• Kafedra mudiri: R.M.Rajabov
  • GRAFIGI
  • Samarqand davlat universiteti




    Download 207.17 Kb.
    Sana25.11.2020
    Hajmi207.17 Kb.

    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASINING OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

    SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI




    RO‘YXATGA OLINDI.

    №_______________

    «___» ___________ 2019 yil






    TASDIQLAYMAN

    O’quv ishlari bo’yicha prorektor

    A.S.Soleyev___________

    “___”_________2019 yil





    MAGNETIZM VA MAGNIT MATERIALLAR

    TANLOV FANINING
    IShChI O’QUV DASTURI


    Bilim sohasi: 100 000 – Gumanitar soha

    Ta’lim sohasi: 140 000 – Tabiiy fanlar

    Ta’lim yo’nalishi: 5140200 – Fizika

    Samarqand – 2019

    Fanning ishchi o’quv dasturi ishchi o’quv rejaga muvofiq ishlab chiqildi.



    Tuzuvchi: Umumiy fizika kafedrasi dots. R.M. Rajabov


    Taqrizchilar: Umumiy fizika va magnetizm kafedrasi dosenti

    X.O.Shakarov

    Qattiq jismlar fizikasi mudiri, dots. E.U. Arziqulov

    Fanning ishchi o’quv dasturi “Umumiy fizika” kafedrasining 2018 yil 29 avgustdagi yig’ilishida muxokama qilingan va №1 bayonnomasi bilan fakultet Ilmiy Kengashiga muxokama qilish uchun tavsiya etilgan.

    Kafedra mudiri: R.M.Rajabov


    Fanning ishchi o’quv dasturi fizika fakulteti o’quv – uslubiy kengashidan muhokama etilgan va foydalanishga tavsiya qilingan(2018 yil 30 avgustdagi №1-sonli bayonnoma).
    Fakultet o’quv – uslubiy kengashi raisi: X. O. Shakarov
    Fanning ishchi o’quv dasturi fizika fakulteti Ilmiy Kengashida muxokama etilgan va foydalanishga tavsiya qilingan (2018 yil 30 avgustdagi №1-sonli bayonnoma).


    Fakultet Ilmiy Kengashi raisi: A. Absanov


    Kelishildi: O’quv - uslubiy boshqarma boshlig’i B. Aliqulov

    KIRISh

    Magnetizm va magnit materiallar tanlov fanini o’rganishning asosini. magnit materiallarning elektr, magnit va optik xossalarining hamda ular o‘rtasidagi bog‘liqlikni o‘rganish bugungi kunda fundamental va amaliy axamiyatga ega. Hozirgi kunda bu materiallardan integral sxemada, yarim o‘tkazgichli asboblarni konstruksiya qilishda, magnit maydon datchiklari va sezgir bolometrlarni yaratish uchun qo‘llaniladi. Shuning uchun ushbu kursni o‘rganish bugungi kunda dolzarb hisoblanadi.


    O’quv fanining maqsad va vazifalari

    Magnetizm va magnit materiallar fani maqsadi tabiatdagi elektr va magnetizm hodisalarining asosiy qonun va qonuniyatlarini o’rganishdan iborat, Bundan tashqari, bu fandan olingan bilimlar va ko’nikmalar, elektrodinamika fanlarini nazariy va amaliy jihatdan o’rganish uchun, hamda fizika fanini bir qator maxsus kurslarini o’rganishga asos bo’lib xizmat qiladi. Fanni o’rganishdagi asosiy vazifalar ma’ruza, amaliy va laboratoriya mashg’ulotlarini tashkil etish orqali amalga oshiriladi. Shuningdek, o’qitishning interaktiv uslublari va vositalaridan foydalaniladi.
    Fan bo’yicha talabalarning bilimi, ko’nikma va malakasiga qo’yiladigan talablar

    Magnetizm va magnit materiallar fanining o’rganish orqali bakalavr: Magnetiklarning atom tuzilishi va ularning asosiy xossalari va tabiatini tushuntiruvchi nazariyalar haqida tasavvurga ega bo’lishi;,

