• 9-laboratoriya ishi. Bir o‘lchovli massivlar va ularga oid masalalar dasturlarini yaratish 1. MASALANING QO’YILISHI
  • 3. NAZARIY QISM
  • Samarqand davlat universiteti raqamli texnologiyalar fakulteti kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyalari yo




    Download 166.88 Kb.
    bet9/12
    Sana12.05.2022
    Hajmi166.88 Kb.
    #20985
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
    Bog'liq
    Laboratoriya ishini bajarish uchun namuna Dasturiy injiniring

    Natijani tekshirish – testlash
    1-test:

    Kiritilgan qiymat




    Olingan natija






    5. XULOSA

    Berilgan masala takroriy jarayonni ifodalaydi. Ushbu takroriy jarayonni C++ tilidagi sharti oldindan tekshiriluvchi while operatori orqali ishlashga harakat qilamiz.


    Dastlab 9-qatorda kamida bitta sonni klaviaturadan kiritishimiz kerak bo’ladi.
    12-qatorda while siklining e’lon qilinishi berilgan. Bu holatda sikldan chiqish sharti sifatida a!=0 sharti berilgan.
    14-16 qatorda while siklining tanasi hisoblanadi. Agar foydalanuvchi musbat son kiritsa, ushbu sonni S o’zgaruvchisi yig’indi sifatida yig’ib boradi. Bu holat 15- va 16-qatorlarda berilgan.
    Shunday sikl o’z ishini a soniga 0 qiymati kiritilganda tugatadi va sikl tashqarisida S umumiy yig’indi qiymati chiqariladi.
    9-laboratoriya ishi. Bir o‘lchovli massivlar va ularga oid masalalar dasturlarini yaratish


    1. MASALANING QO’YILISHI
    Massivning juft va toq o’rnidagi elementlarini almashtiring.
    2. ISHNING MAQSADI

    C++ dasturlash tilida massiv tushunchasi bilan tanishish. Bir va ko’p o’lchamli massivlarni e’lon qilishni o’rganish. Bir va ko’p o’lchamli massivlarni initsializatsiyalash. Bir va ko’p o’lchamli massivlar ustida amallar bajarishga doir misollar ishlash va natija olish.




    3. NAZARIY QISM
    Massiv - bu fiksirlangan miqdordagi ayrim qiymatlarning (massiv elementlarining) tartiblangan majmuasidir. Barcha elementlar bir xil turda bo’lishi kerak va bu tur element turi yoki massiv uchun tayanch tur deb nomlanadi. Yuqoridagi keltirilgan misolda Reyting - haqiqiy turdagi vektor deb nomlanadi.
    Programmada ishlatiladigan har bir konkret massiv o’zining individual nomiga ega bo’lishi kerak. Bu nomni to’liq o’zgaruvchi deyiladi, chunki uning qiymati massivning o’zi bo’ladi. Massivning har bir elementi massiv nomi, hamda kvadrat qavsga olingan va element selektori deb nomlanuvchi indeksni ko’rsatish orqali oshkor ravishda belgilanadi. Murojaat sintaksisi:
    []

    Bu ko’rinishga xususiy o’zgaruvchi deyiladi, chunki uning qiymati mas-sivning alohida elementidir. Bizning misolda Reyting massivining alohida komponentalariga Reyting[1],…,Reyting[N] xususiy o’zgaruv-chilar orqali murojaat qilish mumkin. Boshqacha bu o’zgaruvchilar indeksli o’zgaruvchilar deyiladi.


    Massiv indeksi sifatida butun son qo’llaniladi. Umuman olganda indeks sifatida butun son qiymatini qabul qiladigan ixtiyoriy ifoda ishlatilishi mumkin va uning qiymati massiv elementi nomerini aniqlaydi. Ifoda sifatida o’zgaruvchi ham olinishi mumkinki, o’zgaruvchining qiymati o’zgarishi bilan murojaat qilinayotgan massiv elementini aniqlovchi indeks ham o’zgaradi. Shunday qilib, programmadagi bitta indeksli o’zgaruvchi orqali massivning barcha elementlarini belgilash (aniqlash) mumkin bo’ladi. Masalan, Reyting[i] o’zgaruvchisi orqali i o’zgaruvchining qiymatiga bog’liq ravishda Reyting massivining ixtiyoriy elementiga murojaat qilish mavjud.
    Umuman olganda massiv quyidagi xususiyatlari keltirilgan.

    • Massiv - bu elementlar to'plamidir.

    • Massivdagi barcha elementlar bir xil turda bo’ladi.

    • Bunday to'plam to'liq to'plamni tashkil qiladi.

    C++ da massivlar ma'lum turdagi ma'lumotlar elementlarini xotirada ketma-ketlikda saqlashga imkon beradi.

    Download 166.88 Kb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




    Download 166.88 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Samarqand davlat universiteti raqamli texnologiyalar fakulteti kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyalari yo

    Download 166.88 Kb.