• : Charmbop, po’stinbop va muynabop terilarning halq xo’jaligidagi ahamiyati.
  • Adabiyotlar
  • Charmbop, pustinbop va muynabop teri beruvchi xayvonlarni suyishga muljallanganlarini tashish, tashishga tayyorlash, tashish usullari, suyish va suyish davrida saklash, suyish usullari
  • Samarqand qishloq xo’jaligi instituti




    Download 184.5 Kb.
    bet3/34
    Sana24.03.2017
    Hajmi184.5 Kb.
    #1398
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34
    33

    8

    Charmbop xom –ashyosining xususiyati va tasnifi.

    37

    9

    Pustinbop va muynabop terilarning xususiyatlari va tasnifi

    41

    1-Ma’ruza: Charmbop, po’stinbop va muynabop terilarning halq xo’jaligidagi ahamiyati. 

    Reja:


    1.     Charmbop, po’stinbop va muynabop terilarning halq hozirgi ahvoli. Rivojlanish tarixi.

    2.     Charmbop, po’stinbop va muynabop terilarning sifati

    to’g’risida tushunchag’

    3.     Charmbop, po’stinbop va muynabop terilarning terilarning olish manbalari.



    Adabiyotlar: 

    1. Зокиров М.Д.Атамуродов К.А.Хайдаров К.Х. Хайвонлар хом ашёси товаршуносли. Тошкент, 1999 й

    2. Каспарьянц С.А. Кошилёв А.Ф. шкутов Ю.Г Товароведение и технология первичной обработки кожевенного сырья. Москва Легкая индустрия, 1977 й.

    3. Muynabop,po’stinbop va charmbop terilarni ishlab chiqarishni uslubiy qullanmalari. Toshkent, 2008 y.

    4. O’zinform agroprom targ’ibot va ilmiy- texnikaviy axborotlar Respublika markaziy «Bildirish»lari.

    5. Muynabop, po’stinbop va charmbop terilari Davlat standartlari. 2000 y.

     

    O’zbekiston iqtisodiy rivojlanish tarraqiyotining asosiy yo’nalishlarini amalga oshirish va yuqori natijalarga erishishlik uchun ommaviy ravishda og’ir mashinalashtirilgan sistemalarga va yuqori texnologik jarayonlarni zamonaviy usullarini qo’llashlikda ishlab chiqarish korxonalarini kompyuter uskunalari bilan boshqarish, shuningdek bir qatorda texnikaviy yangi asbob uskunalar bilan ta’minlashdan iborat.



    Mo’yna, mo’ynabop, po’stinbop va charmbop terilarni ishlab chiqarish korxonalarining asosiy maqsadi bu xalq xo’jaligiga kerakli bo’lgan qishloq xo’jalik xayvonlar terisini qayta ishlov berishlik orqali payafzal va ust kiyimi uchun yaroqli bo’lgan buyimlari, olishlikdan iborat. Ma’lumki charm va movut, xom ashyosi payafzal buyumlari, ust kiyimlok uchun va boshqa maqsadlar uchun ishlatiladi. Muyna, muynabop, po’stinbop tayyorlangan buyumlar shunday xususiyatga egakim, qaysikim su’niy usul bilan olingan buyumlarda bu xususiyatlarni vujudga keltirishlik juda qiyin. Misol uchun charm va muyna xom ashyolarining singdiruvchanligi, taranglik xususiyati, tayyorlangan mahsulotni yuqori darajada foydalanishlik qobilyatiga ega bulganligi bilan ajralib turadi.

    Yuqori sifatli xom ashyolarga bo’lgan aholini talabini qondirishlik uchun muyna, muynabop, pustinbop va charmbop teri ishlab chiqarish korxonalaridan, yuqori sifatli va xzamonaviy chiroyli tashqi ko’rinishga ega bo’lgan, shuningdek doimiy ravishda rang- barang xillarni yangilab turishlikni talab qiladi.

    Mo’yna, mo’ynabop, po’stinbop va charmbop qadimiy ishlab chiqarish mahsulotlari bo’lganligiga qaramay, charm va mo’yna kimyolariga va texnologiyasi (ishlov berish usullari). Juda sust rivojlad charm va mo’ynaning tayyor qilib pishirishlik jarayoni juda murakkabligi bilan ayrilib turadi, qaysi oson va qulay usullari yaqin yillargacha noma’lum edi.Juda qadim zamonlardan boshlab, inson uchun himoya vositilari bilan ta’minlab kela boshladi. Qahraton sovuqlardan saklanishlik uchun kiyadigan kiyim bo’lmaganligi sababli, odam tanasi sovuqqa dosh bermagan, hayvonlarni so’yish natijasida qolgan hayvon terilarini yerga to’shak sifatida ishlatish, tanaga o’rab kiyimlik natijasida bu terilar yerdagi tuproqnim tarkibida bo’lgan meneral moddalar ta’sirida ancha yumshoq to’shak sifatida keng qo’llamda foydalanilgan, vaqt o’tishligi bilan inson bosh kiyimlik uchun ust kiyimlik uchun po’stakni bichib tikib kiya boshlagan, shu davrda oyoq kiyimlari uncha takomil emas edi.

