• Rivojlantiruvchi maqsad
  • Darsning borishi: 1.Tashkiliy qism: o
  • Agronomlar guruhi uchun savollar
  • Olimlar guruhi uchun savollar
  • Ekologlar guruhi uchun savollar
  • 3.Yangi mavzu bayoni: (
  • Bogimoqlilarning kelib chiqishi
  • 4.Mavzuni mustahkamlash uchun
  • Olimlar guruhi uchun test topshirig’i
  • Ekologlar guruhi uchun test topshirig’i
  • Sana 19. 12. 2015 yil 29-dars Zoologiya 7-“V” sinf uchun Mavzu




    Download 24.71 Kb.
    Sana22.11.2020
    Hajmi24.71 Kb.

    Sana 19.12. 2015 yil 29-dars Zoologiya 7-“Vsinf uchun

    Mavzu: Hasharotlarning kelib chiqishi va ahamiyati.

    Dars maqsadi:

    Ta’limiy maqsad: o`quvchilarga hasharotlarning kelib chiqishi va ahamiyati haqida umumiy ma’lumotlar berish, kolleksiyalar bilan ishlashni o`rgatish.

    Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarning ilmiy dunyoqarashini kengaytirish, hayvonot olamiga nisbatan ongli munosabatni tarkib toptirish, ekologik tarbiya berish.

    Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarning kuzatish va darslik ustida mustaqil ishlash ko’nikmalarini rivojlantirish.

    Dars turi: yangi tushuncha va bilimlar berish

    Dars metodi: ko`rgazmali dars, aqliy hujum va klaster, zanjir usullari

    Dars jihozi: kompyuter jamlanmasi, elektron darslik, multimediya,“Hasharotlar kolleksiyasi”, rasmlar,savolliklar, vatman qog`oz va markerlar.

    Darsning borishi:

    1.Tashkiliy qism: o’quvchilar bilan salomlashish, davomatni belgilash; Ma’naviyat daqiqasini tashkillash, guruhlarga ajratib olish.

    2.O`tgan mavzuni mustahkamlash uchun o`tgan mavzu yuzsidan tuzilgan savollar bilan ishlash.

    1) o`quvchilarni uch guruhga, ya`ni: Olimlar, Agronomlar, Ekologlar deb nomlash.



    2) ekranda guruhlar uchun tezkor savol o`qib eshittirish.

    Agronomlar guruhi uchun savollar:

    1. Juda harakatchan hasharot? – uy pashshasi

    2. Uy pashshasining tanasi nima bilan qoplangan? - mayda tukchalar

    3. Pashsha oziq-ovqat mahsulotlarini nimasi bilan yalab oziqlanadi? - xartumchasi bilan

    4. U oziq ta’mini nima yordamida sezadi? – oldingi oyoqlari panjasida joylashgan tukchalari yordamida

    5. Pashshaning qurti qayerda rivojlanadi? – axlatlar,xojatxonalar, hayvon go’ngida

    Olimlar guruhi uchun savollar:

    1. Pashsha necha kunda qancha tuxum qo’yadi? – har 2-4 kunda, 100-150 ta

    2. Bir mavsumda pashshaning qancha avlodi rivojlanadi? – 8-10 avlodi

    3. Bitta urg’ochi pashshaning avlodi bir mavsumda qanchaga yetishi mumkin? – 5mlrd

    4. Pashshalar qanday kasalliklarning mikroblarini hamda gijjalarining tuxumlarini tarqatadi? – ichburug’, qorin tifi, vabo, sil, bo’g’ma

    5. Odam va hayvonlar qonini qaysi chivin so’radi? – urg’ochi chivin

    Ekologlar guruhi uchun savollar:

    1. Erkak chivinlar nima bilan oziqlanadi? – o’simlik shirasi bilan

    2. Chivinlarning qurtlari qayerda rivojlanadi? – hovuz va ko’lmak suvlarda

    3. Chivinlarga o’xshash mayda hasharotlar? – iskaptoparlar

    4. Iskaptoparlar qayerda ko’p uchraydi? – cho’llardagi kemiruvchilar inida

    5. Tashqi ko’rinishi pashshalarga o’xshash hasharotlar? – so’nalar va bo’kalar

    3.Yangi mavzu bayoni: (o`qituvchi yangi mavzuni bayon qilib beradi.)

    Hasharotlarning tabiatda va inson hayotidagi ahamiyati. Tabiatda ko`pchilik hayvonlar va o`simliklarning hayoti hasharotlar bilan bog`liq. Hayvon va o`simlik qoldiqlari bilan oziqlanadigan hasharotlar yer yuzini ifloslanishdan saqlaganligi tufayli ular “tabiiy sanitarlar” deyiladi. Ko`pchilik gulli o`simliklar hasharotlar yordamida changlanganida mo`l hosil beradi.

