• Pedagogik dasturiy vositalar yaratishga qo‘yiladigan talablar
  • JORIY NAZORAT (JN)
  • Samarqand davlat universiteti




    Download 248.81 Kb.
    Sana08.11.2020
    Hajmi248.81 Kb.

    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI

    OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

    SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI




    “Tаsdiqlаymаn”

    O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor _____________A.SOLEYEV “_____” ________ 2019-yil



    Filologiya fakulteti
    Amaliy tilshunoslik, o‘zbek tili va adabiyotini o`qitish metodikasi kafedrasi
    O‘ZBEK TILI VA ADABIYOTI TA’LIMIDA ZAMONAVIY

    AXBOROT TEXNOLOGIYALARI
    fanidan

    ISHCHI-O‘QUV DASTURI

    Bilim sohasi: 100000 – Gumanitar

    Ta’lim sohasi: 120000 – gumanitar fanlar

    Ta’lim yo‘nalishi: 5120100– Filologiya va tillarni o‘qitish

    2-mutaxassislik talabalari uchun

    Jami o‘quv yuklamasi-132

    Ma’ruza – 12

    Amaliy mashg‘ulot – 12

    Mustaqil ta’lim-108



    Samarqand – 2019

    O‘zbek tili va adabiyoti ta’limida zamonaviy axborot texnologiyalari fanining ishchi o‘quv dasturi ishchi o‘quv reja va o‘quv dasturiga muvofiq ishlab chiqildi.


    Tuzuvchi:

    Ruzmanova R.U. - SamDU amaliy tilshunoslik, o‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish metodikasi kafedrasi dotsenti, f.f.n.

    Taqrizchilar:
    Muhiddinova B. – SamDU amaliy tilshunoslik, o‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi dotsenti, f.f.n.
    Shodiyev F. – SamDU Boshlang‘ich ta’lim metodikasi kafedrasi

    mudiri, f.f.n.

    Fanning ishchi o‘quv dasturi amaliy tilshunoslik, o‘zbek tili va adabiyotini o`qitish metodikasi kafedrasining 2019-yil ____iyulda bo‘lib o‘tgan __-son yig‘ilishida muhokama qilingan va fakultet ilmiy va o‘quv-uslubiy kengashida muhokama qilish uchun tavsiya etilgan.
    Kafedra mudiri prof. I.K.Mirzayev

    Fanning o‘quv dasturi SamDU Filologiya fakulteti ilmiy va o‘quv-uslubiy kengashida ko‘rib chiqilgan va foydalanishga tavsiya etilgan.

    (2019-yil ________________ __-sonli majlis bayonnomasi)

    Fakultet kengash raisi prof.J.D.Eltazarov

    Fakultet o`quv-uslubiy

    kengash raisi prof.M.Abdiyev

    Kelishildi:

    O‘quv-uslubiy

    boshqarma boshlig‘i dots.B.Aliqulov

    Fanning dolzarbligi
    Mamlakatimiz ijtimoiy-ma’naviy hayotining barcha sohalarida bo‘lganidek, ta’lim tizimida ham keng qamrovli islohotlar yo‘lga qo‘yildiki, bunda ta’lim-tarbiya tizimiga, oliy ta’limning o‘quv-tarbiya jarayoniga axborot texnologiyalarini olib kirish orqali ta’lim sifatini uzluksiz ravishda takomillashtirib borish, samaradorligini ortirish talab etilmoqda.

    O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning 2016-yil 13-maydagi “Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetini tashkil etish to‘g‘risida”gi Farmoni o‘zbek tili va adabiyoti o‘qituvchilari oldiga “zamonaviy ta’lim texnologiyalarini chuqur o‘zlashtirgan, davr talablariga javob beradigan yuksak malakali ilmiy va pedagog kadrlar tayyorlash, umumta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari, oliy ta’lim muassasalarida o‘zbek tili va adabiyoti fanini o‘qitishning yangi va samarali metodlari bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib borish, ilg‘or pedagogik texnologiyalarni keng joriy etish” borasida ulkan vazifalarni qo‘ydi. “O‘zbek tili va adabiyoti ta’limida zamonaviy axborot texnologiyalari” fani bo‘yicha tuzilgan mazkur dastur o‘zbek tili va adabiyotini o‘qitishda qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, ulardan foydalanish metodikasi haqida ma’lumot beriladi.



