi.
Epilepsiyada bo'ladigan gipertrofik gingivitni dilantin (gidantoin) bilan davolash psixiatr
ko'magida, maslahati bilan olib boriladi.
Fibroz shaklda 10 mg novambixinni 10 ml izotonik natriy xlorid eritmasida eritiladi va
milk so'rg'ichiga 0.1-0.2 ml miqdorida xaftada bir marotaba kiritiladi, kurs uchun 3-5
in'ekciya o'tkaziladi.
Konservativ muolajalardan keyin xirurgik davolash usullariga o'tiladi, ya'ni milkni
gipertrofiyasi gingivoektomiya, kriodestrukciya, diatermokoagulyaciya usullari bilan
bartaraf etiladi. Hamma yuqoridagi davolash usullari etiologik faktorlarni inobatga olgan
holda o'tkaziladi. Tishlovni noto'g'riligi ortopedik va ortodontik davolash usuli bilan
amalga oshiriladi.


Paradontitni davolash
1. Engil surunkali va qaytalangan parodontitlarni davolash sxemasi
1. Og'iz bo'shlig'ini sog'lomlashtirish (tish karashlari, toshlarini olish, olinishi
kerak bo'lgan tishlarni olib tashlash). 2. Milk qizarganda, ko'kimtir tus
olganda darsonvalizaciya yoki flyuktuorizaciya yoki Kulajenko usuli bilan
vakuum davolashdan keyin milk elektroforezi usulini qo'llash. 3. Milklardan
qon oqqanda - askorbin kislotasi bilan milk elektroforezi o'tkazish. 4.
Dessensibilizaciyalovchi davolash xlorid kalciy bilan pipolfen, diprozinlardan
birini qabul qilishni tavsiya etish. 5. Gigienik tavsiyalar. 6. Bemorni o'zi
bajaradigan barmoq siypalash, silash (massaj, uyda bajariladi). 7. Kerak
bo'lganda ortopedik, jarroxlik muolajalari (okklyuzion tish yuzalarini
to'g'irlash, protezga tayyorlash). 8. Umumiy davolash: a) yaxshi va to'liq
ovqatlanish; b) polivitaminlar ichish; v) faol harakat va dam olish, badanni
chiniqtirish.



Surunkali parodontitni davolash
Davolash usuli va dori darmonlar surunkali parodontit holatini og'irlik darajasi va kasallikning
klinik kechishini inobatga olgan xolda tanlanadi. Kompleks davolash muolajalari (terapevtik,
jarroxlik va ortopedik davolash muolajalari) parodont to'qimalarining yallig'lanishini bartaraf
etishga qaratilgan bo'lib, bunda parodontal cho'ntaklarini yo'qotish, reparativ osteogenezni
stimulyaciya qilish uslublari nazarda tutiladi. Konservativ va xirurgik davolash usullarini
inobatga olgan xolda har bir bemorga individual davolash usuli ishlab chiqiladi.





Parodontozni davolash
Davolash tadbirlari:
- Og'iz bo'shlig'i sanaciyasi, tizimli giperesteziyani davolash, tish
tosh va karashlarini tozalash.
- Angioprotektorlar yordamida parodont to'qimasidagi
mikrocirkulyaciyani yaxshilash va metabolizmni normallashtirish.
- Fizioterapevtik davolash muolajalarini qo'llash (vakuumli gidro,
vibromassaj, darsenval, elektroforez).
- Umumiy somatik kasalliklarni davolash (yurak, qon-tomir, asab
kasalliklari, gormonal buzilishlar, modda almashinuvini buzilishi
paradontomalarni davolash
Asosan xirurgik davolash usullari qo'llaniladi


E’tiboringiz uchun
rahmat!

Download 6.79 Mb.




Download 6.79 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Samarqand davlat tibiyyot universiteti stomatologiya fakulteti terapevtik

Download 6.79 Mb.
Pdf ko'rish