    Magnetiklarning elektr va magnit xossalarini magnit maydoni va temperatura ta’sirida o’zgarishidan amaliyotda qo’llanilishini bilishi va ulardan foydalana olishi; Magnetiklarning fizik xossalarini aniqlash usullari, tadqiqot natijalarini muhokama qilish va xulosalar chiqarish bo’yicha ko’nikmalarga ega bo’lishi kerak


    Fanning boshqa fanlar bilan o’zaro bog’liqligi va uslubiy jihatdan uzviy ketma-ketligi

    Bu dasturni amalda bajarish uchun talabalar bakalavriat ta’limida umumiy fizikaning elektr va magnetizm, Elektrotexnika, ximiya, qattiq jismlar fizikasiga kirish kabi fanlaridan yetarlicha ma’lumotga ega bo’lishlari lozim.


    Fanning ishlab chiqarishdagi o’rni

    Fan bo’yicha olingan bilimlar O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi “Elektronika”, “Fizika – texnika”, “Issiqlik fizikasi”, “Amaliy fizika” ilmiy tekshirish institutlarida va “Fanon” hamda “Foton” ishlab chiqarish birlashmalarida talabalarni yetarli bilim va tajribalariga tayangan holda ishlar olib borishda muhim ahamiyatga egadir.



    Fanni o’qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar

    Magnetizm va magnit materiallar fanini o’qitishda elektr va magnit hodisalar qonunlarini namoyishi, o’quv kino filmlari, kompyuterlashtirilgan multimediyalardan foydalanish. Internet tarmog’idan ko’rgazmali materiallardan, shuningdek ilg’or pedagogik texnologiyalardan foydalanish mumkin.

    “Elektr va magnetizm” kursini loyixalashtirishda quyidagi asosiy konseptual yondoshuvlardan foydalaniladi:



    Shaxsga yo’naltirilgan ta’lim. Bu ta’lim o’z mohiyatiga ko’ra ta’lim jarayonining barcha ishtirokchilarini tulaqonli rivojlanishlarini ko’zda tutadi. Bu esa ta’limni loyixalashtirilayotganda, albatta, ma’lum bir ta’lim oluvchining shaxsini emas, avvalo, kelgusidagi mutaxassislik faoliyati bilan bog’liq o’qish maqsadlaridan kelib chiqqan holda yondoshishini nazarda tutadi.

    Tizimli yondoshuv. Ta’lim texnologiyasi tizimning barcha belgilarini o’zida mujassam yetmog’i lozim: jarayonning mantiqiyligi, uning barcha bug’inlarini o’zaro bog’langanligi, yaxlitligi.

    Faoliyatga yo’naltirilgan yondoshuv. Shaxsning jarayonli sifatlarini shakllantirishga, ta’lim oluvchining faoliyatini aktivlashtirish va intensivlashtirish, o’quv jarayonida uning barcha qobiliyati va imkoniyatlari, tashabbuskorligini ochishga yo’naltirilgan ta’limni ifodalaydi.

    Dialogik yondoshuv. Bu yondoshuv o’quv munosabatlarini yaratish zaruriyatini bildiradi. Uning natijasida shaxsning o’z-o’zini faollashtirishi va o’z-o’zini ko’rsata olishi kabi ijodiy faoliyati kuchayadi.

    Hamkorlikdagi ta’limni tashkil etish. Demokratik, tenglik, ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchi faoliyat mazmunini shakllantirishda va erishilgan natijalarni baholashda birgalikda ishlashni joriy etishga e’tiborni qaratish zarurligini bildiradi.

    Muammoli ta’lim. Ta’lim mazmunini muammoli tarzda taqdim qilish orqali ta’lim oluvchi faoliyatini aktivlashtirish usullaridan biri. Bunda ilmiy bilimni obektiv qarama-qarshiligi va uni hal etish usullarini, dialektik mushoxadani shakllantirish va rivojlantirishni, amaliy faoliyatga ularni ijodiy tarzda qo’llashni mustaqil ijodiy faoliyati ta’minlanadi.

