• Amaliy jihatdan
  • Fanning o’quv rejadagi boshqa fanlar bilan o’zaro bog’liqligi va uslubiy jihatdan uzviy ketma-ketligi.
  • Fan bo’yicha talabalarning bilim, malaka va ko’nikmalariga qo’yiladigan talablar




    Download 71.21 Kb.
    bet4/35
    Sana14.06.2021
    Hajmi71.21 Kb.
    #15040
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35
    Fan bo’yicha talabalarning bilim, malaka va ko’nikmalariga qo’yiladigan talablar

    Programmalash asoslari fanini o’zlashtirish jarayonida talabalar:

    Nazariy jihatdan: SHEHM va uning programma ta’minoti arxitekturasi; algoritmlarning turlari, murakkabligi, ularni yaratishning to’liq bosqichlari; programmalash tillari va tizimlarining tarkibi; ma’lumotlar strukturasining xususiyatlari; programmalshning klassik metodlari va zamonaviy texnologiyalari g’oyalarini bilishlari kerak.

    Amaliy jihatdan: Turli sanoq sistemalarida berilgan sonlar ustida amallar bajarish; algoritmlarni tasvirlash usullarini qo’llash; ma’lumotlarni oddiy va murakkab, statik va dinamik strukturalarni tasvirlash; operatsion sistema bilan muloqat qilish; programmalash tizimlari imkoniyatlaridan foydalanish; quyi (assembler) va yuqori darajali (C++) programmalash tillari yordamida programmalar yaratish; programmalashning klassik metodlari (strukturali va modulli) va zamonaviy texnologiyalari yordamida programma ta’minotini loyihalash kabi masalalarni yecha olishi kerak.

    Fanning o’quv rejadagi boshqa fanlar bilan o’zaro bog’liqligi va uslubiy jihatdan uzviy ketma-ketligi.

    Mazkur fan o’quv rejasidagi Informatika, Algoritmlar nazariyasi, Diskret matematika va matematik mantiq, tizimli va amaliy dasturlash va ixtisoslik fanlari bilan uzviy bog’liqdir. Fanni o’rganishda akademik litsey, kasb-hunar kollejlarida informatika kurslarida olingan nazariy va amaliy bilmlar zarur bo’lsa, o’z navbatida bu fandan olingan bilimlar o’quv rejasiga kiritiladigan ixtisoslik fanlari: ma’lumotlar bazalarini boshqarish sistemalari, Web-programmalash va programmalash texnologiyalarini umumiy nazariyasini chuqur o’zlashtirishda tayanch hisoblanadi.





    Download 71.21 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35




    Download 71.21 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Fan bo’yicha talabalarning bilim, malaka va ko’nikmalariga qo’yiladigan talablar

    Download 71.21 Kb.