    Fanning o‘quv rejasidagi boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi va

    uslubiy jihatdan uzviyligi

    “O‘zbek tili va adabiyoti ta’limida zamonaviy axborot texnologiyalari” fani 1-semestrda o‘qitiladi. Dasturni amalga oshirish o‘quv rejasida rejalashtirilgan ”Umumiy pedagogika”, “Dasturlash asoslari va axborot texnologiyalari”, “O‘zbek tili va adabiyoti ta’limida zamonaviy pedagogik texnologiyalar” hamda “Mutaxassislik fanlarini o‘qitish metodikasi”, “O‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish metodikasi” kabi fanlar bilan bog‘liqdir.



    Fanning ilm-fan, iqtisodiyot va ishlab chiqarishdagi o‘rni

    Bugungi kunda istalgan fan o‘qituvchisining pedagogik dasturiy vositalarni yarata olishi va ularni mashg‘ulotlarda unumli qo‘llay olishi davr talabidir. O‘zbek tili va adabiyoti darslarida foydalaniladigan elektron materiallarning sifati, samaradorligini oshirish yo‘llarini o‘rgatadigan mazkur fan ta’limning barcha bosqichlarida o‘zbek tili va adabiyoti darslarining yanada yuqori saviyada tashkil etilishini ta’minlashga xizmat qiladi.



    Fanni o‘qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar hamda o‘quv mashg’ulotlarini loyihalash

    “O‘zbek tili va adabiyoti ta’limida zamonaviy axborot texnologiyalari” fanini o‘qitish jarayonida asosan quyidagi pedagogik texnologiyalar va o‘qitish metodlaridan foydalanish maqsadga muvofiq: o‘qitishning interfaol metodi; muammoli o‘qitish texnologiyasi; shaxsga yo‘nalganlik asosidagi pedagogik texnologiyalar; o‘quv jarayonini samarali boshqarish va tashkil qilish asosidagi pedagogik texnologiyalar; o‘qitishni differensiatsiyalash; o‘qitishni individuallashtirish texnologiyasi; dasturiy o‘qitish texnologiyasi; o‘qitishning kompleks metodlari (loyihaviy metod, tarmoqli rejalashtirish metodi, aqliy hujum va h.k.).



    Fan modulining dasturi (module syllabus)

    O‘quv kursining to‘liq nomi

    O‘zbek tili va adabiyoti ta’limida zamonaviy axborot texnologiyalari




    Kursning qisqacha nomi

    O‘zb. va adab. o‘qit.zam. axb.texn.




    Kafedra

    O‘zbek tili va adabiyotini o`qitish metodikasi




    O‘qituvchi haqida ma’lumot







    Semestr va o‘quv kursining davomiyligi

    2-semestr 12 hafta




    O‘quv soatlari hajmi

    Jami:

    Shuningdek:

    Ma’ruza – 12

    Amaliy – 12

    Mustaqil ta’lim – 108




    O‘quv kursining statusi

    2-blok. Matematik va tabiiy-ilmiy fanlar




    Dastlabki tayyorgarlik

    “Mutaxassislikka kirish”, “O‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish metodikasi”, “Matematik mantiq” , “Dasturlash asoslari va axborot texnologiyalari” fanlaridan o‘zlashtirilgan bilimlarga asoslanadi




    Fanning predmeti va mazmuni: “O‘zbek tili va adabiyoti ta’limida zamonaviy axborot texnologiyalari” fani o‘zbek tili va adabiyotini o‘qitishda qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, ulardan foydalanish metodikasini talab darajasida o‘rgatishga yo‘naltirilgan.

    Fanni o‘qitishdan maqsad - Fanni o‘qitishdan maqsad – bo‘lajak o‘zbek tili va adabiyoti o‘qituvchilarini dars jarayonida zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanishga oid bilim, ko‘nikma va malakalar bilan qurollantirish.

    Fanning vazifasi talabalarga o‘quv mashg‘ulotlari jarayonida qo‘llaniladigan pedagogik dasturiy vositalar haqida, aynan o‘zbek tili va adabiyoti darslari uchun tayyorlanadigan resurslarga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risida, bu boradagi chet el tajribasi haqida ma’lumot berish hamda talabalarda axborot asri sharoitida pedagogik jarayonni samarali tashkil etish uchun zarur ko‘nikmalarni, ijodiy va texnologik madaniyatni shakllantirishdan iborat.