    Axborotni taqdim qilishning zamonaviy vositalari va usullarini qo’llash - yangi kompyuter va axborot texnologiyalarini o’quv jarayoniga qo’llash.

    O’qitishning usullari va texnikasi. Ma’ruza (kirish, mavzuga oid, vizuallash), muammoli ta’lim, keys-stadi, pinbord, paradoks va loyixalash usullari, amaliy ishlar.

    O’qitishni tashkil etish shakllari: dialog, polilog, muloqot hamkorlik va o’zaro o’rganishga asoslangan frontal, kollektiv va gurux.

    O’qitish vositalari: o’qitishning an’anaviy shakllari (darslik, ma’ruza matni) bilan bir qatorda - kompyuter va axborot texnologiyalari.

    Kommunikasiya usullari: tinglovchilar bilan operativ teskari aloqaga asoslangan bevosita o’zaro munosabatlar.

    Teskari aloqa usullari va vositalari: kuzatish, blis-so’rov, oraliq va joriy va yakunlovchi nazorat natijalarini taxlili asosida o’qitish diagnostikasi.

    Boshqarish usullari va vositalari: o’quv mashg’uloti bosqichlarini belgilab beruvchi texnologik karta ko’rinishidagi o’quv mashg’ulotlarini rejalashtirish, quyilgan maqsadga erishishda o’qituvchi va tinglovchining birgalikdagi xarakati, nafaqat auditoriya mashg’ulotlari, balki auditoriyadan tashqari mustaqil ishlarning nazorati.

    Monitoring va baholash: o’quv mashg’ulotida ham butun kurs davomida ham o’qitishning natijalarini rejali tarzda kuzatib borish. Kurs oxirida test topshiriqlari yoki yozma ish variantlari yordamida tinglovchilarning bilimlari baholanadi.

    Magnetizm va magnit materiallar fanidan mavzularning mashg’ulotlar turlari va soatlar bo’yicha taqsimoti.




    Mavzular nomi

    Jami soat

    Ma’ruza

    Amaliy

    Labora-toriya

    Mustaqil ish

    1

    Magnit materiallar va ularning sinflarga bo’linishi. Diamagnetizm va paramagnetizm, ferromagnetizm

    94

    20

    22

    16

    36

    2

    Antiferromagnetiklar va ferrimagnetiklar

    60

    10

    10

    6

    34

    3

    Amorf magnetiklar.

    termomagnit va galvanomagnit effektlar



    60

    12

    10

    8

    30




    Jami

    214

    42

    42

    30

    100



    Asosiy qism: Fanning uslubiy jihatdan uzviy ketma-ketligi
    Asosiy qism sifatiga qo’yiladigan talab mavzularning dolzarbligi, ularning ish beruvchilar talablari va ishlab chiqarish ehtiyojlariga mosligi, fan va texnologiyalarning so’ngti yutuqlari e’tiborga olinishi tavsiya etiladi.
    Ma’ruza mashg’ulotlari

    Kirish. Magnetizm rivojlanishiga doir tarixiy ma’lumotlar. Magnit materiallar va ularning sinflarga bo’linishi.

    Atom magnetizmi: Erkin atomlar va kristal maydoni. Diamagnetizm va paramagnetizm

    Zonalar nazariyasi bo’yicha dia-, para-, ferro- ferrimagnetizmning hosil bo’lishi

    Ferromagnetizm hosil bo’lishini klassik Veys nazariyasi. Geyzenberg modeli.

    Domen tuzilishi va magnitlanish jarayoni.



    Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondoshuv, muammoli ta’lim, blis-so’rov, , munozara, o’z-o’zini nazorat.

    Adabiyotlar: A1; A2; Q1; Q2.

