Samarqand davlat universiteti




Download 318.5 Kb.
Sana25.05.2022
Hajmi318.5 Kb.
#21878
Bog'liq
Hisobot===
Самарқанд вилояти юридик техникуми, 9-sinf IV chorak monitoring testi, 10-sinf IV chorak monitoring testi., Mavzu uzluksiz tizimda informatika va axborot texnologiyalarini



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI
Raqmli texnalogiyalar fakulteti.
informatika o’qitish metodikasi yo’nalishi
4-06 guruh talabasi Normaxmatov Xurshidning
Pedagogik amaliyot bo’yicha

Amaliyot obyekti: Samarqand viloyati Toyloq tumanidagi 20-umumta’lim maktabi
Ta’lim muassasasi direktori: ____________________________
Ustoz o’qituvchi : _____________________________
Sinf rahbari: ____________________________________
Metodist: __________________________________________

Hisobot Samarqand viloyati Toyloq tumanidagi 20-umumta’lim maktab


pedagogik kengashining 2020 / 2021-yillar dagi
- son yig’ilishida muhokama etildi va amaliyotchi
talaba faoliyati ball bilan baholandi.

Samarqand-2020 / 2021


Samarqand Davlat Universiteti Raqamli texnalogiyalar fakulteti Informatika o’qitish metodikasi yo’nalishi 406-guruh talabasi Normaxmatov Xurshidning Samarqand viloyati Toyloq tumanidagi 20-umumta’lim maktabida pedagogik amaliyot bo’yicha
HISOBOTI
9-Sentyabr kuni soat 10:00 da Onlain pedagogik amaliyotga bag’ishlangan video konferensiya bo’lib o’tdi. Konferensiyada dekan o’rinbosari (dots. Aminov B.) , kafedra mudirlari (dots.Abdurashidov A., dots. O’rinboyev E., dots. Amriddinov S.,dots. Mamatov Sh., ass. Bekmurodov Z., ass. Xolmonov S. va bosh.),128 nafar talaba qatnashdi. Bu konferensiyani dekan o’rinbosari dots. Aminov B. boshlab berdi. Dots. Mamatov Sh. Pedagogik amaliyot maqsad va vazifalari to’g’rida, dots. Abdurashidov A. esa pedagogik amaliyot hujjatlari to’g’risida ma’lumotlar berdi. Pedagogik amaliyot talabalarini taqsimlash masalasi bo’yicha dots. Aminov B. batafsil so’zlab berdi.
Talabalar tomonidan uslubchilarga va pedagogik amaliyot rahbarlariga o’zlari qiziqtirgan savollariga, to’liq va har tomonlama javob oldilar. Talabalarga pedagogik amaliyotni o’tkazish bo’yicha yo’llanmalar berdi va uning muhim jihatlarini ko’rsatib o’tdi.
Seshanba 18-Noyabr kuni biz Axborotlashtirish texnologiyalari kafedrasining bir guruh talabalari hamda bizga biriktirilgan metodist o’qituvchimiz kafedra assentlari Xolmonov S. Bekmurodov Z. bilan birgalikda Samarqand viloyati Toyloq Tumanidagi 20-umum ta’lim maktabiga yo’l oldik. Biz avvalo maktabning qayerda, qanday joylashganligi, ko’rinishiga e’tiborimizni qaratdik. Bu maktab Toyloq tumani Payshanba Siyo MFY da joylashgan bo’lib, ikki qavatdan tashkil topgan ekan. Maktab hovlisiga kirganda esa ko’m-ko’k archalar maktab hovlisini bezab turibdi. Xullas o’sha kuni biz maktab bilan to’laligicha tanishib chiqdik.

Maktab 2012-yil joriy tamirdan chiqarilgan bo’lib, maktab direktori T.Tilavqulov bo’lib, 20-umumta’lim maktabi 2014-2015 o’quv yilida jami 51 nafar fan o’qtuvchisi bo’lib, shulardan 1 nafari o’rindosh, 50 nafari asosiy ish o’rnida ishlaydi. Hamma fan o’qituvchilari o’z mutaxasisligi bo’yicha dars o’tishar ekan.Shu maktabda ta’lim olayotgan o’quvchilar soni 860 nafarni tashkil qilib, shulardan o’g’il bolalar 457 ta ,qiz bolalar esa 403 tani tashkil qilar ekan. Jami sinflar soni 30 ta ekan. Maktab judayam chiroyli qurilgan bo’lib, o’quvchilar uchun barcha sharoitlar yaratilgan .