    Oldin taxtalardan oyoq kiyimi tikkan, lekin bu oyoq kiyimlari oyoqni ishqalab yara qilar edi. Shuning uchun ham oyoqni himoya qiladigan, yara yoki boshqa biron jarohat yetkazmaydigan buyum, uyilib topishlik kerak bo’lib qoladi. Odamlar hayvonlar tanasidan shilib olingan terilarni oyoqlariga bog’lab yuradigan bo’lishdi, lekin bunday teri suv tekkaniga ivib, issiqlik ta’sir etganda esa juda qatib qolgan, ya’ni oyoqdan chiqarib olishlik mumkin bo’lmagan darajada qotishi, natijada yana qayta xillash natijasida oyoqni bu terilardan xolos etadigan bo’lishdi.

    Ilgari O’rta Osiyo xalqlari yerni qo’sh qo’shib omoch bilan haydaganlar, qo’shni kun bo’yi haydash natijasida hyech biror oyoq buyumi bardosh bermagan shuning uchun ham “Kallaxon”dan choriqni ustiga ho’llab tortilgan. Natijada “Kallaxom”-(bu qoramol terisini kalla qismining terisi bo’lib mexanik ta’surotga juda chidamli hisoblanadi). Choriqning shakliga moslashib qotib qolgan. Bu yo’sinda kallaxomdan foydalanishlik uchun uni tortib bog’lab qo’yishlik kerak, bunda biron ip chidash bermagan.

    Keyinchalik qoramolning ichagidan tozalab o’ram yasab qotirib qo’yishlik natijasida, tortib bog’laydigan iplar paydo bo’lgan, natijada kallaxomning kiyib bir necha oy mobaynida yurishlik, yani bir necha oygacha mexanik ishqalanishga chidamli oyoq buyumini tag qismi sifatida foydalanilgan. Hatto Amir Temur tomonidan teri solig’i joriy qilingan bo’lgan.Asta-sekinlik bilan kallaxomdan alohida charm mahsulotli choriqlar tikila boshlangan.

    Echki terilaridan “takaki” ishlab chiqara boshlangan yillari Samarqand karvon yo’llarida joylashgani uchun O’rta Osiyoda hunarmadchilik juda ravnoq topgan shaharga aylangan. Bu yerda kichik hunarmandlar qo’y va echki terilarini ayron bilan oshlab charm mahsulotlari ishlab chiqara boshlaganlar. Keyinchalik esa “Mukki”ya’ni poshnasi baland chavandozlar uchun etik, ayollar va erkaklar uchun mahsi, kichik yoshdagi bolalar uchun alohida mo’kichalar ishlab chiqarila boshlandi. Bu mukkichalar charimdan, ko’rinishi xushbichimligini ortirish uchun, rang berish ham o’ylab topilgan. O’rik daraxtining tomirini, anor po’stlog’ini qaynatib teriga singdirilsa, qizil rang beradi. Piyoz po’stlog’i qaynatilsa undan sariq rang olganlar va x.k.

    1860 yillarga kelib muloyim etiklarga talab oshganligi sababli, hunarbandlar oshlashni yangi yo’llarini o’ylab topganlar.Unni kepagidan xamir qorib teriga surtish orqali, undan yumshoqligi ayron bilan oshlangan teriga nisbatan yaxshiroq terilar ola boshlaganlar. Hozirgi qorako’l oshlashlik ham shu usulga mos keladi. 1880-1885 yillarga kelib po’stin, mo’yna va oyoq buyumlariga talab kattara boladi. Kichik hunarbandlar birlashib kattaroq hunarbandchilik uyushmalari ocha boshladilar. Natijada terini oshlashlikni yangi usullari o’ylab topildi, ya’ni daraxt po’stloqlari bilan, achchiq tosh bilan mulloyim terilardan olina boshladi. Terining ichki qismini qirtishlab, ya’ni teri osti yog’lari va to’qimalaridan sovungarlar sovun ishlab chiqarib, qolgan qismidan esa, jun qoplami po’stin ishlab chiqarish uchun yaroqli bo’lsa po’stin, agar talabga javob bermasa charm ishlab chiqarila boshlanadi. 1887 yili O’rta Osiyoni Samarqand shahrida charm-ko’n zavodi ochildi va ishga tushirildi. Natijada juda ko’p kichik hunarmandlar inqirozga uchradi.”Ulug’ Oktyabr revolyusiyasi g’alaba qozongandan keyin charmchilik va mo’ynachilik korxonalari tez qo’llamda rivojlana boshladi”.

    1920 yilga kelib chet davlatlariga eksport qilishlikni o’rniga, 30 yillarga kelib xrom tuzi bilan oshlangan terilarni chetga chiqara boshlandi. (Birinchi va ikkinchi besh yilliklar davrida oshlash ekstraktlari olinadigan ishlab chiqarish korxonalari ko’rilib vatanimizda tayyorlanayotgan terilarnioshlashlik uchun ketadigan to’yintirilgan ekstraklar bilan to’la qondirishga erishildi). Hozirgi vaqtda charmchilik va movutchilik korxonalar ulkan sanoat tarmog’iga aylanib, zamonaviy texnika va yuksak texnologiyalar bilan taminlangan bir butun mexanizmga aylandi.