    O’tkinchi va siyrak yer elementlarida bevosita va bilvosita ta’sir. Antiferromagnetiklarning hosil bo’lishining molekulyar maydon va termodinamik nazariyasi. Ferrimagnetiklar. Ferrit shpinellar va granatlar. Neyel nazariyasi
    Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondoshuv, muammoli ta’lim. blis, munozara, o’z-o’zini nazorat.

    Adabiyotlar: A1; A2; A3; Q1; Q3.

    Amorf magnetiklar va ularnig xossalari.

    Termomagnit va galvanomagnit effektlar. Magnit qarshilik.



    Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondoshuv, muammoli ta’lim. blis, munozara, o’z-o’zini nazorat.

    Adabiyotlar: A1; A2; A4; Q4, Q5;



    Magnetizm va magnit materiallar fani bo’yicha ma’ruza mashg’ulotining kalendar tematik rejasi



    Ma’ruza mavzularining nomi

    Soat

    1

    Kirish. Magnetizm rivojlanishiga doir tarixiy ma’lumotlar. Magnit materiallar va ularning sinflarga bo’linishi

    2

    2

    Atom magnetizmi: Erkin atomlar va kristal maydoni. Diamagnetizm va paramagnetizm

    4

    3

    Zonalar nazariyasi bo’yicha dia-, para-, ferro- ferrimagnetizmning hosil bo’lishi

    6

    4

    Ferromagnetizm hosil bo’lishini klassik Veys nazariyasi. Geyzenberg modeli.

    4

    5

    Domen tuzilishi va magnitlanish jarayoni

    2

    6

    O’tkinchi va siyrak yer elementlarida bevosita va bilvosita ta’sir.

    4

    7

    Antiferromagnetiklar va ularning xossalari.

    4

    8

    Ferrimagnetiklar. Ferrit shpinellar va granatlar. Neyel nazariyasi

    6

    9

    Amorf magnetiklar va ularnig xossalari.

    4

    10

    Termomagnit va galvanomagnit effektlar. Magnit qarshilik.

    6

    Jami:

    42


    Amaliy mashg’ulotlarning mavzulari.

    Paramagnetizmning klassik va kvant nazariyasi. O’tkinchi va siyrak yerelementlari atomlarini magnit momentlari hisoblash. Spontan magnitlanishning Kyuri temperaturasi, molekulyar maydon doimiylarini o’tkinchi va SEE uchun hisoblash. O’ta o’tkazuvchanlikning magnit xossalari. Magnit materiallar: amorf magnit materiallar. Magnit bo’sh va magnit qatiq materiallar. Domen tuzilishni kuzatish bo’yicha magnittooptik usullar



    Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondoshuv, muammoli ta’lim. Kichik guruhlarda ishlash, aqliy hujum, blis-so’rov, munozara, o’z-o’zini nazorat.

    Adabiyotlar: A1; A2; A5; Q1; Q2, Q4 .


    Magnetizm va magnit materiallar fani bo’yicha amaliy mashg’ulotining kalendar tematik rejasi



    Seminar mavzularining nomi

    Soat

    1

    Paramagnetizmning klassik va kvant nazariyasi.

    4

    2

    O’tkinchi va siyrak yer elementlari atomlarini magnit momentlari hisoblash.

    6

    3

    Spontan magnitlanishning Kyuri temperaturasi, molekulyar maydon doimiylarini o’tkinchi va SEE uchun hisoblash.

    6

    4

    Metallar elektr o’tkazuvchanligining klassik nazariyasi

    4

    5

    Metallar elektr o’tkazuvchanligining kvant nazariyasi

    6

    6

    Magnit materiallar: amorf magnit materiallar.

    6

    7

    Magnit bo’sh va magnit qatiq materiallar.

    4

    8

    Fotomagnit effektlar

    6

    Jami:

    42

    Laboratoriya mashg‘ulotlarini tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatma

    Maxsus fanlardan laboratoriya mashg‘ulotlarining ustvor maqsadi nazariy bilimlarni amaliy masalalarga tadbiq qilishga qaratilgan.