    “O‘zbek tili va adabiyoti ta’limida zamonaviy axborot texnologiyalari” o‘quv fanini o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida talaba:

    -ta’limda axborot texnologiyalari bo‘yicha tayanch tushuncha, atama va vazifalar;

    -axborot-ta’lim muhitining tarkibi va tuzilishi;

    -axborot texnologiyalari bilan ishlash ko‘nikmasining shakllanishida jahon tajribasi;

    -axborot texnologilar dunyosida ilmiy va ta’limiy tadqiqot ishlarning reformasi haqida tasavvurga ega bo‘lishi lozim;

    - ta’limida axborot texnologiyalarini tatbiq etishning ahamiyati;

    - axborot texnologiyalari sohasida innovatsion baholash;

    - masofaviy ta’limni rivojlantirish sohasida asosiy loyihalar;

    - axborot texnologiyalari bilan ishlash madaniyati;

    - ta’lim jarayonida interaktiv doska;



    bilishi va ulardan foydalana olishi kerak;

    - zamonaviy axborot texnologiyalarini o‘quv jarayoniga tatbiq etgan holda pedagogik faoliyatni tashkil etish;

    - multimedia darsliklarining turlari va tuzilishini bilish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak;

    - o‘quv jarayonini tashkil etish va samarali boshqarish;



    - elektron ta’lim resurslaridan oqilona, samarali foydalanish malakalariga ega bo‘lishi kerak.

    Kursning tematik tarkibi va mazmuni

    T/r

    Mavzu

    Jami

    Ma’ruza

    Amaliy mashg’ulot

    Mustaqil ish

    1.

    Kirish. Ta’limda axborot texnologiyalarining o‘rni

    4

    2




    6

    2.

    Pedagogik dasturiy vositalar yaratishga qo‘yiladigan talablar


    4

    2




    6

    3.

    O‘zbek tili va adabiyoti ta’limida axborot texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatlari

    4

    2




    6

    4.

    Jahon miqyosida til ta’limida qo‘llanadigan ta’limiy resurslar

    4

    2




    6

    5.

    Taqdimot texnologiyasi va uni o‘zbek tili darslarida qo‘llash metodikasi

    6

    2

    2

    6

    6.

    O‘zbek tili multimedia darsliklari

    JORIY NAZORAT (JN)











    6

    7.

    O‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqini o‘stirishda AKTning ahamiyati

    6

    2

    2

    6

    8.

    Til sathlarini o‘rganishda AKTdan foydalanish metodikasi

    4




    2

    6

    9.

    O‘zbek tilini masofadan o‘qitish masalalari

    4




    2

    6

    10.

    Kompyuter vositasida nazorat ishlarini tashkil qilish metodikasi

    4




    2

    6

    11.

    Til ta’limida integrativ yondashuvni ta’minlashda AKTning o‘rni

    2







    6

    12.

    Kirish. Adabiyot nazariyasiga oid mavzularni o‘tishda slaydlardan foydalanish

    ORALIQ NAZORAT (ON)

    4




    2

    6

    13.

    Shoir va yozuvchilar hayoti va ijodini o‘rganishda maxsus saytlarning imkoniyatlari










    6

    14.

    Adabiy ta’limda virtual muzey, kutubxona va ensiklopediya materiallaridan foydalanish usullari










    6

    15.

    Folklorga oid dars mashg‘ulotlarida audio-vizual multimedia vositalarini yaratish usullari










    6

    16.

    Mumtoz adabiyot namunalarini o‘rganishda elektron jadvallar va gipermatn bilan ishlash ko‘nikmasini shakllantirish










    6

    17.

    Jadidchilik va yangi davr adabiyotiga oid ma’lumotlarni interaktiv sinf doskasi yordamida o‘rganish.










    6

    18.

    Istiqlol davri adabiyotiga bag‘ishlangan videokonferensiya

    O‘zbek tili va adabiyoti o‘qituvchisining shaxsiy va kasbiy axborot maydoni (kasbiy kompetentlik)



    JORIY NAZORAT (JN)




    2




    6




    Jami:

    132

    12

    12

    108

    Ta’lim berish va o‘qitish uslubi




    Ma’ruza, amaliy mashg’ulotlar, mustaqil ishlar, “Keys stadi”, “Aqliy hujum”, “Klaster” va b.

    Mustaqil ishlar




    O‘quv loyiha ishlari, guruhlarda ishlash, keyslar, taqdimotlar va b.

    Maslahatlar va topshiriqlar vaqti




    Kunlar:

    Vaqti:


    Aud.