Biz 20-Noyabr kuni 2 nafar talaba hamda metodist o’qituvchilarimiz bilan birga ajratilgan faollar zalida yig’ilishdik. U yerda maktabning o’quv ishlari bo’yicha direktor o’rin bosari Qilichova G. bizni kutib oldilar va bizlarni fan o’qituvchilari bilan tanishtirdilar , ya’ni matematika va informatika o’qituvchilari bilan. Maktab direktori T.Tilavqulov maktab hayoti, qonun qoidalari bilan bizlarni qisqacha tanishtirib o’tdi. O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari D.Niyozov ham maktabdagi qonun qoidalar haqida bir qancha ma’lumotlar berdi va tartib intizom maktab pedagogik amaliyot vaqtida bajariladigan ishlar haqida atroflicha tanishtirib o’tdi va talabalarning pedagogik amaliyoti bo’yicha o’zlarining qiziqtirgan savollariga javob berdi. So’ng bizlarni fan o’qituvchilriga taqsimladilar. Мактаб маъмурияти ва бизга маъсул мутахассис билан ҳамкорликда бизларни яъни мен Мухиддинов Халилуллох ва курсдошим Исмоилов Азамат мактабнинг информатика фани ўқитувчиси Далинский Ю.А.га бириктирилдик. Бизлар бу фан ўқитувчиси билан биргаликда синфига кирдик ва синф хонаси, у киши дарс берадиган 9 ”Г”, 8-“Г” синфлар ўқувчилари билан танишдик. Men ikki hafta bu o’qituvchining darslarini kuzatdim. Kuzatish davomida o’qituvchining dars o’tish usullari bilan ham tanishdim, va o’zim o’tadigan darslarga tayyorgarlik ko’rib bordim. Ikki hafta kuzatuvdan so’ng o’zim ham kichik amaliyotni mustaqil ravishda 7-”g” sinfda dars o’tish bilan boshladim.

Dars jarayonida o’z bilim va tajribamga tayanib interfaol usullardan foydalandim. Darslarda yangi pedagogik usullarga asoslanib o’quvchilar ongiga ilmiy uslubda yetkazishga harakat qildim. Pedagogik amaliyot yuqori malakali mutaxasisni o’rta maktab o’qituvchisini tayyorlashda o’quv jarayonining eng muhim shartlaridan biri hisoblanadi. Amaliyot davrida talaba o’z mutaxasisligi bo’yicha ilmiy va nazariy bilimlarini tajribadan o’tkazadi, darsni tashkil qilishning ilmiy-metodik tomonlarini o’zlashtirish bilan bog’liq bo’lgan sir-asrorini egallaydi, eng muhumi, predmet bo’yicha dasturidan bayon etilgan mavzu yuzasidan o’quvchilarga bilim berish, iqtidor hosil qilish, ularda fanga, ilmga nisbatan qiziqish uyg’otish va ijobiy fikrni tarbiyalash, Vatanga muhabbat tuyg’usini yuzaga keltirishning amaliy usullarining tadbiq etishning yo’l-yo’riqlarini o’zlashtirib oladi deb o’ylayman.