    Laboratoriya mashg‘ulotlar mavzularining soatlarda taqsimoti (30 soat)




    Laboratoriya mashg‘ulotlar mavzulari

    Soati

    1

    Ferromagnit qotishmalarda Xoll effektini o‘rganish.

    4

    2

    Xoll datchigi yordamida elektromagnitning induksiyasini topish

    4

    3

    Magnetikning nisbiy magnit singdruvchanligini Maksvell ko‘prigi yordamida aniqlash.

    6

    4

    Elektron ossillograf yordami bilan o‘zgaruvchan magnit maydonida joylashgan ferromagnitning magnitlanishini va gisterezis xalqasini o‘rganish

    4

    5

    Ferromagnit metalldagi magnit fazaviy o‘tishni o‘rganish

    4

    6

    Ferrotestr yordamida ferromagnitlarning gisterezis xalqasini olish.

    4

    7

    CHekli uzunlikka ega bo‘lgan solenoid o‘qidagi magnit maydon taqsimlanishini o‘rganish

    4




    JAMI

    30



    Mustaqil ta’lim tashkil etishning shakli va mazmuni.

    Magnetizm va magnit materiallar fani bo’yicha talabaning mustaqil ta’limi shu fanni o’rganish jarayonining tarkibiy qismi bo’lib, uslubiy va axborot resurslari bilan to’la ta’minlangan.

    Talabalar auditoriyadan tashqarida mustaqil ravishda ma’ruza, seminar va laboratoriya darslariga tayyorlanadilar. Ma’ruza, seminar mashg’ulotlari bo’yicha quyida keltirilgan mavzu bo’yicha tavsiya etiladigan adabiyotlarni o’qiydi va alohida daftarga konspekt qiladi. Laboratoriya mashg’ulotlari bo’yicha quyidagi bajargan laboratoriya ishi bo’yicha mustaqil ishlarni (Tajribaviy o’lchashlar bo’yicha aniqlanadigan kattaliklarning qiymatlarini hisoblash; O’lchash xatoliklarini hisoblash; Tajriba natijalari bo’yicha grafiklar, ko’rgazmali manzaralar chizish; Tajriba natijalari bo’yicha jadvallar tuzish; Tajriba natijalarini tahlil qilish va tegishli xulosalar chiqarish; Bajarilgan ish yuzasidan hisobot yozish (individual); Nazorat savollariga tayyorgarlik ko’rish (javob topish)) bajaradilar.

    Talabalarning ma’ruza, seminar mashg’ulotlari bo’yicha mustaqil ishlarining bajarilishi, yozilishi va o’z vaqtida topshirilishini ma’ruza o’tadigan o’qituvchi, va laboratoriya bo’yicha laboratoriya mashg’uloti bo’yicha o’qituvchisi nazorat qilib boradi. Shu o’qituvchilar talabalarning mustaqil ta’lim natijalarini reyting nizomi asosida baholaydilar. (JB da 7 ball, OB da 7 ball va YaB da 6 ball)

    Mustaqil o’rganish uchun tavisya etilgan mavzular.

    Elektronlarning qobiqlari bo’yicha to’lishi. Spin, orbital va to’la harakat miqdori momenti. 4s

    Lanjeven va Bryullen nazariyalari. Kyuri-Veyss qonuni. Magnitostatika va termodinamikaning asosiy qonunlari. Magnitokalorik effektlar. 8s

    Veyssning molekulyar maydon nazariyasi. 2s

    Vodorod molekulasining hosil bo’lishi. Andersan-Kramers nazariyasi. 6s

    Manganitlarning magnit, elektr, termoelektr xossalari. 6s.

    Amorf ferro- va antiferromagnetiklar. 5s
    Tavsiya etilgan adabiyotlar ro’yxati

    Asosiy


    1. С. Тикадзуми. Физика ферромагнетизм. Ч. I. Магнитние свойства вещества. М.; Мир. 1983, 304 с, Часть II. Магнитные характеристики вешества и его применение. М.; "Мир 1985, 416 c.