    Bilimlarni baholash usullari, mezonlari va tartibi:

    JN va ONning ballari

    JN:35+ON:35+YaN:30=Jami:100ball

    Baholash usullari

    Og’zaki so‘rov, taqdimotlar, yozma topshiriqlar, testlar, loyiha ishlari

    Fan bo‘yicha talabalar bilimini nazorat qilish va baholash

    Nazorat shakllari

    Baholash turlari fan xususiyatidan kelib chiqqan holda so‘rovlar, testlar, og‘zaki savol-javob, yozma ish, loyiha ishlari taqdimot ko‘rinishida o‘tkazilishi mumkin




    Reyting nazoratlari va baholash mezonlari

    Reyting nazorati jadvali




    Reyting nazorati shakli/Maksimal ballar

    1-JN

    2-JN

    1-ОN


    2-ON

    YaN

    Ballar yig‘in

    disi

    1

    Макsimal ball

    17

    18

    17

    18

    30

    100

    2

    Shakli

    Yozma-Og‘zaki

    Yozma-Og‘zaki

    Yozma-Og‘zaki

    Yozma-Og‘zaki

    Yozma-Og‘zaki

    3

    Muddati (haftalarda)

    6

    16

    10

    18


    20




    Fan bo‘yicha talabalar bilimini baholash mezoni

    Ball

    Talabaning bilim darajasi


    86-100

    -talaba mashg‘ulotlarga doimo tayyorlagan, juda faol, dasturiy materiallarni juda yaxshi biladi, xulosa va qarorlar qabul qila oladi, ijodiy fikrlaydi, bilimlarni amaliyotga qo‘llay oladi;

    -talaba ijodiy masalalarni hal qilish mobaynida tegishli bilimlarni qo‘llash doirasini maqsadga muvofiq tanlab, yechimini topishga xizmat qiluvchi yangi usul va yo‘nalishlarni topa oladi, o‘quv materialini mohiyatini tushunadi;

    -talaba taqdim etilgan o‘quv masalalarini yechish yo‘llarini izlaydi, dasturiy materiallarni biladi va aytib bera oladi hamda tasavvurga ega bo‘ladi;



    71-85

    -talaba o‘rganilayotgan hodisalar aloqadorligini bilish hamda ob’ektni tavsiflay olish ko‘nikmasiga ega bo‘lishi bilan birgalikda, qo‘yilgan masalalarni sabab-oqibat aloqadorligini ochib bergan holda yecha oladi, o‘rganilayotgan nazariy bilimlarni amaliyot bilan bog‘lay oladi va mustaqil mushohada qila oladi;

    -bilim va ko‘nikmalar mazmunini tadbiq qila olish mahorati, bir ishdagi masalalarni yecha olish, yozib olish va eslab qolish faoliyatini amalga oshiradi, bilimlarni amaliyotga qo‘llay oladi;

    -talaba mashg‘ulotlarga tayyorlangan, dasturiy materiallarni biladi, mohiyatini tushunadi va tasavvurga ega;




    55-70

    -talabaning eshitganlari, ularga berilgan namunalar, taqdim etilgan algoritm va ko‘rsatmalar asosida topshiriqlarni bajara oladi, mohiyatini tushunadi;

    -talaba qator belgilar asosida ma’lum ob’ektni farqlash bilan birgalikda unga ta’rif bera oladi va o‘quv materialni tushuntirib bera oladi va tasavvurga ega;






    0-54

    -o‘zbek tili va adabiyotidan bilimdonlik darajasi yuqori emas;

    - o‘quv materialini anglamaydi va tushuntirib berolmaydi;

    -kompyuter savodxonligi etarli emas;

    -texnik vositalar bilan tillasha olmaydi;

    -talaba tasavvurga ega emas;

    -talaba dasturiy materialni bilmaydi.



    Asosiy qism

    O‘quv fanining nazariy mashg‘ulotlari mazmuni

    1-modul. “O‘zbek tili va adabiyoti ta’limida zamonaviy axborot texnologiyalari” faniga kirish.

    Ta’limda axborot texnologiyalarining o‘rni

    Fanning maqsadi va vazifalari, ahamiyati. Ta’limni axborotlashtirishga oid huquqiy-me’yoriy hujjatlar. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari. Elektron pedagogika tushunchasi. Axborot-ta’lim muhitining tarkibi va tuzilishi. Ta’lim jarayonida axborot texnologiyalarini qo‘llashning ahamiyati, muammolar va yechimlar.



    Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari: Aqliy hujum, blits-so‘rov, keys stadi, muammoli o‘qitish texnologiyasi

    Adabiyotlar: A: 2, 3, 4; Q: 1, 5, 8; S: 2, 3, 4.