Pedagogik amaliyot jarayonimda maktab an’analari bilan tanishishdan tashqari, ilg’or o’qituvchilarning ish tajribalarini o’rgandim, uni o’zimning amaliy faoliyatimda tadbiq qilish ko’nikmalariga ega bo’ldim, eng muhimi, o’quv va tarbiyaviy jarayonini tashkil qilish, darsda qo’llaniladigan darslik va metodik qo’llanmalardan foydalanish yo’l-yuriqlarini o’rgandim. Bulardan tashqari, sinfdan va maktabdan tashqari ishlarni tashkil qilish, iste’dodli o’quvchilar bilan va ularning fanga nisbatan qiziqishlarini o’stirish bilan bog’liq bo’lgan o’quv-tarbiyaviy ishlarning uslubiy yo’llarini o’zlashtirdim. Maktab ichki tartib-qoidalariga rioya qildim.
Birinchi darsim 24-noyabr kuni 5-”A” sinf ga “Операторы присваивания и вывода информации на экран“ mavzusini o’tdim. Dars o’tish jarayonimda metodist o’qituvchimiz assent Bekmurodov Z. va kursdoshlarimizdan bir nechtasi ishtirok etdi va kuzatdilar.Ochiq darsda ba’zi kamchiliklarga yo’l qo’ydim. Sababi u mening birinchi darsim edi. Darsim tugagandan so’ng bizga ajratilgan zalda ushbu darsim muhokamasi bo’ldi. Muhokamada metodistimiz dars o’tish jarayonimdagi yutuqlarim va kamchiliklarim haqida gapirib o’tdilar. Darsimda ishtirok etgan kursdoshlarim ham o’z fikrlarini bildirdilar.
Men bundan o’zimga yaxshi xulosalar oldim. Yo’l qo’ygan xatolarimni yaxshilab o’ylab ko’rib tahlil qilib, keyingi darslarimda takrorlamaslikka harakat qildim. Shunday qilib, qolgan 5 ta sinov darslarim ham shu tarzda davom etdi. Ikkinchi darsim esa 27-noyabr “Составление линейных программ” mavzusini o’tdim. Uchinchi darsim 3-dekabr kuni 8-”g” sinfga “ Работа компьютера с внешней памятью.” mavzusini o’tdim. To’rtinchi darsimda esa 10-dekabr sanasida 8-”g” sinfga “Системный каталог, «Мой компьютерь” mavzusini o’tdim. 15-dekabr kuni esa 8-”g” sinfga “ с символьными и строковыми величинами” mavzusini tushuntirib berdim. Oxirgi sinov darsim 18-dekabr kuni 9-”b” sinfga bo’l ib o’tdi va so’ngi aktiv darsim “Операторы Paskal вычерчивающие фигуры” mavzusi bo’lganligi uchun ularga masalalar yechishni o’rgatibgina qolmasdan, kelgusi hayotda ham qo’l kelishini tushuntirdim.
Pedagogik amaliyot jarayonida men ham kursdoshlarim darsida kuzatuvchi bo’lib ishtirok etdim. Kuzatish jarayonida o’zimni kamchiliklarimni bilib ularni tuzatishga harakat qildim. Shu tarzda biz bir-birimizni kamchiliklarimizni to’ldirib bordik.
Men har bir darsimga tayyorgarlik ko’rib bordim, ya’ni dars o’tish uchun darslik, o’quv qo’llanma, ko’rgazmali qurollar, plakatlar va darsga oid bir qancha jihozlar tayyorlab keldim. Kursdoshlarimiz bilan ham savol-javob qilib , o’zimizni darsga tayyorlab bordik.
Men pedagogik amaliyot paytida menga biriktirilgan 5-”B” sinfiga har chorshanba kuni 7-soat “tarbiyaviy soat” o’tdim. Sinf rahbari sifatida bu tarbiyaviy soatda tartib-intizom to’g’risida, bir hafta ichida maktabda bo’ladigan yangiliklar to’g’risida gapirib o’tdim. Bundan tashqari sinf va ota-onalar majlisi ham o’tkazib turildi. Mana pedagogik amaliyot ham tugadi. Menda bu pedagogik amaliyot juda katta taassurot qoldirdi. O’quvchilar bilan qanday ishlash, nimalarga e’tibor berish lozimligini anglab yetdim.

Amaliyotdan ko’zlangan maqsad, bo’lajak o’qituvchi sifatida bilimimni , o’qituvchilik salohiyatimni va pedagogik tajribamni oshirish edi. Bunga ozmi-ko’pmi erishdim deb o’layman, albatta ko’pchilikning yordami bilan. Pedagogik amaliyot vaqtimda o’quvchilarimga boshqacha mehrim tushdi. O’quvchilarim bilan ishlash juda qiziqarli kechdi. Yana ko’proq ular bilan ishlagim keldi.Ular bilan xayrlashish qiyin kechdi.


Amaliyotda bajargan ishlarimni yozib borishga harakat qildim. Ilova sifatida quyidagi hujjatlarni keltiraman.

  • Ish rejasi;

  • Kundalik;

  • O’tilgan darslarning konspektlari;

  • Dars tahlili;

  • Bayonnomalari;

  • Baholash mezonlari;

  • Sinf o’quvchilariga tavsifnomalar;

  • Hisobot;

  • Sinf rahbarining tarbiyaviy ish rejasi;

  • Amaliyotchiga berilgan tavsifnomalar

kabilarni tayyorladim.
Metodist: ____________________ ass.F.To‘g‘izboyev
Amaliyotchi: ____________________ X.Normaxmatov
Download 318.5 Kb.




Download 318.5 Kb.