• Musiqiy tizim
  • Кo’p ovozli musiqaning yozilishi, nota yozuvini qisqartiruvchi va dinamik belgilar.
  • Samarqand davlat universiteti




    Download 38.85 Kb.
    Sana18.11.2020
    Hajmi38.85 Kb.
    #12513

    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS

    TA’LIM VAZIRLIGI
    SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI


    Ro’yxatga olindi

    BD 5111100

    “___” _________2019-yil






    Samarqand davlat universiteti

    rektori prof. I.Xalmuradov_______

    2019 yil “____”_______________



    MUSIQANAZARIYASI

    (Garmoniya, musiqa asarlar tahlili)
    FAN DASTURI
    Bilimsohasi: 100000 – Gumanitar

    Ta'limsohasi: 110000 – Pedagogika

    Ta'limyo`nalishilar: 5111100 –Musiqata’limi

    5150600 –Vokal san’ati

    5150700 –Cholg’u ijrochiligi

    Samarqand – 2019

    Fan dasturi Samarqand davlat universiteti San’atshunoslik fakulteti kengashida ko‘rib chiqilgan va tavsiya qilingan (201_ yil “___” _________dagi “___” -sonli bayonnoma).
    Fakultet dekani: dots.J.J.Kozimov
    Fan dasturi Samarqand davlat universitetida ishlab chiqildi

    Tuzuvchilar:
    M.Toshpo’latov - SamDU San’atshunoslik fakulteti “Musiqa ta’limi” kafedrasi o’qituvchisi.

    Sh.Shaykulov - SamDU San’atshunoslik ta’lim fakulteti “Musiqa ta’limi” kafedrasi o’qituvchisi.

    Taqrizchilar:
    I.Qudratov – Pedagogika fanlari nomzodi, Samarqand Davlat Universiteti «Musiqa ta’limi» kafedrasi dotsenti.

    A.Mo’minov – Samarqand san’at kolleji «Musiqa nazariyasi» kafedrasi mudiri.

    Fan dasturi Samarqand davlat universiteti o‘quv-uslubiy kengashining 2019-yil “___”________dagi “____”-son majlis bayoni bilan ma’qullangan.

    Oʻquv uslubiy kengash raisi: prof.A.S.Soleyev
    KIRISH
    Mazkur fan dasturi: 5111100 – Musiqa ta’limi yo‘nalishi talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, unda bo‘lg‘usi musiqa o‘qituvchilari egallashi zarur bo‘lgan bilim, malaka va ko‘nikmalar minimumi belgilab berilgan. Dastur ta’lim sohasida olib borilayotgan tub islohotlar, zamonaviy o‘qituvchiga qo‘yilayotgan talablar boy ma’naviy, madaniy musiqiy merosimizga yangicha yondashuvlarni hisobga olib tuzilgan.

    .


    Fanining maqsadi va vazifalari
    “Musiqa nazariyasi (garmoniya, musiqia asarlar tahlili)” kursining maqsadi – talabalarda musiqiy ifodalilikka nisbatan ongli tafakkurni tarbiyalash va ularni idrok etish qobilyatini hosil qilish; talabalarning musiqiy dunyoqarashini, idrokini shakllantirish va rivojlantirish, musiqiy-estetik didini to‘g‘ri yo‘naltirish va boyitish, ijodiy qobiliyatlarini o‘stirish; talabalarni musiqa o‘qituvchisi sifatida amaliy faoliyatga tayyorlashdan iborat.

    Fanning asosiy vazifalari quyidagilar:



    • talabalarga musiqiy ifodalilikning asosiy vositalarini tushunib yetishishlarida chuqur bilimlar berish hamda musiqiy-texnik ko‘nikmalarnio‘rgatish

    • amaliy ishlardagi nota matnini o‘qish jarayonini mukammallashtirish va ovoz intonatsiyasining sofligiga erishish

    • musiqiy asar shaklining tuzilishidagi asosiy qonuniyatlari, muhim musiqa elementlari, musiqiy rivojlanish printsiplari, shakldagi qismlar funktsiyasi bilan talabalarni tanishtirish va turli xil musiqiy shakllarni tahlil qilish malakalarini shakllantirish