    2-modul. Pedagogik dasturiy vositalar yaratishga qo‘yiladigan talablar

    Ta’limiy resurslarga qo‘yiladigan didaktik talablar, psixologik talablar. Metodik talablar. Texnik talablar. Axborot texnologiyalari bilan ishlash madaniyati. Filologik ta’limda AKT ni qo‘llashda me’yor masalasi. Til va adabiyot o‘qituvchilariga qo‘yiladigan yangi talablar.



    Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari: Aqliy hujum, klaster, keys stadi, muammoli o‘qitish texnologiyasi

    Adabiyotlar: A: 1, 3, 4; Q: 1, 4, 8; S: 2, 3, 4.
    3-modul. O‘zbek tili va adabiyoti ta’limida axborot texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatlari

    Pedagogik dasturiy vositalarning turlari (o‘rgatuvchi dasturlar, test dasturlari, mashq dasturlari, virtual o‘quv muhitini shakllantiruvchi dasturlar). Matn muharrirlari, elektron jadvallar. Namoyish etuvchi dasturlar va boshqalar.



    Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari: Aqliy hujum, insert, blits-so‘rov, muammoli o‘qitish texnologiyasi

    Adabiyotlar: A: 2, 3, 5; Q: 2, 5, 8; S: 1, 3, 4.

    4-modul. Jahon miqyosida til ta’limida qo‘llanadigan ta’limiy resurslar

    “CALL” (Computer Assisted Language Learning) va “Byki” tizimlari haqida. Yevropa davlatlari va AQShda til ta’limida keys-stadini loyihalashtirishda ATning o‘rni (“Global Simulation” dasturi). Osiyo mamlakatlarida filologik ta’limda AKTdan foydalanish tajribasi. “Edmodo” onlayn o‘qitish tizimi va boshqalar.



    Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari: Aqliy hujum, venn diagrammasi, insert, muammoli o‘qitish texnologiyasi

    Adabiyotlar: A: 1, 2, 4; Q: 1, 5, 7; S: 2, 3, 4.
    5-modul. Taqdimot texnologiyasi va uni o‘zbek tili darslarida qo‘llash metodikasi

    MS Power Point dasturi. Taqdimot yaratish qoidalari. Taqdimot nutqi va slaydlar mutanosibligi. Epizodik slaydlar.



    Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari: Aqliy hujum, klaster, BBB texnologiyasi, keys stadi, muammoli o‘qitish texnologiyasi

    Adabiyotlar: A: 1, 3, 4; Q: 1, 5, 6; S: 2, 3, 4.
    6-modul. O‘zbek tili multimedia darsliklari

    O‘quv adabiyotining elektron shakli. Multimedia darsliklarining turlari, tarkibiy qismlari. O‘zbek tili darslarida multimedia darsliklaridan foydalanishning metodik imkoniyatlari. Interaktiv sinf doskalari. O‘zbek tilini ikkinchi til sifatida o‘qitishda AKTning ahamiyati.



    Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari: Rezyume texnologiyasi, blits-so‘rov, keys stadi, muammoli o‘qitish texnologiyasi

    Adabiyotlar: A: 2, 4, 5; Q: 1, 2, 8; S: 2, 3, 4.

    7-modul. O‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqini o‘stirishda AKTning ahamiyati

    Ta’lim bosqichlarida o‘quvchilarning og‘zaki nutqini o‘stirishda kompyuter dasturlaridan foydalanish yo‘llari. Audio-vizual materiallar va ularning yozma nutqni o‘stirishdagi ahamiyati.



    Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari: Kichik guruhlarda ishlash, blits-so‘rov, keys stadi, muammoli o‘qitish texnologiyasi

    Adabiyotlar: A: 1, 3, 4; Q: 1, 5, 8; S: 1, 2, 4.
    8-modul. Til sathlarini o‘rganishda AKTdan foydalanish metodikasi

    O‘zbek tilidan o‘rgatuvchi audiodasturlar. Elektron lug‘atlar. “O‘zbegim dasturlari” va boshqa resurslar. Sintaktik iyerarxiya metodini qo‘llashda kompyuterdan foydalanish. Nutq madaniyati va stilistikani o‘rganishda virtual dasturlarning o‘rni.



    Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari: Aqliy hujum, klaster, insert, blits-so‘rov

    Adabiyotlar: A: 1, 3, 4; Q: 1, 2, 8; S: 2, 3.
    9-modul. O‘zbek tilini masofadan o‘qitish masalalari

    Masofaviy ta’lim va uning o‘ziga xosliklari. O‘zbek tili va adabiyoti fani bo‘yicha masofaviy ta’limni rivojlantirish sohasidagi asosiy loyihalar.



    Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari: Aqliy hujum, zanjir usuli, BBB texnologiyasi, keys stadi, muammoli o‘qitish texnologiyasi

    Adabiyotlar: A: 2, 4, 5; Q: 1, 5, 6; S: 2, 3, 4.
    10-modul. Kompyuter vositasida nazorat ishlarini tashkil qilish metodikasi

    Bilimlarni baholashning elektron shakllari. Turli xil nazoratlarni o‘tkazishda axborot texnologiyalarining imkoniyatlari. Universal test dasturlari. O‘zbek tilidan interaktiv testlarni tuzish va qo‘llash yo‘llari.



    Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari: Muammoli o‘qitish texnologiyasi, insert, blits-so‘rov, keys stadi,

    Adabiyotlar: A: 3, 4, 5; Q: 4, 5, 7; S: 2, 3.
    11-modul. Til ta’limida integrativ yondashuvni ta’minlashda AKTning o‘rni

    Til ta’limida integrativ yondashuv. Kommunikativ kompetentlikka erishishda autentik (elektron) materiallar. Tilni boshqa fanlar bilan bog‘lab o‘qitish va til sathlari integratsiyasini ta’minlashda AKT imkoniyatlari. Noan’anaviy darslarni AKT yordamida tashkil etish.



    Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari: O‘rgimchak to‘ri texnologiyasi, muammoli o‘qitish texnologiyasi, insert

    Adabiyotlar: A: 2, 3, 4; Q: 1,3, 5; S: 1, 3, 4.
    12-modul. Adabiyot nazariyasiga oid mavzularni o‘tishda slaydlardan foydalanish

    Adabiyotshunoslik atamalari va ularning turlari bo‘yicha bilimlarni shakllantirishda taqdimotdan foydalanish. Fanning dolzarb muammolariga qaratilgan ilmiy-nazariy tafakkurni taqdimot shaklida o‘rganish.



    Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari: Muzyorar usuli, klaster, insert, blits-so‘rov

    Adabiyotlar: A: 2, 3; Q: 1, 2, 4; S: 2, 3.
    13-modul. Shoir va yozuvchilar hayoti va ijodini o‘rganishda maxsus saytlarning imkoniyatlari

    Umumta’lim bosqichida adabiyot darslarida ta’lim tizimini axborotlashtirishga oid saytlar imkoniyatlaridan unumli foydalanish. Adiblar hayoti va ijodiy faoliyatiga oid internet portali. Maxsus saytlarning afzalliklari, yutuqlari, kamchiliklari.



    Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari: Rolli o‘yin texnologiyasi, krossvord usuli, keys stadi, muammoli o‘qitish texnologiyasi

    Adabiyotlar: A: 1, 3, 4; Q: 1, 5, 7; S: 2, 3, 4.
    14-modul. Adabiy ta’limda virtual muzey, kutubxona va ensiklopediya materiallaridan foydalanish usullari

    Adabiyot darslarida virtual muzeylarga sayohat. O‘rta maxsus bosqichning adabiy ta’limida elektron kutubxona fondlaridan foydalanishni o‘rgatish. O‘quvchilarning adabiyot fanidan mustaqil ishlartini tashkil etishda ensiklopediyalarning o‘rni.



    Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari: Krossvor usuli, blits-so‘rov, muammoli o‘qitish texnologiyasi

    Adabiyotlar: A: 2, 3, 4; Q: 1, 3, 5; S: 1, 2, 3.
    15-modul. Folklorga oid dars mashg‘ulotlarida audio-vizual multimedia vositalarini yaratish usullari

    Xalq og‘zaki ijodiga bag‘ishlangan darslar uchun audio materiallar tayyorlash. Folklorshunoslikka oid video materiallar uchun ssenariy yaratish.



    Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari: Lug‘at usuli, aqliy hujum, keys stadi, muammoli o‘qitish texnologiyasi

    Adabiyotlar: A: 1, 3, 4; Q: 3, 5, 8; S: 2, 3, 5.
    16-modul. Mumtoz adabiyot namunalarini o‘rganishda elektron jadvallar va gipermatn bilan ishlash ko‘nikmasini shakllantirish

    Adabiyot darslarida xronologik jadval tuzish ko‘nikmasini shakllantirish. Gipermatn va undan adabiyot darslarida foydalanish yo‘llari.



    Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari: Charxpalak usuli, aqliy hujum, muammoli o‘qitish texnologiyasi

    Adabiyotlar: A: 3, 4; Q: 4, 5, 6; S: 1, 3, 4.
    17-modul. Jadidchilik va yangi davr adabiyotiga oid ma’lumotlarni interaktiv sinf doskasi yordamida o‘rganish.

    Jadidlar ijodini o‘rgansishda interaktiv doska imkoniyatlari. O‘quvchilar bilimini nazorat qilishda interaktiv doskadan foydalanish.



    Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari: Aqliy hujum, klaster, insert, blits-so‘rov, keys stadi, muammoli o‘qitish texnologiyasi

    Adabiyotlar: A: 2, 3, 5; Q: 3, 5, 6; S: 2, 3, 4.
    18-modul. Istiqlol davri adabiyotiga bag‘ishlangan videokonferensiya. O‘zbek tili va adabiyoti o‘qituvchisining shaxsiy va kasbiy axborot maydoni.

    Adabiyot darslariga oid videokonferensiyani loyihalashtirish, rejalashtirish va boshqarish jarayoni. Istiqlol davri adabiy ta’limida masofaviy ta’limning o‘rni.

    Filolog o‘qituvchining elektron portfoliosi va uning tarkibiy qismlari. Shaxsiy va kasbiy axborot maydonini loyihalashtirish.

    Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari: Yelpig‘ich usuli, aqliy hujum, klaster, muammoli o‘qitish texnologiyasi. FSMU texnologiyasi, aqliy hujum, SWOT tahlil usuli, muammoli o‘qitish texnologiyasi.

    Adabiyotlar: A: 1, 2, 3, 5; Q: 4, 5, 7; S: 1, 2, 3, 4, 5.

    Amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etish bo‘yicha

    ko‘rsatma va tavsiyalar

    Amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar ishlab chiqiladi. Talabalar darslarni tashkil qilishda foydalaniladigan ta’limiy resurslarni tayyorlash, ularni rejalashtirish hamda bevosita amaliyotda qo‘llash bo‘yicha topshiriqlarni bajaradilar, mavjud pedagogik ta’limiy vositalarni tahlil qiladilar.



    Amaliy mashg‘ulotlarning taxminiy ro‘yxati:

    1. Filologik ta’limda AKTning ahamiyati.

    2. Ta’limiy resurslarga qo‘yiladigan talablar.

    3. O‘zbek tili va adabiyotiga oid dasturiy vositalar.

    4. Xorijdagi til ta’limida AKTdan foydalanish tajribasi.

    5. O‘zbek tili darslarida PowerPoint dasturidan foydalanish metodikasi.

    6. O‘zbek tilidan elektron multimedia darsliklari.

    7. Og‘zaki va yozma nutqni o‘stirishga qaratilgan dasturiy vositalar.

    8. Til sathlarini o‘rganishda AKTdan foydalanish metodikasi

    9. O‘zbek tilini masofadan o‘qitish dasturi uchun material tayyorlash.

    10. Bilimlarni baholashning elektron shakllari.

    11. O‘zbek tilini integrativ yondashuv asosida o‘qitishda AKTning o‘rni.

    12. Adabiyot darslari uchun taqdimot yaratish qoidalari.

    13. Shoir va yozuvchilar hayotiga oid manbalarni internet saytlaridan topish va o‘rganish.

    14. Adabiy ta’limda virtual muzey, elektron kutubxona, ensiklopediyalar majmuasidan unumli foydalanish usullari.

    15. Folklorshunoslikka oid video materiallar, ssenariylar yaratish.

    16. Excel dasturi asosida xronologik jadval tuzish va adabiyot darsida qo‘llash yo‘llari.

    17. Jadidchilar ijodini o‘rganishda interaktiv doskadan foydalanish.

    18. Zamonaviy videokonferensiya rejasini ishlab chiqish. Elektron portfolio yaratish va u bo‘yicha taqdimot qilish. Axborot texnologiyalari tatbiq etilgan mashg‘ulotlar taqdimoti.



    Laboratoriya ishlarini tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatmalar

    Fan bo‘yicha laboratoriya ishlari namunaviy o‘quv rejada ko‘zda tutilmagan.



    Kurs ishini tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatmalar

    Fan bo‘yicha kurs ishlari namunaviy o‘quv rejada ko‘zda tutilmagan.