    Zararkunanda hasharotlarga qarshi biologik kurash. Biologik kurash zararkunandalarga qarshi ularning kushandalaridan foydalanishdan iborat. Zararkunanda hasharotlarga qarshi kurashda yirtqich xonqizi qo'ng'izi. tillako'z, yaydoqchilardan trixogramma, gabrobrakon, inkarziya, hasharotxo'r hayvonlar (qushlar, sutemizuvcl Лаг, baqalar)dan foydalamladi. Buning uchun biologik fabrikalaida yirtqich va parazit hasharotlar sun'iy ko'paytirilib, dalalarga tarqatiladi.Biologik kurashning у ana bir usuli ekin ekiladigan maydonlarda qulay sharoit yaratish bdan foydali hayvonlarni jalb qilish va ular soni ko'paytirishdan iborat. Bu usul zaharli kimyoviy moddalarni qo'llashni cheklash, almashlab ekishni joriy etish va foydali hayvonlarni himoya qilish orqali amalga oshiriladi.Bo'g'imoqlilarning kelib chiqishi. Bo'g'imoyoqlilarning ajdodlari tuban tuzilgan halqali chuvalchanglar hisoblanadi. Trilobitlar halqali chuvalchanglar bilan bo'g'imoyoqlilar o'rtasidagi oraliq hayvonlar hisoblanadi. Ularning tuzilishi ko'p tut ii halqalilarga o'xshash bo'lib, har bir tana bo'g'imida bir juftdan bir xil tuzilgan oyoqlari bo'ladi. Tarixiy rivojlanish jarayonida halqali chuvalchanglarning suzgich о'si .п talari oyoqlarga aylangan; yupqa terisi qalinlashib, xitin qoplag'ichnihosil qilgan. Ana shu yo'l bilan halqali chuvalchanglardan sodda tuzilgan qadimgi bo'g'imoyoqlilar - trilobitasimonlar, ulardan qisqichbaqasimonlar va o'rgimchaksimonlar, hasharotlarning esa qisqichbaqasimonlaidan paydo bo'lganligi taxmin qilinadi.

    4.Mavzuni mustahkamlash uchun savollar beriladi, har bir guruh uchun maxsus topshiriq beriladi, ekranda test ko`rsatiladi:

    I. Agronomlar guruhi uchun test topshirig’i:

    Organik qoldiqlar bilan oziqlanadigan hasharotlar nima deyiladi?



    1. O’simlikxo’r va etxo’r

    2. Tabiiy sanitarlar

    3. O’laksaxo’r

    4. Parazitlar

    Olimlar guruhi uchun test topshirig’i:

    Zararkunandalarga qarshi ularning kushandalaridan foydalanish nima deyiladi?



    1. Biotexnologik jarayon iborat

    2. Ekologik toza mahsulot yetishtirish

    3. Biologik qarshi kurash deyiladi

    4. Ekolgik kurash

    Ekologlar guruhi uchun test topshirig’i:

    Zararkunanda hasharotlar ro’yhatiga hasharotlarning qanchadan ortiq turi kiritilgan?



    1. 70 dan ortiq turi

    2. 700dan ortiq turi

    3. 7000dan ortiq turi

    4. 750 dan ortiq turi

    II. Hasharotlarning kelib chiqishin va ahamiyatini tushuntiring.-Olimlar guruhi uchun

    Zararkuranda hasharotlar haqida gapiring.- Ekologlar uchun.

    Hasharotlarning tabiatdagi va inson hayotidagi ahamiyati haqida gapiring.- Agronomlar guruhi uchun.

    III- mavzu bo`yicha videolavha namoyish etish.

    5.O`quvchilarni baholash.- bunda dars davomida faol ishtirok etgan o`quvchilar , topshiriqni to`g`ri bajargan o`quvchilar rag`batlantiriladi va kundaliklariga rag`bat kartochkalari orqali baholanadi.

    6.Uyga vazifa berish: -

    - mavzuni qayta o`qib o`rganish.

    -berilgan savollarga yozma javob tayyorlash.

    - mavzu yuzasidan 5-ta test savoli tuzish.



    Ko’rildi: 2015 yil O’TIBDO’_________

    Download 24.71 Kb.




    Download 24.71 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Sana 19. 12. 2015 yil 29-dars Zoologiya 7-“V” sinf uchun Mavzu

    Download 24.71 Kb.