    2. С. Вонсовский. Магнетизм. Из-во. "Наука" М.; 1971, 1032 c.

    3. А. Бердишев. Введение в квантовую теорию ферромагнетизма. Свердловск, 1969., 164 с

    4. Е.С.Боровик, В.В.Еременко, А.С.Мильнер. Лекции по магнетизму . М.; Физматлит. 2005, 512 c.

    5. О. К. Кувондиков Магнетизм и магнитные материалы. Учебное пособие. Тошкент, “Фан”, 2010, 222 с

    Qo’shimcha adabiyotlar

    1. О.К.Кувандиков Магнитные и кинетические свойства конденсированных сплавов и соединений на основе переходных и редкоземельных металлов.- Тошкент, Изд-во «Фан», 2009, 292 с.



    1. Боков В. А. Физика магнетиков. Санкт-Петербург: Невский диалект, 2002, 272 с

    2. Ирхин В. Ю., Ирхин Ю. П. Электронная структура, физические свойства и корреляционные эффекты в d- и f – металлах и их соединениях. Екатеринбург: УрО РАН, 2004, 139-176, 200-265 c

    3. С. Бозорт. Ферромагнетизм. М. Мир. 1956.

    4. К. М. Поливанов. Высокочастотные ферромагнетики. 1957.


    ИНТЕРНЕТ РЕСУРСЛАР

    www.ziyonet.uz

    www.fizika.ru

    https://vk.com/doc-67041542_274396904?dl=56770e73e3acd307e3

     http://magn.ru

    www.gpntb.ru/2018/vystavki/4411-magnetizm-i-magnitnye-materialy.html

    school-collection.edu.ru

    www.chem.msu.su


    Ilova 1.
    Magnetizm va magnit materiallar fani bo’yicha reyting nazoratlari

    GRAFIGI


    Fakultet: fizika.

    Kafedra: umumiy fizika va magnetizm


    Ta’lim yo’nalishi: 5140200 – Fizika;

    Umumiy o’quv soati – 70, shundan ma’ruza–24, seminar–18,

    laboratoriya – 24, mustaqil ish–28.

    O’quv shakli: kunduzgi,VII - semestr (IV kurs).

    Ishchi o’quv dasturidagi mavzular tartib raqami (qo’shimcha topshiriq mazmuni)

    Umumiy soat

    Baxolash turi

    Nazorat shakli



    Bali

    Muddati


    ma’ruza

    seminar

    Laboratoriya

    Must. ish

    Jami

    Max ball

    Sar. Ball

    1

    2

    3

    4

    5

    6

    7

    8

    9

    10

    11

    seminar mashg’.: 1-5
    Laboratoriya: 1-2

    Qo’shimcha barcha amaliy mashg’ulot mavzulari bo’yicha mustaqil ish (yozma, daftar)






    10

    12

    14

    36

    1-JB

    1-MJB



    Kundalik so’rov, masala yechish, nazorat ishi, faollik.

    Ximoya va yozma





    14

    4





    Darslar davomida
    MB jadvali bo’yicha


    seminar mashg’.: 6-9
    Laboratoriya: 1-2

    Qo’shimcha barcha amaliy mashg’ulot mavzulari bo’yicha mustaqil ish (yozma, daftar)






    8

    12

    14

    32

    1-JB

    1-MJB



    Kundalik so’rov, masala yechish, nazorat ishi, faollik.

    Ximoya va yozma





    14

    3





    Darslar davomida
    MB jadvali bo’yicha


    Ma’ruza: 1–12


    24







    28

    48

    1-OB


    Yozma va og’zaki


    35





    OB-jadvali bo’yicha



    Barcha ma’ruza va amaliy mashg’. bo’yicha YaB
    YaB bo’yicha mustaqil ish

    (24)

    (18)




    (28)

    (70)

    YaB

    MYaB


    Og’zaki, yozma

    Og’zaki, yozma




    30




    YaB-jadvali bo’yicha

    YaB-jadvali bo’yicha





    Jami

    50

    46

    76

    136

    308







    100

    55




    Izoh : 1) JB va OB lardan 39 balldan kam to’plagan talaba YaBga qo’yilmaydi.