    • kompozitorlik ijodining ahamiyatli masalalari va asosiy muammolari bilan yaqindan tanishtirish hamda musiqa tizimi va unda muhim o‘rin egallagan garmoniya haqida aniq tushunchalar berish;

    • talabalarning musiqiy fikrlash, musiqiy eshitish, sof intonatsiyani xis eta olish qobiliyatlarini va musiqiy xotirasini shakllantirish, ularda lad, ritm, sur’at va uslub tuyg‘usini tarbiyalash hamda o‘zlashtirgan bilimlarini amaliyotda qo‘llay olishga o‘rgatishdir.


    Fan bo‘yicha talabalarning bilimiga, ko‘nikma va malakasiga

    qo‘yiladigan talablar

    Talaba:

    - musiqiy tizim, tovush, lad, tonallik, interval, akkord, alteratsiya, xromatizm, modulyatsiya, kuy;



    - xalq ladlari, turli xil major va minor gammalar, kvarta – kvinta doirasi, intervallar, akkordlar, transpozitsiya, tonalliklar pog‘onadoshligi, xromatizm, xromatik gamma, modulyatsiya va og‘ishma, musiqa bezaklari, mavzular bo‘yicha quyidagi ayrim elementlar; garmoniyaning asosiy qonun qoidalarini, akkordlar imkoniyatlarini, stilitsik hususiyatlarini bilishlari, musiqa asarlarini garmonik tahlil usullari: musiqa shaklining eng muhim asoslari;

    • musiqiy shaklning muhim elementlari; musiqaning asosiy rivojlantirish printsiplari; shaklning qismlari funktsiyasi; bayon etish turlari va har bir shaklning tuzilish qonun-qoidalarihaqidagi bilimlarga ega bo‘lishi.

    • major va minorlarning tabiiy, garmonik, melodik gammalarini, tovushdan va tonallikda Intervallarni, akkordlarni yechimlarini, har xil tovushlardan xalq musiqa ladlari tovushqatorlarini, berilgan tonallikda intervallar va akkordlar ketma-ketligini, diatonik sekvensiyalarni, major va minor xromatik gammalarini yozma ravishda tuzish va fortepianoda chalish;

    • O‘tilgan akkordlarni to‘rt ovozli tuzilmada turli xil tonalliklarda tuzish va yechib berish, akkordlarni qo‘shishda qonun-qoidaga binoan amal qilish, berilgan akordlar bellgilanishlariga qarab akkordlar ketma-ketligini tuzish va fortepianoda ijro etib berish, musiqiy asar shaklining qismlarni aniqlash; uning kuy, garmoniya, ritmlarni o‘zaro aloqadorligini ko‘rsatish; musiqa shaklida rivojlantirish printsiplarini bilib, tahlil qilinayotgan asarda ularning ahamiyatini ko‘rsatib, har xil tipdagi shakllarning o‘ziga xos xususiyatlar usullarini ajratish;

    • intervallar, akkordlar, gammalar tuzish; uncha katta bo‘lmagan musiqa asarlarining ladi, tonalligi, obrazlar xarakterini aniqlab tahlil qilish: berilgan kuy yoki basni garmoniyalash, garmonik ketma-ketliklarni davriya shaklida chalib berish, oddiy shakldagi asarni yoki asar parchasini garmonik tahlil qilish; - berilgan musiqiy asarda shaklning turi, bayon turi, shakldagi yirik belgilarning raqamli sxemasi; har-bir asosiy qismning tahlili va ularning bir-biriga umumiy bog‘lanishini tahlil qilishi; musiqiy mavzular tarkibi, ularning bir xilligi yoki qarama-qarshiligi, xarakteri va mazkur xarakterga erishish vositalaridan foydalanish malakalariga ega bo‘lishi kerak solьfedjioning nazariy va amaliy ahamiyati;

    • turli xil major va minor gammalar, kvarta-kvinta doirasi, intervallar, akkordlar, xalq ladlari, transpozitsiya, tonnalliklar pog‘onadoshligi, xromatizm, xromatik gamma, modulyattsiya va og‘ishma, kuyni ayrim elementlar o‘zaro musobatlari, ko‘pincha xalq musiqa ijodidan keng o‘rin olgan lad-garmonik vositalarining qonuniyatlari, asarning ibora, jumla va boshqa qismlarga bo‘linishi haqida bilishi turli hildagi major va minor gammalar, intervallar, akkordlar, xalq ladlarini tahlil qila olish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi talab qilinadi.



