Randalash stanoklarida tanavorlarning yuzalari tekislik va burchak bo’yicha tekislash




Download 0.85 Mb.
bet2/2
Sana22.06.2022
Hajmi0.85 Mb.
#24248
1   2
Bog'liq
IRGASHEVA AZIZA 335
112706
Randalash stanoklarida tanavorlarning yuzalari tekislik va burchak bo’yicha tekislash.
Randalash stanoklarida tanavorlarning yuzalari tekislik va burchak bo’yicha tekislanadi. Stanoklar qo’lda yoki mexanizatsiyalashtirilgan usulda uzatiladigan bo’lishi mumkin. Randalash stanoklarining staninalari cho’yandan quyib yasalib, pichoq valini harakatlantiruvchi elektr dvigateli, old va orqa stollar mantaj qilinadi, stollar orasida pichoq vali aylanadi. Pichoq valida 2-4 ta yupqa pichoq bor, ular valga ponali qurilma bilan mahkamlanadi va qirindi sindirgich qirrasidan 1-1,5 mm chiqib turadi. Old stol orqa stoldan uzunroq bo’lganidan randalash aniq chiqadi. Stollar shunday o’rnatiladiki, natijada orqa stol val pichoqlarining chiqib turgan qirquvchi qirralari bilan bir satxda, old stol esa yo’niladigan qirindi linligicha pastda joylashadi.
Mexanik uzatmali SFK6-1 bir tomonlama randalash stanogi uzatma yuritmasi pog’onasiz bo’lgan koveyer turidagi avto uzatkich bilan ta`minlangan. Stanokda eni 630mm gacha bo’lgan materiallarga ishlov berish mumkin, bunda yo’niladigan qatlamning eng katta chuqurligi 6mm ni tashkil etadi. Pichoq valining aylanish chastotasi 4500 ayl/min. uzatish tezligi 7-30 m/min.
To’rt tomonlama bo’ylama frezerlash stanogi cho’yan staninadan iborat bo’lib, unda stol, elektr dvigatellardan harakat oluvchi qirqish va uzatish mexanizimlari joylashgan. Qirqish mexanizmi ikki yoki uchta gorizantal va ikita vertikal pichoq vallaridan, uzatish mexanizmi esa jo’va-gusenisali tizimdan tashkil topgan.
Ish boshlagunga qadar, yaxshi charxlangan asbob o’rnatiladi, keyin uzatuvchi mexanizm,chizg’ichlar,tiraklar, qisqichlar detal namunasi bo’yicha sozlanadi.
Bosib turuvchi mexanizmlar (roliklar, chizg’ichlar) shunday o’rnatilmog’i kerakki, ishlov beriladigan taxta stanok ichiga bemalol o’tadigan va tebranmaydigan bo’lsin. Uzatuvchi (yuqoriga) valiklarni shunday rostlash lozimki, ular tushirilganda brusok ular tagidan o’ta oladigan bo’lsin.
Stanok sozlangandan keyin u orqali bir necha brusok sinov tariqasida o’tkazib ko’riladi. Agar geometrik o’lchamlar to’g’ri bo’lsa va ishlov berish sifati talablarni qanoatlantirsa, ishga kirishiladi. Tanovor uchma-uch taqab uzatiladi. Kalta tanovorlarga avval uzunasiga, keyin ko’ndalangiga (uchiga) ishlov beriladi.
Qurama (aralash) stanoklarda yog’ochga ishlov berishga oid bir necha turli operatsiyalarni bajarish mumkin. Quyidagi ishlar birgalikda amalga oshiriladigan stanoklar eng ko’p uchraydi: randalash-raysmuslash-arralash-parmalash-silliqlash; randalash-raysmuslash-arralash; frezerlash-parmalash va ariqcha ochish-silliqlash.
E`TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT
Download 0.85 Mb.
1   2




Download 0.85 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Randalash stanoklarida tanavorlarning yuzalari tekislik va burchak bo’yicha tekislash

Download 0.85 Mb.