    (Zamonaviy charm va mo’yna texnologik jarayonlarini to’la izohlabgina qolmay yuqori sifatli mahsulot olishlikda, jarayonini boshqarish usullarini ishlab chiqarishdan iboratdir).

    Jarayonni murakkabligi, bu jarayon natijasida hosil bo’lgan mahsulot yuqori molikulyar, har xil funksiyali guruhlardan tashkil topgan organik birikmalari (oqsildan) tashkil topgandir. Charm va mo’yna ishlab chiqarish jarayonlarida oqsil har xil kimyoviy dorivorlarni ta’siriga duch kelib, sifati o’zgaradi va aniq to’liq bir xususiyatni egallaydi.

    (Charm va mo’yna) texnologiyasi bu - kimyoviy va mexanik ta’surotlar ta’sirida terini qayta ishlash orqali, kam mexnat sarf va xarajat sarflash orqali aloxida istemol xususiyatiga ega bo’lgan fan xisoblanadi).

    Mo’yna movut va charichilik texnologiyasi boshqa fanlar singari doimiy ravishda rivojlanib turadigan fan xisoblanib tabiiy nazariy bilimlar, amaliy tajribalar, yangi mashinalar va aparatlar ishlab chiqarishi va iqtisod rivojlanishi bilan bir qatorda yuksala boradi, shuning uchun texnologik jarayonning mavjud bo’lgan shakli nixoyasi xisoblanmaydi, ayrim bosqichlarda belgilangan jarayonlar, yangilari bilan almashtirilib turiladi, ya’ni eng yangi taraqqiy etganlari bilan. Bu jarayonning yangi qonunlarini ochish orqali mexanik va fizik-kimyoviy mexanizmlarini chuqur o’rganishlik, ishlatilayotgan modaning tuzilishini va ishlab chiqarishni yangidan tashkil qilishlik natijasida ruyobga chiqariladi. (Texnologiyaning taraqqiy etishi xo’jalikning oldiga qo’ygan maqsadiga, muvofiq bo’lib, shuning bilan birgalikda xalq xo’jalik planiga kiritiladi, hamda sanoatning hamma tarmoqari oldiga qo’yilgan aniq yo’llanma bilan belgilab beriladi).

    Ishlab chiqarish iqtisodiy ta’surotini yuksaltirishlik, bu yangi taraqqiy etgan texnologiyani qo’llanishligiga bog’liq bo’ladi. Qo’shimcha texnologiya jarayonlari chiqindi maxsulotlarini qayta ishlov berishlik uchun katta etibor berilib, chiqqan maxsulotni ommaviy ishlov berishlikga moslashtiriladi. Shu bilan birgalikda ish va moddiy taqsimotni kamaytirishlik biln birgalikda yarim fabrikatdan yuqori sifatli charm olishlik ko’zda tutiladi.

    Ishlab chiqarishni natija beradigan asosiy ko’rsatgichlaridan biri bo’ib bu 100m3. ga ketadigan terini qanchalik sarf bo’lganiga yoqim charm va mo’ynani qanchalik chiqim berishligi hisoblanadi. Afsuski zavodlar aro terini 100m3. uchun sarflanishi ancha bir biridan farq qiladi. Poyafzalni ust qismi uchun qoramollar terisidan 30% cho’chqa terisidan 17%gacha teri sarflanishi bilan farqlanadi. Teri chiqindilarini kamaytirish, texnologik fanga chuqur e’tibor berishlik, sifatni ko’tarishlik orqali, ishchi kuchidan to’g’ri foydalanishlik orqali isrof bo’lishlik darajasini pasaytirishlik mumkin.

    Charm va mo’yna ishlab chiqarishlikda donabay mexanik usul bilan ishlashlik yotuk o’rnini egallaydi. Lekin bu ishlov berish usuli ko’p mexnat talab qiladi. Shuning kompleks mexanizasiyalashgan va aftomatlashgan korxonalarni joriy qilishlik hozirgi zamonni talabi bo’lib qolmoqda.

    Mexanizasiyalashtirishlik va ayniqsa avtomatashtirishlik zamonamiz talabidan ancha orqada qolib ketmoqda. Charm zovodlari va mo’yna ishlab chiqarish korxonalarida hozirgi vaqtda 35% ga yakuni bajarilayotgan ishni qo’l mexnati orqali bajariladi.

     

     2-Ma’ruza: Charmbop, pustinbop va muynabop teri beruvchi xayvonlarni suyishga muljallanganlarini tashish, tashishga tayyorlash, tashish usullari, suyish va suyish davrida saklash, suyish usullari 



    REJA:

    1.     Suyishga muljanllangan qishloq xo’jalik xayvonlarinilarni toshish.

    2.     Suyish davrida saklash

    3.     Suyishni teri sifatiga ta’siri

    4.     Konsizlantirish, shilish va shilish usullari.

     



    Download 184.5 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34




    Download 184.5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Samarqand qishloq xo’jaligi instituti

    Download 184.5 Kb.