    Fanning o‘quv rejasidagi boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi

    va uslubiy jihatidan uzviy ketma-ketligi
    Mazkur fan bir qancha boshqa fanlar bilan o‘zaro chambarchas bog‘liq bo‘lib, musiqa tarixi, cholgu ijrochiligi va ansambli, vokal ijrochiligi, musiqa o‘qitish metodikasi va maktab repertuari, an’aqnaviy va xalq qo`shiqchiligi, xo`r va xo`rshunoslik, dirijorlik kabi fanlar bilan uzviy bog‘liqdir. Uning amaldagi qo‘llanishi talabalarning vokal asoslari, xo‘r dirijyorligi, maqom asoslari cholg‘u ijrochiligi va boshqa musiqiy fanlardan olgan bilim ko‘nikmalariga asoslanadi.
    Fanning ta’limdagi o‘rni
    Musiqa o‘qituvchisini maktab, akademik litsey, kasb – xunar kollejiga tayyorlashda asosiy o‘rnini egallaydi. Fan nazariy va amaliy faoliyatni o‘z ichiga olib, musiqiy ta’lim yo‘nalishi talabalarini musiqa madaniyati o‘qituvchisi amaliy faoliyatiga tayyorlaydi. Shuning uchun ushbu fan asosiy umumkasbiy fan hisoblanib, shuning bilan birga ixtisoslik fanlari bilan ajralmas bog‘liqdir. Mazkur fan musiqa ta’limi sohasida malakali mutaxassis kadrlar tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etib, ishchi o‘quv rejalarda a’lohida fan sifatida o‘qitilishi mumkin.
    Fanni o‘qitishda zamonaviy axborot vapedagogik

    texnologiyalar
    Fanni bilimlarini o‘zlashtirish uchun ta’limning muammoli, rivojlantiruvchi o‘qituv, pedagogik o‘yinlar, interfaol usullar ahamiyatga xususiy-pedagogik, individual yondashuv kabi zamonaviy pedagogik texnologiya va metodlardan foydalanish tavsiya etiladi. Fanni o‘tkazish jarayonida quyidagi interfaol metodlar ishlatish mumkin: «muammoli savollar», «asosiy terminlar», «aqliy hujum», «bumerang», «tarmoqlar», «fikrlar bilan almashuv», «birgalashib qidiruv», «markaziy nuqtaga qaratilgan savollar».

    Asosiy qism

    MUSIQA NAZARIYASI

    I bo’lim

    Fanning nazariy mashgulotlari mazmuni

    Musiqiy tizim.

    Musiqa san’ati va uning o‘ziga xos xususiyatlari. Musiqaning asosiy ifodali vositalari. Badiiy obraz. Musiqiy tovush va uning xususiyatlari. Musiqiy tizim tovushqatori, yuqori tonlar, tabiiy tovushqator. Oktava.



    Musiqaviy tovushlarning o’zaro munosabatlari va harfiy sistemasi.

    Musiqaviy soz. Temperatsiyalangan soz. Yarim ton va butun ton. Hosila pog’onalar va ularning nomlari. Al’teratsiya. Diapazon. Registr. Tovushlar engarmonizmi. Diatonik va xromatik yarim tonlar va butun tonlar


    Nota yo‘zuvi, nota cho’zimlari va ularda qo’llaniladigan belgilar.

    Nota yozuvi, nota cho’zimlari va ularga qo’yiladigan tovushlar cho’zimini uzaytiruvchi qo’shimcha belgilar.Кalitlar. Tovushlarning harfiy tuzilmada ifodalanishi. Pauzalar.