    2) JB va OB lardan 39 va undan ortiq ball to’plagan talaba YaB ga kiradi; uning YaB dan to’plagan balli 39 ga qo’shiladi va natija 56 dan past bo’lsa fandan qarzdor hisoblanadi, 56 va undan yuqori bo’lsa qarzdor hisoblanmaydi.

    3) JB va OB lardan 55 va undan ortiq ball to’plagan talaba hohlamasa YaB ga kirmasligi mumkin.

    Ilova 2.

    Elektr va magnetizm» fani bo’yicha talabalar bilimini reyting tizimi asosida



    BAHOLASh MEZONLARI.

    I-Joriy nazoratlarda baholash mezonlari

    Baxolash

    T/b raq.


    Aud.mashg’. turi va MT

    Talabalar bajaradigan ishlar turilari

    Ajra-tilgan

    soat


    Baxolashga

    javobgar


    JB-1


    lab va sem mashg’ulot.

    1.Laboratoriya ishi qo’llanmalarini o’qib, ishga oid qurilmalarni va ishni bajarish tartibini batafsil o’rganish

    2

    Sem va lab o’qituvchisi

    2.Laboratoriya ishiga oid elektr zanjirini yig’ish va tajribalar o’tkazish orqali to’g’ri natijani aniqlash.

    4

    3.Ish yuzasidan hisobot topshirish (ishda qo’llanilgan asboblarning tuzilishi, ish prinsipini, ishni bajarish tartibini tushintirish; nazorat savollariga javob berish)


    4

    4. Seminar darslarga nazariy jixatdan tayyorlanib kelish.

    4

    5.Seminar yy ishlarini alohida daftarda bajarish

    4

    1-JB bo’yicha

    jami:


    Auditoriya mashg’ulotlari

    14

    MJB

    4

    Baxolash

    T/b raq.


    Aud.mashg’. turi va MT

    Talabalar bajaradigan ishlar turilari

    Ajra-tilgan

    soat


    Baxolashga

    javobgar


    JB-2


    lab va sem mashg’ulot.

    1.Laboratoriya ishi qo’llanmalarini o’qib, ishga oid qurilmalarni va ishni bajarish tartibini batafsil o’rganish

    2

    Sem va lab o’qituvchisi

    2.Laboratoriya ishiga oid elektr zanjirini yig’ish va tajribalar o’tkazish orqali to’g’ri natijani aniqlash.

    3

    3.Ish yuzasidan hisobot topshirish (ishda qo’llanilgan asboblarning tuzilishi, ish prinsipini, ishni bajarish tartibini tushintirish; nazorat savollariga javob berish)


    4

    4. Seminar darslarga nazariy jixatdan tayyorlanib kelish.

    4

    5.Seminar yy ishlarini alohida daftarda bajarish

    4

    1-JB bo’yicha

    jami:


    Auditoriya mashg’ulotlari

    14

    MJB

    3

    Jami:




    35





    Izoh: Amaliy topshiriqlarni mustaqil bajargani va laboratoriya bo’yicha mustaqil ishlarni bajargani uchun talabaga ball berishda tegishli topshiriqlarning to’g’ri, sifatli va muddatida bajarilishi, ijodiy yondashish, amaliy ko’nikmasi, tushuntirib bera olish kabi jihatlarga alohida e’tibor beriladi. Mustaqil topshiriqlarning yozma bayoni uchun amaliy (masala yechish) yo’nalishda alohida daftar tutiladi, hamda har bir laboratoriya ishi bo’yicha hisobotlar yoziladi.

    Download 207.17 Kb.




    Download 207.17 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Samarqand davlat universiteti

    Download 207.17 Kb.