    Mustaqil ta’limni tashkil etishning shakli va mazmuni

    Mustaqil ta’lim mazmuni ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar mavzulari asosida shakllantiriladi. Biroq mustaqil ta’lim ko‘proq ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlarda o‘rganilmagan masalalarni o‘z ichiga qamrab oladi. Mustaqil ta’lim asosida o‘qib-o‘rganilgan masalalar fan bo‘yicha oraliq va yakuniy nazorat ishlari savollarida o‘z aksini topadi.

    Mustaqil ta’limni tayyorlashda muayyan fanning xususiyatlarini hisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalanish tavsiya etiladi:


    • darslik va o‘quv qo‘llanmalar boyicha fan mavzularini o‘rganish;

    • adabiyotlar asosida referat va o‘quv loyihalar yozish;

    • mavzularga oid taqdimotlar tayyorlash;

    • Internet tarmog‘idan axborot izlash va tahlil etish;

    • muayyan mavzular uchun ma’lumotlar bankini tayyorlash;

    • malumotlar banki asosida elektorn o‘quv-metodik materiallar yaratish.


    Tavsiya etiladigan mustaqil ishlarning mavzulari:

    1. Zamonaviy axborot texnologiyalari kadrlar tayyorlash milliy modelini metodik va didaktik ta’minlash vositasidir.

    2. Zamonaviy axborot texnologiyalarning shakllanishi va tadrijiy rivojlanish tarixi.

    3. “Language Learning & Technology” jurnali maqolalarining tahlili.

    4. “CALL” laboratoriyasi yangiliklari.

    5. Keys-stadi va axborot texnologiyasi.

    6. Loyiha ta’lim texnologiyasini amalga oshirishda axborot tehnologiyasi

    7. Til ta’limida interaktiv doskalar.

    8. Ta’limda AKT – foydali va zararli tomonlari.

    9. O‘zbek tili multimedia dasturi.

    10. Adabiy ta’limda AKT ning ahamiyati.


    Dasturning axborot-uslubiy ta’minoti

    Mazkur fanni o‘qitish jarayonida interaktiv usullardan, axborot-kommunikatsiya texnollgiyalarining taqdimot, multimedia va elektron-texnologik vositalardan foydalaniladi. Amaliy mashg’ulotlarda “Aqliy hujum”, klaster, insert, blits-so‘rov, keys stadi kabilardan foydalaniladi.


    Foydalaniladigan adabiyotlar ro‘yxati

    Asosiy adabiyotlar


    1. Karimov I.A. “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch”.–T., 2008. -176 b.

    2. Aripov M.M., Muxammadiyev J.U. Informatika. Axborot texnologiyalari. Oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun darslik. – T., 2005.

    3. Adilova S. O‘zbek tilini o‘qitishda kompyuter texnologiyalaridan foydalanish. –T.: TDPU, 2006. - 96 b.

    4. Begimqulov U.Sh. Pedagogik ta’limda zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etishning ilmiy-nazariy asoslari. – T.: Fan, 2007. – 159 b.

    5. Yusupova Sh., G‘oziyeva O. Ona tili o‘qitishda interfaol usullar va kompyuter dasturi. – T.: Bayoz, 2013. -134 b.


    Qo‘shimcha adabiyotlar

    1. Yo‘ldoshev Q. va boshq. Adabiyot o‘qitish metodikasi. -T., 1994.

    2. Abduqodirov A., Xayitov A. Axborot texnologiyasiga oid atamalarning izohli lug‘ati. – T.: TDPU, 2002. – 27 b.

    3. To‘xliyev B. Adabiyot o‘qitish metodikasi. –T.: Yangi asr avlodi, 2007.

    4. Abduqodirov A.A., Pardayev A.X. Masofali o‘qitish nazariyasi va amaliyoti. – T.: Fan, 2009. – 145 b.

    5. To‘xliyev B., Shamsiyeva M., Ziyodova T. O‘zbek tili o‘qitish metodikasi.– T.: O‘zbekiston Milliy kutubxonasi, 2010.

    6. A.Okal. A Global Simulation. The University of Arizona. -Tucson, CERCLL. 2012. -87 p.

    7. Jim Burke. The English Teacher's Companion. -Heinemann; 4th edition. ­2012. –392 p.

    8. Peter Wallet. Information and communication technology in education in Asia. –Montreal: UNESCO UIS. 2014. – 65 p.

    Internet saytlari

    1.www.Lex.uz

    2.www.ziyonet.uz

    3.www.bimm.uz

    4.www.twipx.com

    5.www.yazikoznanie.ru






    Download 248.81 Kb.




    Download 248.81 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Samarqand davlat universiteti

    Download 248.81 Kb.