    Кo’p ovozli musiqaning yozilishi, nota yozuvini qisqartiruvchi va dinamik belgilar.

    Кo’p ovozli musiqaning yozilishi. Dinamik belgilar. Nota yozuvini qisqartirish belgilari


    Ritm va metr.

    Musiqaviy zarb. Metr, o’lchov, takt. Takt chizig’i. Takt oldi. Oddiy metrlar va o’lchovlar. Oddiy o’lchovli taktlarda cho’zimlarning turkumlanishi. Murakkab metrlar va o’lchovlar. Murakkab o’lchovli taktlarda cho’zimlarning turkumlanishi. Aralash metr va o’lchovlar. Aralash o’lchovli taktlarda cho’zimlarning turkumlanishi. O’zgaruvchan o’lchovlar. Cho’zimlarning asosiy va erkin ravishda bo’linishi


    Sinkopa. Vokal musiqasida turkumlash. Temp (sur’at).

    Sinkopaning ahamiyati. Vokal musiqasida turkumlash. Temp (sur’at)



    Oddiy, diatonik va xromatik intervallar. Intervallarning engarmonik tengligi.

    Oddiy intervallar va diatonik intervallar. Xromatik intervallar. Intervallarning engarmonik tengligi.


    Intervallarning aylanishi, tarkibli intervallar, konsonans va dissonans intervallar.

    Intervallarning aylanishi. Tarkibli intervallar. Ohangdosh (konsonans) va noohangdosh (dissonans). Intervallar


    Lad (major va minor ladi). Tabiiy major gammasi.

    Lad. Turg’un va noturg’un tovushlar hamda ularning yechilishi. Major va minor ladi. Tabiiy major gammasi


    Tonalliklik, diezli va bemolli major tonalliklari kvinta davrasi. Major tonalliklari engarmonizmi

    Tonalliklar. Diezli va bemolli major tonalliklari. Кvinta davrasi. Major tonalliklari engarmonizmi


    Tabiiy, Garmonik , Melodik Major Va MinorLadi.

    Tabiiy major ladi. Garmonik va melodik major.Minor ladi. tabiiy minor gammasi. Garmonik va melodik minor.


    Parallel tonalliklar, minor tonalliklarining kvinta davrasi, nomdosh tonalliklar

    Parallel tonalliklar. Minor tonalliklarining kvinta davrasi. Nomdosh tonalliklar


    «Garmoniya»
    Akkordlar. Katta va kichik uchtovushliklar. Asosiy uchtovushliklarning funksional sistemasi
    Akkordlar va akkordsiz tovushlar. To’rtovozlik tuzilma, uchtovushliklarning joylashuvi. Lad funksiyasi. Izchillik yoki davra
    Asosiy uchtovushliklarning qo’shilishi.

    Kuylarni asosiy uchtovushliklar bilan garmoniyalash


    Akkordlar nisbati. Umumiy tovushlar. Uchtovushliklarning qo’shilish usullari. Kuylarni asosiy uchtovushliklar bilan garmoniyalash


    Akkordning o`rin almashinuvi. Basni garmoniyalash. Tertsiya sakrashlari
    Akkordlarning o’rin almashuv texnikasi. Basni garmoniyalash usullari. Sopranoda, tenorda tertsiya sakrashlari
    Kadensiyalar, davriya, jumla. Kadans kvartsekstakkordi
    Musiqa asarlarining tarkiblarga bo’linishi, davriya. Kadans kvartsekstakkordi va uning funksional xususiyati. Metrik shartlar va K6 ning tayyorlanishi
    Asosiy uchtovushliklarning seksakkordlari. Uchtovushlikning seksakkord bilan qo’shilishidagi sakrashlar
    Sekstakkordda juftlanish va uning joylashuvi. Ovoz yo’nalishi. Parallel oktavalar (va unisonlar). Uchtovushlikning Sekstakkord bilan qo’shilishidagi sakrashlar
    O`tkinchi va yordamchi kvartsekstakkordlar
    Dominanta va tonikaning o`tkinchi kvartsekstakkordlari. Ovoz yo`nalishi, Subdominanta va tonikaning yordamchi kvartsekstakkordlari. Ovoz yo’nalishi. Kadensiyalardagi yordamchi kvartsekstakkord.
    Asosiy dominantseptakkord. Dominantseptakkordning aylanmalari. Dominantseptakkordning tonikaga yechilishidagi sakrashlar
    Asosiy dominantseptakkordning tuzilishi belgisi va funksiyalari. Dominantseptakkordning aylanmalari va ularning yechilishi. Dominantseptakkordning tonikaga yechilishidagi sakrashlar.
    Major va garmonik minorning to’liq funksiya sistemasi. II pog’ona sekstakkordi va uchtovushligi. Garmonik major
    Major hamga garmonik minorning to’liq funksiya sistemasi. II pog’ona sekstakkordi va uchtovushligi. Garmonik major va uning xususiyatlari.
    VI bosqich uchtovushligi (tsvi). Bo’lingan kadensiya. Davriyani kengaytirish usullari

    Bo’lingan davra, TSVI ning subdominantalik xususiyati. D-TSVI davrasidagi ovoz yo’nalmasi. Bo’lingan kadensiya, davriyani kengaytirish usullari.


    Subdominantseptakkord (Sh7)

    Subdominantseptakkord ta’rifi va belgilanishi. Subdominantseptakkord aylanmalarining tayyorlanishi. Subdominantseptakkordning yechilishlari.



    Etakchi septakkordlar (DVII7)

    Yetakchi septakkordning tayyorlanishi. Yetakchi septakkordning tonikaga yechilishi. Yetakchi tertskvartakkordning subdominantalik xususiyatlari.



    Dominantnonakkord.Dominanta gruppasining kam qo’llaniladigan akkordlari
    Dominantnonakkordning umumiy ta’rifi. Yettinchi pog’ona kichraygan uchtovushlik sekstakkordi. Majoring uchinchi pog’ona uchtovushligi.
    «Musiqa asarlari tahlili»
    Musiqa shaklining eng muhim umumiy asoslari.
    Musiqaning asosiy elementlari. Kuy.Garmoniya. Rtm.Shakldagi bayon turlari.Musiqa shaklida rivojlantirish printsiplari
    Gomofonik shakllar
    Eng oddiy tuzulishdagi davriya. Davriyaning tarkibiy qismlari. Davriyaning turlicha murakkablanishi. Davriya mustaqil shakl sifatida.
    Oddiy ikki qismli shakl
    Reprizali oddiy ikki qismli shakl. Repriza bilan kelgan ikki qismli shakl. Ikkinchi qism.Shakl o’rtasi (o’rta qism). Reprizasiz ikki qismli shakl. Ikki qismli shakilda muqaddima va xotima

    Oddiy va murakkab uch qismli shakllar
    Oddiy uch qismli shaklning barcha qismlari. Soxta, static va dinamik reprizalar. O’rta qismi kontrastlangan oddiy uch qismli shakl, uch qismli yaxlit shakl, qismlarning takrorlanishi, muqaddima va xotima. Qismlararo, chekka va o’rta qismlar orasidagi kontrastlar xarakteri, trioli uch qismli shakl. Murakkab uch-besh qismli shakl, oddiy va murakkab uch qismli shakllar orasidagi shakl.

    Mavzu va variatsiyalar (variatsion shakl)
    Basso ostinato ga variatsiyalar. Qat’iy variatsiyalar. Variatsiyalash metodlari va joylashish tartibi. Qat’iy (ornamental) variatsiyalar namunasi, erkin variatsiyalar. Shuman va Glinka ijodida variatsiyalar. Qo’shaloq variatsiyalar.
    Rondo

    Rondoning kelib chiqishi, eskicha rondo. Bosh partiya. Lavhalar. Yetuk klassitsizm rondosi. XIX asrda rondoning rivojlanishi. Qo’shaloq shakllar.



    Laboratoriya mashg‘ulotlarini tashkil etish

    bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar
    Ushbu fanni asosiy mazmunlarini talabalar ma’ruzalar kursida o‘zlashtiradi. Yangi pedagogik texnologiyalar asosida muammoli, noan’anaviy mashgulotlar turlari tarqatma materiallarini tayyorlash, amaliy mashgulotlar ma’ruzalarining mantiqiy davomi bo‘lib, ularda talabalar ma’ruzalar kursida o‘zlashtirilgan bilimlarini mustaxkamlaydilar; tavsiya etilgan adabiyotlarni o‘rganadilar.

    O‘qituvchi nazariy materialni musiqa asarlaridan olingan misollarni namoyish qilish orqali bayon etadi.

    Laboratoriya mashg`ulotlar asosan uch ko‘rinishda bo‘ladi: yozma ishlar, og`zaki-so‘rov, fortepianoda mashqlar.

    Mavzular kursini o‘rganish davomida asosiy diqqatini fortepianoda ijro etilishi zarur bo‘lgan mashqlarga qaratish lozim. Ushbu kursni muvaffaqiyatli o‘zlashtirish uchun, shuningdek, notali asarni tahlil qilish ko‘nikmalarini hosil qilish zarur, chunki u asar mazmunini yanada chuqurroq ochishga imkon beradi.

    Kursni olib borishda musiqani ijro etish bilan bevosita bog`lanishi lozim. Kursning ayrim qoidalarini misollar asosida ko‘rsatish maqsadida ishlatiladigan mumtoz musiqanining eng yaxshi namunalaridan iborat bo‘lishi kerak.

    O‘zbek xalq qo‘shiqlari va o‘zbekiston kompozitorlari asarlaridan keng foydalanish kerak.


    Amaliy mashg‘ulotlari mavzulari:

    «Musiqa nazariyasi asoslari»

    1. Musiqiy tizim

    2. Nota yozuvi

    3. Tovushlar engarmonizmi

    4. Ritm, Metr

    5. Intervallar

    6. Lad va tonalliklar

    7. Xarakterli intervallar.

    8. Akkordlar.

    9. Uchtovushliklar va ularning aylanmalari.

    10. Asosiy uchtovushliklar.

    11. Dominantseptakkord

    12. Yetakchi septakkord

    13. II-pog‘ona septakkordi

    14. Xalq ladlari.

    15. Xromatizm va alteratsiya.

    16. Xromatik gamma

    17. Modulyatsiya.

    18. Musiqiy sintaksis


    «Garmoniya»

    1. To‘rt ovozli tuzilma. Ovoz yo‘nalishi

    2. Asosiy uchtovushliklarning qo‘shilishi

    3. Kuyni asosiy uchtovushliklar bilan garmoniyalash

    4. Akkordning o‘rin almashuvi. Basni garmoniyalash

    5. Kadensiyalar. Davriya. Jumla. Kadanskvartsekstakkord.

    6. Asosiy uchtovushliklarning sekstakkordlari bilan qo‘shilishi

    7. Ikki sekstakkordning qo‘shilishi.

    8. kvartsekstakkordlar

    9. Dominantseptakkord

    10. II pog`ona uchtovushligi va uning sekstakkordi (SII6).

    11. VI pogona uchtovushligi.

    12. Subdominantseptakkord

    13. Yetakchi septakkordlar

    14. Dominanta guruhining kam qo‘llaniladigan akkordlari.

    15. Diatonik sekvensiyalar

    16. Qo‘shdominanta

    17. Tonalliklar izchilligi turlari

    18. Og`ishma. Modulyatsiya


    «Musiqa asarlari tahlili»


    1. Musiqa shakli va uning eng muhim umumiyasoslari

    2. Kuy musiqa shaklining asosiy elementi sifatida

    3. Garmoniya shaklining asosiy elementi sifatida

    4. Ritm shaklining asosiy elementi sifatida

    5. Musiqaning rivojlantirish prinsiplari

    6. Davriya va uning turlari.

    7. Bir qismli va rivojlangan bir qismli shakl

    8. Oddiy ikki qismli shakl

    9. Rivojlangan ikki qismli shakl

    10. Oddiy uch qismli shakl

    11. Murakkab uch qismli shakl

    12. Variatsion shakli

    13. Rondo shakli.

    14. Sonata shakli.

    15. Rondo-sonata shakli.

    16. Sonata sikli.

    17. Siklli shakllar.

    18. Opera shakli.


    II Bo‘lim.

    Fanning xususiy metodikasi

    Musiqa nazariyasi fanining o‘qitish metodikasi quyidagi muhim tamoyillarga asoslanishi lozim:

    - fanni o‘qitish jarayonida musiqani bevosita idrok etish bilan bog‘liq bo‘lishi kerak. Maqsadga yo‘nalgan didaktik mashqlar musiqiy-texnik ravishda bajarilishi, xar bir mavzu o‘rganilayotgan musiqiy hodisani (interval, lad, akkord, modulyatsiya, garmoniyalashtirish, shakl va x.k.) namoyon etishdan boshlanishi, ularning musiqiy mohiyatini musiqiy eshituv qobiliyat orqali anglanishi zarur.
    Fanga oid qoidalar va qonuniyatlar, tushuncha va atamalar ta’rifi va

    talablari

    - musiqiy namunalar chet el mamlakatlari va O‘zbekiston xalqlari musiqiy merosi va kompozitorlik ijodidan keltirilishi maqsadga muvofiq;

    - fanning tarkibiy kurslari (Musiqa nazariyasi, Garmoniya, Muasiqa asarlari tahlili, Solfedjio), xar birining o‘ziga xos vazifalari va mazmuni saqlangan holda, o‘zaro metodologik va uslubiy aloqada o‘qitilishi lozim;

    - mazkur fan cholg‘u va vokal ijrochiligi kabi fanlar bilan uzviy birlikda va uyg‘unlikda olib borilishi kerak.


    Mustaqil ta’limni tashkil etishning shakliva mazmuni

    O‘rganilayotgan fan bo‘yicha talabalarga mustaqil ishni tashkil etish uchun quyidagi ish shakllari tavsiya qilinadi:



    • darslik va o‘quv qo‘llanmalardagi tegishli bo‘lim va mavzular konspektini tuzish;

    • fanlarning berilgan bo‘limlari yoki mavzulari bo‘yicha maxsus adabiyotlar bilan ishlash;

    • tarqatma materiallar yordamida ma’lum mavzu mazmunini o‘zlashtirish;

    • berilgan tovushdan yoki tonalikda interval, akkord, diatonik va xromatik gammalar tuzish;

    • berilgan kuy ovozi yoki bas ovozini garmoniyalash;

    • berilgan asarninggarmonik shakliy tahlilini qilish;

    • berilgan tovushdan yoki tonalikda tuzilgan diatonik va xromatik gamma, sekvensiya, interval, akkordlarni aylanmalari va yechilishlari bilan intonatsiyalash hamda akkordlar ketma-kenliklarini kuylash;

    • bir va ikki ovozli nomerlarni solfedjiolash;

    • har xil usuldagi musiqiy diktant yozish;

    • musiqa elementlarini eshitib turib tahlil qilish.


    Tavsiya etiladigan mustaqil ishlar mavzulari:

    «Musiqa nazariyasi»

    1. Intervallar.

    2. Tarkibli intervallar.

    3. Musiqa bezaklari.

    4. Ritm va metr.

    5. Xarakterli intervallar.

    6. Ladva tonalliklar.

    7. Uchtovushliklar

    8. Dominantseptakkord.

    9. Yetakchi septakkordlar va uning aylanmalari.

    10. Xalq ladlari.

    11. Transpozitsiya.

    12. Berilgan tonallikda akkordlar ketma-ketliklarini tuzish.


    «Garmoniya»

    1. To‘rtovozli tuzilma

    2. Asosiy uchtovushliklarning qo‘shilishi

    3. Kuyni garmoniyalash. Basni garmoniyalash

    4. Asosiy uchtovushliklarning sekstakkordlari

    5. Kadans kvartsekstakkordi

    6. O‘tkinchi va yordamchi kvartsekstakkordlar

    7. Dominantseptakkord

    8. II pog‘ona uchtovushligi va uning sekstakkordi.

    9. VI pog‘ona uchtovushligi. Bo‘lingan kadentsiya.

    10. Dominanta guruxining kam qo‘laniladigan akkordlari.

    11. Subdominantseptakkord

    12. Yetakchi septakkorlar

    13. Qo‘sh dominanta

    14. Og‘ishma. Modulyatsiya.


    «Musiqa asarlari tahlili»

    1. F.Shopen ijodida davriya shakli.

    2. O‘zbek kompozitorlar ijodida davriya shakli.

    3. Turli yo‘nalishdagi kompozitorlar ijodida rondo shakli.

    4. Motsart va Betxoven ijodida variatsiya.

    5. P.Chaykovskiyning «Bolalar albomi» dan pyesalarni tahlilqilish.

    6. Opera janri.

    7. Vokal sikllari.

    8. N.A.Rimskiy-Korsakovning «Qor qiz» operasini tahlil qilish.

    9. S.Yudakov. «Maysaraning ishi» operasini vokal shakllarini tahlilqilish


    Fan dasturning informatsion-uslubiy ta’minoti.

    Didaktik vositalar.
    Jihozlar va uskunalar, moslamalar: electron doska – Hitachi, LCD – monitor, elektron ko‘rsatgich (ukazka).

    Video – audio uskunalar- video va audiomagnitofon, mikrofon, kolonkalar.

    kompyuter va multimediali vositalar: kompyuter, Dell tipidaqi proektor, DVD – discovod, Web – camera, video ko‘z.

    Foydalaniladigan adabiyotlar ro‘yxati

    Asosiy adabiyotlar:


    1. G.A. Ibrahimjanova, L.A.Urmanova, M.X.Xodjayeva, F.N.Xalilov «Musiqa elimentar nazariyasi. Garmoniya» o’quv qo’llanma Toshkent-2012

    2. G.A.Ibrahimjanova, U.Yu.Yo’ldoshev Musiqa nazariyasi (Solfedjio, garmoniya, musiqiy asarlar tahlili) 1-qism. Darslik Toshkent-2018

    3. Rahimov Q. Musiqaning elementar nazariyasi. (Ma’lumotnoma), Toshkent, “Musiqa”, 2007.

    4. A.R.Bahriyev “Musiqaning elimentar nazariyasi” BuxDU 2011

    5. Панова Н. Конспекты по элементарной теории музыки. М., 2003.

    6. Azimova O. Garmoniya. Darslik. Nazariy kurs. Toshkent, «Qatortol – Kamolot», 2000.

    7. Островский А.Л., Соловьев С.Н., Сольфеджио М., «Музика», 2013.

    8. Mishael Pilhofer and Holly Day “Music Theory for dummies” Indiana USA 2007. Wiley Publishing Inc.

    9. James Tackett. “Fundamentals of church music Theory” Austin Christian Akappella Musik. Abilene Christian University. 2009.

    10. Mark Feezell. “Music Theory Fundamentals” Copyright. 2011 All Rights Reserved. LearnMusic Theory. Net

    11. O.Fayziyev. Q.Rahimov “Musiqa asarlari tahlili” O’quv qo’llanma Navoiy - 2015


    Qo‘shimcha adabiyotlar

    1. Rahimov Q. Musiqaning elementar nazariyasi bo‘yicha mashq va vazifalar to‘plami. Toshkent, “O‘zbekiston”, 2006.

    2. Rahimov Q. Garmoniya bo‘yicha mashq va masalalar to‘plami. «Aloqachi», 2005.

    3. Sami Aziz o‘g‘li. Garmoniya. T., «O‘zbekiston», 2002.

    4. Ройтерштейн М.И. Основы теоретического музыкознания. М., «Академа», 2003.

    5. Ibrohimov O., Yunusov R. Solfedjio darsligi. Toshkent, «Musiqa», 2004.


    Elektron ta’lim resurslari

    1. www.tdpu.uz

    2. www.pedagog.uz

    3. www.ziyonet.uz

    4.www.edu.uz

    5. tdpu-intranet.Ped






    Download 38.85 Kb.




    Download 38.85 Kb.